Chinor fayzi baland


§ 7.3. Qishloq xo„jaligi sohasidagi soliq idoralarining faoliyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 7.3. Qishloq xo„jaligi sohasidagi soliq idoralarining faoliyati 
Turkiston 
zabt 
etilganidan 
keyin 
o‗lkada yerga egalik 
munosabatlarini o‗zgartirish va yangi soliq tizimini joriy qilish, 
soliqlarning shakli, hajmi va yig‗ish tartibi masalasi Rossiya imperiyasi 
siyosatida asosiy o‗rinni egallagan va keng doiradagi bahs-munozaraga 
sabab bo‗lgan edi. Yerga egalik munosabatlari va soliqlar masalasida 
ikki xil fikr tarafdorlari mavjud bo‗lib, Turkistonning birinchi general-
gubernatori K.Kaufman barcha yerlarni davlat ixtiyoriga olib berish va 
ulardan jamoa tarzida foydalanish lozim deb hisoblashini bildirgan100. 
U o‗z boshqaruvining oxiriga qadar shu fikrda qolgan va uni amaliyotga 
tadbiq etishga harakat qilgan. Rossiya hukumatining boshqa vakillari 
unga qarshi chiqib, K.Kaufmanning fikrini xususiy mulkni rad etish 
sifatida baholaganlar. Ular aynan xususiy mulk kelajakda Turkistonning 
rivojlanish omili bo‗lishi lozimligini uqtirganlar
101
.
Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta-katta yer 
maydonlari Rossiya davlat xazinasiga tegishli deb e‘lon qilindi. Vaqf 
98
Стеткевич А. Убыточен ли Туркестан для России? – СПб., 1889. – С. 7. 
99
Обзор Семиреченской области за 1883 г. – Верный, 1884. – С. 24. 
100
Jumaev U.X. Rossiya imperiyasining Turkistondagi soliq siyosatining shakllanishi: asosiy bosqichlari 
va taraqqiyoti. Tarix. fan. boʼyicha fal. dokt. (PhD) diss. ... avtoref. – T.: 2012. – 21 bet. 
101
Центральная Азия в составе Российской империи. – М.: Новое литературное обозрение, 2008. – 
С.138. 


166 
mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi. Xususiy mulk 
hisoblangan yerlar ham davlat mulkiga aylantirildi, ularni egalariga 
merosiy ravishda foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga yer olib, 
amalda undan foydalanib kelayotgan xonadonlarga o‗sha yerlar meros 
qilib biriktirildi va ularga soliq solindi. Shu tariqa o‗lkaning barcha 
hosildor yerlari Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. Yer solig‗i 
XIX asr oxirida 4 million so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, 1916 yilda 38 
million so‗mdan oshib ketdi. 
Turkiston o‗lkasida yer-soliq mahkamalarini tuzishga Rossiya 
imperiyasi hukumati juda katta e‘tibor berib, o‗z islohotlarining birinchi 
qadamlaridanoq mahalliy aholining yerdan foydalanishini yo‗lga qo‗yish 
borasida faoliyat olib borgan
102
.
Turkistonda Rossiya imperiyasi hukmronligi o‗rnatilganiga qadar 
bo‗lgan vaqt mobaynida mahalliy yer egalaridan soliqlar undirish, 
barcha turdagi yerlardan foydalanishni nazorat qilish xonning 
zimmasida edi. U davlatga harbiy va fuqarolik xizmatlarini o‗tashda 
jonbozlik ko‗rsatgan shaxslarga yerning ma‘lum ulushini berish 
huquqiga ega bo‗lgan. Natijada yer egaligining mulk va vaqf shakllari 
yuzaga kelgan. Turkistonda yerning aholi o‗rtasida taqsimlanishi juda 
notekis bo‗lib, katta yer egalarining soni ko‗pchilikni tashkil qilgan va 
bu mulk 200 - 400 tanobdan iborat bo‗lgan
103
. Xon tomonidan berilgan 
yerdan ketma-ket uch yil davomida foydalanilmasa, mazkur yer yana 
davlatning bo‗sh yerlari hisobiga kiritilgan. Davlat yerlari o‗z navbatida, 
xon tasarrufida bo‗lgan podsholik va aholi foydalanishiga berilgan 
amlok yerlarga bo‗lingan. Amlok yerlarga ekin ekkan dehqon davlatga 
turli soliqlar to‗lagan, jamoa yoki alohida shaxslar foydalanilmaydigan 
yerlarga suv chiqarib ishlatsa, bunday yerlar ularga davlat mulki sifatida 
berilgan. Ular bu yerdan merosiy foydalanish huquqiga ega bo‗lishgan. 
Imperiyaning olib borgan siyosati natijasida har qanday yo‗l bilan bo‗lsa 
ham unumdor yerlarni rus dehqonlariga ajratib berishga harakat qilgan 
102
Пален К.К. Поземельно-податное дело. - СПб., 1910. Папка 2, документ 3. - С. 3. 
103
Bir tanob - 600 kv.s.ga teng boʼlib, turli joylarda har xil: 1/6dan U 2 gektargacha boʼlgan yer maydoni. 


167 
va yer soliqlarini oshirib yig‗ib mahalliy aholining o‗z yerlarini sotishga 
majbur etgan. Bunday bo‗sh turgan yerlar birinchi navbatda harbiy 
xizmatdan bo‗shagan askarlarga, Rossiyadan ko‗chib kelayotgan 
dehqonlarga beriladi. 
Ta‘kidlash kerakki, sotib olingan va suv chiqarilgan yoki davlat 
tomonidan berilgan har bir yer uchun aholiga tegishli hujjatlar berilgan. 
O‗lka xalqlaridan olinadigan soliqlar shakli, miqdori va ularni 
yig‗ish usullari imperiya mustamlaka siyosatining asosini tashkil qilgan.
Bu ish sekin-asta boshqa muammolar, ya‘ni siyosiy-ma‘muriy 
tuzilish, yerdan foydalanish kabi muhim masalalar bilan birgalikda hal 
qilib borilgan.
O‗rta Osiyo xonliklari bosib olinishining dastlabki yillarida 
mustamlaka ma‘muriyati bir necha turdagi soliq majburiyatlarini kiritish 
bilan chegaralangan. Chunonchi, ―Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini 
boshqarish to‗g‗risidagi 1867 yil 11 iyuldagi vaqtinchalik Nizom‖ning 
bandlariga muvofiq, o‗troq aholidan avvaldan olingan xiroj va tanob 
soliqlari quyidagicha amalga oshirilgan: 280-bandida xiroj solig‗i 
avvalgi shu soliq yig‗imlari olingan yerlardan olinishi, 281-band 
bo‗yicha xiroj solig‗i hosilning 1/10 qismi miqdorida yig‗ilishi qayd 
etilgan
104
.
―Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish to‗g‗risidagi 1867 yil
11 
iyuldagi 
vaqtinchalik 
Nizom‖ning 
bandlarida 
quyidagilar 
ta‘kidlangan: 
Tanob solig‗i ham avvalgi shu soliq yig‗imlari olingan yerlardan 
olinadi, tanob solig‗ining hajmi o‗lka general-gubernatori tomonidan 
belgilanadi (282-band);
Soliq yig‗imlarini yig‗ish shahar va qishloq xo‗jalik jamoa 
boshqarmalari zimmasiga yuklanadi (283-band);
104
Проект положения об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областях. - СПб., 1867. - 
С. 53. 


168 
Xo‗jalik-jamoa boshqarmalari o‗zlariga tegishli huquqlaridan 
foydalanib, xiroj va tanob soliqlari yig‗imlarini o‗tkazish uchun 
ma‘lumot to‗plashlari kerak (284-band); 
G‗aznaga topshiriladigan xiroj va tanob soliqlarining hisoboti 
xo‗jalik-jamoat boshqarmalari uyezd boshlig‗iga topshirishi, uyezd 
boshlig‗i esa ushbu yuqoridagi soliqlar hisobotini harbiy gubernatorga 
taqdim etishi lozim (285-band).
Shuningdek, Nizomning 286-bandiga binoan, harbiy gubernator 
o‗zida mavjud bo‗lgan har bir uyezddagi ziroatchilik mahsulotlarining 
qiymatlari hisobotini - xiroj yig‗imlarini o‗tkazish uchun o‗lka general-
gubernatoriga taqdim etar, qonunning 287-bandi bo‗yicha esa, 
yuqoridagi banddagi ma‘lumotlar tasdikdangach, Viloyat Boshqarmasi - 
G‗aznaga topshiriladigan xiroj va tanob yig‗imlari umumiy miqdorining 
ro‗yxatini tuzib chiqardi. Undan so‗ng harbiy gubernator uyezd 
boshliqlariga ushbu ro‗yxatni e‘lon qilib, har bir xo‗jalik-jamoa 
boshqarmasining xiroj va tanob yig‗imlari miqdorini belgilab berishi 
lozim bo‗lgan
105
.
Shuni ham aytib o‗tish lozimki, xiroj va tanobdan kelib tushgan 
mablag‗larning 5 foiz xo‗jalik-jamoa boshqarma xodimlarining moddiy 
ta‘minotiga sarflangan; ushbu mablag‗ uyezd boshlig‗i tomonidan har 
bir boshqarmaga berilib, uning a‘zolari o‗rtasida teng taqsimlab berilgan 
(292-band). Soliq yig‗imlari miqdori o‗sgan taqdirda o‗lka xo‗jalik-
jamoa boshqarmalari boshlig‗i a‘zolarining moddiy ta‘minotini 10 
foizgacha oshirish huquqiga ega bo‗lgan (293-band). Nizomning 294-
bandiga binoan, yig‗imlarni undirish vaqtida vujudga keladigan baxs va 
kelishmovchiliklar qozilik sudlari tomonidan hal etilgan. 295-band 
buyicha, vaqf yerlarining hujjatlarini mustamlaka ma‘muriyati 
tekshirgandan keyin, ular soliqdan ozod qilingan va ozod qilinmagan 
vaqf yerlariga bo‗lingan.
105
Jumaev U.X. Rossiya imperiyasining Turkistondagi soliq siyosatining shakllanishi: asosiy bosqichlari 
va taraqqiyoti. Tarix. fan. boʼyicha fal. dokt. (PhD) diss. ... – T.: 2012. – 99- bet. 


169 
Nizomning 255-bandiga ko‗ra, ko‗chmanchi aholidan har bir o‗tov 
uchun 2 rub. 75 kop. miqdorida o‗tov solig‗i yig‗ilgan. Keyinchalik, 
mustamlaka hududining kengayishi natijasida, aholiga solinadigan soliq 
va yig‗imlar miqdori ko‗payib borgan. 1881 yilda o‗tov soliqlari, 
natural majburiyatlarni hisobga olmaganda, yiliga 7 rublni tashkil qilib, 
undan 4 rub. davlat yig‗imini, 3 rub. aholidan uyezd boshqaruvi va 
jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun olingan
106
.
1870-yilda general-gubernator farmoyishiga muvofiq, xiroj, tanob 
hamda o‗troq, aholidan olinadigan boshqa yig‗imlar bekor qilinib, 
ularning o‗rniga yer solig‗i kiritilgan. Bu soliqning chegarasi 288.504 
rub. miqdorida belgilangan. 1871 yildagi soliq 367.208 rublni tashkil 
qilib, keyingi yillarda 5-10 foiz kupayib borgan. Farg‗ona viloyati 
aholisi soliqlarni 1876-yildan boshlab, ya‘ni xonlik tugatilganidan so‗ng 
to‗lay boshlagan. 
Mustamlaka davrida Turkistonda turli davlat muassasalari bilan bir 
qatorda, soliq idoralari ham tashkil topgan edi. Ushbu idoralar soliq 
miqdorini belgilash va yig‗ishni nazorat qilish, mahalliy xususiyatlarni 
hisobga olib, soliq solish qoidalarini takomillashtirish kabi vazifalarni 
o‗z zimmasiga olgan. ―Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish 
to‗g‗risida 1867-yil Nizom loyihasi‖ning 283-bandida soliq yig‗imlarini 
yig‗ish shahar va qishloq xo‗jalik-jamoa boshqarmalari zimmasiga 
yuklanganligi qayd etilgan
107
. Xo‗jalik-jamoa boshqarmalari o‗zlariga 
tegishli huquqlardan foydalanib, xiroj va tanob soliqlari yig‗imlarini 
o‗tkazish uchun to‗plagan ma‘lumotlari hisobotini uyezd boshlig‗iga 
topshirganlar. U o‗z navbatida harbiy gubernatorga hisobot bergan. 
Xiroj va tanobdan kelib tushgan mablag‗larning 5 foizi xo‗jalik-jamoa 
boshqarma xodimlarining moddiy ta‘minotiga sarflangan, soliq 
yig‗imlari miqdori o‗sgan taqdirda bu miqdor 10 foizgacha oshirilgan. 
106
Проект положения об управлении Семиреченской и Сьф-Дарвинской областей... – С. 49. 
107
Проект положения об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областях. – СПб.: Б.и., 
1867. – С. 53. 


170 
―1886-yil Nizomi‖ nafaqat o‗troq aholining yerdan amalda 
foydalanish va egalik qilish huquqini tartibga solgan, balki haqiqatda 
yerni uning ixtiyoriga berib qo‗ygan edi. Yerdan doimiy foydalanish 
huquqiga egalik qiluvchilar hamda u yoki bu soliq imtiyozlaridan 
foydalanuvchi mulkdorlarning hamma toifalari yo‗qotilgan.
Yerga egalik qilish munosabatlarini tartibga solish, soliq tizimini 
takomillashtirish borasidagi tadbirlar muntazam ravishda o‗zgarib 
turgan.
Shu maqsadda 1887-yil Sirdaryo viloyatida, 1889-yil Farg‗ona 
viloyatida, 1892-yil Samarqand viloyatida yer-soliq komissiyalari va 
bo‗linmalari tashkil qilingan. Ular alohida shaxslar va jamoalarga 
qarashli doimiy, merosiy, foydalanishdagi va boshqaruvdagi yerlarni 
xo‗jalik jihatdan topografik suratga olish, davlat yer solig‗i miqdorini 
belgilash bilan shug‗ullanganlar. Bu mahkamalar ustidan nazoratni 
general-gubernator olib borgan.
1889-yil o‗lkaning tub viloyatlarida, 1893-yil Yettisuv va 1907-yil 
Kaspiyorti viloyatlarida soliq inspektorlari instituti barpo etilgan. Bu 
tadbir o‗troq va ko‗chmanchi aholidan olinadigan davlat soliqlari, 
zemstvo yig‗imlari va obrok soliqlari hisobiga imperiya g‗aznasini o‗z 
vaqtida va muntazam ravishda to‗ldirib turish maqsadida amalga 
oshirilgan edi. Shu tariqa, 1889-yildan boshlab joylarda doimiy soliq 
nazoratini amalga oshirish zaruriyati tufayli soliq boshqarmasi 
markazlashtirilgan
108
.
Mustamlaka amaldorlarining safini to‗ldirgan soliq nazoratchilariga 
anchagina katta vakolatlar berilgan edi. Soliq to‗lovlaridan bosh tortish 
mustamlaka boshqaruvi siyosatiga hamda uning yer-soliq sohasida 
chora-tadbirlarini buzishga yo‗naltirilgan qarshilik deb qabul qilingan.
O‗sha davrdagi soliqlar shakli, hajmi va ularni undirish tartibi 
masalalari imperiya hukumati siyosatining asosini tashkil qilgan. 
Dastlabki yillarda an‘anaviy soliq tizimi saqlanib qolingan va uning 
108
Jumaev U.X. Rossiya imperiyasining Turkistondagi soliq siyosatining shakllanishi: asosiy bosqichlari 
va taraqqiyoti. Tarix. fan. boʼyicha fal. dokt. (PhD) diss. ... avtoref. – T.:, 2012. – 23 bet. 


171 
negizida mustamlaka soliq tizimi shakllantirilgan. Dastlab yerga egalik 
munosabatlariga o‗zgarishlar kiritilgan. Natural soliqlarning pul solig‗i 
bilan 
almashtirilishi 
o‗lkadagi 
tovar-pul 
munosabatlarining 
rivojlanishidan dalolat bergan. Soliq va turli yig‗imlardan tashqari, 
mahalliy aholi turli mehnat va xo‗jalik majburiyatlarni bajarishi shart 
bo‗lgan. Rossiya imperiyasi Turkistonda joriy qila boshlagan soliqlar 
avval mahalliy aholiga, keyinchalik o‗troq sharoitda yashayotgan 
dungan, uyg‗ur, rus va ukrain aholi qatlamiga ham tadbiq etilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin