215
3. Avitaminoz va gipervitaminoz tushunchalarini mazmunini bering.
4. Kokarboksilaza preparatini ta’sir etish mexanizmini tushuntiring.
5. Nikotin kislotasi va nikotinamidning ta’sirini qiyoslang.
6. D-askorbin kislotasining ta’sirini tushuntiring.
7. D- vitamini qanday omil ta’sirida organizmda hosil bo’ladi?
8. Organizmning qanday faoliyati uchun E- vitamini zarur?
6.6.Antibiotiklar haqida umumiy tushuncha.
Antibioz
atamasi XIX-asrdan ma’lum. Ma’nosi bir
mikroorganizm tomonidan ikkinchi mikroorganizm
rivojlanishini
to’xtatish.
Antibiotik
atamasi 1942 yili
Vaksman
tomonidan
kiritilgan: antibiozni amalga oshiruvchi modda. Tushuncha: kichik
dozada(10
-3
-10
-2
mkg/ml) bakteriya, zamburug’, virus va o’sma
hujayralarini rivojini sekinlashtirish yoki to’xtatish
qobiliyatiga ega
bo’lgan tabiiy birikmalar antibiotiklar deyiladi. Ular odatda
mikroorganizmlarda, ammo hayvon va o’simlik organizmlarida
uchraydi yoki ularning kimyoviy modifikatsiyasi asosida olinadi.
Qadimdan
Ibn Sino
yiringli kasallarni davolashda mog’orni
ishlatishni tavsiya etgan. 1928 yili
Fleming
penisillinni mog’or
zamburug’i (
Penicillium notatum)
dan
olib u
Staphilococcus aurens
koloniyalarini yo’q qilishini aniqlagan.
Yuqorida penisillinlarning tabiatda o’tadigan biosintez sxemasi
keltirilgan. penisillin molekulasi
penam
nomli
ikki halqali
-laktam-
tiazolidin sistemasini tutadi va biologik faollik uchun zarur
konfiguratsiyaga ega bo’ladi.
1945 yili benzilpenitsillin va unga yaqin bo’lgan moddalarning
kimyoviy tuzilishi kimyoviy usullarda(
R.Vudvord, R.Robinson
) hamda
rentgenstruktura analizi usulida(
Xojkin
) aniqlandi. O’sha
davrda
zamburg’lar o’stirish uslubiyoti takomillashtirilib, toza antibiotiklar
olinishi yo’lga qo’yildi.
Vaksman
aktinomitsin,
streptomitsin,
streptotriptsin antibiotiklarini toza holatda ajratib oldi. 1948-50 yillar
xloramfikenol va tetrasiklinlar, 1952-1954 yy.
polien va makrolid
216
antibiotiklari, 1960 yillarga borib esa, deyarli barcha antibiotik turlari
o’rganilib aniqlangan. 1950 yili 150 ta antibiotik ma’lum bo’lgan,
1960 yili 1200 ta antibiotik, 1970 yili 2000dan ortiq antibiotiklar
ma’lum bo’lgan. Bugunga kelib har yili 50
ga yaqin antibiotiklar
kashf qilinadi. Ammo ishlab chiqarishga faqat bir qismi yetib boradi
xolos.
Dostları ilə paylaş: