Milloddan avvalgi II va millodiy I asrda Qang‘ davlatining hududi
ancha kengayib, Toshkent vohasi, 0 ‘rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va
Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni o ‘z ichiga olgan. Uning ikkita
poytaxti bolgan Qang'diz (Oqqo‘rg‘on tumani) va O'tror Qang‘
hukmdorlari ularning birida yozni, ikkinchisida esa qishni o ‘tkazgan.
Ma'lumotlar Qang‘ davlatining dastlab 90-120 minggacha kamonchi
askari bo‘lganligidan dalolat beradi. Eramizning I va II asrlariga kelib
Qang‘ davlati tarkibiga Samarqand, Maymurg*, Ishtixon kirgan. Xorazm
Qang‘ davlatlari uyushmasida bo‘lgan davrda qal'alar, mudofaa
istehkomlari qurilishi nihoyatda rivojlangan harbiy sohada og‘ir
qurollangan otliq askarlar asosiy qismni tashkil qilgan.
Qang‘ davlatiga noiblar tomonidan boshqariladigan beshta mulk
bo'ysundirilgan. Ular Susey, Fuliz, Yunis, Gis, Yuyegyan kabilaridir.
Davlat boshida Qang‘ hoqonlari turib, uning huzurida maslahat
beruvchi oqsoqollar kengashi mavjud bo‘lgan. Qang‘lar davlati vilo-
yatlarga bo‘linib, ularni jabg‘ular boshqargan. Bu davlatda ko‘chmanchi
chorvador, zadogonlarning mavqei katta bo‘lgan.
Taxminan eramizdan avvalgi III asrda paydo bo‘lgan davlat Dovon
davlatidir. Tarixiy Xitoy manbalarida ko‘rsatilishicha, Та Yuan (Da Van)
“Da” -katta “Van” - podsho degan ma'noni anglatadi.
Bu davlat tarkibiga 70 ta katta-kichik shaharlar kirganligi, aho-
lisining soni bir necha yuz mingga yetganligi va 300 ming aholisi
bo‘lganligi ma’lum. Davlatning poytaxti Ershi shahri bo‘lib, davlatni Van
va uning ikki o ‘rinbosari boshqargan. Podsho davlatni ana shu shaxslarga
tayanib idora etgan. Uning huzurida oqsoqollar kengashi mavjud bo‘lib,
urush va tinchlik masalalarini, hatto podsholarning taqdirini hal qilish
huquqiga ega bo‘lgan. Bu esa demokratiya ancha muhim ahamiyat kasb
etganidan dalolat beradi. Dovon shaharlari hokimlar tomonidan bosh-
qarilgan.
Dovon davlatining aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Qadimgi Farg‘ona qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va binokorlik
yuksak darajada rivojlangan o ‘lka bo‘lgan. Dovon dehqonlari arpa, sholi,
bug'doy va beda yetishtirish, bog‘dorchilik va uzum yetishtirishda katta
yutuqlarga erishgan.
Farg‘ona o ‘zining «samoviy» otlar zoti bilan mashhur bo‘lgan.
Ularga hatto Xitoy imperatorlari ham qiziqqan.
Dovon davlati Xitoy, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan
bo‘lgan xalqaro savdoda muhim o ‘rin tutgan.
Dostları ilə paylaş: