Fitoterapiya


ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32

 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 

167 
 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
10 Amaliy mashg„ulot: 
 Yurak qon tomir tizimiga ta‟sir etuvchi o„simlik preparatlari. 
 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Yurak  faoliyatining  etishmasligida  ishlatilidigan 
Yurak  glikozidlari  saqlovchi  o„simliklar  (digitalis,  strofant,  adonis,  marvarid  gul  va  b.) 
farmakodinamikasi  va  ishlatilishi.  Ateriskeleroz,  aritmiya  va  gipertonida  ishlatiladigan 
fitopreparatlar.  Ularni  fitoterapiyasi  kiritilishi  qoidalari  haqida  ma„lumot  berish  va  amaliy 
ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning  qo‟yilishi:  Yurak  faoliyatining  etishmasligida  ishlatilidigan  Yurak  glikozidlari 
saqlovchi  o„simliklar  (digitalis,  strofant,  adonis,  marvarid  gul  va  b.)  farmakodinamikasi  va 
ishlatilishi.  Ateriskeleroz,  aritmiya  va  gipertonida  ishlatiladigan  fitopreparatlar.  Ularni 
fitoterapiyasi qoidalari haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  
Yurak faoliyatining etishmasligida ishlatilidigan 
 Yurak  glikozidlari  saqlovchi  o„simliklar  (digitalis,  strofant,  adonis,  marvarid  gul  va  b.) 
farmakodinamikasi va ishlatilishi.  
Ateriskeleroz, aritmiya va gipertonida ishlatiladigan fitopreparatlar. 
 Ularni fitoterapiyasi. 
 Talaba bajara olishi lozim:  
Yurak faoliyatining etishmasligida ishlatilidigan 
 Yurak  glikozidlari  saqlovchi  o„simliklar  (digitalis,  strofant,  adonis,  marvarid  gul  va  b.) 
farmakodinamikasi va ishlatilishi.  
Ateriskeleroz, aritmiya va gipertonida ishlatiladigan fitopreparatlar. 
 Ularni fitoterapiyasi 
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Yurak  faoliyatining  etishmasligida  ishlatilidigan  Yurak 
glikozidlari  saqlovchi  o„simliklar  (digitalis,  strofant,  adonis,  marvarid  gul  va  b.) 
farmakodinamikasi  va  ishlatilishi.  Ateriskeleroz,  aritmiya  va  gipertonida  ishlatiladigan 
fitopreparatlar.  Ularni  fitoterapiyasi.qoidalari  haqida  bayon  etish,  ularning  tavsiflari  bilan 
tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Nazariy qism 
 
Yurak glikozidlari saqlovchi o„simliklar 
  
Bularga  angishvonagulning  bir  necha  turlari,  strofant,  bahorgi  adonis,  marvaridgul,  jut, 
kendir va boshqa o„simliklar kiradi. 
1.Angishvonagul. Naperstyanka (Digitalis) 
Turkumni quyidagi turlaridan tibbiyotda foydalaniladi. 

168 
 
a)  Qizil  angishvonagul  (Digitalis  purpurae  L.)  ko„p  yillik  o„t  o„simlik  bo„lib,  bo„yi  30-
120 sm ga yetadi. Sobiq Ittifoqning ayrim respublikalarida (Ukraina, Belarus, Krasnodar o„lkasi) 
o„stiriladi. 
b) Yirik  gulli angishvonagul (Digitalis  grandiflora Mill.)  bo„yi 
40-100  sm  ga  yetadigan  o„t  o„simlik.  Yovvoyi  holda  Ural,  ¶arbiy  Sibirda,  Oltoy, 
Kavkazda o„sadi. 
Ushbu  o„simliklarning  hamma  qismi  zaharli.  Ular  yurak glikozidlarini  saqlaydi. Bargida 
purpurea glikozid A vaV, digitoksin, gitoksin (0,3%) va boshqa glikozidlar bor. 
v) Kiprikli angishvonagul (Digitalis ciliata Trait). O„simlik ko„p yillik bo„lib, bo„yi 30-60 
sm ga yetadi. Gruziyaning tog„li xududlarida o„sadi. Bargi tarkibida yurak glikozidlari (purpurea 
va glikozidlar ajratib olingan) bor. 
g) Sertuk angishvonagul (Digitalis lanata Ehrh.) ko„p yillik, bo„yi 30-80 sm ga yetadigan 
o„t  o„simlik.  O„simlik  bargida  0,5-1%  gacha  yurak  glikozidlari  bor.  Glikozid  yig„malardan 
lanatozid A, V, S, D, YE va b. ajratib olingan. 
d)  Malla  angishvonagul  (Digitalis  ferruginea  L.).  Ko„p  yillik,  bo„yi  40-70  sm  ga 
yetadigan o„t o„simlik. Kavkaz ortining Sharqi-janubiy xududlarida o„sadi. O„simlik bargida 1% 
yurak glikozidlari bor. Ular yig„malaridan digilanid A, V, a -va b  -atsetildigitoksin va boshqalar 
ajratib olingan. 
2.Grek periplokasi. Obvoynik grecheskiy (Periploca graeca L.) 
Daraxtlarga  chirmashib  o„sadigan,  bo„yi  3  m  ga  yetadigan  liana  o„simligi.  O„simlik 
yovvoyi  holda  faqat  Kavkazda  (Abxaziya,  Ajariya  va  Kaspiy  dengiziga  yaqin  joylarda)  o„sadi. 
Markaziy  Osiyoda  o„stiriladi.  O„simlik  po„stlog„ida  0,38%  periplotsin,  periplotsimarin  va 
boshqa  yurak glikozidlari bo„ladi. 
3. Kombe ctrofant. Strofant  kombe  (Strophanthus kombe Oliv.) 
Ko„p  yillik  liana  o„simligi.  Sharqiy  Afrikaning  tropik  o„rmonlarida  o„sadi.  Kamerunda 
o„stiriladi.  O„simlikning  urug„idan  K-strofantozid,  K-strofantin-beta,  simarin,  va  boshqa  yurak 
glikozidlari ajratib olingan. 
  

169 
 
 
  
Qizil angishvonagul (Digitalis purpurea L.) 
  
 4. Nashasimon kendir. Kyendir konopleviy (Apocynum sannabinum L.) 
Ko„p  yillik,  bo„yi  1-1,5m  keladigan  o„t  o„simlik.  Yovoyi  holda  Shimoliy  Amerikada 
o„sadi, Moskva  viloyatida, Toshkent viloyatida  o„stiriladi. O„simlikning ildiz poyasi va ildizida 
0,8%  gacha  yurak  glikozidlari  simorin  (gidrolizlanganda  simoroza  qandiga  va  strofantidin 
aglyukoniga parchalanadi), 0,33% gacha K-strofantin-beta va boshqalar saqlaydi. 
5. Adonis. Goritsvet (Adonis L.) 
Adonis o„simligining quyidagi turlari tibbiyotda ishlatiladi: 
a) Bahorgi adonis (Adonis vernalis L.). Ko„p yillik, kalta va ko„p boshli ildizpoyali, bo„yi 
30-40  sm  ga  yetadigan  o„t  o„simlik.  O„simlik  asosan  Ukraina,  Belarus,  Rossiyaning  yuvropa 
qismidagi  cho„l  va  o„rmon  zonalarida,  Sibirda,  Shimoliy  Kavkazda,  Volga  bo„yida  uchraydi. 
O„simlikning yer ustki qismi yurak glikozidlarini (simarin, adonitoksin va b.) saqlaydi. 
b)  Turkiston  adonisi  gylizardak,  sariqgul  (Adonis  turkestanica  Adolf.).  O„rta  Osiyo 
respublikalarining  tog„li  tumanlarida,  tog„larning  yumshoq  tuproqli  qiyalarida,  ba‟zan 
archazorlarda o„sadi.  Ko„p yillik, bo„yi 30-80 sm gacha yetadigan o„t o„simlik. O„simlikning yer 
ustki  qismida  yurak  glikozidlari  (simarin,  K-strofantin- b  va  b.)  bor.  Bu  o„simlikning 
farmakologik  xossalari  Toshkent  davlat  I  tibbiyot  institutining  farmakologiya  kafedrasida 
o„rganilgan. 

170 
 
v)  Tillarang  adonis  (Adonis  chrysosyathus  Hook.  yet  Thom.)  O„zbekistonda  o„sadigan 
adonisning  bu  turi  ko„p  yillik  o„simlik  bo„lib,  N.K.Abubakirov  tomonidan  o„rganilganda, 
tarkibida yurak glikozidlari borligi aniqlangan (simarin, K-strofantin- b). 
Ajratib olingan glikozidlarning farmakologik ta‟siri N.A.Kambulin, T.G Sultonov hamda 
klinikasi, N.S.Kelginbayev tomonidan o„rganilgan va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. 
6. Uzun mevali jut.  Djut dlinnoplodniy (Corchorus olitorius L.) 
Bir yillik bo„yi 1-3 m ga yetadigan tola beruvchi o„t o„simlik. Hindiston, va boshqa tropik 
va  subtropik  xududlarda  tola  olish  maqsadida  o„stiriladi.  O„rta  Osiyoning  ayrim  tumanlarida, 
xususan  Toshkent  viloyatida  o„stiriladi.  Jut  urug„idan  olitorizid,  korxorizid  va  korolozid  yurak 
glikozidlari  ajratib  olingan.  Olitorizid  va  korxorizid  fermentlar  ta‟sirida  strofantidinga 
parchalanadi. 
O„zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasiga  qarashli  O„simlik  moddalar  kimyosi 
institutining xodimlari birinchi bo„lib jut  urug„idan olitorizid, korxorizid va boshqa glikozidlarni 
ajratib olganlar va ularning kimyoviy tuzilishi aniqlaganlar. Korxorizid glikozidi P.M.Loshkarov 
tomonidan  VILR  da  ajratib  olingan  va  o„rganilgan.  Jut  urug„idan  strofantidin  atsetat  olish 
texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
7. May marvaridguli. Landish mayskiy (Convallaria majalis L.) 
Ko„p  yillik,  bo„yi  15-30  sm  ga  yetadigan  o„t  o„simlik  bo„lib,  Rossiyaning  Yevrupa 
qismida,Ukraina,  Belorusiya,  Kavkaz  turi  -shimoliy  Kavkazda,  Kavkaz  ortida,  Qrimda,  Uzoq 
Sharqda o„sadi. 
  
 
  
Bahorgi adonis (Adonis vernalis L.)   
  
O„simlikning  hamma  qismida  yurak  glikozidlari  bor.  Gulidan  konvallatoksin  (gidroliz 
natijasida  ramnoza  qandiga  va  strofantidinga  parchalanadi)  ajratib  olingan.  Bargining  tarkibida 
0,1% yurak glikozidlari yig„indisi bor. 
8.  Yoyiq  erizimum.  Jeltushnik  raskidistiy  (Erysimum  diffusum  Ehrh.)Yoyiq  erizimum 
bo„yi 30-80 sm ga yetadigan ikki yillik o„t o„simlik. CHo„llarda toshli qoyalarda, bo„talar orasida 
Ukraina,  Moldova,  Belarus,  Rossiyaning  Yevrupo  qismida,  Kavkazda,  Sibirda  va  O„rta  Osiyo 

171 
 
respublikalarida o„sadi. O„simlikning guli va urug„ida 2-6%, bargida 1-1,5%, poyasida 0,5-0,7% 
va  ildizida  0,2%  yurak  glikozidlari  (erizimin,  erizimozid  va  boshqalar)  bor.  Erizimin 
gidrolizlanganda digitoksoza va strofantidin aglikoni hosil bo„ladi. 
O„zbekistonda  erizimumning  13  turi  mavjud,  ular  yovvoyi  holda  o„sadi.  Shulardan  5 
tasining  farmakologik  ta‟siri  va  kimyoviy  tarkibi  tekshirilgan  va  ular  tarkibida  ham  yurak 
glikozidlari borligi aniqlangan. 
Yuqorida  qayd  etilgan  yurak  glikozidlari  saqlagan  o„simliklardan  kukunlar,  damlama, 
qaynatma,  nastoykalar,  ekstraktlar  va  boshqa  novogalen  preparatlari  tayyorlanadi.  Bundan 
tashqari, ulardan toza  holdagi glikozidlar ham ajratib olingan. 
Kimyoviy  tuzilishi  bo„yicha  yurak  glikozidlari  murakkab  birikmalar  bo„lib,  ikki 
qismdan:  qandli  (glikon)  va  qandsiz  (aglikon)  dan  tashkil  topgan.  Qandsiz  qism  to„yinmagan 
lakton  halqasi  bilan  bog„liq  steroid  tuzilishga  egadir.  Yurak  glikozidlarining  biologik  ta‟siri 
mana  shu  qismiga  bog„liq.  Qandli  qismi  esa  yurak  glikozidlarining  so„rilishi,  pardalardan 
o„tishi, tuqimalarda ushlanishini ta‟minlanadi. 
Ushbu o„simliklardan  olinadigan yurak glikozidlari o„zining kimyoviy tuzilishi  bo„yicha 
bir-biriga  o„xshaydi,  lekin  glikon  va  aglikon  tabiati  bo„yicha  farq  qiladi.  Bir  o„simlikda 
bir  necha  yurak  glikozid  bo„lishi  mumkin.  Ularni  farmakologik  ta‟sir  mexanizmi  umuman 
olganda  deyarli  bir  xil  bo„lsa-da,  lekin  ular  me‟da-ichak  yo„lida  so„rilishi,  ta‟sir  kuchi, 
organizmdan chiqib ketish muddatiga ko„ra farqlanadi. 
Yurak  glikozidlarining  bebaxo  xossalaridan  biri  shuki,  ular  kasallangan  yurakka  tanlab 
ta‟sir  ko„rsatib,  uning  susaygan  faoliyatini  jonlantiradi.  Kasallik  tufayli  (revmakordit,  yurak 
nuqsoni)  qisqarish  qobiliyati  zaiflashib  charchagan  yurak  faoliyatini  asta-sekin  tiklaydi.  Yurak 
glikozidlari kuchli zaharli  bo„lishiga qaramasdan zaharli dozasining 1:3-2:3 qismi shifo bo„ladi. 
Shuning  uchun  ham  yurak  glikozidlari  noyob,  qimmatbaho  va  juda  keng 
ishlatiladigan  ishonchli preparatlar hisoblanadi. 
Farmakologik ta‟siri. Yurak glikozidlarining asosiy farmakologik xossalaridan biri  yurak 
faoliyatiga  kardiotonik  ta‟siridir.  Ushbu  effekt  quyidagi  farmakologik  ta‟sirlardan  yuzaga 
chiqadi. 
Yurak  glikozidlarining  sistolik  ta‟siri.  Bu  ta‟sir  natijasida  charchagan  va  zaiflashgan 
miokardning qisqarish kuchi oshadi-sistola kuchliroq sodir bo„ladi. Bundan tashqari, glikozidlar 
ta‟sirida  sistolaning  davom  etish  vaqti  kamayadi.Shunday  qilib,  yurak  glikozidlari  ta‟sirida 
yurakning  qisqarishi  kuchliroq  va  tezroq  bajariladi  (musbat  inotrop  ta‟sir).  Buning  natijasida 
yurakning  sistolik hajmi (bir  sistola tufayli chap  qorinchadan aortaga chiqadigan  qon  miqdori), 
daqiqalik  hajmi  (bir  daqiqa  davomida  chap  qorinchadan  aortaga  keladigangan  qon  miqdori  ) 
birmuncha oshadi, aortada qon bosimi ko„tariladi. 
  
 
  
8-rasm. Zaiflashgan yurak faoliyztiga yurak glikozidlarining sistolik va diastolik ta‟siri (
 
Diastolik ta‟siri (manfiy xronotrop ta‟sir). Yurak glikozidlari yurakning dam olish davri  - 
diastola vaqtini uzaytiradi. 
Bu  o„z  navbatida  yurak  mushaklarining  to„liqroq  bo„shashini  ta‟minlaydi,  diastola 
vaqtida chap bo„lmachadan chap qorinchaga qonning ko„proq miqdorda o„tishiga olib keladi. 

172 
 
Tonotrop ta‟sir. Yurak glikozidlari yurak mushagining tonusini oshiradi. Diastola vaqtida 
yurakning umumiy hajmi kichikroq bo„ladi. 
Yurak o„tkazuvchi sistemasiga ta‟siri (manfiy dromotrop  ta‟sir). Yurak glikozidlari atrio-
ventrikulyar  (bo„lmacha-qorinchaaro)  tugunchaga  ta‟sir  etib,  undan  va  Gis  bog„lamlaridan 
qorinchalar  mushagiga  impulslar  o„tishini  sekinlashtiradi.  Katta  zaharli  dozalarda  esa  butunlay 
to„xtatib blokada  qilib  qo„yadi.  Atrio  -  ventrikulyar tugunchadan qorinchalar mushagiga impuls 
o„tishi  sekinlashishi  natijasida  bo„lmachalar  bilan  qorinchalar  sistolasi  orasidagi  vaqt  o„zayadi. 
Bu  esa  bo„lmachalardan  qonning  qorinchalarga  to„liqroq  o„tishiga  sabab  bo„ladi.  Kasallik 
tufayli chap bo„lmacha va kichik qon aylanish doirasida yig„ilib qolgan qonning chap qorinchaga 
o„tish miqdori ko„payadi. Natijada kichik qon aylanish doirasidagi qonning yig„ilib qolishi asta-
sekin kamayadi. 
Yurak  avtomatizmiga  ta‟siri.  Sinus  tugunchasidan  chiqayotgan  impulslar  glikozidlar 
ta‟sirida qisman kamayadi, katta dozalarda  esa tezlashadi. 
Miokard 
quzg„alishi 
oshadi 
(musbat 
batmotrop 
ta‟sir). 
Yurak 
glikozidlarining  bunday  ta‟siri  asosan  zaharlanishda  sodir  bo„ladi  va  yurak  ritmi  buzilishiga 
olib keladi. 
Yurakning  adashgan  nerviga  (vagus)  ta‟siri.  Yurak  glikozidlari  vagus  nerv  tonusini 
oshiradi. Shu sababli yurak urishi - ritmi sekinlashadi yoki bradikardiya kuzatiladi. 
Shunday  qilib,  yurak  glikozidlarning  ta‟siri  natijasida  kasallik  tufayli  zaiflashgan  yurak 
faoliyati  tiklanadi-  yurakning  ritmi  sekinlashgani  va  diastolaning  uzoqroq  bo„lishi  va 
miokardning  to„laroq  bo„shashi  hisobiga  yurak  ko„proq  dam  oladi  va  uning  qisqarish  -sistola 
kuchi  oshadi.  Natijada  aortaga  chiqayotgan  qon  miqdori  ko„payadi,  aortada  qon  bosimi 
ko„tariladi,  to„qimalarning  qon  bilan  ta‟minlanishini  yaxshilanadi,  bu  esa  periferik  qon 
tomirlarida qon aylanishini o„z xoliga keltirib, to„qimalarni qon bilan ta‟minlanishi yaxshilanadi. 
Shu  sababli  kasaldagi  shishlar  asta-sekin  yo„qola  boradi,  siydik  ajralishi  ko„payadi.  Hansirash 
kamayib 
nafas  asta-sekin  yaxshilanadi.  Organizmning  kislorod 
bilan  ta‟minlanishi 
normallashadi. 
Shuni aytib o„tish kerakki yurak glikozidlarining bunday shifobaxsh ta‟siri yurak faoliyati 
yetishmovchiligida  samarali  bo„ladi.  Aksincha,  yurak  faoliyati  o„zgarmagan  bo„lsa,  ularning 
farmakologik ta‟siri uncha bilinmaydi. 
Ta‟sir  mexanizmi.  Yurak  glikozidlarining  yuqorida  keltirilgan  farmakologik  ta‟sirining 
sabablari  o„zil-kesil  aniqlanmagan.  Lekin  hozirgi  zamon  tushunchalarga  qaraganda  yurak 
glikozidlarining  kardiotonik  ta‟siri  ularning  miokarddagi  elektrolitlar  almashinuviga  ta‟sir 
qilishiga  bog„liq  chunonchi  ular  Sa++  ionlarining  tashqaridan  kirishini  bir  necha  marta 
ko„paytiradi.  Shu  bilan  bir  qatorda  pardaning  repolyarizatsiya  fazasida  Sa++  ionlarining 
hujayralardan chiqishiga qarshilik ko„rsatmaydi. Glikozidlarning bunday ta‟siri Sa++ ionlarining 
qo„shimcha miqdorini sarkoplazmatik retikulomadan ajratadi. Natijada Sa++ ionlari miofibrillda 
kamayib ketadi. Bu esa miokardning tez va kuchli qisqarishiga sabab bo„ladi. 
  
Yurak glikozidlarini kalsiy almashinuviga ta‟siri 
  
Qo„zg„alishi 
¦ 
Pardaning depolyarizatsiyasi 
¦ 
Yurak glikozidlari ta‟sirida 
Sa++ ning ko„payishi 
  
Yurak glikozidlari ta‟sirida         Mioplazmatik Sa++  konsent- 
Sa++ almashinuvining oshishi                 ratsiyasining oshishi 
  
¦                                                      ¦ 

173 
 
Yurak glikozidlari ta‟sirida       Qisqarishining kuchayishi 
sarkoplazmatik retikulomadan 
Sa++ ajralishining oshishi 
  
Shunday  qilib,  yurak  glikozidlari  terapevtik  dozada  yurakning  ishlash  davrida  Sa++ 
ionlarining  almashinuvini  oshiradi,  lekin  ularning  umumiy  soni  o„zgarmaydi.  Yurak 
glikozidlarining  ta‟sir  mexanizmi  shuningdek  pardaning  (sarkoplazmatik  pardaning  ham) 
transport  ATF-fazasi  faoliyatining  o„zgarishi  bilan  ham  tushuntiriladi.  Bu  faza  elektrolitlarning 
aktiv  harakatlanishiga  olib  keladi,  ular  pardaning  tashqi  tomonidan  ta‟sir  qilib,  o„tkazuvchi 
sistemani  K+  ionlariga  mosligini  kamaytiradi.  Natijada  K+ ionlarining  kirishi,  Na+  ionlarining 
chiqishi tormozlanadi, Sa++ ionlarining kirishi esa ortadi. 
Yurak  glikozidlarining  bunday  ta‟sir  mexanizmi  natijasida  yurak  ishi  ancha  maromiga 
keladi,  yurakdagi  glikogen  zahiralari  sut  kislotasidan  sintez  bo„lishi  hisobiga  ortadi,  kislorod 
bilan ta‟minlanishi yaxshilanadi, sarflanishi esa tejaladi. 
Yurak  glikozidlarining  yurakka  bunday  ta‟siri  yurak  ishini  oshiruvchi  boshqa 
preparatlardan, 
masalan, 
adrenalindan 
farq 
qiladi. 
Adrenalin 
kardiostimulyator  hisoblanib,  glikozidlarga  qarshi 
o„laroq,  yurak  ritmini  tezlashtiradi. 
Miokardning  kislorodga  bo„lgan  talabi  oshadi,  yurak  foydali  ta‟sir  koeffitsiyenti  kamayadi, 
miokardda kreatinfosfat va glikogen miqdori kamayadi. 
Yurak  glikozidlarining ishlatilishi  va ularga moneliklar. Yurak glikozidlari asosan yurak 
faoliyatini  surunkali  va  o„tkir  yetishmovchiligida,  yurak  dekompensatsiyasida  va  yurak 
aritmiyasida ishlatiladi. 
Bradikardiyada,  atrioventrikulyar  blokadada,  stenokardiya  xurujida,  o„tkir  infarktning 
boshlanishida, o„tkir miokardit, endokardit, kardiosklerozda tavsiya etilmaydi. 
Zaharlanish.  Asosan  digitalis  preparatlarini  noto„g„ri,  nazoratsiz  qabul  qilinsa 
zaxarlanishga  olib  kelishi  mumkin.  Chunki  bu  guruhdagi  preparatlar  kumulyatsiya  xossasiga 
ega.  Zaharlanishning  asosiy  belgilariga  yurak  urishining  sekinlashib  borishi  (bradikardiya 
rivojlanishi),  bemor  yurakning  to„xtab  qolish  hissini  sezishi,  ko„ngil  aynishi,  hatto  qusish, 
me‟dada  og„riq  sezish  kiradi.  Keyinchalik  yurak  ritmi  buzilib,  ekstrasistoliya,  bigeminiya 
(qo„shaloq  puls),  taxikardiya,  og„ir  hollarda  esa  qorinchalar  fibrillyatsiyasi  (titrash,  lipillash) 
bo„lishi mumkin. 
Umuman  olganda,  bunday  zaharlanish  faqat  yurak  glikozidlarining  kumulyatsiyasida 
bo„lmasdan, balki organizmda kaliy yetishmasligida, organizm sezuvchanligi oshganda ham yuz 
berishi mumkin. 
Zaharlanish  natijasida  yurak  faoliyatida  bo„ladigan  o„zgarishlar  elektrokardiogrammada 
o„z aksini topadi. 
Zaharlanishda  ko„rsatiladigan  yordam  quyidagilardan  iborat.  Birinchidan,  har  qanday 
yurak glikozidlarini berish to„xtatiladi. Tezlikda kaliy xlorid preparati tavsiya etiladi.  Bemor bu 
preparatni  5%  eritma  shaklida  bir  marta  4-5  grammdan  ichishi  kerak,  keyinchalik  esa  xar  4 
soatda 2 grammdan aritmiya yo„qolguncha ichiladi. 
Ayrim hollarda kaliy xlorid (2%  eritmadan 100 ml) sekinlik bilan venaga yuboriladi. Shu 
maqsadda panangin yoki asparkam preparatlari ham berilishi mumkin. Teri ostiga  20%  kamfora 
moyidan  2  ml  kuniga  2-3  marta  in‟yeksiya  qilinadi.  Bulardan  tashqari,  unitiol,  trilon  B  va 
sitratlar berilishi mumkin. 
Yurak glikozidlarini saqlagan o„simliklar biologik faolligini aniqlash uchun biologik yo„l 
bilan  standartizatsiya  qilinadi.  Preparat  yoki  o„simlikning  baqa  yoki  mushuk  yuragini  sistola 
fazasida to„xtashini keltirib chiqaradigan eng kichik doza standart preparat bilan solishtiriladi va 
BTB (baqa ta‟sir birligi) yoki MTB (mushuk ta‟sir birligi) bilan ifodalanadi. 
Yurak glikozidlari tasnifi. Yurak glikozidlari olinadigan o„simliklari bo„yicha va ularning 
farmakokinetikasi, farmakodinamikasiga qarab ikki xil tasnif qilinadi: 
Birinchi tasnif bo„yicha yurak glikozidlari quyidagi guruhlarga bo„linadi. 
1.  Angishvonagul (digitalis) preparatlari. 

174 
 
2. Marvaridgul preparatlari. 
3. Adonis preparatlari. 
4. Strofantin va uning o„rnini bosadigan preparatlar. 
Ikkinchi tasnif bo„yicha: 
1. Sekin, uzoq va kuchli ta‟sir etuvchi yurak glikozidlari. 
2. Tez, qisqa va kuchli ta‟sir etuvchilar. 
3. O„rtacha kuchli va o„rtacha muddatli ta‟sir etuvchilar. 
1.  Sekin,  uzoq  va  kuchli  ta‟sir  etuvchi  yurak  glikozidlariga  digitalis  preparatlari 
kiradi.  Ular  og„iz  orqali  yuborilganda  me‟da-ichak  yo„llaridan  asta-sekin  so„riladi.  Qonga 
o„tgandan 
so„ng 
plazma 
oqsillari 
bilan 
bog„lanadi.  Shu 
sababli 
farmakologik 
ta‟siri  uzoq  davom etadi. Terapevtik effekti 2-3 soatdan keyin boshlanib, asta-sekin rivoj topib, 
8-12 
soatdan 
so„ng 
yuqori 
darajaga 
yetadi,  2 
hafta 
ichida 
asta-
sekin  kamayib  boradi.  Bu  guruhdagi  preparatlar  miokardga  tanlab,  kuchli  kardiotonik  ta‟sir 
ko„rsatadi.  Ular  jigarda  metabolizmga  uchrab,  ko„pchilik  qismi  buyraklar  orqali  sekin  chiqib 
ketadi.  Berilayotgan  yurak  glikozidi  miqdorining  bir  qismi  to„qimalarda  -  miokardda  yig„ilib 
borishi  natijasida  digitalis  preparatlari  kumulyativ  ta‟sir  etadi.  Shuning  uchun  preparatlar  bilan 
davo  qilishda  kumulyativ  ta‟sirining  oldini  olish  maqsadida  bemor  vrach  nazoratida  bo„lishi 
kerak. 
2.  Tez,  qisqa  va  kuchli  ta‟sir  etuvchi  yurak  glikozidlariga  strofant  va  marvaridgul 
o„simliklaridan  olingan  strofantin  va  korglikon  preparatlari  kiradi.  Ular  qutblangan  (gidrofil) 
birikma  bo„lgani  uchun  suvda  eriydi  va  tug„ridan-tug„ri  venaga  yuborilishi  mumkin.  Shuning 
uchun  ham  ularning  ta‟siri  tez  yuzaga  chiqadi,  yuqori  darajadagi  ta‟siri  1-1,5  soat  ichida 
bilinadi.  Umumiy  ta‟siri  esa  4-5  soat  davom  etadi.  Ular  plazma  oqsillari  bilan  birikma  hosil 
qilmaydi,  jigarda  metabolizmga  uchrab,  buyrak  va  jigar  orqali  chiqib  ketadi.  Kumulyatsiya 
holatini  bermaydi.  Lekin  bemorga  tayinlangan  boshqa  yurak  glikozidlarining  kumulyativ 
ta‟sirini  kuchaytirishi  va  tezlashtirishi  mumkin.  Bu  guruhga  kiruvchi  preparatlar,  ayniqsa 
strofantin  K  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan,  ta‟siri  bo„yicha  eng  kuchli  dori  preparati 
xisoblanadi.  Chunki  xar  xil  kasallik  sababli  yurak  faoliyatining  o„tkir  yetishmovchiligida 
strofantin  K  eng  zarur  va  ishonchli  preparatdir.  U  tez  kor  qilib  yurak  faoliyatini  tiklashda 
asosiy  birdan  bir  shifobaxsh  dori  hisoblanadi.  Shu  maqsadda  strofantin  K  va  korglikon  faqat 
venaga osh tuzining izotonik eritmasi yoki glukoza eritmasi tarkibida asta-sekin yuboriladi. 
  
 
  
9-rasm. Yurak glikozidlarining ta‟sir muddati bo‟yicha taqqoslanishi. 
  
3.  O„rtacha  kuchli  va  o„rtacha  muddatli  ta‟sir  etadigan  yurak  glikozidlariga  asosan 
marvaridgul  va  adonis  preparatlari  kiradi.  Bularning  ko„pchiligi  og„iz  orqali  yuboriladi,  qonga 
so„rilib  ta‟siri  30-40  daqiqa  ichida  yuzaga  chiqadi.  Yuqori  darajada  kor  qilishi  1-2  soat  ichida 
bilinadi, umumiy  ta‟sir  etish  muddati  3-4  kun.  Bu  preparatlar  kumulyativ  ta‟sir  ko„rsatmaydi. 
Yurakka 
bo„lgan 
kardiotonik 
ta‟siri 
bo„yicha  digitalis  va  strofantin 
preparatlariga 

175 
 
qaraganda  kuchsizroq.  Bradikardiya  holatini  deyarli  chaqirmaydi.  Digitalis  va  strofant 
glikozidlaridan  asosiy  farqi  shundan  iboratki,  bu  o„simliklar  preparatlari  markaziy  nerv 
sistemasiga  tinchlantiruvchi  ta‟sir  ko„rsatadi.  Shu  sababli  bu  preparatlar  yurak  faoliyati 
yetishmovchiligining yengil shaklida,  yurak nevrozida ko„proq kor qiladi. 
  
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin