Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 80 November, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Neftni bug‘ yordamida siqib chiqarish . Yuqori qovushqoqlikka – 40-50 mPa·s
ega bo„lgan uyumlarni ishlatishga asoslangan metod bo„lib, oddiy suv bostirish
metodidan foydalanib bo„lmaydigan hollarda qo„llaniladi. Sobiq Ittifoqda va
O„zbekistonda qatlamga suv bostirish bilan birga bug„ ham yuborib ta‟sir etish
jarayoni nazariy jihatdan asoslangan. Qatlamga yuborilayotgan bug„ uyum bo„shlig„i
hajmining 20-30% ni egallab, unda yuqori haroratli hoshiya hosil qiladi va qatlamga
haydalayotgan suv bilan aralashadi. Ushbu metodni qo„llash natijasida neftni chiqarib
olish koeffitsienti miqdori 0,4-0,6 va undan yuqoriroq bo„ladi.
Ushbu metod samarasi qatlam nefti qovushqoqligining pasayishida, bug„
tarqalgan zonada neftning tozalanishida, jins-kollektorlar g„ovaklari devoriga
yopishgan smola, asfaltenlar va boshqalarning erishi va oqizib ketilishida ko„rinadi.
Kon-geologik tavsifiga ko„ra, ushbu metodni qo„llash mumkin bo„lgan
uyumlarni tanlashda birinchi navbatda bug„ quduqda, so„ngra qatlamda
harakatlanayotganda kam yo„qolishi hisobga olinadi. Bu metoddan qatlamning yotish
chuqurligi 1000 m gacha bo„lganda foydalanish samarali hisoblanadi, chunki
chuqurlik qanchalik katta bo„lsa, issiqlikning yo„qolishi ham shuncha ko„p bo„ladi.
Neftga to„yingan qatlamning qalinligi 10-40 m bo„lsagina metod naf beradi. Agar
qalinlik kam bo„lsa, mahsuldor qatlamning ustidagi va ostidagi qatlamlarga issiq o„tib
ketishi mumkin.
Neftga to„yingan qatlamning qalinligi juda katta bo„lsa, issiqlik bilan uning bir
qismigina qamrab olinishi mumkin, bunday hollarda qatlam obyektlarga ajratiladi.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlari yuqori (g„ovaklilik koeffitsienti 0,2% dan
yuqori, o„tkazuvchanligi 0,5 mkm
2
dan katta) bo„lganda metoddan foydalanish
foydali hisoblanadi, chunki bunday hollarda mahsuldor qatlam jinslarini qizdirishga
issiqlik kam sarflanadi. Boshlang„ich neftga to„yinganligi yuqori bo„lgan uyumlarni
ishlatishda bu jarayon yaxshi samara beradi, chunki qatlamdagi suvlarni qizdirishga
juda oz issiqlik sarflanadi.
Jins kollektorlarning turg„unligi past bo„lsa, qatlamga bug„ haydalganda uni
buzib yuborishi, natijada jins zarralari suyuqlik chiqaruvchi quduqlardan yer yuzasiga
chiqishi hamda qatlamdagi gil jinslarning bo„kishi natijasida g„ovaklar o„lchami
kamayishi va o„z navbatida o„tkazuvchanligi pasayishi mumkin. Shu sababli
obyektlarni tanlashda qatlamdagi jinslar turg„unligi yuqori, gilliligi (10% dan) kam
bo„lgani maqul. Metodni qo„llashga eng qulayi monomineralli kvartsli qumtoshlar,
kamroq qulayi polimiktli (gil jinslar bo„laklari bo„lgan) qumtoshlar hisoblanadi.
Metodni qo„llash quduqlar oralig„i 200-300 m bo„lganda samara
beradi.