muvaffaqiyatga etaklovchi manevrlarni qo’llav bilish lozim.
Integral mashg’ulot
- mashg’ulotdagidan musobaqagacha shiddatda yoki
Shunga yaqin shiddatda bajariladigan mashqlarni,
shuningdek, YUQT ning
minutiga 180-190 zarbaga etadigan doimiy
poydevorini qurish uchun
qo’llaniladigan yaxlit ko’rinishdagi mashqlarni ko’p marta takrorlashga
yo’naltirilgan.
Masalan: -velosportda poygada masofani bosib o’tish;
futbolda ikki
tomonlama o’ynash, voleybol; to’liq yugurib kelib langar cho’pga
tayanib
sakrash; snaryadda gimnastik kombinatsiyasi h.k.
5.3. Haftalik sikl (mikrotsikl)ning mashg’ulot rejasi
Mashg’ulotning kichik sikli (mikrotsikl) - bir nechta mashg’ulotlar
yig’indisi bo’lib, ularda ma’lum bir pedagogik vazifalar hal etiladi va mashg’ulot
jarayoni tuzilmasini takrorlaydi.
Kichik siklning davomiyligi 7 kungachani tashkil qiladi,
chunki haftalik
siklni ish, o’qish bilan va musobaqalar kalendari bilan bog’lash oson, lekin turli
xil tayyorgarlik bosqichlarida kichik sikl davomiyligi 3-4 dan 14 kungacha
o’zgarib turadi, bu oldinda turgan musobaqalar dasturini e’tiborga olinishi bilan
bog’liq.
Dostları ilə paylaş: