elementlardan issiqlikni olib chiqish, shuningdek, atrof muhitdan namlik
kirganda qattiq izolyasiyaning namlanishini oldini olish uchun xizmat
qiladigan transformator moyining ishlatilishidir. Moyning ekspluatatsion
xossalari, asosan uning kimyoviy tarkibi bilan aniqlanadi. Bu esa, o‘z
navbatida, asosan xom ashyoni sifatiga va uni tayyorlash va ishlatish
jarayonida tozalash usullarini qo‘llashga bog‘liq.
Transformatorga ma’lum turdagi moy quyish tavsiya etiladi. Biroq,
ba’zi holatalar va shartlarda, transformatorga aralash moy quyish joiz
hisoblanadi.
Quyish va to‘ldirish uchun ishlatiladigan moyning har bir turkumi,
etkazib beruvchi korxonaning standartga mos kelishini tasdiqlaydigan
sertifikati bo‘lishi shart. Transformator bilan birga kelgan moy uchun esa,
uning standartga mosligi transformator pasportidagi yozuv bilan
tasdiqlanadi. Transformator moyining holati, hajmiga qarab uch turga
bo‘linadigan sinov natijalari orqali baholanadi: elektr mustaxkamligi
sinovi, qisqartirilgan tahlil va to‘liq tahlil hajmidagi sinov.
Sinov uchun olingan namunani 1 litrga moslangan po‘kakli toza
shisha idishga olishadi, unda etiketkaga qurilma nomi, sana, namuna olish
sababi va na’muna olgan shaxs ko‘rsatiladi. Aksariyat, namuna moyning
quyi qatlamlaridan olinadi.
Moyni sinov uslubi mos ravishda davlat standartlari (GOST 6581 –
75*, 6370 – 83*, 1547 – 84, 6356 – 75*) asosida bajariladi. Kuchlanishi
220 kV gacha bo‘lgan transformatorlarga quyiladigan moy, quyidagi
jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar orqali baholanadi.
Transformatorlar ishlashida moyning teshilish kuchlanishi, 60÷220
kV kuchlanishli bo‘lgan turdagi transformatorlar uchun 35kV/mm dan,
20÷35 kV kuchlanishli turlari uchun 25 kV/mm dan kam bo‘lmasligi
zarur.
Moy sinovining davriyligi shunday bo‘lishi zarurki, unda moyning
tavsiflari haroratning tahsiridan, magnit maydon kuchlanganligi, moy
tarkibidagi kislorodning, moyning metal (po‘lat, mis) va detallar
izolyasiyasi bilan kontakti ortishi, hamda tasodifiy yoki ko‘zda
tutilmagan hodisalarning (ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi,
begona aralashmalarning mavjudligi v.b.) ta’sirida joizdan ortiq
yomonlashganligini o‘z vaqtida aniqlash mumkin bo‘lsin.
Dostları ilə paylaş: