Ushbu fan Vatanimiz hududida tashkil topgan barcha davlatlarning
davlati va huquqi tarixi, shuningdek alohida o'ziga xos bo'lgan
davlatlarning davlati va huquqini o ‘rgatadi.
Mazkur fan umumiy tarix fanidan farqli o ‘laroq, jamiyatni to ‘la
butunligicha o'rganmaydi, balki davlat va yuridik muassasalari murakkab
tizimining tarixiy rivojlanish jarayonini hamda huquqi, ulaming alohida
sohalari va institutlarining kelib chiqishi, taraqqiy etish jarayonini
o'rganadi.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani 0 ‘zbekiston
hududida
mavjud bo‘lgan davlat va huquq masalalarini, ulaming ma’lum rivojlanish
bosqichidagi ko‘rinishlari, shakllarini o ‘rganar ekan, ko‘plab dalillarga,
davlatlar, tabaqalar va boshqa vositalarga tayanadi, ularga ilmiy-tarixiy,
nazariy jihatdan asoslanadi. Shu bilan birga davlat va huquqning tarixiy
rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashni asosiy vazifa qilib qo'yadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, 0 ‘zbekiston davlati va huquqi
tarixi fani barcha tarixiy jarayonlami o ‘zida mujassam etgan fan bo‘lib,
jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘liq. Jamiyatdan tashqari davlat va huquq
boimaganidek, davlat va huquqning undan ajratilgan, holda alohida,
tarixning bo‘lishi mumkin emas, chunki
davlat va huquq jamiyatning
mahsuli o ‘zi kashf etgan siyosiy tashkiloti hamda unga xizmat qiluvchi
qoidalar to'plamidir.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani jamiyat taraqqiyoti bilan
uzviy ravishda mamlakatimiz hududida qadimdan to shu kungacha bo‘lgan
turli davlatlarning huquqiy tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi
qonuniyatlarini o ‘rganadi.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fanining vazifasi hozirgi
0 ‘zbekiston ko'hna Turon doirasida tashkil topgan qadim davlatlarning
ijtimoiy-siyosiy tuzumi hamda huquqiy masalalari haqida bilim berish,
(Xorazm, qadimgi Baqtriya, So‘g ‘d) qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asr
milodiy IV asr) Xorazm, Qang‘, Farg'ona (Dovon); ilk (V-VIII asr) va
rivojlangan (VIII-XIII asr boshlari) 0 ‘rta asrlarda o ‘zbek davlatchiligi,
Temur va temuriylar davri (XIV asr o ‘rtalari XV asr) davlati va huquqi;
XVI-XIX
asr boshlaridagi davlatchilik; Chor Rossiyasi davrdagi davlat
chiligimiz tarixi va huquqi haqida bilimlar berish; o ‘zbek davlatchiligi va
qonunchiligi tarixiga oid manbalar :“Avesto”, “Qur'oni karim”,
“Zafamoma”, Gerodot, Ktesiy, Rim, Xitoy, Yunon tarixchilarining ma'lu-
motlari asosida nazariy bilimlar berishdan iborat.
Shuningdek, ushbu fan bugungi kunda 0 ‘zbekiston davlati va uning
amalda bo‘lgan huquq tizimlarining o ‘ziga xos xususiyatlarini yangi huquq
6
institutlari faoliyatini anglash, ular haqidagi nazariy bilimlar berish bilan
birga bo‘lajak huquqshunoslarda davlat va huquq tarixini yangicha tahlil
qilishga, ularning eng qadimgi davrdan to shu kungacha bo‘lgan
taraqqiyoti tarixiy yaxlit uzviylikda tushuntira bera olish malakasini
shakllantirishni asosiy vazifa qilib oladi.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani ijtimoiy fan bo‘lib,
davlatchilik tarixini va huquqini o ‘rganadi , shuning uchun ham bu fan
yuridik fanlar qatori tarixiy-huquqiy fan hisoblanadi. Bu fan davlat va
huquq tarixini keng, tarixiy va
daliliy manbalarga asoslanib, tahlil qilib,
davlat va huquqning vujudga kelishini; birin-ketin rivojlanishini, ularning
sabablarini, mohiyatini, mazmun va shakllarini turli rivojlanish bosqichida
davlat va huquq sohalarining mohiyatini ochib beradi. Mazkur fan yuridik
va ijtimoiy fanlar bilan o ‘zaro bog‘liq va aloqador. 0 ‘zbekiston davlati va
huquqi tarixi fani xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi fani bilan
chambarchas bog‘liq. Bulaming har ikkisi ham tarixiy-huquqiy fan oldida
turgan vazifalarni hal qilishda o ‘zaro qiyoslash, taqqoslash bilan birga hal
qiladi, lekin o ‘rganadigan masalalari doirasida bir-biridan farq qiladi.
Shuningdek 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani davlat va
huquq nazariyasi fani bilan ham uzviy bog‘liq. Davlat va huquq nazariyasi
fani davlat va huquqni rivojlanish qonuniyatlarini o ‘rganadi. Davlat va
huquq tushunchalari toifalarini tizimini ishlab chiqadi, bu tushunchalar esa
mazkur fanda keng o ‘rganiladi.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi
fani siyosiy va huquqiy
ta'limotlar tarixi fani bilan ham o ‘zaro aloqador. Zero, siyosiy-huquqiy
ta'limotlar tarixi qadim zamonlardan to hozirgi kunga qadar mavjud
bo‘lgan davlat va huquq haqidagi g ‘oyalar taraqqiyotini o ‘rganar ekan,
bunda davlat va huquqiy ta'limotlaming kelib chiqishi va rivojlanishi,
ijtimoiy samaradorligini tarixiy va xronologik tarzda o ‘rganadi.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlar
umumiy tarix, falsafa, iqtisod nazariyasi, mantiq kabi fanlar bilan uzviy
bog‘langan.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fanini ham o ‘ziga xos o ‘rganish
usullariga ega. Ushbu usullar orqali muayyan-tarixiy davlatning huquqiy
hodisalarini, keng ma'noda tarixiy-huquqiy fanning poydevori hisoblangan
tarixiy faktlami bilish vositalari, usullari qo‘llab chiqiladi.
Fanlar uchun umumiy ilmiy bo‘lgan analiz va sintez, induksiya va
deduksiya, analogiya,
mantiqiylik va tarixiylik, mavhumlikdan aniqlikka
borish va boshqa umumiy usullar ushbu fan uchun taalluqlidir.
7
Yuqoridagi usullar bevosita dialektik usul bilan bog‘langan.
Dialektik usul real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo'lib,
barcha fanlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat va huquq rivojlanadi, o ‘zgaradi bir shakldan ikkinchi shaklga
o‘tadi bu dialektik usuldir.
Dialektika hodisalarni rivojlanishida, boshqa hodisalar bilan
aloqadorlikda, bir-biri bilan bog‘liq holda, harakatda miqdoriy va sifat
o ‘zgarishida olib qaraydi. U real mavjud, muayyan vaziyatda, muayyan
vaqtda va hududda vujudga kelgan. Ulami tushunish uchun ulami vujudga
keltirgan sharoitni, mavjud bo'lgan va yashayotgan davmi o ‘rganish
lozim.
0 ‘rganishni analiz (tahlil qilish) usulida davlat va huquq tarixida yuz
bergan voqea, hodisa, jarayonlami tarkibiy qismlarga fikran ajratish, bu
tarkibiy qismlaming
mazkur hodisadagi voqeadagi, jarayondagi o ‘mini
belgilash, hal qiluvchi darajalarga ajratish o ‘rganiladi. Tarkibiy qismlami
sintez qilish (umumlashtirish) uchun analiz qilinadi. Turli davrda davlat va
huquqni kelib chiqishi va rivojlanishi xilma-xil xususiyatlarga ega.
Murakkab bo‘lgan davlat va huquq tarixi hodisalarini o ‘rganish va bilish,
ular to ‘g ‘risidagi tushunchalarni chuqurlashtirish uchun davlat va
huquqning tarixini alohida-alohida tarkibiy qismlarga ajratib analiz qilish
zarur bo'ladi.
Alohida bir davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanishining
o ‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq o ‘rganish uchun sintez usulidan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: