Transformatorlarni ishlatish



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#46256
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-Ma'ruza

Rele  himoyasi,  signal  berish  va  avtomatika  qurilmasi.  Rele 

himoyasi  qurilmalari  bilan  ta’minlangan  transformatorlar  ikki  guruh 

xodisa:  transformator  shikastlanganida  va  avariya  ishchi  rejimi  sodir 

bo‘lganda signal berishi zarur.  

Rele  himoyasi  qurilmalari  ishlab  ketishiga  sabab  bo‘ladigan 

shikastlanishlarga 

quyidagilar 

kiradi: 


chulg‘amlar  va  chiqish 

ulamalaridagi  fazalar  aro  va  bir  fazali  qisqa  tutashuv;  chulg‘am 

o‘ramlaridagi  qisqa  tutashuv;  kirish  izolyatorlarida  qisman  teshilish; 

transformator  bakida  va  rostlash  qurilmasida  gaz  ajralib  chiqish  va 

bosimning ortishi.  

Rele himoyasi transformatorning quyidagi avariya rejirlarida ishlab 

ketadi va uni himoya qiladi:  

- tashqi qisqa tutashuv natijasida hosil bo‘ladigan o‘ta katta toklarda;   

- o‘ta yuklanishlarda; 



-  moyning  sathining  pasayib  ketishida.  Rele  himoyasi  qurilmasi 

maxsus panellarda o‘rnatilib, boshqarish shchiti xonasiga joylashtiriladi. 

Transformatorlarni shikastlardan himoya qilish uchun ularning quvvatlari 

va qurilma xarakteriga ko‘ra quyidagi himoya turlari qo‘llaniladi: 

-  differensial  himoya  -  kuchli  transformatorlarning  ichki 

shikastlanishlaridan  asosiy  himoyasi  bo‘lib,  ikki  koplekt  tok 

trnsformatorlari  bilan  chegaralangan ichki  zonadagi qisqa  tutashuvlarda 

ishlab  ketadi  (ishlash  prinsipi  toklar  miqdori  va  yo‘nalishlarini 

taqqoslashga asoslangan);   

-  vaqt  bo‘yicha  kutmasdan  tokni  uzish  -  kichik  quvvatli 

transformatorlarda  o‘rnatiladi  va  ichki  shikastnanishlarda  eng  sodda  va 

tezkor himoya hisoblanadi; 

- tashqi qisqa tutashuvlarda o‘ta katta toklardan himoya (maksimal 

tok himoyasi shu turdagi eng oddiy himoya hisoblanadi); 

- o‘ta yuklanishdan himoya - signal kelishi bilan ta’sir etadi va tok 

relesi va vaqt relesidan iborat. 

Moyli  transformatorlar  va  rostlash  qurilmalarining  bir  qator  ichki 

shikastlariga  sezgirligi  va  tuzilishining  soddaligi bilan  farqlanuvchi  gaz 

relesi va qayta ulash qurilmasi keng qo‘llaniladi. Transformatorlar ichki 

shikastlanishlari, 

aksariyat, 

moyning 


va 

boshqa 


izolyasion 

materiallarning 

parchalanishida 

ajralib 


chiquvchi 

gaz 


bilan 

xarakterlanadi.  Gazlar    transformator  qopqog‘iga  ko‘tarilib,  bak  va 

kengaytirgichni  bog‘lab  turuvchi  moy  o‘tkazgichga  joylashtirilgan  gaz 

relesi orqali kengaytirgichga tushadi. Transformatorlar quvvatiga qarab, 

ularga   o‘rnatiladi-gan relelarning bir necha turlari mavjud.  

BF80/Q  turdagi  gaz  relesi  konstruksiyasini      (5.3-rasm)  ko‘rib 

chiqamiz.  YUqori  qismida  gaz  pufakchalari  yig‘iladigan  rele  asosi, 

korpus  1  hisoblanadi.  Korpus  gaz  borligini  va  uni  taxminiy  hajmini 

ko‘rsatib  turadigan  ikkita  ko‘rish  shisha  oynalari  bilan  ta’minlangan. 

Korpus qopqog‘ida gazlarni chiqarib yuboradigan kran, tegida - moy va 

quyqalar  chiqarib  yuboriladigan  burama  po‘kak  bilan  yopilgan  teshik 

mavjud. Korpus ichkari qopqog‘ida, doyimiy magnitlar bilan bog‘langan 

va  bu  magnitlarni  germetik  kontaktlar  boshqaradigan,  uchta 

ta’sirlanadigan  2,  3,  4  elementlardan  tuzilgan  releni  o‘yilgan  qismi 

mahkamlangan.  Gerkonlar  zanjiri  rele  chiqishi  va  maxsus  kabel 

yordamida  transformator  gaz  himoyasi  rele  sxemasiga  ulangan.  Ta’sir 

elementlari  -  sharsimon  ichi  kavak  plastmassa  po‘kaklar  2  va  4  -  erkin 

aylanadigan  gorizantal  5  o‘qqa  ekssentrik  kiydirilgan.  Uchinchi  ta’sir 

element 3 parrak shakliga ega bo‘lib, gorizantal o‘qda erkin aylanadi va 



pastki po‘kak yonida joylashgan. 

Gaz kam (sekin) ajralib chiqishida (katta bo‘lmagan  shikastlanish), 

rele 6 ichidan moy asta-sekin siqib chiqarila boshlaydi. Gaz hajmi ma’lum 

miqdorga (250÷300 sm

3

) etgach, yuqori po‘kak pastga tushadi va u bilan 



bog‘liq bo‘lgan magnit to‘g‘ri keladigan gerkonni tutashtiradi. Reledan 

moyning butkul chiqib ketishi bilan, shu tarzda pastki po‘kak ishlab ketadi 

(masalan,  bakdan  sezilarli  darajada  moy  oqishi).  Gazlarni  jo‘shqin 

chiqishi bilan sodir bo‘ladigan shikastlanish sezilarli darajada bo‘lsa, moy 

bosimi  ostidagi  (strelka  bilan  ko‘rsatilgan)  yoki  gaz  moy  aralashmasi 

bosimidagi parrak ma’lum burchakka buriladi, ostki po‘kakka ya’ni o‘sha 

kontaktga ta’sir qiladi.  

 

 



SHunday  qilib,  gaz  relesi  transformator  shikastlanish  darajasini 

ajrata  oladi:  ustki po‘kak  gerkoni  signal  datchigi  sifatida,    ostki po‘kak 

gerkoni - o‘chirishga buyruq berish uchun ishlatiladi.  

 

Gaz himoyasi ishlab ketishining sabablari va shikastlanish harakteri 



haqida,  releda  yig‘ilgan  gaz,  uning  miqdori,  rangi  va  kimyoviy  tarkibi 

tadqiqotiga asosan fikr yurgizish mumkin. 




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin