Fitoterapiya


 Oddiy bo„ymadoron. Tisyachelistnik  obiknovenniy (Achillea millefolium L.)



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

4. Oddiy bo„ymadoron. Tisyachelistnik  obiknovenniy (Achillea millefolium L.). 
Bo„ymodaron  bo„yi  80  sm  yetadigan  ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  O„simlik  tog„  yon 
bag„irlarida, o„rmon chetlari, quruq o„tloqlarda, qir, yo„l yoqalari va bog„larda o„sadi. 
  
Tibbiyotda  bo„ymodaronning  yer  ustki  qismidan  foydalaniladi.  Uning  tarkibida  K,  S, 
vitaminlari karotin, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. Efir moyi xamazulen va boshqa 
terpinoidlardan tashkil topgan. 
Ibn Sino bo„ymodaron yer ustki qismidan tayyorlangan  qaynatmani shamollaganda, bosh 
og„rig„ida, bachadon yarasida, buyrak tosh va boshqa kasalliklarda tavsiya qilgan. 
Xalq  tabobatida  o„simlikning  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  yoki  qaynatma 
turli  qon  oqishlarda  (qon  tupurish,  qon  aralash  ich  ketish,  bavosil  kasalliklarida)  qon 
to„xtatuvchi hamda ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Bu dorilardan yana bosh og„rig„ini 

212 
 
qoldiruvchi,  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  hamda  o„pka  sili  va  me‟da-  ichak  kasalliklarini 
davolashda foydalaniladi. Bo„ymodaron gulining kukuni asalga qorib yeyilsa, gijjalar tushadi. 
Tibbiyotda  bo„ymodaron  o„simligining  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  va 
suyuq  ekstrakt  me‟da  -ichak  kasalliklarini  davolashda  hamda  ishtaha  ochuvchi,  qon  oqishini 
to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. 
O„simlikning  yer  ustki  qismi  qon  ketishi  to„xtatuvchi,  ishtaxa  ochuvchi  va  me‟da  ichak 
kasalliklarida ishlatiladigan yig„malar tarkibiga  kiradi. 
5. Ikki  uyali gazanda.  Chayono„t.  Krapiva  dvudomnaya (Urtica dioica L.). 
Gazanda bo„yi 150 sm gacha yetadigan achituvchi tuklar bilan qoplangan  ko„p yillik o„t 
o„simlik. 
O„simlik asosan nam yerlarda - suv bo„ylarida, bo„tazorlarda, axoli yashaydigan joylarda 
keng  tarqalgan.  Asosan  Rossiyaning  yuvropa  qismida,  Uzoq  Sharqda  va  Markaziy  Osiyoda 
uchraydi. 
Tibbiyotda gazanda bargidan foydalaniladi. Tarkibida K, S, V2 vitaminlari,  karotin, ko„p 
miqdorda xlorofil va boshqa moddalar bor. 
Abu  Ali  ibn  Sino  chayono„t  o„simligi  mevasini  nafas  qisish  kasalligini  davolash  uchun, 
bargini esa qon to„xtatuvchi va surgi dori sifatida ishlatgan. 
Xalq  tabobatida  o„simlik  bargidan  tayyorlangan  damlama,  qaynatma  yoki  barg  kukuni 
ko„krak  og„rig„i,  bod,  isitma,  bezgak,  nafas  qisishi,  burun  va  og„izdan  qon  oqishi  va  bavosil 
kasalliklarini  davolashda  hamda  balg„am  ko„chiruvchi,  siydik  haydovchi  dori  sifatida 
qo„llaniladi. 
Gazanda  bargi  tarkibidagi  biologik  faol  moddalar  yig„indisining  farmakologik  ta‟siri 
asosan uning tarkibidagi vitaminlarga va temir  tuzlariga  bog„liq.  Ular  qon ivishini tezlashtiradi 
(K  va  S  vitamlari)  va  eritrotsitlar  ishlab  chiqarilishi  oshiradi.  Bundan  tashqari,  bachadon 
qisqarishini jonlantiradi, o„t haydaydi va yara bitishini tezlashtiradi. 
  
Qon to„xtatuvchi yig„malar tarkibiga kiradi. 
  
6. Jag„-jag„. Pastushya  sumka obiknovennaya (Capsella bursa pastoris Medic.). 
Jag„-jag„ bo„yi 60 sm yetadigan bir yillik o„t o„simlik. O„simlik asosan aholi yashaydigan 
yerlarda, yo„l yoqalarida, o„tloqlarda, begona o„t sifatida ekinlar orasida o„sadi. 
Tibbiyotda jag„-jag„ o„simligining yer ustki qismidan foydalaniladi. Uning tarkibida K, S 
vitaminlari va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  jag„  -  jag„  o„simligi  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  va 
qaynatma  me‟da,  o„pka  kasalliklarida,  burundan  qon  ketganda  uni  to„xtatuvchi,  qon  bosimini 
tushiruvchi, ko„ngil aynishini bosuvchi va peshob xaydovchi dori sifatida qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  jag„  -  jag„  o„simligining  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama 
va  suyuq  ekstrakt  tug„ruqdan  keyin  va  bachadon  kasalliklarida  qon  ketishini  to„xtatuvchi  dori 
sifatida ishlatiladi. 
7. Zirk. Barbaris  (Berbyeris L.). 
Tibbiyotda  zirkning  2  turidan  dorivor  o„simlik  sifatida  foydalaniladi:  Amur  zirki-
barbaris amurskiy (Berberis amurensis), oddiy zirk-barbaris obiknovenniy (Berberis vulgaris L.). 
Zirk turlari bo„yi 1,5 -2 m ga yetadigan tikanli bo„ta.  Ular cho„l, o„rmon-cho„l zonalarida o„sadi. 
Tibbiyotda  zirk  bargi  va  ildizidan  foydalaniladi.  Ular  tarkibida  protoberberin  guruhiga 
kiradigan berberin (asosiy alkaloid) va boshqa alkaloidlar bor. 
Tibbiyotda  zirk  turlari  bargidan  tayyorlangan  nastoyka  ginekologiya  amaliyotida 
bachadon  mushaklari  tonusini  kuchaytiruvchi,  qon  ketganda  qon  to„xtatuvchi,  qon  bosimini 
pasaytiruvchi  dori  sifatida  qo„llaniladi.  Ildizidan  ajratib  olingan  berberin  -  berberin  sulfat 
surunkali  gepatit,  xoletsistit  va  o„t-tosh  kasalliklarini  davolashda  o„t  haydovchi  dori  vositasi 
sifatida qo„llaniladi. 
8. Dorivor sangvizorba. Krovoxlebka lekarstvennaya (Sanguisorba officinalis L.). 

213 
 
Sangvizorba  bo„yi  100  sm  ga  yetadigan  ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  O„simlik  o„rmon 
chekkalarida,  o„tloqlarda,  o„tli  cho„llarda,  bo„talar  orasida,  tog„  etaklaridagi  suv  bo„ylarida  va 
boshqa  nam  yerlarda  o„sadi.  Asosan  Rossiyaning  yuvropa  qismida,  Kavkazda,  Sibirda,  Uzoq 
Sharqda uchraydi. 
Tibbiyotda sangvizorbaning ildiz va ildizpoyasidan foydalaniladi. Tarkibida oshlovchi va 
boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  sangvizorbaning  ildiz  va  ildizpoyasidan  tayyorlangan  qaynatma  qon 
ketishini  (sil  kasalligida  qon  tupurishda,  bachadondan  qon  ketganda)  to„xtatuvchi,  og„riq 
qoldiruvchi, burushtiruvchi vosita sifatida va yaralarni davolashda qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  sangvizorba ildizpoya  va ildizidan tayyorlangan qaynatma va  suyuq  ekstrakt 
ginekologiya  amaliyotida  qon  to„xtatuvchi,  me‟da-ichak  kasalliklarida  (yo„g„on  va  ingichka 
ichakning yallig„lanishida, ich surganda) burushtiruvchi dorivor vosita sifatida qo„llaniladi. 
Mahsulot ich ketganda va qon to„xtatuvchi choy - yig„malar tarkibiga kiradi. 
9. Oddiy soxtakashtan. Konskiy kashtan obiknovenniy (Aesculus hippocastanum L.). 
Soxtakashtan  bo„yi  30  m  yetadigan  piramida  shaklidagi  shox-shabbali  daraxt. 
Soxtakashtan ko„chalarda, bog„larda va oromgohlarda  manzarali daraxt sifatida o„stiriladi. 
Tabobatda  soxtakashtan  po„stlog„idan  tayyorlangan  qaynatma  qorataloq,  bavosil, 
bronxit, bezgak, bod, podagra kasalliklarini davolashda hamda ichakning yallig„lanishi natijasida 
ich ketganda va bachadondan  qon ketganda qon to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. 
Po„stloq qaynatmasi eshakem toshgan hollarda ham dori sifatida qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  soxtakashtan  o„simligidan  tayyorlangangan  venostazin  preparati  bavosil, 
ateroskleroz  va  tromboflebit  kasalliklarini  davolashda  ishlatiladi.  Urug„idan  tayyorlangan  suv-
spirtli  ekstrakt  (eskuzan),  qaynatma,  surtma,  tabletka,  shamcha  (esflazid)  tromboz  va  bavosil 
kasalliklarining oldini olish va davolashda hamda qon to„xtatuvchi dori sifatida qo„llaniladi. 
10. Yantoq. Yantak   (Alhagi Adans.). 
Tabobatda  yantoqning  to„rtta  turi:  shakar  yantoq-yantak  persidskiy  (Alhagi  persarum 
Boiss.  et Buhse),  siyrak barg yantoq  -yantak rixlolistiy (Alhagi  sparsifolia snap.); soxta yantoq-
yantak  lojniy  va kulrang yantoq-yantak sedovatiy (Alhagi canesens Shap.) ishlatiladi. 
Yantoq  turlari  tikonli  ko„p  yillik  o„t  o„simlikdir.  Ildizi  juda  yaxshi  taraqqiy  etgan.  Ular 
qumlik,  tekislik  va  tepaliklar,  tog„  yon  bag„irlarida,  begona  o„t  sifatida  ekinzorlarda,  ariq  va 
kanallar bo„yida, dalalarda va boshqa yerlarda o„sadi. 
Tabobatda  yantoqning  yer  ustki  qismi  va  ildizidan  foydalaniladi.  Ular  tarkibida 
vitaminlar, shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar bor. 
Ibn  Sino  yantoq  turlarining  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlamani  yo„tal 
qoldiruvchi,  terlatuvchi, ko„krakni yumshatuvchi va surgi dori sifatida tavsiya etgan. 
Xalq  tabobatida  yantoq  turlari  ildizidan  tayyorlangan  qaynatma  bavosil  kasalligini 
hamda yaralarni davolashda, qon oqishini  to„xtatish uchun  ishlatiladi. 
Yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  siydik  haydovchi,  terlatuvchi  va  ich 
yumshatuvchi dori sifatida qo„llaniladi. 
11. Dala qirqbo„g„imi. Xvoщ   polevoy   (Equisetum arvense L.). 
Qirqbo„g„im ko„p yillik, sporali o„simlik. Ildizidan yer ustiga ikki xil poya o„sib chiqadi. 
Ular  bahorgi  va  yozgi  poyalar  deyiladi.  Bahorgi  poya  sporalari  yetilib  va  sochilib  ketgandan 
so„ng  qurib  qoladi.  Yozgi  poya  qattiq,  bo„g„imli  bo„ladi  va  bu  bo„g„imlaridan  to„p-to„p 
shoxchalar o„sib chiqadi va halqa shaklida bo„g„imni o„rab oladi. Bargi yaxshi taraqiy etmagan, 
o„zgargan tangachasimon bo„ladi. Bu poya mart oylarida o„sib chiqib, kuzda qurib qoladi. 
Qirqbo„g„im  ariq  va  daryo  bo„ylarida,  ekinzorlarda,  qumli  o„tloqlarda,  bo„talar  orasida, 
o„rmonlarda va boshqa nam joylarda o„sadi. 
Tibbiyotda  qirqbo„g„im  o„simligining  yer  ustki  qismidan  foydalaniladi.  Uning  tarkibida 
flavonoidlar,  S  vitamini,  karotin,  silikat  kislota  (organik  kislotalar  bilan  birikkan  va  suvda 
eriydigan holida) va boshqa moddalar bor. 

214 
 
Ibn  Sino  quritilmagan  qirqbo„g„imdan  olingan  shira  bilan  yaralarni  davolagan. 
O„simlikning quritilgan va maydalangan yer ustki qismining sharobda tayyorlangan damlamasini 
qonli ich ketishda,  istisqo kasalliklarini davolashda qo„llagan. 
Xalq  tabobatida  qirqbo„g„im  damlamasi  siydik  haydovchi,  qon  to„xtatuvchi  (qon 
tupurganda, burundan qon oqqanda, qon aralash ich ketganda) dori sifatida hamda istisqo, o„pka 
sili, buyrak va yurak kasalliklarini davolashda qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  qirqbo„g„imning  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  dorivor  preparatlar 
(qaynatma,  damlama,  suyuq  ekstrakt)  qon  aylanishi  buzilganda,  qovuq  yallig„lanishida  va 
siydik  yo„llari  kasalligida  peshob  haydovchi  dori  sifatida,  o„pka  sili  kasalligini  (silikat  kislota 
almashinuvining buzilishi  bilan bog„liq ba‟zi turlarini) davolash uchun hamda bachadondan qon 
ketganda va bavosil kasalligida qon to„xtatuvchi  dori sifatida ishlatiladi. 
Mahsulot yurak-tomirlar kasalliklarida siydik haydovchi va qon bosimini tushiruvchi dori 
sifatida qo„llaniladigan choy - yig„malar  tarkibiga kiradi. 
12. Qush toron (Qizil tasma). Gorets  ptichiy (Polygonum  aviculare L.). 
Qush toron bo„yi 30 sm yetadigan, poyasi yoyilib o„suvchi bir  yillik o„simlik. 
Qush  toron  yo„l  yoqalarida,  tashlandiq  yerlarda,  ariq  bo„ylarida  ekinzorlar  orasida 
o„sadi. 
Tibbiyotda 
qush 
toronning 
yer 
ustki  qismidan  foydalaniladi. 
Uning 
tarkibida  flavonoidlar, efir moyi, K, S vitaminlari, karotin va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  qush  torondan  tayyorlangan  damlama  siydik  haydovchi,  qon 
to„xtatuvchi, ich ketishda burushtiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Shuningdek, oshqozon va o„n 
ikki barmoq ichak yallig„langanda, sil, ko„kyo„tal, bezgak kasalliklariga davo bo„ladi. 
Qush toronning yangi yig„ilgan yer ustki qismini yaraga bog„lab davolanadi. 
Tibbiyotda  qush  toronning  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  akusherlik  va 
ginekologiya  amaliyotida  tug„ruq  va  abortdan  so„ng  qon  ketishini  to„xtatuvchi,  buyrak  va 
buyrak tosh kasalliklarida siydik haydovchi dori sifatida qo„llaniladi. 
Qush  toronning  yer  ustki  qismi  yurak-tomirlar  kasalliklarida  qo„llanadigan  choy  - 
yig„malar tarkibiga kiradi. 
 Tarkibida ko„p miqdorda vitaminlar saqlagan o„simliklar  qatoriga quyidagi dorivor giyohlar va 
mahsulotlar kiradi: na‟matak mevasi, qora qoraqat bargi va mevasi,  o„rmon qulupnayining bargi 
va mevasi, chetan mevasi, chakanda mevasi va moyi, tirnoqgul, gazanda bargi, makkajo„xori 
onalik gulining ustunchasi, bodrezak po„stlog„i va mevasi, bozulbang guli, jag„-jag„ yer ustki 
qismi va boshqalar. 
1.  Na‟matak. Shipovnik (Rosae L.). 
Na‟matakning  bir  necha  turlari  (Begger,  itburun,  tikanli,  Dauriya,  Fedchenko,  Qo„qon 
na‟mataklari) bo„lib, Markaziy Osiyo xududida ham ko„p o„sadi. 
Na‟matak  turlari  chiroyli  va  xushbo„y  gulli  tikanli  bo„talar  (ularning  ta‟rifi  va 
tarqalishi  "Jigar  kasalliklari"  bo„limida  berilgan),  mevasining  tarkibida  (quruq  holda 
xisoblanganida)  4-6,  ba‟zan  18%  gacha  S  vitamini,  0.3  mg%  V2 vitamini,  K  vitamini  (1  g 
mahsulotda 40 biologik birlik  miqdorida), R  vitamini 12-18 mg%,  karotin va boshqa moddalar 
mavjud. 
Xalq tabobatida na‟matakning ho„l  mevasi va uning qaynatmasi o„tkir  va surunkali jigar 
kasalliklarida  (sariq,  tosh)  va  boshqa  xastaliklarda  (buyrak,  yurak,  xafaqon,  qon  yo„qotishda) 
qo„llaniladi. 
Ibn  Sinoning  fikricha  na‟matak,  ayniqsa  uning  guli  tomoq  murtak  kasalliklarida 
foydalidir. 
Tibbiyotda  na‟matakning  yetilgan  mevalari  polivitaminlar  saqlovchi  mahsulot  sifatida 
ishlatiladi. Bemorni kasallikka qarshi chidamini (immunitetni) yaxshilash uchun, yallig„lanishga 
qarshi,  kamqonlikda,  surunkali  xoletsistitda,  gipoatsid  gastritda  tavsiya  etiladi.  O„simlikning 
urug„idan  olingan  moyi  tarkibida  karotinoidlar  va  tokoferollar  saqlanadi.  Shu  sababli  u  turli 
yaralarning bitishini tezlashtiradi (trofik yara,  ko„krak bezi yarasi, yo„g„on ichak yaralari va b.) 
va yallig„lanishga qarshi dori sifatida ishlatiladi. 

215 
 
Na‟matakning  mevasidan  turli  dorivor  preparatlar  tayyorlanadi.  Chunonchi,  askorbin 
kislota  (kukun,  draje,  tabletka,  eritma  holida  ampulada  chiqariladi),  mevasidan  damlama, 
ekstrakt, karotolin, na‟matak moyi va sharbat hamda tabletkalar tayyorlanadi. 
O„simlik mevasi vitaminli va polivitaminli choylar - yig„malar tarkibiga kiradi. 
Itburun  na‟matakdan  (mevasidan)  xolosas  preparati  tayyorlanadi  va  jigar  kasalliklarida 
(gepatit, xoletsistit) buyuriladi. 
2. Qora qoraqat. Smorodina chernaya (Ribyes nigrum L.). 
Bo„yi  1-1,5  m  bo„lgan  bo„ta  o„simlik  sobiq  Itifoqning  yuvropa  qismida,  Sibirda  va 
Markaziy Osiyoning tog„li tumanlarida o„sadi va o„stiriladi. 
O„simlikning  bargi  tarkibida  400  mg%  gacha  askorbin  kislota,  R  vitamini  va  efir  moyi 
mavjud.  Mevasida  S  vitamini-  80-200  mg%,  karotin  0,1  mg%,  YE  vitamin-  0,72  mg%,  V 
vitamini- 0,02 -0.03 mg% va boshqalar bor. 
Xalq 
tabobatida 
o„simlikning 
mevasi 
va 
bargi  qand  kasalligida, 
ishtaha 
yomonlashganda,  surunkali  gastritda  va  enterokolitda,  kamqonlikda,  jigar  kasalliklarida 
ishlatiladi. Qora qoraqatning bargi yallig„lanishga qarshi va siydik haydovchi ta‟sirga ega. 
Tibbiyotda  o„simlik  mevasi  vitamin  saqlaydigan  mahsulot,  parhez  va  davolash  uchun 
turli  kasalliklarda,  ayniqsa  S  vitamini  yetishmovchiligi  bilan  bog„liq  xastaliklarda  (singa, 
gemorragik diatez, kamqonlikda, gipoatsid holatlarda, enterokolit va bronxitda) beriladi. Bundan 
tashqari,  turli  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olish  va  davolash  uchun  (gripp,  angina, 
dizenteriya,  ich  terlama  va  boshqalar)  asosiy  spetsifik  dori-darmonlar  bilan  birga  tavsiya 
etiladi.  Bundan 
asosiy 
maqsad 
bemor 
organizmini 
kasallikka  qarshi  chidamini  oshirishdir.  Ho„l  mevasi  (200-250  g)  xafaqonlik  kasalligida  ham 
beriladi. 
3.  O„rmon qulupnayi. Zemlyanika lesnaya (Fragaria vesca L.). 
Ko„p  yillik,  bo„yi  5-20  sm  bo„lgan  qo„ng„ir  rangli  ildizpoyali  va  mayda  ildizli  o„t 
o„simlik. 
O„rmon 
qulupnayi 
(yertut) 
Markaziy 
Osiyoning 
TyanShan 
tog„laridagi 
o„rmon,  o„tloqlarida va Rossiyaning  yuvropa  qismidagi  o„rmonlarida o„sadi. 
Qulupnay  bargi  tarkibida  250-260  mg%  S  vitamini,  karotin  va  boshqa  moddalar 
bor.  Mevasi tarkibida esa 9.5% qand, organik kislotalar va bir qator vitaminlar  (S vitamini -50-
90  mg%,  YE-0.54  mg%,  karotin-0.03-0.05mg%,  V6  -0,06  mg%,  V1  -0,03  mg%,  V2-0,05 
mg% v.b.) mavjud. 
Xalq  tabobatida  xo„l  va  quritilgan  mevasi,  barglari  va  ildizi  jigar  (o„tkir  va  surunkali 
xoletsistit,  sariqlik,  tosh),  me‟da-ichak  (surunkali  gastrit,  enterokolit),  bavosil,  buyrak  tosh  va 
boshqa kasalliklarda ishlatiladi. 
Tibbiyotda 
singa 
xastaligida, 
ishtaxani 
ochish, 
ovqatni 
hazm 
qilish, 
qon 
ishlab  chiqarishni  yaxshilash  maqsadida  hamda  oshqozon-  o„n  ikki  barmoq  ichak  yara, 
gastrit,  enterokolitlarda,  jigar 
va 
yurak 
kasalliklarida 
(miokardit, 
yurak 
ishemik 
kasalligi,  xafaqonlik),  kamqonlikda  va  boshqa  xastaliklarda  o„simlikning  mevasi  va  bargidan 
tayyorlangan damlama va qaynatma qo„llaniladi. 
4. Chakanda. Oblepixa  krushinovidnaya  (Hippophayo  rhamnoides L.). 
O„simlik  asosan  chakalakzorlarda  Markaziy  Osiyo,  ¶arbiy  va  Sharqiy  Sibirda  o„sadi 
(o„simlikning ta‟rifi "Me‟da- ichak kasalliklari" bo„limida berilgan). 
Chakanda  mevasining  tarkibida  450  mg%  S  vitamini  ,  0.035  mg%  V1  vitamini,  0,05 
mg% va V2 vitamini, 145 mg% YE vitamini, 60 mg% karotin va boshqa moddalar uchraydi. 
Xalq tabobatida yetilgan mevalari va  shirasi  ishtahani  yaxshilash, uchun va sirtdan qon 
ketishida ishlatiladi. 
Chakandaning  gullaridan  tayyorlangan  bo„tqa  yaralar  bitishini  tezlashtirish  va 
yallig„lanishga qarshi dori vositasi sifatida qo„llanadi. 
Tibbiyotda  chakanda moyi yallig„lanishga qarshi,  yara bitishini tezlashtiruvchi  va og„riq 
qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.  Me‟da va o„n ikki barmoq ichak yara kasalligida, surunkali 

216 
 
gastritda, yarali kolitda, teri kuyishida  va sovuq olganda,  ekzemada va boshqa teri kasalliklarida 
ham qo„llanadi. 
5. Bodrezak. Kalina  obiknovennaya  (Viburnum opulus L.). 
O„simlik  Rossiyaning  yuvropa  qismining  o„rmon  zonasida,  Kavkazda  va  Sharqiy 
Qozog„istonda  o„sadi.  Xiyobonda  va  bog„larda  o„stiriladi.  (O„simlikning  ta‟rifi  "Qon  oqishini 
to„xtatuvchilar" bo„limida berilgan). 
Maxsulot (po„stloq va mevasi) tarkibida 70-80 mg%  S vitamini,  28-31 mg% K vitamini, 
21 mg% karotin, viburnin glikozidi va boshqa moddalar bor. 
Tibbiyotda  o„simlik  po„stlog„ining  dorivor  preparatlari  bachadondan  qon  ketishini 
to„xtatish hamda og„riqli hayz ko„rishda ishlatiladi. 
Bodrezak mevasi  xalq  tabobatida me‟da yarasi kasalligini  davolashda va kuchsiz siydik 
haydovchi vosita  sifatida qo„llanadi. 
O„simlik po„stlog„idan suyuq ekstrakt va damlama tayyorlanadi. Mevasidan esa damlama 
tayyorlanadi. Mevasi vitaminli choylar-yig„malar tarkibiga kiradi. 
6. Bozulbang. Lagoxilus opyanyayuщiy  (Lagochilus inebrians Bge.). 
O„simlik  respublikamiz  viloyatlarida  (Samarqand,  Buxoro,  Qashqadaryo)  o„sadi. 
(O„simlikning  ta‟rifi  "Qon  oqishini  to„xtatuvchilar"  bo„limida  keltirilgan).  Lagoxilus 
(bozulbang)  guli  tarkibida  K vitamini, 0.6-1.7% lagoxilin, askorbin kislota va boshqa moddalar 
bor. O„simlik gulidan damlama, nastoyka, qaynatma va quruq ekstrakt preparatlari tayyorlanadi. 
O„simlik preparatlari tibbiyotda bachadondan,  o„pkadan, me‟da va o„n ikki barmoq ichak 
yarasidan,  burundan qon ketishida, gemofiliya, Verlgof bavosil kasalligida ishlatiladi. 
Prof.  T.P.Pulatova  tomonidan  lagoxilusning  ayrim  turlari  o„rganilgan  va  tibbiyotda 
ishlatilishga tavsiya etilgan. 
7. Jag„-jag„.  Pastushya sumka obiknovennaya (Capsella bursa pastoris Medic.). 
Barcha  aholi  yashaydigan  yerlarda,  yo„l  chekkalarida,  o„tloqlarda,  ekinlar  orasida 
o„sadi.  (O„simlikning  tasviri  "Qon  oqishini  to„xtatuvchilar"  bo„limida  keltirilgan).  O„simlik 
mahsuloti  tarkibida 0.12%  askorbin kislota,  K vitamini,  gissonin  glikozidi va boshqa  moddalar 
bor. 
O„simlik  yer ustki  qismidan tayyorlangan  damlama va  suyuq  ekstrakt tug„ruqdan keyin 
bo„ladigan bachadondan qon ketishida - atonik qon oqishida qon to„xtatuvchi sifatida ishlatiladi. 
8. Ikki uyali gazanda.  Krapiva dvudomnaya(Urtica dioica L.). 
O„simlik yo„l yoqalarida, ariq  bo„ylarida,  nam  va salqin o„rmonlarda, aholi yashaydigan 
yerlarda 
o„sadi 
(o„simlikning 
ta‟rifi 
"Qon  oqishini 
to„xtatuvchilar" 
bo„limida 
keltirilgan).  Markaziy Osiyoda uchraydi. 
Mahsulot tarkibida 100-1600 mg% S vitamini, 4.52-7.5 mg% K vitamini va 14-50 mg% 
V2 vitamini, karotinoidlar va boshqa moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  o„simlik  bargi,  guli,  shirasi,  ildizi  va  urug„i  ishlatiladi.  Ular  damlama, 
qaynatma  shaklida  qon  ketishida,  gastritda,  revmatizmda,  jigar  va  siydik  qopi  kasalliklarida 
qo„llanadi. 
Ibn  Sino  maydalangan  o„simlik  bargini  burundan  qon  ketishida,  yiringli  yaralarni 
davolashda ishlatgan. 
  

217 
 
 
  
I. Ikki uyali gazanda (Urticf Dioica L. 
II. Teshik dalachoy ( Hypericum perforatum L.) 
  
  
Tibbiyotda  gazanda  bargidan  tayyorlangan  damlama,  suyuq  va  quyuq  ekstraktlar,  barg 
briketi  bachadondan,  ichakdan  va  buyrakdan  qon  ketishida  (damlama  va  suyuq  ekstrakti) 
samarali  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  o„simlik  preparatlari  aterosklerozda,  kamqonlikda, 
xoletsistitda,  me‟dan  va  o„n  ikki  barmoq  ichak  yara  kasalligida  hamda  avitaminozlarda  tavsiya 
etiladi. 
Mahsulot  me‟da-ichak  kasalliklarida  qon  to„xtatish  uchun  ishlatiladigan  choy-yig„malar 
tarkibiga kiradi. 
Yuqorida keltirilgan o„simliklardan tashqari turli vitaminlarni ko„p miqdorda saqlaydigan 
noz-ne‟matlardan 
limon, 
apelsin, 
mandarin, 
xurmo, 
olma,  gilos,  sarimsoq 
piyoz,  oshpiyoz,  rayhon va boshqalarni e‟tibordan soqit qilib bo„lmaydi. 
Hududimizda  o„sayotgan  va  o„stiriladigan  mevalar,  sabzavotlar,  ko„katlar  ko„p  sonli 
vitaminlarni  saqlaydi,  ularni  muntazam  iste‟mol  qilib  turish  bir  qator  kasalliklarning  oldini 
olishiga va  davolashga imkon beradi. 
  
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin