Nazorat uchun savollar
1. « 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi» fanining predmeti nimani
o ‘rganadi?
2. « 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi» fanining maqsad va vazifalari
nimalardan iborat?
3. « 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi» fanining o ‘rganish usullari haqida
nimalar bilasiz?
4. « 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi» fanining boshqa fanlar bilan
aloqadorligini qanday tushunasiz?
5. « 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi» fanining manbalari haqida
nimalarni bilasiz?
6. Sizningcha, fanning muammolari nimalardan iborat?
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak y o ‘q.T., Sharq, 1998.
2. Sagdullayev A. Qadimgi 0 ‘zbekiston ilk yozm a manbalarda. Т., 0 ‘qituvchi,
1996.
3. Ibrohimov A. B iz kim o ‘zbeklar.? Т., 0 ‘zbekiston, 1999.
4. Muhamedov X. Xorijiy mamlakatiar davlati va huquqi.1-qism.T., Adolat,
1999.
5. Saidov A., Toshqulov J.U. 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi. IIV
Akademiyasi, Т., 1996.
6. Muqimov Z. 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi. Samarqand, Zarafshon,
1992.
7. Azamat Ziyo. 0 ‘zbek davlatchiligi tarixi. T.2000.
8. H .B.Boboyev. 0 ‘zbek davlatchiligi. T.2005.
9. M.Hamidova. 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi. O'quv q o‘llanma. T.
TDYUI. 2004.
10
Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo‘lishi, rivojlanishi
Reja:
1. UrugS qabiia, qabilalar ittifoqining tashkil topishi.
2. Urf-odatlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita.
3. Qadimgi Turon hududida davlat va huquqning paydo bo‘lishi.
4. «So‘g‘d» huj jatlari - qadimgi huquqiy manba.
“Ajdodlarimiz bundan yarim million yil muqaddam ana shu joyda,
ikki azim daryo 0 ‘kuz (Amu) va Inju Ukuz” (Sir) oralig‘ida hamda
ulaming tevarak atrofida yashab kelganlar”, - deb ta'kidlaydi tarixchi olim
B.Axmedov.
Miloddan avvalgi IV minginchi yillarda yashagan xalqlaming
nomlari bizgacha yetib kelmagan. Ba'zi bir fikrlarga ko‘ra, bu davrda
yashagan xalqlar massagetlar va alanlardan iborat bo‘lgan.
Shuningdek, eramizdan avvalgi III-II minginchi yillarda ham ibtidoiy
jamoa tuzumi mavjud bo‘lib, ona urug‘i matriarxat hukmronlik qilgan.
Eramizdan avvalgi
II
mingginchi yillarning boshlarida esa jezdan yasalgan
qurollar bilan ovchilik va dehqonchilik keng rivojlangan. Shu davming
oxirlarida vohalarda baqtriyaliklar, So‘g ‘diyonaliklar, xorazmliklar,
parfiyaliklar, chochliklar, ulaming atrofidagi dasht, cho‘l, sahrolarda, tog‘
oldi tumanlarida sak va massaget kabi qabilalar yashagan. Eramizdan
avvalgi birinchi ming yillikning boshlaridayoq, Markaziy Osiyo hududida
20 ga yaqin qabilalar bo‘lib, ular bir necha qabilalar ittifoqiga birlashgan
edilar.
Bular orasida bir necha sak qabilalarini birlashtiravchi massagetlar
ittifoqi alohida mavqei bilan ajralib turgan.
Tarixchi olim Bichirunning fikriga ko‘ra: “Eng qadimgi turkiy
xalqlaming avlodlari eramizdan XXV asr ilgari Hanxidan Qashg‘argacha
undan butun Turkistonning osmono‘par tog‘lar orasidagi vohalar, Pomir
tog‘larining G ‘arbiy tekisliklari, Amu va Sir havzalari, Ural va Oltoy
tog'larining bo‘ylarida yashaganlar”.
Shuningdek, Gerodot «Tarix» asarida «...massagetlar deganda faqat
turkiylami nazarda tutmoq kerak» deb yozadi.
Qabilalarga birlashgan urug‘lar a'zolari umumiy mehnat bilan
shug‘ullanganligi, mulkdan teng foydalanganligi, erkaklar bilan xotin-
qizlarning teng huquqli bo Tib, urushlarda erkaklar bilan bir qatorda xotin-
qizlar ham ishtirok etganligi, har qabilaning o ‘z boshliqlari boTganligi,
ayrim qabilalarning boshliqlari ayollar bo‘lganligi, qabilaning umumiy
l i
manfaati bilan bog‘liq bo'lgan masalalar qabila a'zolari yig‘ilishida
muhokama qilinib, hal etilganligi, har bir qabila, urug‘ning o ‘z urf-
odatlari, qoidalari mavjudligi haqidagi ayrim ma'lumotlar bizga yetib
kelgan.
Qadimgi turkiy xalqlaming ham asosiy dini tabiatga, quyoshga
sig‘inishdan iborat bo'lgan. Ular ertalab chiqib kelayotgan quyoshga
ta'zim qilganlar.
Qadimgi Turonda turkiy xalqlarda yozma qonunchilikka qadar odat
huquqi amal qilib kelgan.
Odat
ma’lum bir
xalqning
urf-odat
huquqi
normalarining
yig‘indisidir.
Odat - deb ma'lum bir joyning yozilmagan, avloddan avlodga o ‘tib
kelayotgan, ijtimoiy munosabatlami tartibga solishga qaratilgan rasm-
rusumlar va tartiblardan kelib chiqadigan qoidalar yig‘indisiga aytiladi.
Turkiylarning qadimgi ajdodlariga taalluqli odat huquqlaridan deyarli
barcha davrlarda amal etilgan. Jumladan, jangda vafot etgan akaning
xotiniga ukasining uylanish odati mavjud bo‘lgan. Bundan ko‘zda tutilgan
asosiy maqsad naslni, oilani saqlab qolishga va davom ettirishga
qaratilgan.
Xunlar davlatidagi qabilalardan birida nikohga kirishdan 3 oy oldin
bo‘lajak kuyov kelin bilan tanishishga harakat qilib, unga otlar, katta va
kichik qoramollardan iborat to‘y sovg‘asini yuborgan. Shundan keyin
kuyov bilan kelin birga mol-mulklari bilan kuyovning ota-onasinikiga
jo ‘natib yuborilgan. Ana shu kelinga otlar, qoramollami nikoh sovg‘asi
sifatida yuborish odati keyinchalik qalin to ‘lash odati sifatida shakllangan.
Ma'lumotlarga qaraganda, o ‘tkir qurolini qo‘ldan chiqarganlik uchun,
temirdan yasalgan og‘ir qurol (fut) bilan o ‘qtalganlik uchun, odam
o ‘ldirganlik va boshqa og‘ir jinoyatlar uchun o ‘lim jazosi berilgan. Nizoli
ishlami va keltirilgan shikoyatlami hal etish, hukmlami ijro etish og‘zaki
bo‘lib, maxsus ish yuritilmagan. Sudya etib dovyurak, kuchli, murakkab
ishlami hal etishga qodir kishilar tayinlangan. Sud jarayonlari uch kundan
ortiq bo‘lmagan. Ayrim qabilalaming o ‘ziga xos qon\jnlari mavjud bo‘lib,
oqsoqollarning buyrug‘iga bo‘ysunmaslik uchun o ‘lim jazosi belgilangan
yoki odam o ‘ldirish va o ‘g ‘irlik kabi jinoyatlarni sodir etganda zarami
qoplash orqali hal etishga ruxsat etilgan. Odam o ‘ldirishda ayblangan kishi
ot yoki qo‘ylar bilan to‘lash evaziga javobgarlikdan qutulib ketgan.
Oqsoqol tomonidan ta'qib qilinayotgan, qochoq yoki xoinlikda aybla-
nayotgan shaxslami hech kim o ‘toviga qo‘yishi mumkin bo‘lmagan, ular
qum sahrolarga quvib yuborilgan.
12
Qadimgi xanaslar (qirg‘izlar)da qonunlar juda qattiq bo'lganligini
ko‘ramiz. Jumladan, elchilik topshirig'ini bajarmaganlik uchun, xonga
noto‘g ‘ri maslahat berganlik uchun o ‘lim jazosi tayinlanishi, yoki
o ‘g ‘rining otasidan, o'g'lini tanasidan judo qilib, boshini bo‘yniga osib
yuborish kabi odatlar mavjud bo‘lgan.
Eng qadimgi davlatlardan bin bu Alp Er To‘nga (Afrosiyob) davlati
edi. Eramizdan avvalgi VII asrlarda tashkil topgan bu davlat Nosimxon
Raxmonning fikriga ko‘ra, Sak-Iskif turk davlati edi.
Navbatdagi qadimgi davlatlardan biri eramizdan avvalgi VII asrlarda
Shanyuy Mode asos solgan oq xunlar davlati edi. Ushbu davlat 0 ‘g ‘uzxon
davrida o ‘zining eng yuqori darajasiga yetgan, turklaming 24 ta qabilasini
birlashtirgan. Butun Xitoy imperiyasi Tangutlar podsholigi Mo'g'ulis-
tondan Hindistongacha hamda Kaspiy dengizigacha bo‘lgan yerlami o ‘z
tarkibiga kiritgan.
Bizlarga xunlar davlati huquqi haqida ayrim ma'lumotlar yetib
kelgan. Xunlar davlatida huquqning asosiy manbai sifatida odat huquqi
xizmat qilgan. Xunlar odatiga ko‘ra ,qurol yalang‘ochlamoq og‘ir jinoyat
hisoblanib, bunday jinoyatni sodir qilgan kishi o ‘lim jazosiga mahkum
qilingan. 0 ‘g ‘rilik qilgan kishining faqat o ‘ziga tegishli mulklarigina
emas, balki butun oilaga tegishli mulklari musodara qilingan.
Unchalik og‘ir bo‘lmagan jinoyat] arni sodir etgan kishilarning yuzi
tilingan. Xunlar davlatida Mode hukmronlik qilgan davrda umummajburiy
harbiy xizmat, harbiy qismlarda qat'iy tartib-intizom joriy qilish haqida
qonunlar qabul qilingan. Bu qonunlarga binoan harbiy xizmatdan bosh
tortganlik, harbiy intizomni buzganlik uchun o ‘lim jazosi belgilangan.
Xunlar davlatida mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf qilish bilan bog‘liq munosabatlar odat huquqi qoidalari bilan
tartibga solingan. Boshqa ko‘chmanchi qabilalardagi kabi xunlar ham
yaylovlardan birgalikda foydalanganlar, yaylovlar butun urug‘ning mulki
hisoblangan.
Xunlar davlatida tepasida Shanyuy (ulug‘ azim) turgan. Shanyuy
lavozimini xunlar qabilasiga kiruvchi 24 urug‘ boshliqlaridan eng ulug‘i
egallagan. Dastlabki davrlarda shanyuy urug‘ boshliqlari tomonidan
saylangan, keyinchalik esa saylov o ‘rnini taxtga o ‘tkazish marosimi
egallagan. Xunlar davlatining so‘nggi davriga kelib davlat boshlig‘ining
hokimiyati vasiyat asosida meros tariqasida otadan o ‘g ‘ilga o ‘tadigan
bo‘lgan.
Davlat boshlig'i Shanyuy harbiy, diplomatik va diniy sohalarga
boshchilik qilgan. Qonunchilik hokimiyati ham uning qo‘lida bo‘lgan.
13
Xuyan, Lan, Syuybu urug‘lari xunlar qabilasidagi aslzoda
urugiardan bo‘lib, davlat idoralarining yuqori mansablariga ularning
vakillari tayinlangan. Masalan, sudya lavozimiga Syuybu urug‘i vakillari
tayinlangan. Boshqa urug‘lar aslzoda urug‘lar foydalangan imtiyozlardan
mahrum etilgan bo‘lsalar-da, o'zlarining ichki ishlarida mustaqil
bo‘lganlar. Ularning o ‘z hukmdorlari bo‘lib, ularning hokimiyati meros
tariqasida o ‘g ‘illariga o‘tgan.
Eramizdan avvalgi I ming yillikning o ‘rtalariga kelib 0 ‘rta Osiyoni
Kir II asos solgan Ahmoniylar davlati bosib oladi. Behustun qoyasidagi
yozuvlarda Bobil va Misr bilan birga Parfiya, Xorazm, Baqtriya va
So‘g ‘diyonani bosib olganligi toshga o ‘yib yozilgan. Sak va massagetlar
bir necha marotaba qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. Ana shunday qo‘zg‘olon-
lardan birida Kir II o ‘ldiriladi. Doro I hukmronlik qilgan davrlarda ham bu
kurashlar to‘xtamaydi. Ahmoniylar davlati yagona ma'muriy tizimga,
kuchli armiyaga, yagona pul birligiga ega bo‘lgan, qudratli markazlashgan
davlat bo‘lib, ma'muriy jihatdan 20 ta satrapiyaga bo‘lingan bo‘lib, undan
4 tasi Markaziy Osiyoda (qo‘shin va soliq to‘lash) bo‘lgan.
Satrapliklarning soni turli davrlarda turlicha bo‘lgan.
Ahmoniylar davlatida butun hokimiyat podshoh qo‘lida boiib, u
davlatni markaziy davlat mahkamasiga tayangan holda boshqargan. Davlat
Mahkamasida podshohdan keyin ikkinchi o ‘rinda xazorapat (ming
boshliq) turgan. U barcha davlat idoralari, mansabdor shaxslar faoliyatini
nazorat qilgan, podshohning shaxsiy qo‘riqchilariga, markaziy devonga
boshchilik qilgan. Podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida ma’lu-
motlar bergan. Markaziy devonga kotiblar, taftishchilar, podshohga ma'lu-
mot yig‘ib keluvchilar va boshqalar bo‘ysunganlar.
Satrapliklarda butun hokimiyat podshoh tomonidan tayinlangan va
vazifasidan bo‘shatiladigan satraplar qo‘lida bo‘lgan. Satrap ma'muriy
boshqaruv va sud hokimiyatiga boshchilik qilar, xo‘jalik ishlarini amalga
oshirish, soliq va yig‘imlami o ‘z vaqtida undirilishi, mansabdor shaxslar
faoliyati, o ‘z satrapligi hududi xavfsizlikni ta'minlash ustidan nazoratni
amalga oshirgan. Satraplar kumush va mis tangalar chiqarish huquqiga ega
bo‘lganlar. Satrap qoshida boshqaruv idorasi tashkil etilgan bo‘lib, unda
idora boshlig‘i, xazinachi, soliq yig‘uvchilar, jarchilar, sud tergovchilari,
kotiblar xizmat qilgan.
Ahmoniylar davlatida asosiy mansablarga eronlik aslzodalar
tayinlanganlar. Bizgacha yetib kelgan manbalarning guvohlik berishicha,
Ahmoniylar davlatining dastlabki davrlarida yagona huquq tizimi
14
bo'lmagan. Mamlakatning turli mintaqalarida har xil huquq manbalari,
sohalari va talablari harakatda bo‘lgan.
Masalan, Bobil, Misr va Yahudiyada mahalliy huquq, mahalliy
og‘irlik va uzunlik o ‘lchovlari, ibodatxona va kohinlarni soliqlardan ozod
qilish va boshqa imtiyozlami belgilovchi qoidalar saqlanib qolingan.
Doro I hukmronlik qilgan davrda (milloddan avvalgi IV asrlar) pul,
harbiy, aloqa sohalarida islohotlar o ‘tkazgan. Bu islohotlar podshohning
alohida farmonlari asosida amalga oshirilgan. Ahmoniylar davlatida
podshohning har bir chiqargan farmoni qonun kuchiga ega bo‘lib, uning
so‘zsiz bajarilishi shart edi. Bundan tashqari, podshoh alohida masalalar
bo‘yicha farmoyishlar chiqargan, uning alohida amaldorlarga bergan
ko‘rsatmalari, buyruqlari maxsus noma shaklida rasmiylashtirilgan. Uning
barcha farmonlari, farmoyishlari va maxsus nomalari alohida qaydnoma va
kundalik daftarlarida oromiy yozuvida yozib borilgan.
Doro I yagona huquq tizimini tashkil qilish maqsadida qonunlar
qabul qilganligi haqida ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. Jumladan, Doro
I bunday yozgan: “Axuramazda (yaxshilik ilohi)ning irodasiga ko‘ra, bu
viloyatlar mening qonunlarimga itoat qila boshladi, men nimaniki
buyursam, shulaming (hammasini) bajarmoqdalar”. Lekin bu qonunlar
bizgacha yetib kelmagan.
Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, Ahmoniylar davlatida
podshohning bergan ko‘rsatmasi, muayyan bir masala bo‘yicha chiqargan
xulosasi, qarori qat'iy bo‘lib, uni bekor qilishga hech kimning haqqi
bo'lmagan. Lekin davlat boshlig‘i mamlakatni boshqarishda, qonunchilik
faoliyatini amalga oshirishda eronliklarning urf-odatlariga, an'analariga
rioya qilish va yetti aslzoda urug‘laming boshliqlari bilan maslahatlashishi
lozim bo‘lgan.
Ahmoniylar davlatida podshoh va uning oila a'zolari hayotiga,
sog‘ligiga va shaxsiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar eng og‘ir
jinoyatlar hisoblanib, bunday jinoyatlar podshoh tomonidan ko‘rilib hukm
chiqarilgan. Mazkur jinoyatlami sodir qilgan kishilar o ‘lim jazosiga hukm
etilgan. Aksariyat hollarda jinoyat sodir qilgan kishining oila a’zolari ham
o ‘limga hukm qilingan.
Dostları ilə paylaş: |