Fitoterapiya


ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 

198 
 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
14- Amaliy mashg„ulot: 
 Halq tabobatida ishlatiladigan ayrim dorivor o„simliklar
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Xalq  tabobatining  tarixi.  Uning  fitoterapiyada 
axamiyati va yangi fitopreparatlar topishda roli. Xalq tabobatida qadimdan ishlatib kelinayotgan 
ayrim dorivor o„simliklar (sano, zirk, ro„yan va b.) misolida tibbiyot amaliyotiga kiritilganligi va 
davo samarasi tasdiqlangani haqida ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning qo‟yilishi:  Xalq tabobatining tarixi.  Uning  fitoterapiyada axamiyati  va yangi 
fitopreparatlar  topishda  roli.  Xalq  tabobatida  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  ayrim  dorivor 
o„simliklar (sano, zirk, ro„yan va b.) misolida tibbiyot amaliyotiga kiritilganligi va davo samarasi 
tasdiqlangani  haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  
Xalq tabobatining tarixi.  
Uning fitoterapiyada axamiyati va yangi fitopreparatlar topishda roli. 
 Xalq  tabobatida  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  ayrim  dorivor  o„simliklar  (sano,  zirk, 
ro„yan va b.) misolida tibbiyot amaliyotiga kiritilganligi va davo samarasi tasdiqlangani.  
 Talaba bajara olishi lozim:  
Xalq tabobatining tarixi.  
Uning fitoterapiyada axamiyati va yangi fitopreparatlar topishda roli. 
 Xalq  tabobatida  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  ayrim  dorivor  o„simliklar  (sano,  zirk, 
ro„yan va b.) misolida tibbiyot amaliyotiga kiritilganligi va davo samarasi tasdiqlangani.  
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan  o„zgarishlar  – 
sinergizm,  potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks  fitopreparatlarni 
(fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy  reaksiyalar 
natijasida  cho„kmaga  tushish  va  boshqalar.  Fitoterapiya  farmakoterapiyaning  bir  turi,  uning 
yaxshi  tomonlari,  boy  tarixi.  Ibn  Sino,  dori  vositalarini  (fitopreparatlarni)  yaratish,  manba‟i, 
amalda kiritilishi qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Nazariy qism 
O‟zbekiston  shifobaxsh  giyohlarga  ancha  boy.  Respublikada  4000  dan  ortiq  yovvoyi 
o`simliklar  o`sadi.  Shulardan  100  dan  ortig`i  tibbiyot  amaliyotida  dori  vositasi  sifatida 
qo`llaniladi.  halq  tabobatida  esa  hududimiz  o`simliklaridan  600  ga  yaqini  dorivor  hisoblanadi. 
Bemorga  davo  ko`rsatish  maqsadida  tibbiyot  amaliyotida  faqat  fitoterapiya  bilan  chegaralanib 
qolmasdan,  davo  qilishning  boshqa  mavjud  usullaridan  jumladan,  sintetik  dorilardan, 
fizioterapiya,  dietoterapiya  va  boshqalardan  foydalanish  ancha  samarali  bo`ladi.  Bu  narsa 
kasallikning turiga, uning kechishiga, bemorlarning holiga va boshqa omillarga bog`liq. Shuning 
uchun  fitoterapiyani  ma'lum  davo  usullaridan  ajratib  bo`lmaydi,  unga  kompleks  ravishda  davo 
ko`rsatish usullaridan biri deb qarash kerak. 
Ko`pchilik  dorivor  o`simliklar  ko`p  qirrali  ta'sir  xususiyatiga  ega  bo`lishiga  qaramasdan, 
bir  necha  giyohlardan  tayyorlangan  yig`malar  ancha  samarali  davo  ko`rsatadi.  Misol  qilib, 

199 
 
hozirda tibbiyot amaliyotida keng qo`llanilayotgan marelin, kardiovalen, kafiol, urolesan, vikair 
va b. keltirish mumkin. 
Dorivor o`simliklardan turli xil dori (damlama,  qaynatma, tindirma, ekstraktlar, kukun va 
boshqalar)  tayyorlanadi.  Ularni  tayyorlash  yoki  toza  dori  moddasini  va  dorivor  preparatlarni 
olish uchun ishlatiladigan o`simliklar qismi yoki shu o`simliklardan birlamchi ishlash yo`li bilan 
olingan  moddalar  (efir  moyi,  daraxt elimi  va  b) dorivor  o`simliklar  mahsuloti  deb yuritiladi. 
Odatda  ushbu  mahsulotlar  o`z  tarkibida  biologik  faol  moddalarni  ko`p  miqdorda  saqlaydi. 
Dorivor mahsulot sifatida o`simliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi, urug`i, po`stlog`i, 
kurtagi,  o`tli  o`simliklarning  butun  yer  ustki  qismi)  yoki  yer  ostki  qismi  (ildizi),  ildizpoyasi, 
piyozi (tugunagi) ishlatiladi. 
Biologik  faol  moddalar o`simliklar  tarkibida  uchraydigan  har  xil  birikmalar  shaklida 
bo`lishi  mumkin,  xususan  alkaloid,  glikozid,  vitaminlar,  yog`lar,  yog`simon  modda,  kislota, 
kumarin,  lignan,  oshlovchi  moddalar  (tanidlar), polisaxarid,  saponin,  flavonoid,  efir  moylari 
(terpinoidlar),  fitontsidlar  va  boshqalar.  Ushbu  moddalar  o`simlik  rivojlanishi  davrining  turli 
vaqtida,  yilning  fasliga  qarab,  ko`p  miqdorda  to`planadi.  Shuning  uchun  dorivor  mahsulotlar 
o`simliklardan  turli  davrlarda  yig`iladi.  Masalan,  o`simlikning  yer  ustki  qismi  (o`ti)  o`simlik 
gullaganida,  kurtaklar  va  po`stloqlar  o`simlik  tanasida  suyuqlik  yura  boshlaganida  (erta 
bahorda), yer ostki qismlari esa odatda o`simlik uyquga kirganda (kech kuzda) va hakozo. 
Dorivor o`simliklarni yig`ishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: 
1. Dorivor o`simlik mahsulotlari oldindan mo`ljallangan, ruxsat etilgan yerda va miqdorda 
yig`iladi 
2. Ushbu mahsulotlar muayyan qoida bo`yicha quritilishi darkor 
3.  Ko`p  yillik  dorivor  o`simliklarning er  ustki  qismi  tayyorlanishida,  ularning  ildizi 
qoldirilishi zarur 
4. Ildiz va ildizpoya kavlab olinishida ildizning bir qismi yerda qoldirilishi shart 
5.  O‟simlik  mahsulotini  tayyorlashda  yaxshi  taraqqiy  etgan,  gullab  turgan  o`simlikni 
(uning mevasi etilib urug`lari sochilib ko`payishi uchun) qoldirish zarur. 
Ushbu  qoida  va  talablarga  rioya  qilinmasa,  dorivor  o`simliklar  tabiiy  o`sish  joyida 
butunlay yo`q bo`lib ketishi mumkin. 
Dorivor  o`simliklar.  Ushbu  bandda  asosan  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  o`sadigan, 
o`stiriladigan,  tibbiyot  amaliyotida  ko`p  qo`llanadigan,  ayrim  dorivor  o`simliklar  haqida 
qisqacha ma'lumot beriladi. 
Aloy.Aloe. O‟simlikning  quritilgan barg  shirasi-sabur katta dozada      (0, 03-0, 05)  me'da 
sekretsiyasi  susaygan  hollarda  tavsiya  etiladi.  Bundan  tashqari  biostimulyatorlar  sifatida  ham 
beriladi. 
Andiz-Devyasil. O‟simlikning 
ildizpoyasi 
va  ildizidan 
tayyorlangan  qaynatma 
yallig`lanishga qarshi, balg`am ko`chiruvchi, mikroblarga qarshi va o`t haydovchi ta'sirga ega. 
Arpabodiyon.Anis 
obыknovennыy. O‟simlik mevasi tarkibidagi efir moyi balg`am ko`chiruvchi, yallig`lanishga qar
shi va spazmolitik, mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Shu sababdan efir moyini saqlovchi preparatl
ar (ko`krakeliksiri, novshadil-
arpabodiyon tomchisi) nafas yo`llarining yallig`lanishida qo`llanadi. 
Arslonquyruq-
Pustыrnik. O‟simlikdan tayyorlangan preparatlar (damlama, tindirma, suyuq ekstrakt) tinchlantir
uvchi, qisman gipotenziv va kardiotonik farmakologik xossaga ega. Shu sababdan ular hayajonla
nishda,uyqusizlikda, asab buzilishi holatida, gipertoniyada tavsiya etiladi. 
Bo`znoch-
Bessmertnik. O‟simlik gulidan tayyorlangan damlama, qaynatma, quruq ekstrakt va tabletka shak
lida chiqariladigan flallin preparati o`t haydovchi dori sifatida o`t qopi va o`t yo`llarining ayrim 
kasalliklarida ttavsiyaetiladi. 
Bo`ymodaron-
Tыsyachilesnik obыknovnnыy. O‟simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va suyuq

200 
 
 ekstrakti ayrim me'da-
ichak kasalliklarida (gastrit, enterit va b) va ichki a'zolardan (bachadon, ichak, o`pka) qonketishi
da qon to`xtatuvchi vosita sifatida beriladi. Preparat qisman yallig`lanishga qarshi va spazmolitik 
ta'sirga ham ega. 
Bo`tako`z-Vasilyok siniy. O‟simlik  gulidan  tayyorlangan  damlama  peshob  haydovchi  va 
o`t  haydovchi  ta'sir  ko`rsatadi.  Buyrak  va  peshob  yo`llari,  o`t  qopi  va  yo`llari  xastaliklarida 
qo`llanadi. 
Valeriana-
Valeriana lekarstvennaya. O‟simlikning ildiz poyasi bilan ildizidan tayyorlangan damlama, tindi
rma, suyuq va quyuq ekstrakti, kompleks preparatlari markaziy nerv tizimini tinchlantiruvchi dor
i vositasi sifatidauyqusizlikda, asab buzilishi holatlarida, isteriyada, hayajonlanishda, stenokardiy
ada, gipertoniya kasalligining boshlanishida, ko`ngil aynashi va qusishda keng qo`llanadi. 
Gazanda-
Krapiva obыknovennaya. O‟simlikning bargidan tayyorlangan damlama, suyuq ekstrakt qon ivis
hini tezlashtiradigan, yallig`lanishga qarshi, o`t haydovchi va yara bitishini jonlantiruvchi ta'sir k
o`rsatadigan va ichkia'zolaridan qon ketishida, me'da va ichak yaralari kasalligida qo`llanadi. 
Gulxayri-Altey. O‟simlik  ildizidan  tayyorlangan  damlama,  sharbat,  quruq  ekstrakt  hamda 
uning  yer  ustki  qismidan  olingan  preparat  mukaltin  balg`am  ko`chiruvchi,  o`rab  oluvchi  va 
yallig`lanishga qarshi ta'sir ko`rsatib, nafas yo`llarining yallig`lanishida (traxeit, bronxit va b) va 
ayrim me'da-ichak kasalliklarida (me'da-ichak yara kasalligida, enteritda) tavsiya etiladi. 
Do`lana-Boyarishnik. Gulining  damlamasi,  tindirmasi,  suyuq  ekstrakti  va  kardiovalen 
kompleks  preparati  yurak  faoliyatini  yaxshilaydi,  bir  tekis  urishini  ta'minlaydi,  koronar  va 
boshqa  qon  tomirlarini  sezilarli  darajada  kengaytiradi.  Shu  sababdan  yurak  xastaliklarida 
(taxikardiyada,  yurak  holsizlanishida),  gipertoniyada,  ayollarda  klimaks  davri  boshlanishida 
qo`llanadi. 
 
  
51-rasm. Gazandao`t, 
  
Jag`-jag`-Postushaya  sumka  obыknovennaya. O‟simlik  preparatlari  (damlama,  suyuq 
ekstrakt)  bachadon  mushaklarining  tonusini  oshiradi,  qon  bosimini  qisman  tushiradi  va  ichak 
harakatini  jonlantiradi. Shu  sababdan tug`ruqdan keyin  bachadondan  qon ketishida  (atonik  qon 
ketish), hayz vaqtida og`riqni qoldirish maqsadida ishlatiladi. 
Zirk-Barbaris obыknovennaya.O‟simlik  bargi  va  ildizidan  tayyorlangan  preparatlar 
(damlama,  yig`ma  va  barbarin  sulfat  tabletkasi)  jigar  o`tini  haydaydi,  bachadon  mushaklari 

201 
 
tarangligini oshiradi, qon tomirlarini toraytiradi. Shu sababli ular  gemostatik sifatida akusherlik 
amaliyotida va o`t haydovchi sifatida jigar va o`t yo`llari kasalliklarida beriladi. 
Dalachoy-Zveroboy. Yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama,  tindirma) 
burishtiruvchi,  spazmolitik,  mikroblarga  qarshi  va  qisman  peshob  haydovchi  ta'sirga  ega.  Shu 
sababdan stomatit, gingivit, gastro-enterokolit va boshqa kasalliklarda beriladi. Novoimanin 1 % 
spirtli  eritmasi  sirtga  qo`llash  uchun  (abtsess  va  boshqa  yiringli  yaralarda,  kuyganda, 
piodermiya va b) tavsiya etiladi. 
Zubturum-Podorojnik bolshoy. O‟simlik 
bargidan  tayyorlangan  damlama,  shirasi, 
plantaglyutsid  granulasi  balg`am  ko`chiruvchi,  spazmolitik  va  yallig`lanishga  qarshi  ta'sir 
ko`rsatadi.  Shunga  asosan  ular  nafas  yo`llarining  yallig`lanishida  (bronxit,  ko`kyo`tal),  me'da-
ichak kasalliklarida (gastrit, enterit, ko‟lit) qo`llanadi. 
Igir-Air obыknovennыy. O‟simlik  ildiz  poyasidan  tayyorlangan  kompleks  preparatlar 
(damlama,  «Vikair»,  «Vikalin»  tabletkalari)  me'da  va  o`n  ikki  barmoq  ichak  yarasi  va  boshqa 
kasalliklarida yallig`lanishga qarshi ta'sir etadi. 
Isiriq-Garmala obыknovennaya. O‟simlikning  yer  ustki  qismidan  ajratib  olingan  peganin 
va  peganol  antixolinesteraz  ta'sirga  ega.  Miorelaksantlar  (tubokurarin)  ta'sirini  cheklaydi. 
Mushaklar  qisqarishini  oshiradi.  Dezoksipeganin  gidroxlorid  nevritlarda,  miasteniyada  va 
miopatiyada qo`llanadi. 
  
 
  
52-rasm.Gulxayri. 
  
Kashnich-Koreandr posevnoy.  Osimlik  mevasidan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama, 
yig`malar) me'da shirasini kuchaytiradi, ovqat hazm bo`lishini yaxshilaydi, el haydaydigan ta'sir 
ko`rsatadi. Sezilarli spazmolitik va o`t haydaydigan xususiyatga ega. 
Maymunjon-Malina obыknovennaya. Mevasidan  tayyorlangan  damlama  va  yig`malar 
isitma  tushiruvchi,  yallig`lanishga  qarshi  ta'sir  etadi.  Nafas  yo`llari  yallig`lanish  kasalliklarida 
keng miqyosda ishlatiladi. 
Makkajo`xori-Kukuruza. O‟simlik  popugining  qaynatmasi  va  suyuq  ekstrakti  jigar  va  o`t 
yo`li  yallig`lanishida  (gepatit,  xoletsistit,  xolangit)  o`t  haydovchi  sifatida  qo`llanadi.  Bundan 
tashqari  peshob  yo`llari  yallig`lanishida  (tsistit,  tosh  kasalligi)  va  qon  ketishida  gemostatik 
preparat sifatida tavsiya etiladi. 
  

202 
 
 
53-rasm. Dalachoy. 
  
Moychechak-Romashka aptechnaya. O‟simlik  gulidan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama 
va uni saqlovchi romazulon va rotokan kompleks preparatlari) yallig`lanishga qarshi, spazmolitik 
va  mikroblarga  qarshi  ta'sir  ko`rsatadi.  Ular  stomatit,  laringit,  angina  va  boshqa  kasalliklarda 
og`iz va tomoqni chayish uchun, me'da-ichak kasalliklarida (gastrit, enterit) qo`llanadi. 
Na'matak-SHipovnik.  Mevasi  va  undan  tayyorlangan  preparatlar  (damlama,  sharbat) 
immunobiologik  tizimni  jonlantiradi,  yallig`lanishga  qarshi,  to`qima  regeneratsiyasi  (yara 
bitishini) kuchaytirish xossasiga ega. Na'matakdan olingan askorbin kislota va boshqa vitaminlar 
avitaminoz xastaligida buyuriladi. 
Otquloq-
SHavel konskiy. O‟simlik ildizidan tayyorlanadigan qaynatma va poroshok kichik dozada burisht
iruvchi, katta dozalarda esa  ich suruvchi ta'sir ko`rsatadi. Shuning  uchun  bu  preparatlar  ich 
ketishida, dizenteriyada buyuriladi. Stomatit, laringit va anginada tomoq chayiladi. 
 Oqqaldirmoq-Mat-machexa. O‟simlik  bargidan  tayyorlangan  damlama  yallig`lanishga 
qarshi  va  balg`am  ko`chiradigan  ta'siri  bo`lgani  uchun  yuqori  nafas  yo`llari  yallig`lanishida 
yo`talni yumshatish maqsadida keng miqyosda ishlatiladi. 
  
 
54-rasm. Na'matak. 
  
Rovoch-Reven. O‟simlikning ildizi  va ildizpoyasidan tayyorlangan  preparatlar (tabletkasi) 
kichik  dozalarda  (0,  05-0,  2)  burishtiruvchi  kabi  ta'sir  etgani  uchun  ich  ketishini  bartaraf  etadi, 
katta dozalarda esa (0,5-1,0) ichni yumshatadi. 

203 
 
Sano-Kassiya. O‟simlik  bargidan  va  mevasidan  tayyorlangan  damlama  va  uni  saqlovchi 
kompleks preparatlar (quruq  ekstrakt tabletkasi  senadeksin, kafiol)surunkali qabziyatda yo`g`on 
ichak harakatini oshirib ichni yumshatadi. 
Tirnoqgul-Nagotki 
lekasrtvennыe. O‟simlikning gul  to`plamidan damlama, tindirma tayyorlanadi. 
Ular 
sedativ, 
kardiotonik,  yallig`lanishga  qarshi,  spazmolitik,  antiseptik  preparatlar  sifatida  stomatologiyada 
(stomatit,  gingivit,  paradontoz),  ayrim  ichak  kasalliklarida  (gastrit,  me'da-ichak  yara  kasalligi) 
qo`llaniladi. 
Tog`  rayxon-Dushitsa. O‟simlikning  yer  ustki  qismidan  damlama  va  tindirma 
tayyorlanadi.  Ular  me'da-ichak  faoliyatini  rag`batlantiradi,  o`t  ajralishini  oshiradi,  ovqat  hazm 
bo`lishini 
yaxshilaydi, 
balg`am 
ajralishini 
qisman 
yengillashtiradi. 
Bulardan tashqari tinchlantiruvchi va tutqanoqqa qarshi ta'sir etadi degan fikr bor. 
Fenxel-Fenxel  obыknovennaya (ukrop  aptechnыy).  Osimlik  mevasidan  tayyorlangan 
damlama (ukrop suvi) me'da-ichak harakati va sekretsiyasini jonlantiradi. O‟t ajralishini oshiradi. 
Shu sababli el haydovchi va ich yumshatuvchi ta'sir ko`rsatadi. qabziyatda ishlatiladi. 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
15 Amaliy mashg„ulot: 
Qon oqishini to„xtatuvchi dorivor o„simliklar 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Qon  ivish  jarayonining  fiziologik  xarakteristikasi, 
oqibati to„g„risida umumiy tushuncha. Gemostatik dorivor  o„simliklar (qchchiqtaron, bodrezak, 
lagoxilus,  bo„ymadaron,  jag„-jag„,  soxta  kashtan,  qirqbo„g„in  va  b.)  va  ularning  fitopreparatlar 
xarakteristikasi haqida ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning  qo‟yilishi:  Qon  ivish  jarayonining  fiziologik  xarakteristikasi,  oqibati 
to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Gemostatik  dorivor  o„simliklar  (qchchiqtaron,  bodrezak, 
lagoxilus,  bo„ymadaron,  jag„-jag„,  soxta  kashtan,  qirqbo„g„in  va  b.)  va  ularning  fitopreparatlar 
xarakteristikasi.  
 haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  
Qon ivish jarayonining fiziologik xarakteristikasi, oqibati to„g„risida umumiy tushuncha. 
 Gemostatik  dorivor  o„simliklar  (qchchiqtaron,  bodrezak,  lagoxilus,  bo„ymadaron,  jag„-
jag„, soxta kashtan, qirqbo„g„in va b.) va ularning fitopreparatlar xarakteristikasi.  
 Talaba bajara olishi lozim:  
Qon ivish jarayonining fiziologik xarakteristikasi, oqibati to„g„risida umumiy tushuncha. 
 Gemostatik  dorivor  o„simliklar  (qchchiqtaron,  bodrezak,  lagoxilus,  bo„ymadaron,  jag„-
jag„, soxta kashtan, qirqbo„g„in va b.) va ularning fitopreparatlar xarakteristikasi.  
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  

204 
 
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Qon  ivish  jarayonining  fiziologik  xarakteristikasi,  oqibati 
to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Gemostatik  dorivor  o„simliklar  (qchchiqtaron,  bodrezak, 
lagoxilus,  bo„ymadaron,  jag„-jag„,  soxta  kashtan,  qirqbo„g„in  va  b.)  va  ularning  fitopreparatlar 
xarakteristikasi.  
qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Nazariy qism 
Ma‟lumki,  hayotda  har  xil  sabablar  tufayli  qon  ketish  hodisalari  ro„y  berib  turadi. 
Ayniqsa  jarohatlanganda  qon  tomirlar  shikastlanishi  natijasida  qon  ketishi  hayot  uchun 
xavflidir.  Shuningdek,  organizmning  turli  xastaliklarida  ichki  a‟zolardan  qon  ketishi  mumkin. 
Masalan, bavosil, me‟da va  o„n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, ingichka va yug„on ichak 
kasalligi,  o„pka  kasalligi  (sil,  o„sma  va  boshqalar),  burun  qonashi,  xayz  kurishning  cho„zilib 
ketib ko„p qon ketishi shular jumlasidandir. 
Jaroxatlanish  natijasida  qisqa  muddat  ichida  ko„p  miqdorda  qon  yo„qotilganda  bemor 
ko„pincha  shok  (karaxtlik)  holatiga  tushib  qoladi  va  bunda  zudlik  bilan  tegishli  tadbirlar 
ko„riladi (qon va qon o„rnini bosadigan suyuqliklar quyiladi). 
Ichki a‟zolardan  oz-ozdan, lekin tez-tez  va uzoq  muddat  mobaynida  surunkali qon ketib 
turganda  kamqonlik  (anemiya)  paydo  bo„ladi.  Qizil  qon  tanachalari  miqdori  kamayishi  sababli 
ulardagi gemoglobin ham kamayadi. Natijada hujayralar, to„qimalar, a‟zo va sistemalar kislorod 
bilan  to„la  ta‟minlana  olmaydi.  Kishida  kislorod  tanqisligi  seziladi.  Unda  kamquvvatlik, 
behollik,  tinka  qurishi,  bosh  aylanishi,  ko„z  tinish  hollari  kuzatiladi.  Kamqonlikning  og„ir 
turlarida  ichki  a‟zolar,  ayniqsa  markaziy  nerv  sistemasi  faoliyati  susayadi  va  bu 
ko„ngilsiz  oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Organizm  qon  yo„qotishining  asosiy  sabablaridan  yana  biri  qon  ivish  jarayonining 
buzilishidir. Ma‟lumki, mayda qon tomirlar jarohatlanganda to„qima qonaydi va bir ozdan so„ng 
esa  qon  ketishi  o„z-o„zidan  to„xtaydi,  ya‟ni  qon  iviydi.  Bu  organizmga  xos  normal  fiziologik 
jarayondir. 
Hozirgi  zamon  tushunchasiga  ko„ra  qon  oqishining  to„xtashi  asosan  ikki  xil  namoyon 
bo„ladi:  qon  tomir-trombotsitar  va  koagulyatsion  gemostaz.  Qon  tomir-trombotsitar  gemostaz 
mayda  qon  tomirlar  jarohatlanganda  kuzatiladi.  Bunda  qon  tomirlar  torayadi,  jarohatlangan 
mayda  qon  tomirlar  (kapillyarlar,  venalar)  jarohatlangan  joyda  trombotsitlarning  yig„ilishi  va 
ularning  bir-biri  bilan  yopishishi  hisobiga  tromb  hosil  bo„ladi.  Bunda  jarohatlangan  joy 
bekitilib, qon ketishi to„xtatiladi. 
Koagulyatsion  qon  ivishi  esa  murakkab  fiziologik  jarayon,  bunda  bir  qator  omillar, 
fermentlar va boshqalar qatnashadi. Ulardan protrombin, tromboplastin, fibrinogen, kalsiy ionlari 
asosiy  omillar  hisoblanadi.  Protrombin  jigarda  K  vitamini  ishtirokida  hosil  bo„ladi, 
tromboplastin trombotsitlar yorilishi natijasida ajraladi, fibrinogen jigarda xosil bo„ladi va kalsiy 
ionlari qonda doimiy bo„ladi. 
Keyingi  ma‟lumotlarga  qaraganda  ushbu  jarayonda  yuqoridagi  omillardan  tashqari, 
o„nlab  boshqa omillar qatnashar  ekan.  Ularning ayrimlari qon  ivishini  sekinlashtirsa,  boshqalar 
esa,  aksincha,  bu  jarayonni  tezlashtiradi,  ayrim  omillar  qonning  haddan  tashqari  ivishga  yo„l 
qo„ymaydi,  ortiqchasini  yemiradi.  Ushbu  omillar  qonni  suyuq  holda  saqlab  turadi.  Agar  tomir 
shikastlansa, shu joyda qon iviydi va qon ketishi to„xtaydi. 
Lekin bu jarayonda qatnashadigan omillardan  birining  butunlay yoki yetarli bo„lmasligi 
qon  ivishini  izdan  chiqaradi,  natijada  qon  ketadi,  Masalan,  qon  ivishida  qatnashadigan  K 
vitamini  yetishmasligi,  trombotsitlarning  qonda  kamayib  ketishi,  kalsiy  ionlarining  qonda 
yetarli  bo„lmasligi,  fibrinogen  sintezining buzilishi, bu  omillar o„zaro aloqasining  uzilishiga va 
hokazalar qonning ivimasligiga va natijada kamqonlikka sabab bo„lishi mumkin. 

205 
 
Bunday  hollarda  qon  tomirlarni  toraytiradigan  dori  (adrenalin,  noradrenalin,  efedrin) 
preparatlari ham tayinlanadi. Lekin bu tadbirlar hamma vaqt ham yaxshi samara beravermaydi. 
Shuning  uchun  qon  ketishini  to„xtatishda  beriladigan  dori  preparatlari  ichida  qon 
ivishining  tabiiy  omillarini  saqlagan  dori  vositalari  samarali  hisoblanadi.  Bulardan  K  vitamini 
preparati  (vikasol),  tarkibida  kalsiy  bo„ladigan  preparatlar  (  kalsiy  xlorid,  kalsiy  glyukonat), 
hayvonlar  qonidan  tayyorlangan  qon  ivishi  omillarini  saqlaydigan  preparatlar  kiradi.  Bulardan 
tashqari,  qon  tomirlari  devori  o„zkazuvchanligini  kamaytiradigan  dorilar  (rutin,  parmidin, 
askorbinat kislota) va boshqalar ishlatiladi. 
Quyida  keltirilgan  dorivor  o„simliklarning  ko„pchiligi  tarkibida  qon  ivish  jarayonida 
qatnashadigan  omillar  (K  vitamini)  va  qon  tomirlar  devorini  mustahkamlaydigan  moddalar  ( 
rutin,  kversitin) va  boshqalar  bo„ladi. Shu tufayli  ular  qon ketganda yaxshi ta‟sir ko„rsatadi  va 
qon ivishini tezlashtiradi. 
Shuni  aytish  kerakki,  keltirilgan  shifobaxsh  o„simliklar  faqat  qon  ketganda  emas,  balki 
uning  oldini  olish  maqsadida  ham  ishlatilishi  mumkin.  Masalan,  qon  tomiriga  boy  a‟zolar 
operatsiyasi (bodomcha bezlarini olib tashlash va boshqalar) oldidan 5- 10 kun davomida bunday 
o„simliklar damlamasi yoki qaynatmasidan ichish mumkin. 
1.  Achchiq  toron  (suvqalampir,  suvzamchi).   Gorets  perechniy  (Vodyanoy  perets) 
(Polygonum hydropiper  L.). 
Achchiq  toron  bo„yi  70  sm  ga  yetadigan  bir  yillik  o„t  o„simlik.  O„simlik  ariq,  hovuz, 
ko„lmak suvlar bo„yida va boshqa nam yerlarda o„sadi. 
Tibbiyotda  achchiq  toronning  yer  ustki  qismidan  foydalaniladi.  Tarkibida  flavonoidlar, 
glikozidlar, organik kislotalar, K, S, YE vitaminlari va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  achchiq  toronning  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  bezgak, 
ich  ketish,  bavosil  va  boshqa  kasalliklarda  qon  ketishini  (bachadondan,  yo„g„on  ichakdan) 
to„xtatuvchi  va  og„riq  qoldiruvchi  dori  sifatida  hamda  turli  yaralarni  (chipqon,  qorason) 
davolashda qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  achchiq  toron  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  dori  preparatlar:  damlama, 
suyuq  ekstrakt hayz buzilganda qon ketishini to„xtatuvchi dori sifatida hamda bavosil kasalligini 
davolash  uchun  qo„llaniladi.  O„simlikning  suyuq  ekstrakti  bavosil  kasalligida  qo„llaniladigan  " 
Anuzol" shamchasi tarkibida bor. 
O„simlikning yer ustki qismi qon to„xtatuvchi choy - yig„malar tarkibiga kiradi. 
2. Oddiy bodrezak, (kalina,  chingiz). Kalina  obiknovennaya (Viburnum opulus L.). 
Bodrezak  bo„yi  1,5-3  metrga  yetadigan  bo„ta.  U  o„rmon  va  o„rmon-  cho„l  hududlarida, 
ariq,  ko„l  va  botqoqlik  yoqalarida,  o„rmon  chetlarida  o„sadi.  Manzarali  daraxt  sifatida 
ko„chalarda, bog„larda va oromgohlarda o„stiriladi. 
Tibbiyotda  bodrezakning  po„stlog„i  va  mevasi  ishlatiladi.  Ular  tarkibida  viburnin 
glikozidi,  K va S  vitaminlari, oshlovchi va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  bodrezak  po„stlog„i,  guli  va  mevasidan  tayyorlangan  qaynatma  va 
damlamadan  keng  foydalaniladi.  Bodrezak  po„stlog„idan  tayyorlangan  qaynatma  qon  ketganda 
qon  oqishini  to„xtatuvchi,  ayniqsa  bachadondan  qon  ketishini  to„xtatuvchi,  qon  tomirini 
toraytiruvchi  dori vositasi  sifatida ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan  qaynatma yurak faoliyati 
ishini  yaxshilaydi  (yurak  mushagi  qisqarishini  kuchaytiradi).  Shuningdek  o„t  va  siydik 
haydovchi,  shamollashda  yo„tal  qoldiruvchi  dorivor  vosita  sifatida  qo„llaniladi.  Bodrezak 
gulidan tayyorlangan damlama bilan angina kasalligida tomoq chayiladi. 
Tibbiyotda  bodrezak  po„stlog„idan  tayyorlangan  suyuq  ekstrakt  bachadondan 
qon  ketishini  va  hayz  ko„rganda  paydo  bo„ladigan  og„riqni  qoldirish  uchun  ishlatiladi. 
Bodrezak  mevasi  vitaminli  choylar-yig„malar tarkibiga kiradi. 
3. Gangituvchi bozulbang. Lagoxilus opyanyayuщiy (Lagochilus inebrians Bge.).     
Bozulbang  bo„yi 60 sm yetadigan ko„p  yillik o„t  o„simlik  yoki  yarim bo„ta. Bozulbang 
asosan  Qozog„iston  va  Tojikistoning  shag„alli  tog„  yon  bag„irlarida,  yarim  adir  cho„llarida 
o„sadi. 

206 
 
Tibbiyotda  bozulbangning  bargi  va  guli  ishlatiladi.  Uning  tarkibida  lagoxilin  va  uning 
birikmalari, flavonoidlar, iridoid, S, K vitamini va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  bozulbangdan  tayyorlangan  damlama  qon  to„xtatuvchi,  tinchlantiruvchi 
dori  sifatida  hamda  allergik  va  gipertoniya  (qon  bosimining  ko„tarilishi)  kasalliklarini 
davolashda qo„llanidi. 
Tibbiyotda  bozulbangdan  tayyorlangan  damlama,  nastoyka,  quruq  ekstrakti  tabletka 
bachadondan,  o„pkadan  va  burundan  hamda  bavosil  kasalligida  qon  oqishini  to„xtatuvchi  dori 
sifatida  qo„llaniladi. Bu preparatlar yana gemofiliya, Verlgof kasalliklarini davolash uchun ham 
ishlatiladi. 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin