Turk hoqonligining ijtimoiy, siyosiy tuzumi va huquqi (551-744).
Oltoyda turk xoqonligining paydo bo‘lishi “Ashin” urug‘ining
kuchayib, turli qabila va xalqlami o‘z atrofida birlashtirishi natijasidandir.
Eramizning 551-yilida turklar dastlab jujan qabila birlashmasini yengib,
Bumin xoqon yordamida M o‘g ‘uliston va Oltoyda kuchli davlat tuzdilar.
Bu davlat VI-VIII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda bir qancha
xalqlami birlashtirdi.
18
603-yilda Xoqonlik ichki ziddiyatlar natijasida Sharqiy va G'arbiy
xoqonlikka boiingan. Bizning hudud G ‘arbiy xoqonlik tarkibida edi. Turk
xoqonlari dastlab o'zlariga bo‘ysundirgan joylardan faqat belgilangan
miqdorda o‘lpon olib turish bilan qanoatlanishgan.
Turk xoqonligi hokimiyat tepasiga urug‘, qabila boshliqlari
qurultoyda saylanadigan xoqon turgan. Uning huzurida qabila urug‘
boshliqlaridan iborat Kengash bo‘lib, unda davlat ahamiyatiga tegishli
muhim masalalar qo‘rilgan va hal etilgan.
Shuni ta'kidlash lozimki, Turk xalqlarining davlatchiligi xoqonlik
(imperatorlik) beklik, otabeklik (knyazlik) shakliga mos keladi. Taxt vorisi
Tegin, ya'ni (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalarga qondosh bo‘lgan
biror beklik yoki hokimlik qilgan kishiga shad unvoni berilgan. Turk
xoqonlari maxsus chaqirtirilgan qurultoylarda saylangan.
Turk xoqonligining ijtimoiy tuzumi: boy zodagonlar, savdogarlar,
hunarmandlar, xizmat qiluvchi tabaqa amaldorlar, harbiylar, dehqon va
qullardan iborat bo‘lgan. Harbiylar turkcha «chariq» deb atalgan. So‘g ‘d
hujjatlariga ko‘ra hukmdorlar saroyda quyidagicha mansabni egallashgan:
harbiy ma'muriyat boshlig‘i - Farg'onada - “Tutug”, So‘g ‘dda “Chapish”
ya'ni lashkarboshi, viloyat hokimlari “Xvabe” deyilgan. Podsho devon-
xonasining boshlig‘i “diperant” deb atalgan. Gupat-daromadlar noziri,
ya'ni moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi, Oxvirpat - podsho otxonasining
noziri, boshlig‘i. Parvanak - hujjatlar tuzuvchi mansabdor, paxvanak
(patvane) jazoni ijro etuvchi jallod lavozimidagi shaxslar bo‘lgan.
Armiyasi otliq qo‘shin, alohida o ‘lkalaming hokimligidagi otliq
qo‘shini, piyodalardan iborat shaxsiy qo‘riqchilardan tashkil topgan.
0 ‘lkalar xoqonga o ‘lpon to‘lab turishgan.
Bu davrda xalqlar bir necha dinga: zardushtiylik, xristianlik,
moniylik va buddizmga e'tiqod qilishgan. Diniy mansablari: Magupat -
bosh koxin, vag'npat - ibodatxonalari boshlig‘i va boshqalar. Turk
xoqonligida qonunchilik Xoqon buyrug'i, farmonlari, zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi (“Avesto”), Sug'd hujjatlari va maxsus qonuniy
aktlarini sodir etadigan joy sud notarial organi mavjud bo‘lgan.
Turk xoqonligida xotin-qizlar to‘la vorislik huquqiga ega bo‘lgan,
ayolning nomusiga tekkan erkak o ‘limga mahkum etilgan. Nomusga tegish
eng og‘ir jinoyat hisoblangan. Bundan tashqari og‘ir jinoyatlarga qo‘z-
g ‘olon uyushtirish, xoinlik, odam o ‘ldirish, o ‘g ‘irlash kabilar kirgan.
Yetkazilgan zarar uchun esa masalan bezorilik, orqasidan biror kishiga
zarar yetkazilsa, jabrlanuvchiga qizini erga berishi, qizi botlmasa, qiynalib
to‘laydigan mulkim berishi lozim edi. A'zolarining birortasini ishdan
19
chiqargan bo‘lsa, bu jinoyati uchun ot bilan jarima toiashi kerak boigan,
o‘g ‘irlagan narsasi uchun esa o ‘sha narsaning o ‘n barobariga teng narsa
toiagan. Ana shu davrga xos boigan Samarqandda “Turk qonunnomasi”
mavjud boiib, u ibodatxonada saqlangan. Jazo berish vaqtida ana shu
qonunnoma asosida ya'ni uni q o ig a olib turib jazo tayinlangan. Og‘ir
jinoyat uchun jinoyatchining o ‘zi qatl etilgan. 0 ‘g ‘rilik uchun oyogi
qirqib tashlangan.
0 ‘zbekiston hududidagi arablar hukmronligi o ‘matilganga qadar
amalda boigan huquq haqida ma'lumot beruvchi muhim manba - bu
Panjikent yaqinida Mug‘ tog‘i tepasidagi qadimgi qasr xarobasidan 1932-
1933-yillarda topilgan “So‘g ‘d” hujjatlaridir. Ular So‘g ‘d podsholigiga
bo‘ysungan Panj hokimligi saroyi, turli viloyat hokimlari va mansabdor
shaxslarga aloqador hujjatlar: yozishmalar, diplomatik mazmundagi
xabarnomalar, alohida masalalar bo‘yicha tuzilgan shartnomalardir.
Albatta, bu normativ huquqiy hujjatlar huquqning, manbai sifatida
qaralishi mumkin emas. Ular individual mazmundagi hujjatlardir. Lekin
shu hujjatlaming mazmunidan kelib chiqib, tuzilgan dawning huquq
manbalari, huquqiy madaniyat haqida ma’lum tasavvurga ega bo iish va
fikr yuritish mumkin.
“So‘g ‘d” hujjatlarining huquq nuqtai nazaridan eng ahamiyatlisi
yemi xarid qilish, tegirmonni ijaraga berish, nikohni qayd qilish,
kuyovning kelin tomon oldidagi majburiyatlari haqidagi shartnomalardir.
Yemi xarid qilish haqidagi shartnomada uning tuzilgan vaqti, yemi sotib
oluvchi va sotuvchining nasl-nasabi, nomi, yerning joylashgan joyi,
chegaralari, miqdori, shartnomada ishtirok etuvchilarning huquq va
burchlari, ularga rioya qilmaslikdan kelib chiqadigan oqibatlar,
shartnomani tuzishda ishtirok etgan guvohlar va uni rasmiylashtirgan
kishining nasl-nasabi va nomi ko‘rsatilgan. Tegirmon ijarasi haqidagi
hujjatda uning tuzilgan vaqti, ijaraga beruvchi va oluvchining nomlari,
tegirmonning joylashgan joyi, quvvat manbalari, jihozlari, ijara muddati va
haqi, ijara shartlariga rioya qilmaslik oqibatlari, ijaraga olingan mulkdan
foydalanish, ijara haqini toiashning qonunga muvofiq boiishi,
qonunsizlik - xiyonat va adolatsizlik qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi,
hujjatni rasmiylashtimvchi va bu jarayonda ishtirok etgan guvohlar
nomlari ko‘rsatilgan. Hujjat muhr bilan tasdiqlangan.
Nikohni qayd qilish haqidagi hujjat laqabi Nidon boigan Uttakin
Navekat hukmdori Cher Vaxzanak o ‘g ‘lining homiyligidagi Viyusning
qizi nomi Dug‘duncha laqabi Chatani xotinlikka olishi haqida tuzilgan.
Unda Uttakin Chatani sevikli xotin sifatida hurmat va ehtirom bilan oziq-
20
ovqat, kiyim-kechak, bezak taqinchoqlar bilan ta'minlashi, e'zozlab,
muhabbat bilan o ‘z uyida podshohoyim sifatida saqlashi Chata esa
Uttakinni sevikli er sifatida hurmat va ehtirom bilan asrashi, u erining
baxt-saodati haqida qayg‘urishi, uning buyrug‘ini o ‘ziga qonun deb
hisoblashi lozimligi qayd qilingan. Hujjatda yozilishicha, agar kelajakda
Uttakin Chatani xotin qilmayman degan qarorga kelsa, bu holda uni qo‘yib
yuborishi, birgalikda yashagan vaqtida olgan shaxsiy narsalari va tovon
pulini berib, hech qanday shartlarsiz jo ‘natib yuborishi, agar Chata
Uttakinga bundan buyon xotin bo‘lmaslik qaroriga kelsa, unda xotinlikdan
chiqib ketishi, bu holda u Uttakinga kiyishga yaroqli kiyimlar qoldirishi,
Uttakindan olgan bezak taqinchoqlarni va boshqa narsalami tashlab
ketishi, lekin Chata o ‘ziga tegishli va birgalikdagi hayoti davomida
orttirgan mulkini olib ketishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Chata, hujjatda
qayd qilinishicha, boshqa hech narsa bo‘yicha tovondor bo‘lmaydi, u o ‘zi
xohlagan kishiga turmushga chiqishi mumkin. Ajrimdan so‘ng, Uttakin va
Chata bir-birlarining g ‘ayriqonuniy xatd-harakatlari uchun javob
bermaydi. Nikohni qayd qilish haqidagi hujjat qonunlar uyida, uning
boshlig‘i huzurida uchta erkak guvohligida kotib tomonidan tuzilgan.
Kuyovning kelin tomon oldidagi majburiyatlari haqidagi hujjatda
kuyov-Uttakinning kelin Chataning urug‘-aymoqlari oldidagi burchlari o ‘z
aksini topgan. Hujjatda ko‘rsatilishicha, u tuzilgan kundan Chata toabad
Uttakinga xotin b o iib qolajak va kuyov kelin tomon oldidagi Chatani
sotmaslik, qarz evaziga qullikka ham bermaslik, biror kimsaning
homiyligidagi o ‘z mulkiga aylanishiga ham yo‘l qo‘ymaslik, agar kimdir
Chatani Uttakindan bevosita yoki sirtdan tortib olsa, uni tahqirlasa, uni shu
zahotiyoq, hech qanday ziyon-zahmatsiz ozod qilish: agar Chata Uttakin
bilan qolishni xohlamasa yoki Uttakin uni qo‘yib yuborsa, kelinni urug‘-
aymoqlariga ziyon-zahmatsiz qaytarishi shart bo‘lgan, agar ushbu shartga
ko‘ra, kuyov kelinni ziyon-zahmatsiz yetkazib bermasa, u holda 100
dinoriy dirham kumush muomalada amal qilish tasdiqlangan, yaxshi
saqlangan, toza sifatli pul qarz bo‘lishi, qarzni to‘lash sharti belgilangan,
mabodo, pulni to‘lay olmasa (vaqtida) 10 dirhamiga 2 dirhamdan ustama
to‘lash evaziga qarz bo‘lish majuriyatlarini oladi. Bu hujjat ham «qonunlar
uyida» nikohni qayd qilish bitimi kabi tuzilgan.
21
|