To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

NAftiiAHGiU 
-AT 
U N IVER Si^t i I 
-
Ahborot-resurs markazl
Uo


Eftalitlar (Oq xunlar, ya'ni abdallar deb ataluvchi qabilalar) davlati
IV asrning oxiri va V asming boshlarida Orol bo‘yida yashovchi mas- 
sagetlar o ‘zlarining Eftalitlar nomi bilan ataluvchi davlatga asos solishdi.
V asr o ‘rtalarida 0 ‘rta Osiyoda Eftalitlar hukmronligi o ‘rnatilgan. 
Keyinchalik, ular 0 ‘rta Osiyoni, Sharqiy Eronni, Hindistonning shimoliy 
qismini va Sharqiy Turkistonni birlashtiruvchi yirik davlat tashkil qilishga 
muvaffaq bo‘lishgan.
Eftalitlar davlatining hududidagi shaharlar jumlasiga, asosan 
So‘g‘diyona shaharlari kirgan bo‘lib, bu vaqtda ular ahamiyati oshgan- 
ligini ko‘rish mumkin. Kushoniya (Kattaqo‘rg‘on yaqinida) Ravdad, 
Poykand, Tallikon, Termiz, Gurgon, Varaxsha kabi shaharlar eftalitlar 
hukmronligi davrida rivoj topdi. V asrdan e’tiboran, Samarqand shahri ham 
taraqqiy etgan. Eftalitlarning siyosiy markazi Poykand shahri, davlat 
boshliqlarining qarorgohi esa Varaxshadagi saroy bo‘lganligi taxmin 
qilinadi.
Eron sosoniylar davlatining sharqqa yurishlari eftalitlar tufayli 
to‘xtagan. Ular Eron podsholarining ichki siyosatiga ham aralashib 
turdilar, hatto shohlardan qaysi birini saylash va tayinlash masalasini hal 
qilish ularning qo‘lida edi. Eron davlati har yili eftalitlarga o ‘lpon to‘lab 
turgan. Bu davrda hokimiyat katta yer egalari qo‘lida bo‘lib, Eftalitlar o ‘z 
hokimlarini “Ixshid” deb atashgan. Ijtimoiy tuzumiga qarasak, aslzoda 
dehqonlar, ularning shaxsiy qo‘riqchilari chokarlar dehqonlarga qaram 
bo‘lib qolgan, ular: xizmat qiluvchi kadivarlar va jamoatchi dehqonlar
hamda qullarga bo‘lingan. Aholisi shahar qishloqlarning o ‘troq aholisidan 
va ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat bo‘lgan. Yirik shaharlar hokimlar 
tomonidan boshqarilgan. Hokimlar o ‘z harbiy kuchiga ega bo‘lgan. 
Eftalitlar davlatida mulkiy jinoyatlar qattiq jazolangan. 0 ‘g ‘irlik uchun 
bo‘ynini qirqib qatl etish haqida yoki o ‘g ‘irlab ketgan mulkini o ‘n 
barobaridan undirish bilan jazolanganligi haqida Xitoy manbalaridan 
“Beyshu”da keltirilgan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin