To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Sintez- 
davlat va huquq tarixida yuz berayotgan voqea-hodisalami 
jarayonlaming qismlarini, tomonlarini fikran birlashtirish asosida yangi 
bilimlarga, ya'ni yangilikka xos umumiy xususiyatlarni va alohida 
davlatlardagi o ‘ziga xos xususiyatini o ‘rganadi.
Analiz jarayoni bilishning tayyorgarlik ko'rish bosqichi hisoblansa, 
sintez uni yakunlaydi. Analiz va sintez natijasida davlat va huquq tarixi 
bo‘yicha umumiy tushuncha, muhokamalar tarkib topib, ular yordamida 
davlat va huquq rivojlanishining o ‘ziga xos va umumiy sifatlari va 
qonuniyatlari aniqlanadi, shakllanadi.
Analogiya usulida davlat va huquq rivojlanishining turli davlat­
lardagi biror xususiyatlaming o ‘xshashligi o ‘rganiladi. Analogiyada ikki 
yoki bir necha davlatning ayrim olingan davrda, turli rivojlanish 
bosqichlaridagi davlati va huquqi rivojlanishining o ‘xshash xususiyatlari 
o ‘rganiladi.


Tarixiylik metodi - davlat va huquqning kelib chiqishi va uning 
rivojlanib borishi aniq vaqtini, davrini bilish usulidir. Har bir davlat 
huquqiy hodisani tarixiy nuqtai nazardan aniq tajribaga asoslanib 
o ‘rganadi. Tarixiylik usulining o ‘ziga xos xususiyati tarixiy harakatni 
uning butun boyligi bilan payqab olishga intilishidir. Umuman olganda 
tarixiy metod - davlat va huquqning tarixiy rivojlanishidagi turli 
bosqichlarni xronologik izchilikda o ‘rganishni taqozo etadi.
Mantiqiylik usuli predmetning nazariy shaklda tadqiq qilish usuli 
hisoblanadi. U tadqiqot obyektining eng muhim aloqalarini bilib olishga 
imkon beradi.
Mantiqiy bilish usuli davlat va huquqning tarixan obyektiv real 
mavjudligini, ulaming o ‘zaro aloqalarining turli tumanligini aks ettirish 
vazifasini bajaradi.
Mantiqiy metod - davlat va huquq obyektining mohiyatini, asosiy 
mazmunini nazariy shaklda, abstraksiyalar, mantiq qonuniyatlari asosida 
o'rganadi.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi kursi xronologik izchillikda 
davrlarga bo‘lingan. Insoniyat jamiyati taraqqiyoti qadimgi, o ‘rta asrlar, 
yangi davr va eng yangi davrlarga bo‘lib o'rganilgan. Ushbu davrlaming 
har biri davlat va huquqning rivojlanishidagi alohida tarixiy bosqich 
hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 0 ‘zbekiston davlati va huquqi 
tarixi fanini quyidagi davrlarga bo‘lib o ‘rganish mumkin:
1. Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bolishidan to o ‘rta 
asrlargacha ya'ni (VI-XIII asrlar)
2. 0 ‘rta asarlarda Movarounnahrda davlat va huquq (XIII asrgacha)
3. Markazlashgan davlatning tashkil topishi, ya'ni Temur va temuriylar 
davlati va huquqi (XIV asr o ‘rtalari XV asr)
4. Movarounnahr va Xuroson davlati va huquqi. Xonliklarning tashkil 
topishi (XV-XIX asming I yarmi)
5. Chor Rossiyasi davrida Turkiston davlati va huquqi, mustaqillik 
yillarida O ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi.
O'quv kursi davlat va huquq tarixi masalalariga quyidagi tizim 
asosida yondoshiladi: a) o ‘matilayotgan davlatning tashkil topishi, ijtimoiy 
tuzumi, davlat tuzumi, davlatning tipi, boshqarish shakli, armiyasi, 
politsiyasi, sud tuzilishi va mahalliy hokimiyati, boshqaruv organlari, 
huquqning asosiy manbalari, sohalari va institutlari.
Ayrim adabiyotlarda, ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, 0 ‘zbekiston 
davlat va huquqi tarixini davrlarga bo‘lish ko‘p yoki kamligi uchrab turadi.
9


Ammo bu davrlarning yirikroq yoki maydalashishi fanning asosiy 
mazmuniga ta'sir qilmaydi.
Mazkur fanning asosiy manbalari: “Avesto”, “So‘g ‘d” hujjatlari, 
klassik tarixchi olimlar asarlari, “Qur'oni Karim”, “Hadislar” to ‘plami, 
“Zafarnoma”lar, sud-notarial , vaqf, savdo, yer va boshqa huquqiy hujjat- 
lar, “Temur tuzuklari”, turli davrlarda qabul qilingan turli “Nizom”lar, 
TASSR, XXSR, BXSSR Konstitutsiyalari, 1927, 1937, 1978-yillardagi 
konstitutsiyalar, shuningdek, Mustaqillik asoslari to ‘g ‘risidagi qonun, 
1992-yildagi Konstitusiya hamda shu yillarda qabul qilingan huquq 
institutlarining amaldagi qator qonunlari va ayniqsa, yurtboshimizning 
nufuzli anjumanlarda o ‘zbek davlatchiligi va tarixiga oid qator ma'ruzalari, 
hamda asarlari kiradi.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin