2Regression va korrellyatsion analiz usullari . Turli to‘g‘ri chiziqli chizmalar asosidagi aniqlashlarda olingan nuqtalarning o‘zaro
bog‘liqligini tekshirish uchun regression va korrellyatsion analiz usullaridan foydalanadilar.
Regression analiz eng kichik kvadratlar usuliga asoslangan bo‘lib,
u=a+bx turidagi nta tenglamaning ava bkonstantalarini
aniqlashga va olingan nuqtalarning chiziqliligini baholashga yordam beradi.
Korrellyatsion analiz chizmada tajribaviy nuqtalarning o‘zaro qanday bog‘langanligini baholashga yordam beradi.
Darajalash grafigidagi olingan nuqtalar tarqoqligi juda katta bo‘lganda regression analiz amalga oshiriladi.
Bu usulda nuqtalar orasidagi masofa ikkiga bo‘linadi va yangi nuqtalar hosil qilinadi. Yangi hisoblangan nuqtalar tutashtirilganda
to‘g‘ri chiziq hosil bo‘lsa, shu chiziq analitikni qanoatlantirishi mumkin.
Agar yangi hosil qilingan nuqtalar ham to‘g‘ri chiziq o‘tkazishga yaroqsiz bo‘lsa, bu yangi nuqtalar yana tutashtiriladi. So‘ng ular
oralig‘i teng ikkiga bo‘linib, yana yangi nuqtalar hosil qilinadi
3Глицеринни дегидратлаб акролеин олиш мумкин. Бу реакцияни биз уч атомли спиртлар мавзусида кўриб чиққан эдик.
Акролеин – 52,50С да қайнайдиган, ўткир хидли суюқлик, заҳарли. Акролеин альдегидлар ва этилен углеводородларининг
хоссаларини такрорлайди. У туташ боғ ҳосил қилиб тўзилган, яъни
CH2 = CH –
-
Шунинг учун бирикиш реакциялари Марковников қоидасига тескари боради:
Реакциянинг механизмини қуйидагича тасаввур этиш мумкин:
CH2 = CH – CH = O + HBr CH2Br – CH2 - CHO + + - - - +
CH 2 = CH – CH = O – Н +Br– CH2Br – CH = CH – OH
Ҳосил бўлган оралиқ модда беқарор бўлганлиги сабабли (Эльтеков қоидаси) тезда қайта гуруҳланишга учрайди:
CH 2Br – CH = CH – OH CH2Br2 – CH2 - CHO
Акролеин цианид кислотани карбонил гуруҳи бўйича бириктириб олади:
CH2 = CH – CHO + HCN CH2 = CH – CH - CN OH