Yurak glikozidlarining asosiy preparatlari.
1. Digitalis bargi (Folia Digitalis). 1 g bargda 50-60 BTB yoki 10,3-12,6 MTB bor.
Bargning kukuni 0,05-0,1 g dan ichish uchun tavsiya etiladi. Shamchalar shaklida ham berish
mumkin.
Tabletka
holida
kam
chiqariladi.
Digitalis
bargidan
damlama
1:300
nisbatda tayyorlanadi (0,6-180 ml) va osh qoshiqdan 2-3 marta ichiladi.
2. Kordigit (Cordigitum). Qizil angishvonagul bargidan olingan tozalangan ekstrakt.
Tabletkada (0,8 mg) chiqariladi va 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta beriladi.
3. Digitoksin (Digitoxinum). Digitalis turlaridan ajratib olingan kuchli ta‟sir qiladigan
glikozid. Tabletkada (0,1 mg) chiqariladi. Shamcha holida ham (0,15 mg) ishlatiladi.
4. Digoksin (Digoxinum). Tukli angishvonagulning bargidan olingan glikozid.
Digitoksinga nisbatan organizmdan tezroq chiqariladi.Chunki kamroq oqsil bilan bog„lanadi.
Shuning uchun kumulyativ ta‟siri nisbatan kuchsizroq. Preparat tabletkada (0,25 mg) va 0,025%
eritmasi ampulada 1 ml dan chiqariladi.
5. Selanid (Selanidum). Tukli angishvonaguldan olingan glikozid (digilanid yoki
lanatozid S). Me‟da-ichakdan yaxshi so„riladi, ta‟siri tezroq ruyobga chiqadi. Kumulyatsiyani
kamroq keltirib chiqaradi. Venaga yuborilganda strofantinga nisbatan bradikardiyani ko„proq
beradi.
Preparat tabletkada (0,25 mg), 0,05% eritmada flakonda 10 mldan ichish uchun va
0,02% eritmasi 1 ml dan ampulada chiqariladi.
6. Lantozid (Lantosidum). Tukli angishvonagul bargidan 70-50% spirtda tayyorlangan
neogalen preparat. Tarkibida glikozidlar yig„indisini saqlaydi. Flakonda 15 ml dan chiqariladi.
20-30 tomchidan ichiladi.
7. Digalen-neo (Digalen-neo). Malla angishvonagul bargidan tayyorlangan neogalen
preparat. 1 ml dan ampulada (teri ostiga yuboriladi) chiqariladi. Flakonda 15 ml dan chiqariladi
10-15 tomchidan ichish uchun mo„ljallangan.
8. Bahorgi adonis (Adonis vernalis). O„simlikning yer ustki qismida yurak glikozidlari
mavjud. Digitalis preparatlariga qaraganda kuchsizroq va o„rtacha muddat ichida ta‟sir
ko„rsatadi. Kumulyatsiya bermaydi. O„simlik asosan damlama (1:30) shaklida ishlatiladi.
Bexterev aralashmasi tarkibiga kiradi. O„simlikning quruq ekstrakti "Adonis-brom" tabletkalar
tarkibiga kiradi.
9. Adonizid (Adonisidum). Neogalen preparat. Flakonda 15 ml dan chiqariladi va 10-15
tomchida ichiladi.
10. Strofantin K (Strophantinum K). Strofant Kombe urug„idan olingan, tarkibida K-
strofantin- b va K-strofanozid glikozidlarini saqlovchi preparat. Sistolik ta‟siri kuchli, yurak
ritmiga ta‟sir etmaydi. Kumulyativ ta‟siri deyarli yo„q, lekin boshqa yurak glikozidlari
kumulyativ ta‟sirini kuchaytiradi. Venaga yuborish uchun mo„ljallangan 0,05% li eritma 1 ml
dan ampulada chiqariladi. Osh tuzining izotonik yoki glukoza (10%) eritmasi bilan birga
tomchilab venaga yuboriladi. Asosan yurak faoliyatining o„tkir yetishmovchiligida ishlatiladi.
11. Marvaridgul nastoykasi (Tinctura Convallariae). Tarkibida konvallotoksin va
konvallozid saqlaydi. Kumulyativ ta‟siri yo„q. Tinchlantiruvchi ta‟sir etadi.
Flakonda 25 ml dan chiqariladi. Tinchlantiruvchi boshqa o„simlik nastoykasi bilan birga
(valeriana, adonis, arslonquyruq, belladonna) va kompleks preparatlar (valokarmid, Zelenin
tomchisi) shaklida chiqariladi.
12. Korglikon (Corglyconum). Marvaridgul bargidagi yurak glikozidlari yig„indisini
saqlaydi. Ta‟siri bo„yicha strofantinga yaqin. Unga nisbatan uzoqroq ta‟sir etadi. Adashgan
176
nerviga ta‟siri kuchliroq. Preparat 0,06% eritma xolida 1 ml dan ampulada chiqariladi. Venaga
izotonik eritma yoki glukoza eritmasi (10-20%) bilan birga sekin yuboriladi.
13. Kardiovalen (Cardiovalenum). Tarkibida erizimum, adonizid, valeriana nastoykasi,
do„lana ekstrakti, kamfora va natriy bromid saqlaydi. Flakonda 15,20 va 25 ml dan chiqariladi,
15-20 tomchidan ichiladi.
Aritmiyaga qarshi ishlatiladigan dorivor o„simliklar va ularning preparatlari
Bu guruhga yurakning bir maromda, ritmik urishining buzilishida ijobiy ta‟sir etadigan
dorivor o„simlik preparatlari kiradi.
Yurakning ritmik-bir tekisda to„g„ri qisqarishining buzilish holati, yurakning o„zida
bo„ladigan kasalliklarda va undan tashqaridagi turli patologik o„zgarishlarda kuzatilishi
mumkin. Yurakning ishemik kasalligida, miokard infarktida, revmakardit, miokardit, organizm
intoksikatsiyasida, elektrolit almashinuvining buzilishida (K+ ioni yetishmasligi va Sa++
ko„payishi) va boshqa hollarda aritmiyaning asosan ikki xili sodir bo„ladi (taxi va bradiaritmiya).
Taxiaritmiya-ritmning tezlashishi bilan boradigan xili. Bunga ekstrasistoliya, paroksizmal
taxikardiya va lipillash bilan boradigan (mersatelnaya) aritmiya misol bo„lishi mumkin.
Bradiaritmiya esa yurak urishining sekinlashishi bilan davom etadi (bir daqiqada 45-55
marta) va bu holatda ritm juda sekinlashib qolsa, kollapsga olib keladi.
Shuni qayd qilib o„tish kerakki so„nggi vaqtlarda aritmiya kasalligiga chalingan bemorlar
soni ko„p uchraydigan bo„lib qoldi.
Aritmiya kasalligiga duchor bo„lgan bemorlarga davo qilishda antiaritmik preparatlardan
foydalaniladi.
Taxiaritmiya xastaligida ishlatiladigan dorilarning asosiy farmakologik ta‟siri yurak
qo„zg„oluvchanligini pasaytirishi, yurak avtomatizmini, o„tkazuvchi sistemalarini tormozlashi
bilan izohlanadi. Antiaritmik preparatlarning bunday ta‟siri ko„proq miokardning patologik
o„zgargan joylaridan (ektopik yoki geterotrop) paydo bo„ladigan qo„shimcha (aritmiyaga
sababchi) impulslarga qaratilgandir. Ular sinus (Keyt-Flak) tuguncha avtomatizmiga kam kor
qiladi. Atrio-ventrikulyar tuguncha va Gis bog„lamiga bo„lgan ta‟siri ancha sezilarlidir.
Antiaritmik prepartlarning ta‟sir etish mexanizmi shundan iboratki, ular asosiy
elektrolitlarni-kationlarni
hujayra pardasidan
passiv o„tishini sekinlashtiradi. Natijada
elektrolitlar muvozanatining mahalliy buzilishi (kaliy ionlarining kamligi, natriy va kalsiy
ionlarining ko„payib ketishi) ro„y beradi.
Ma‟lumki, elektrolitlar muvozanati bunday o„zgarishi yurak qo„zg„aluvchanligini va
avtomatizmini kuchaytiradi. Shunday qilib antiaritmik preparatlar ta‟sirida hujayra
membranasining ikki tomonidagi elektrolitlar soni baravarlashadi. Uning elektr qutbi
doimiylashadi.
Bunday preparatlarga sintetik yo„l bilan olinganlaridan tashqari, dorivor o„simlikdan
tayyorlangan va ulardan olingan dorivor preparatlar kiradi.
Bradiaritmiyada asosan M-xolinoblokatorlar (atropin), Zelenin tomchisi va boshqalar
ishlatiladi. Bu guruhga kiruvchi preparatlar yurak ritmini tormozlovchi adashgan (varyc) nerv
faoliyatini bloklaydigan ta‟siri bo„lgan dorilar hisoblanadi. Shu sababli ular yurak urishini
tezlashtirib, bradiaritmiyani bartaraf etadi. Zelenin tomchisi tarkibidagi valeriana nastoykasi
tinchlantiruvchi ta‟sir etadi, belladonna nastoykasi esa M-xolinoblokator.
Dorivor o„simliklar va ularning preparatlari
1. Qizil shirali sinxona (Xin daraxti). Sinxona krasnosokovaya (Cinshona succirubra
Pav.)
Bu o„simlik doim yashil, bo„yi 15-20 m ga yetadigan daraxt, vatani Janubiy Amerika
davlatlari (Boliviya, Peru, Kolumbiya, Venesuela). Hozirda boshqa davlatlarda o„stiriladi.
Shuningdek Qora dengiz bo„yida bir yillik o„simlik sifatida o„stiriladi.
177
Plantatsiyalarda o„stiriladigan xin daraxtining po„stlog„i tarkibida 10% gacha, yovvoyi
xolda o„sadigan daraxtlar po„stlog„ida esa 2,5% gacha alkaloidlar (1-7,5% xinin, 0,65%
xinidin, 4,85% sinxonin, 3,5% gacha sinxonidin) yig„indisi bor.
Gruziyada o„stiriladigan qizil shirali sinxona ildizida 1-2,14% alkaloidlar (xinin,
xinidin, sinxonin, sinxinidin) yig„indi mavjud.
Tibbiyot amaliyotida aritmiya xastaligida xinidin alkaloidi saqlagan preparati (xinidin
sulfat) ishlatiladi. Bu preparat miokard hujayra pardasidan natriy va kalsiy ionlari
o„tishini kamaytiradi, miokard qo„zg„aluvchanligini susaytiradi, yurak o„tkazuvchi sistemasidan
impulslar o„tishini sekinlashtiradi. Taxiaritmiya turlarida keng ishlatiladi. Tabletkada (0,1-0,2g)
chiqariladi. Uzoq muddatli ta‟sir etuvchi preparatlari ham chiqariladi (xinetseptin, xiniduron,
xinipek).
2. Ilon rauvolfiya. Rauvolfiya zmeinaya (Rauwolfia serpentina Benth.)
Bo„yi 50-100 sm ga yetadigan doim yashil bo„ta. Hindiston, Tailand, Hindi Xitoy, Shri
lanka, Birma mamlakatlarida o„sadi. Gruziyaning subtropik hududida o„stiriladigan o„simlik
ildizida 0,5-1,3, ildizpoyasida 1-2% alkaloidlar (rezerpin, aymalin va b.) bor. Rauvolfiyaning
150 dan ortiq turi mavjud. Masalan, Rauwolfia caffra turi tarkibida 3,05% gacha alkaloidlar
bo„lib, ular yig„indisidan aymalin(1,25%), serpentin(1,09%) va boshqalar ajratib
olingan. Aymolin alkaloidi aritmiyaga qarshi ta‟sir etadi. Rezerpin va aymolin saqlagan raunatin
preparati taxiaritmiyaning turli shakllarida beriladi.
3. Parpi. Akonit (Aconitum L.) .
O„simligining uch turidan tibbiyotda foydalaniladi: Jung„or parpisi (Aconitum
soongaricum Stapf), qorako„l parpisi (Aconitum karacolicum Rapcs.) va Aconitum leucostomum
Worosch. Ular morfologik belgilari bilan bir-biriga juda yaqin. Parpining hamma qismi
zaharli. Parpi turlari Tyan-Shan tog„laridagi suv bo„ylarida, Issiqko„l atroflarida o„sadi. Ko„p
yillik o„t o„simlik bo„lib, bo„yi 70-130 sm ga yetadi. Ildiz tuganagi tarkibida 2,35% gacha
alkaloidlar (alkonitin va b.) bo„ladi. O„simlikning yer ustki qismi ham zaharli bo„lib, tarkibida
0,5% gacha alkaloidlar saqlaydi.
O„simlikning uchinchi turi o„tidan olingan lappakonitinning bromgidrat tuzi - allapinin
preparati O„zbekiston FA O„simliklar kimyosi instituti xodimlari tomonidan olingan va
o„rganilgan.
Allapinin aritmiyaga qarshi ta‟sirga ega. Yurakning qorincha usti va qorincha
ekstrasistolasida hamda aritmiyaning boshqa turlarida qo„llanadi. Parpining jung„or turining
quritilmagan bargidan nastoyka tayyorlanadi. Allapinin tabletkalarda (0.025 g), eritma shaklida
(0.5%-2 ml) ampulada chiqariladi.
4. Do„lana. Boyarishnik (Crataegus L.).
Do„lananing bir necha turlari ma‟lum. Ularni bo„yi 5 m ga yetadigan bo„ta yoki kichik
daraxt. Sobiq Itifoq Respublikalarida, shu jumladan Markaziy Osiyoda o„sadi. Tibbiyotda
do„lanani 13 ta turi ishlatiladi. Shulardan biri O„zbekistonda tabiy holda o„sadigan Oltoy
do„lanasi.(Crataegus altaica (Loud.)Lange).
Do„lana mevasi tarkibida triterpen saponinlar, flavonoidlar (kversetin va b.), gullarida
- efir moyi va boshqa moddalar bor.
O„simlik
guli
va
mevasidan
tayyorlangan
galen
preparatlari (nastoykasi,
suyuq ekstrakti) yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini qisman tushiradi va aritmiyaga
qarshi ta‟sir etadi. Ayniqsa paroksizmal taxikardiyada va lipillash aritmiyasida qo„l keladi.
Do„lana mevasining suyuq ekstrakti kuniga 20-30 tomchidan 3-4 marta ovqatdan 20-30
daqiqa oldin ichiladi. Gulining nastoykasi- ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 15-20 tomchidan 2-
3 marta ichiladi. Suyuq ekstrakti kardiovalen preparati tarkibiga kiradi.
Qon tomirlarni kengaytiruvchi dorivor o„simliklar va ularning preparatlari
Bu guruhga qon tomirlar (asosan arteriya va arteriolalar) tonusini pasaytirib, ularni
kengaytiradigan preparatlar kiradi.
178
Ma‟lumki, yurak-tomir kasalliklari xozirgi davrda eng ko„p tarqalgan, hayot uchun xavfli
va nogironlikka sabab bo„lishi jihatidan boshqa xastaliklar orasida birinchi o„rinda turadi. Ular
qatoriga qon tomirlarning spazmi- torayishi bilan o„tadigan yurakning ishemik kasalligi,
miokard infarkti, stenokardiya, ateroskleroz, gipertoniya, qorason (endoarteriit) kasalliklari
kiradi. Ma‟lumki, qon tomirlar tonusi ularning devorida joylashgan mushaklarga bog„liq. Bu
mushaklar tonusi bo„shashsa, qon tomir kengayadi, ular qisqarsa tonusi oshib qon tomir torayadi.
Agar bu o„zgarishlar ko„pchilik qon tomirlarda sodir bo„lsa, qon bosimi pasayishi yoki
ko„tarilishi mumkin. Ko„pchilik qon tomirlarning silliq mushaklari neyro-gumoral, gipotalamus,
qon tomirlar harakat markazi orqali boshqariladi. Tomir harakat markazi asosan simpatik nerv
orqali qon tomirlarni nazorat qilib turadi. Bu nerv qo„zg„alishi qon tomirlarning torayishiga,
bloklanishi esa kengayishiga olib keladi.
Gipertoniya
kasalligida
ayniqsa psixo-emotsional
ta‟sirlar
natijasida
tomir
harakat markazidan impulslar ko„proq chiqib simpatik nervlar orqali qon tomirlarni qisqartiradi
va qon bosimi ko„tariladi. Bu kasallikning kelib chiqishida boshqa sabablar: yurak faoliyati
buzilishi, ateroskleroz, buyrak kasalligi va boshqalarning ham ahamiyati bor. Qon tomir
tonusining gumoral yo„l bilan boshqarilishi gipofiz va buyrak usti bezlari orqali bajariladi.
Gipotalamusning qo„zg„alishi vazopressin gormoni, buyrak usti bezidan esa adrenalin va
noradrenalinlar ajralishini kuchaytiradi. Vazopressin bevosita tomir silliq mushaklari
miofibrilalarini qisqartiradi. Noradrenalin va adrenalin esa adrenoretseptorlarni qo„zg„atib qon
tomirlarni qisqartiradi. Bulardan tashqari, qon tomirlarning torayishida renin-angiotenzin (II)-
sistemasining ham o„rni bor. Buyrakning yukstaglomerulyar qismidan renin fermenti chiqib,
qonning alfa-globulinidan angiotenzin I (dekapeptid)ning ajralishini ta‟minlaydi. Angiotenzin I
esa o„z navbatida peptidil-dipeptidaza fermenti ta‟sirida o„pka qon tomirlarida angiotenzin II ga
(oktopeptid) o„tib qon tomirlarni toraytiradi, qon bosimini ko„taradi (buyrak gipertenziyasi).
Qon tomirlarda bosimning ko„tarilishida yurak faoliyatining ham hissasi katta.
Gipertenziyada uning (ayniqsa chap qorinchaning) qisqarish kuchi oshadi. Shu sababli, qon
bosimini pasaytirishda faqat qon tomirlarni kengaytirish bilan chegaralanmasdan, balki yurak
qisqarish kuchini ham pasaytirish zaruriyati tug„iladi. Qon tomirlar tonusiga, bulardan tashqari,
turli metabolitlar (sut kislota, SO2, adenozin, gistamin, atsetilxolin va boshqalar), endoteliyni
relaksatsiyalovchi omil (ERF) ham ta‟sir ko„rsatadi va ular qon tomirlarni boshqarishda
qatnashadi.
Ayrim a‟zolarning mahalliy qon tomirlari qisqarsa, umumiy qon bosimi o„zgarmasligi
mumkin. Masalan, stenokardiya, miya qon tomirlari spazmida va boshqalar. Qon tomirlarining
spazmida ko„pincha shu to„qima yoki a‟zoning qon bilan ta‟minlanishi buziladi
(stenokardiya, miokard infarkti, ishemik insult).
Qon tomirlarini kengaytiruvchi dori preparatlarining soni talaygina. Ular kimyoviy
tuzilishiga ko„ra har xil guruhlarga kiradi va farmakologik ta‟siri, ishlatilishi bo„yicha
turlichadir. Ularning orasida sintetik preparatlar, o„simlik dori vositalari, alkaloidlar va
boshqalr bor. Bularning hammasida qon tomirlarni kengaytiradigan ta‟sir bo„lgani uchun ular
shu guruhning preparatlari hisoblanadi. Ular farmakodinamikasi, farmakokinetikasi va
ishlatilishiga qarab turli guruxlarga bo„linadi.
Antigipertenziv (gipotenziv) dori vositalari
Gipotenziv vositalar deb, ko„p sonli qon tomirlarni kengaytirib qon bosimini
pasaytiradigan preparatlarga aytiladi. Bularga kimyoviy tuzilishi, olinishi, farmakologik ta‟siri
va ta‟sir mexanizmi hamda ishlatilishi bo„yicha har xil bo„lgan preparatlar kiradi. Shu sababli
gipotenziv preparatlar ta‟sir etish joyiga qarab quyidagi guruhlarga bo„linadi: neyrotrop va
miotrop preparatlar. Bulardan tashqari, suv-tuz almashinuviga ta‟sir qiladigan ayrim siydik
haydovchi, kalsiy antagonistlari va antiangiotenzin preparatlari ham mavjud.
Neyrotrop gipotenziv vositalar deb, qon tomirlarning nerv sistemasi orqali
boshqarilishiga ta‟sir etib, kengaytiradigan, qon bosimini tushiradigan preparatlarga aytiladi.
179
Bularning o„zi ham nerv sistemasining qaysi bo„limiga ta‟sir etishiga qarab, markaziy va
periferik sistemasiga ta‟sir qiluvchilarga bo„linadi.
Markaziy nerv sistemasiga ta‟sir etuvchi gipotenziv preparatlarga rezerpin, klofelin,
metildofa uxlatuvchi va tinchlantiruvchi preparatlar va boshqalar kiradi. Bu preparatlar markaziy
nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta‟sir ko„rsatgani uchun gipertoniya kasalligini sababchilaridan
bo„lgan emotsional qo„zg„alish holatini kamaytiradi, tomirlarni harakatlantiradigan markazdan
chiqayotgan patologik impulslarni tormozlaydi va periferik qon tomirlarni kengaytiradi, qon
bosimini tushiradi.
Bu preparatlar tibbiyot amaliyotida gipotenziv dorilar sifatida ko„p ishlatiladi.
Rezerpin rauvolfiya o„simligidan (o„simlik to„g„risida ma‟lumot yuqorida qayd etilgan)
olinadigan alkaloid bo„lib, farmakologik ta‟siriga ko„ra neyroleptik hisoblanadi. Gipotenziv
preparatlar orasida qo„llanishi va gipotenziv ta‟siri ancha ishonchli hisoblanadi. Ichakdan sekin
so„rilishi 6-8 soat ichida boshlanib, 3-4 kun davom etadi. Rezerpin markaziy nerv sistemasiga
ta‟sir qilishidan tashqari, periferik simpatolitik ta‟sirga ham ega. Shuning uchun ham bu
preparat gipotenziv effekti bo„yicha ancha yuqoridir. Rezerpin asosan gipertoniya kasalligini I
va II bosqichlarida ishlatiladi. U nojo„ya ta‟sir etib me‟da shilliq pardasini qitiqlaydi, hatto
yaralar hosil qilishi mumkin.
Fitopreparatlar orasida tinchlantiruvchi va gipotenziv ta‟sir ko„rsatadigan quyidagi
o„simlik dori vositalari alohida o„rin egallaydi.
Bo„rigul Barvinok (Vinca L.)
Tibbiyotda bo„rigulning 2 turidan foydalaniladi:
1. Kichik bo„rigul. Barvinok maliy (Vinca minor L.)
Ko„p yillik, doim yashil, bo„yi 60 sm gacha bo„lgan o„t o„simlik. Rossiya yuvropa
qismining janubiy va janubi-g„arbiy viloyatlarida, Ukraina, Belarus, Moldova, Kavkaz ortida
uchraydi. O„simlikning xamma qismida indol guruhiga kiruvchi, rauvolfiya alkaloidiga yaqin
bo„lgan 20 dan ortiq alkaloidlar bor. O„simlik bargidan vinkamin (devinkam), rezerpin, va
boshqa alkaloidlar ajratib olingan. O„simlikning Galen preparatlari va alkaloidlari qon bosimini
tushiradi, miya va koronar qon tomirlarini kengaytiradi. O„simlikning asosiy alkaloidi vinkamin
miyada qon aylanishini yaxshilaydi, miya to„qimasining kislorod bilan ta‟minlanishi ortadi.
Akademik S.Yu.Yunusov va k.f.d. P.Y.Yo„ldoshev shogirdlari bilan birgalikda O„rta
Osiyoda o„sadigan tik o„suvchi bo„rigul o„simligidan 40 taga yaqin alkaloidlar ajratib olishgan.
2. Tik o„suvchi bo„rigul. Barovinok pryamoy (Vinca erecta Rgl. yet schm.)
Kendirdoshlar (Apocynaceae) oylasiga mansub bo„lib, ko„p yillik, bo„yi 30-40 sm ga
yetadigan o„t o„simlik. Markaziy Osiyoning Tyanshan, Pomir-Oloy tog„larida uchraydi. O„simlik
ildizida 3% gacha, yer usti qismida esa 2% alkaloidlar bor. Bulardan eng ahamiyatlisi vinkamin
va vinkanindir. Tarkibida shu alkaloidlar yig„indisi yoki toza holda saqlangan va yarim sintez
qilingan bir qator preparatlar mavjud. Bular qatoriga quyidagi dori vositalari kiradi.
Vinkapan (Vincapan). Kichik bo„rigul alkaloidlar yig„indisini saqlaydi. Tabletka xolida
0,01g.dan chiqariladi.
Vinkanor (Vincanorum). Kichik bo„rigul tozalangan alkaloidlarini saqlaydi. Tabletkada
(0,02g) chiqariladi.
Kavinton (Cavinton). Bo„rigul turlaridan olingan devinkan alkaloidining yarim sintetik
preparati. Kavinton (Vinkotsetin) tibbiyot amaliyotining ko„p soxalarida (nevrapotologiya,
terapiya, otorinolaringologiya va b.) keng miqyosda ishlatiladi. Tabletkada (0,005) va 0,5%
eritmaning 2 ml dan ampulada chiqariladi.
Bulardan tashqari, gipotenziv dori vositasi sifatida do„lana gullaridan tayyorlangan
preparatlar
(damlama
va
nastoyka), arslonquyruq
yer
ustki
qismidan
tayyorlangan damlama va nastoykalar ishlatiladi.
Asosan gipertoniyaning boshlang„ich
davrlarida boshqa dorilar bilan birga beriladi. Bu fitopreparatlarning qon bosimini tushirishi
asosan ularning MNS ga tinchlantiruvchi ta‟siri bilan tushuntiriladi.
Gipertoniya xastaligida yuqoridagi fitopreparatlardan tashqari yana periferik qon
tomirlarni kengaytiruvchi va spazmalitik ta‟sirga ega bo„lgan bir qator dorivor o„simliklar
180
preparatlari ishlatiladi. Bular qatoriga opiy (qoradori) tarkibidagi papaverin alkaloidi kiradi.
O„zining farmakologik xususiyati bo„yicha miotrop ta‟sirga ega-bevosita silliq mushaklarga
ta‟sir etib, fosfodiesteraza fermenti faolligini pasaytirib mushaklar hujayralarda siklik
adenazinmonofosfatni yig„ilishiga sababchi bo„ladi. Bu esa mushaklarni bo„shashiga olib keladi
va qon tomirlar kengayadi, spazmlar bartaraf bo„ladi.
Papaverin sintetik yo„l bilan olingan va tibbiyot amaliyotida uning gidroxlorid tuzi
spastik holatlarda va gipertenziyada keng ishlatiladi. Uning kompleks preparatlari (papazol,
palyufin, teoverin va b.) mavjud.
Papaverin gidroxlorid tabletkada (0,04g), 2% li eritmasi 2 ml dan ampulada, 0,2g dan
shamcha holida chiqariladi.
3. Gulbandli kiyiko„t. Zizifora svetonojechnaya (Ziziphora pedicilata Pazij et Vved.)
Gulbandli kiyik o„t ko„p yillik o„t o„simlik bo„lib, bo„yi 20-40 sm ga yetadi. Ko„proq
toshloq tog„ bag„rilarida va tog„larda o„sadi. Toshkent viloyati, Issiqko„l, Olotov hududlarida
hamda Farg„ona viloyatida uchraydi. Dorivor mahsulot sifatida gulbandli kiyiko„tning yer ustki
qismi- o„ti ishlatiladi. O„t tarkibida 1.3% efir moyi, organik kislotalar, antatsianlar, S, YE
vitaminlari, provitamin A, flavonoidlar, mineral tuzlar va mikroelementlar mavjud.
Kiyiko„t halq tabobatida keng miqyosda ishlatilgan. Ibn Sino zizifora bilan yiringli
yaralar (chipqon, karbunkul) va boshqalarni davo qilgan. Bundan tashqari, o„simlikning yer ustki
qismidan tayyorlangan choylar tabobatda ayrim yurak tomir va buyrak kasalliklarida ishlatiladi.
Toshkent Farmatsevtika institutining farmakognoziya kafedrasida prof. T.P.Po„latova
tomonidan kiyiko„tning ushbu turi har tomonlama o„rganilgan. Uning farmakologiyasi prof.
X.U.Aliyev rahbarligida to„la-to„kis tekshirilgan. Chunonchi, kiyiko„tdan tayyorlangan
preparatlar (damlama va qaynatma) tarkibidagi biologik faol moddalar hisobiga gipotenziv,
kardiotonik va yallig„lanishga qarshi ta‟sir etishi topilgan. Bundan tashqari, ular siydik ajralishini
kuchaytiradi va spazmolitik ta‟sirga ega. Shuning bilan bir qatorda ushbu preparatlarning zararli
ta‟siri yo„qligi – zaharsizligi aniqlangan.
Kiyiko„tdan tayyorlangan damlama O„zbekiston Respublikasi Dori vositalarni va tibbiy
texnika sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan tibbiyot amaliyotida antigipertenziv,
kardiotonik va diuretik dori preparatlari sifatida ishlatishga tavsiya etilgan.
Gipertoniya xastaligining boshlang„ich davrida kadio„t (valeriana) va arslonquyruq
dorivor o„simliklaridan tayyorlangan
fitopreparatlar
(nastoyka,
damlama,
tabletkalar)
ishlatilishi mumkin. Ular MNS ga tinchlantiruvchi ta‟sir etib, uyquni yaxshilaydi, hayajonlanish
va bezovtalik holatlarini kamaytiradi, qon bosimini pasaytiradi.
Tarkibida bir qator dorivor o„simliklar (do„lana, moychechak, gnafalium, na‟matak va b.)
saqlagan yig„ma - choylar va diuretik ta‟sirli dorivor o
Dostları ilə paylaş: |