4. Oddiy bo„ymadoron. Tisyachelistnik obiknovenniy (Achillea millefolium L.).
Bo„ymodaron bo„yi 80 sm yetadigan ko„p yillik o„t o„simlik. O„simlik tog„ yon
bag„irlarida, o„rmon chetlari, quruq o„tloqlarda, qir, yo„l yoqalari va bog„larda o„sadi.
Tibbiyotda bo„ymodaronning yer ustki qismidan foydalaniladi. Uning tarkibida K, S,
vitaminlari karotin, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. Efir moyi xamazulen va boshqa
terpinoidlardan tashkil topgan.
Ibn Sino bo„ymodaron yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmani shamollaganda, bosh
og„rig„ida, bachadon yarasida, buyrak tosh va boshqa kasalliklarda tavsiya qilgan.
Xalq tabobatida o„simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma
turli qon oqishlarda (qon tupurish, qon aralash ich ketish, bavosil kasalliklarida) qon
to„xtatuvchi hamda ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Bu dorilardan yana bosh og„rig„ini
qoldiruvchi, siydik haydovchi vosita sifatida hamda o„pka sili va me‟da- ichak kasalliklarini
davolashda foydalaniladi. Bo„ymodaron gulining kukuni asalga qorib yeyilsa, gijjalar tushadi.
Tibbiyotda bo„ymodaron o„simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va
suyuq ekstrakt me‟da -ichak kasalliklarini davolashda hamda ishtaha ochuvchi, qon oqishini
to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
O„simlikning yer ustki qismi qon ketishi to„xtatuvchi, ishtaxa ochuvchi va me‟da ichak
kasalliklarida ishlatiladigan yig„malar tarkibiga kiradi.
5. Ikki uyali gazanda. Chayono„t. Krapiva dvudomnaya (Urtica dioica L.).
Gazanda bo„yi 150 sm gacha yetadigan achituvchi tuklar bilan qoplangan ko„p yillik o„t
o„simlik.
O„simlik asosan nam yerlarda - suv bo„ylarida, bo„tazorlarda, axoli yashaydigan joylarda
keng tarqalgan. Asosan Rossiyaning yuvropa qismida, Uzoq Sharqda va Markaziy Osiyoda
uchraydi.
Tibbiyotda gazanda bargidan foydalaniladi. Tarkibida K, S, V2 vitaminlari, karotin, ko„p
miqdorda xlorofil va boshqa moddalar bor.
Abu Ali ibn Sino chayono„t o„simligi mevasini nafas qisish kasalligini davolash uchun,
bargini esa qon to„xtatuvchi va surgi dori sifatida ishlatgan.
Xalq tabobatida o„simlik bargidan tayyorlangan damlama, qaynatma yoki barg kukuni
ko„krak og„rig„i, bod, isitma, bezgak, nafas qisishi, burun va og„izdan qon oqishi va bavosil
kasalliklarini davolashda hamda balg„am ko„chiruvchi, siydik haydovchi dori sifatida
qo„llaniladi.
Gazanda bargi tarkibidagi biologik faol moddalar yig„indisining farmakologik ta‟siri
asosan uning tarkibidagi vitaminlarga va temir tuzlariga bog„liq. Ular qon ivishini tezlashtiradi
(K va S vitamlari) va eritrotsitlar ishlab chiqarilishi oshiradi. Bundan tashqari, bachadon
qisqarishini jonlantiradi, o„t haydaydi va yara bitishini tezlashtiradi.
Qon to„xtatuvchi yig„malar tarkibiga kiradi.
6. Jag„-jag„. Pastushya sumka obiknovennaya (Capsella bursa pastoris Medic.).
Jag„-jag„ bo„yi 60 sm yetadigan bir yillik o„t o„simlik. O„simlik asosan aholi yashaydigan
yerlarda, yo„l yoqalarida, o„tloqlarda, begona o„t sifatida ekinlar orasida o„sadi.
207
Tibbiyotda jag„-jag„ o„simligining yer ustki qismidan foydalaniladi. Uning tarkibida K, S
vitaminlari va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida jag„ - jag„ o„simligi yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va
qaynatma me‟da, o„pka kasalliklarida, burundan qon ketganda uni to„xtatuvchi, qon bosimini
tushiruvchi, ko„ngil aynishini bosuvchi va peshob xaydovchi dori sifatida qo„llaniladi.
Tibbiyotda jag„ - jag„ o„simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama
va suyuq ekstrakt tug„ruqdan keyin va bachadon kasalliklarida qon ketishini to„xtatuvchi dori
sifatida ishlatiladi.
7. Zirk. Barbaris (Berbyeris L.).
Tibbiyotda zirkning 2 turidan dorivor o„simlik sifatida foydalaniladi: Amur zirki-
barbaris amurskiy (Berberis amurensis), oddiy zirk-barbaris obiknovenniy (Berberis vulgaris L.).
Zirk turlari bo„yi 1,5 -2 m ga yetadigan tikanli bo„ta. Ular cho„l, o„rmon-cho„l zonalarida o„sadi.
Tibbiyotda zirk bargi va ildizidan foydalaniladi. Ular tarkibida protoberberin guruhiga
kiradigan berberin (asosiy alkaloid) va boshqa alkaloidlar bor.
Tibbiyotda zirk turlari bargidan tayyorlangan nastoyka ginekologiya amaliyotida
bachadon mushaklari tonusini kuchaytiruvchi, qon ketganda qon to„xtatuvchi, qon bosimini
pasaytiruvchi dori sifatida qo„llaniladi. Ildizidan ajratib olingan berberin - berberin sulfat
surunkali gepatit, xoletsistit va o„t-tosh kasalliklarini davolashda o„t haydovchi dori vositasi
sifatida qo„llaniladi.
8. Dorivor sangvizorba. Krovoxlebka lekarstvennaya (Sanguisorba officinalis L.).
Sangvizorba bo„yi 100 sm ga yetadigan ko„p yillik o„t o„simlik. O„simlik o„rmon
chekkalarida, o„tloqlarda, o„tli cho„llarda, bo„talar orasida, tog„ etaklaridagi suv bo„ylarida va
boshqa nam yerlarda o„sadi. Asosan Rossiyaning yuvropa qismida, Kavkazda, Sibirda, Uzoq
Sharqda uchraydi.
Tibbiyotda sangvizorbaning ildiz va ildizpoyasidan foydalaniladi. Tarkibida oshlovchi va
boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida sangvizorbaning ildiz va ildizpoyasidan tayyorlangan qaynatma qon
ketishini (sil kasalligida qon tupurishda, bachadondan qon ketganda) to„xtatuvchi, og„riq
qoldiruvchi, burushtiruvchi vosita sifatida va yaralarni davolashda qo„llaniladi.
Tibbiyotda sangvizorba ildizpoya va ildizidan tayyorlangan qaynatma va suyuq ekstrakt
ginekologiya amaliyotida qon to„xtatuvchi, me‟da-ichak kasalliklarida (yo„g„on va ingichka
ichakning yallig„lanishida, ich surganda) burushtiruvchi dorivor vosita sifatida qo„llaniladi.
Mahsulot ich ketganda va qon to„xtatuvchi choy - yig„malar tarkibiga kiradi.
9. Oddiy soxtakashtan. Konskiy kashtan obiknovenniy (Aesculus hippocastanum L.).
Soxtakashtan bo„yi 30 m yetadigan piramida shaklidagi shox-shabbali daraxt.
Soxtakashtan ko„chalarda, bog„larda va oromgohlarda manzarali daraxt sifatida o„stiriladi.
Tabobatda soxtakashtan po„stlog„idan tayyorlangan qaynatma qorataloq, bavosil,
bronxit, bezgak, bod, podagra kasalliklarini davolashda hamda ichakning yallig„lanishi natijasida
ich ketganda va bachadondan qon ketganda qon to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Po„stloq qaynatmasi eshakem toshgan hollarda ham dori sifatida qo„llaniladi.
Tibbiyotda soxtakashtan o„simligidan tayyorlangangan venostazin preparati bavosil,
ateroskleroz va tromboflebit kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Urug„idan tayyorlangan suv-
spirtli ekstrakt (eskuzan), qaynatma, surtma, tabletka, shamcha (esflazid) tromboz va bavosil
kasalliklarining oldini olish va davolashda hamda qon to„xtatuvchi dori sifatida qo„llaniladi.
10. Yantoq. Yantak (Alhagi Adans.).
Tabobatda yantoqning to„rtta turi: shakar yantoq-yantak persidskiy (Alhagi persarum
Boiss. et Buhse), siyrak barg yantoq -yantak rixlolistiy (Alhagi sparsifolia snap.); soxta yantoq-
yantak lojniy va kulrang yantoq-yantak sedovatiy (Alhagi canesens Shap.) ishlatiladi.
Yantoq turlari tikonli ko„p yillik o„t o„simlikdir. Ildizi juda yaxshi taraqqiy etgan. Ular
qumlik, tekislik va tepaliklar, tog„ yon bag„irlarida, begona o„t sifatida ekinzorlarda, ariq va
kanallar bo„yida, dalalarda va boshqa yerlarda o„sadi.
208
Tabobatda yantoqning yer ustki qismi va ildizidan foydalaniladi. Ular tarkibida
vitaminlar, shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Ibn Sino yantoq turlarining yer ustki qismidan tayyorlangan damlamani yo„tal
qoldiruvchi, terlatuvchi, ko„krakni yumshatuvchi va surgi dori sifatida tavsiya etgan.
Xalq tabobatida yantoq turlari ildizidan tayyorlangan qaynatma bavosil kasalligini
hamda yaralarni davolashda, qon oqishini to„xtatish uchun ishlatiladi.
Yer ustki qismidan tayyorlangan damlama siydik haydovchi, terlatuvchi va ich
yumshatuvchi dori sifatida qo„llaniladi.
11. Dala qirqbo„g„imi. Xvoщ polevoy (Equisetum arvense L.).
Qirqbo„g„im ko„p yillik, sporali o„simlik. Ildizidan yer ustiga ikki xil poya o„sib chiqadi.
Ular bahorgi va yozgi poyalar deyiladi. Bahorgi poya sporalari yetilib va sochilib ketgandan
so„ng qurib qoladi. Yozgi poya qattiq, bo„g„imli bo„ladi va bu bo„g„imlaridan to„p-to„p
shoxchalar o„sib chiqadi va halqa shaklida bo„g„imni o„rab oladi. Bargi yaxshi taraqiy etmagan,
o„zgargan tangachasimon bo„ladi. Bu poya mart oylarida o„sib chiqib, kuzda qurib qoladi.
Qirqbo„g„im ariq va daryo bo„ylarida, ekinzorlarda, qumli o„tloqlarda, bo„talar orasida,
o„rmonlarda va boshqa nam joylarda o„sadi.
Tibbiyotda qirqbo„g„im o„simligining yer ustki qismidan foydalaniladi. Uning tarkibida
flavonoidlar, S vitamini, karotin, silikat kislota (organik kislotalar bilan birikkan va suvda
eriydigan holida) va boshqa moddalar bor.
Ibn Sino quritilmagan qirqbo„g„imdan olingan shira bilan yaralarni davolagan.
O„simlikning quritilgan va maydalangan yer ustki qismining sharobda tayyorlangan damlamasini
qonli ich ketishda, istisqo kasalliklarini davolashda qo„llagan.
Xalq tabobatida qirqbo„g„im damlamasi siydik haydovchi, qon to„xtatuvchi (qon
tupurganda, burundan qon oqqanda, qon aralash ich ketganda) dori sifatida hamda istisqo, o„pka
sili, buyrak va yurak kasalliklarini davolashda qo„llaniladi.
Tibbiyotda qirqbo„g„imning yer ustki qismidan tayyorlangan dorivor preparatlar
(qaynatma, damlama, suyuq ekstrakt) qon aylanishi buzilganda, qovuq yallig„lanishida va
siydik yo„llari kasalligida peshob haydovchi dori sifatida, o„pka sili kasalligini (silikat kislota
almashinuvining buzilishi bilan bog„liq ba‟zi turlarini) davolash uchun hamda bachadondan qon
ketganda va bavosil kasalligida qon to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Mahsulot yurak-tomirlar kasalliklarida siydik haydovchi va qon bosimini tushiruvchi dori
sifatida qo„llaniladigan choy - yig„malar tarkibiga kiradi.
12. Qush toron (Qizil tasma). Gorets ptichiy (Polygonum aviculare L.).
Qush toron bo„yi 30 sm yetadigan, poyasi yoyilib o„suvchi bir yillik o„simlik.
Qush toron yo„l yoqalarida, tashlandiq yerlarda, ariq bo„ylarida ekinzorlar orasida
o„sadi.
Tibbiyotda
qush
toronning
yer
ustki qismidan foydalaniladi.
Uning
tarkibida flavonoidlar, efir moyi, K, S vitaminlari, karotin va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida qush torondan tayyorlangan damlama siydik haydovchi, qon
to„xtatuvchi, ich ketishda burushtiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Shuningdek, oshqozon va o„n
ikki barmoq ichak yallig„langanda, sil, ko„kyo„tal, bezgak kasalliklariga davo bo„ladi.
Qush toronning yangi yig„ilgan yer ustki qismini yaraga bog„lab davolanadi.
Tibbiyotda qush toronning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama akusherlik va
ginekologiya amaliyotida tug„ruq va abortdan so„ng qon ketishini to„xtatuvchi, buyrak va
buyrak tosh kasalliklarida siydik haydovchi dori sifatida qo„llaniladi.
Qush toronning yer ustki qismi yurak-tomirlar kasalliklarida qo„llanadigan choy -
yig„malar tarkibiga kiradi.
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
209
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
16 Amaliy mashg„ulot:
Qon shaklli elementlarini stimullovchi dorivor o„simliklar.
Mashg
‟ulotning maqsadi: talabalarda Qon shaklli elementlarini stimullovchi dorivor
o„simliklar. to„g„risida umumiy tushuncha. Gemostatik dorivor o„simliklar (qchchiqtaron,
bodrezak, lagoxilus, bo„ymadaron, jag„-jag„, soxta kashtan, qirqbo„g„in va b.) va ularning
fitopreparatlar xarakteristikasi haqida ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.
Masalaning qo‟yilishi: Qon shaklli elementlarini stimullovchi dorivor o„simliklar.
to„g„risida umumiy tushuncha. Gemostatik dorivor o„simliklar (qchchiqtaron, bodrezak,
lagoxilus, bo„ymadaron, jag„-jag„, soxta kashtan, qirqbo„g„in va b.) va ularning fitopreparatlar
xarakteristikasi haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.
Talaba bilishi lozim:
Qon shaklli elementlarini stimullovchi dorivor o„simliklar. to„g„risida umumiy tushuncha.
Gemostatik dorivor o„simliklar (qchchiqtaron, bodrezak, lagoxilus, bo„ymadaron, jag„-jag„,
soxta kashtan, qirqbo„g„in va b.) va ularning fitopreparatlar xarakteristikasi.
Talaba bajara olishi lozim:
Qon shaklli elementlarini stimullovchi dorivor o„simliklar. to„g„risida umumiy tushuncha.
Gemostatik dorivor o„simliklar (qchchiqtaron, bodrezak, lagoxilus, bo„ymadaron, jag„-jag„,
soxta kashtan, qirqbo„g„in va b.) va ularning fitopreparatlar xarakteristikasi.
Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.
Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo„llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo„lganligi
sababli ularni o„rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o„rganish ularni qabul qilish
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi
Mashg‟ulotning mazmuni: Qon shaklli elementlarini stimullovchi dorivor o„simliklar.
to„g„risida umumiy tushuncha. Gemostatik dorivor o„simliklar (qchchiqtaron, bodrezak,
lagoxilus, bo„ymadaron, jag„-jag„, soxta kashtan, qirqbo„g„in va b.) va ularning fitopreparatlar
xarakteristikasi qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
Nazariy qism
Qon oqishini to„xtatuvchi dorivor o„simliklar va ularning preparatlari
Ma‟lumki, hayotda har xil sabablar tufayli qon ketish hodisalari ro„y berib turadi.
Ayniqsa jarohatlanganda qon tomirlar shikastlanishi natijasida qon ketishi hayot uchun
xavflidir. Shuningdek, organizmning turli xastaliklarida ichki a‟zolardan qon ketishi mumkin.
Masalan, bavosil, me‟da va o„n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, ingichka va yug„on ichak
kasalligi, o„pka kasalligi (sil, o„sma va boshqalar), burun qonashi, xayz kurishning cho„zilib
ketib ko„p qon ketishi shular jumlasidandir.
Jaroxatlanish natijasida qisqa muddat ichida ko„p miqdorda qon yo„qotilganda bemor
ko„pincha shok (karaxtlik) holatiga tushib qoladi va bunda zudlik bilan tegishli tadbirlar
ko„riladi (qon va qon o„rnini bosadigan suyuqliklar quyiladi).
210
Ichki a‟zolardan oz-ozdan, lekin tez-tez va uzoq muddat mobaynida surunkali qon ketib
turganda kamqonlik (anemiya) paydo bo„ladi. Qizil qon tanachalari miqdori kamayishi sababli
ulardagi gemoglobin ham kamayadi. Natijada hujayralar, to„qimalar, a‟zo va sistemalar kislorod
bilan to„la ta‟minlana olmaydi. Kishida kislorod tanqisligi seziladi. Unda kamquvvatlik,
behollik, tinka qurishi, bosh aylanishi, ko„z tinish hollari kuzatiladi. Kamqonlikning og„ir
turlarida ichki a‟zolar, ayniqsa markaziy nerv sistemasi faoliyati susayadi va bu
ko„ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Organizm qon yo„qotishining asosiy sabablaridan yana biri qon ivish jarayonining
buzilishidir. Ma‟lumki, mayda qon tomirlar jarohatlanganda to„qima qonaydi va bir ozdan so„ng
esa qon ketishi o„z-o„zidan to„xtaydi, ya‟ni qon iviydi. Bu organizmga xos normal fiziologik
jarayondir.
Hozirgi zamon tushunchasiga ko„ra qon oqishining to„xtashi asosan ikki xil namoyon
bo„ladi: qon tomir-trombotsitar va koagulyatsion gemostaz. Qon tomir-trombotsitar gemostaz
mayda qon tomirlar jarohatlanganda kuzatiladi. Bunda qon tomirlar torayadi, jarohatlangan
mayda qon tomirlar (kapillyarlar, venalar) jarohatlangan joyda trombotsitlarning yig„ilishi va
ularning bir-biri bilan yopishishi hisobiga tromb hosil bo„ladi. Bunda jarohatlangan joy
bekitilib, qon ketishi to„xtatiladi.
Koagulyatsion qon ivishi esa murakkab fiziologik jarayon, bunda bir qator omillar,
fermentlar va boshqalar qatnashadi. Ulardan protrombin, tromboplastin, fibrinogen, kalsiy ionlari
asosiy omillar hisoblanadi. Protrombin jigarda K vitamini ishtirokida hosil bo„ladi,
tromboplastin trombotsitlar yorilishi natijasida ajraladi, fibrinogen jigarda xosil bo„ladi va kalsiy
ionlari qonda doimiy bo„ladi.
Keyingi ma‟lumotlarga qaraganda ushbu jarayonda yuqoridagi omillardan tashqari,
o„nlab boshqa omillar qatnashar ekan. Ularning ayrimlari qon ivishini sekinlashtirsa, boshqalar
esa, aksincha, bu jarayonni tezlashtiradi, ayrim omillar qonning haddan tashqari ivishga yo„l
qo„ymaydi, ortiqchasini yemiradi. Ushbu omillar qonni suyuq holda saqlab turadi. Agar tomir
shikastlansa, shu joyda qon iviydi va qon ketishi to„xtaydi.
Lekin bu jarayonda qatnashadigan omillardan birining butunlay yoki yetarli bo„lmasligi
qon ivishini izdan chiqaradi, natijada qon ketadi, Masalan, qon ivishida qatnashadigan K
vitamini yetishmasligi, trombotsitlarning qonda kamayib ketishi, kalsiy ionlarining qonda
yetarli bo„lmasligi, fibrinogen sintezining buzilishi, bu omillar o„zaro aloqasining uzilishiga va
hokazalar qonning ivimasligiga va natijada kamqonlikka sabab bo„lishi mumkin.
Bunday hollarda qon tomirlarni toraytiradigan dori (adrenalin, noradrenalin, efedrin)
preparatlari ham tayinlanadi. Lekin bu tadbirlar hamma vaqt ham yaxshi samara beravermaydi.
Shuning uchun qon ketishini to„xtatishda beriladigan dori preparatlari ichida qon
ivishining tabiiy omillarini saqlagan dori vositalari samarali hisoblanadi. Bulardan K vitamini
preparati (vikasol), tarkibida kalsiy bo„ladigan preparatlar ( kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat),
hayvonlar qonidan tayyorlangan qon ivishi omillarini saqlaydigan preparatlar kiradi. Bulardan
tashqari, qon tomirlari devori o„zkazuvchanligini kamaytiradigan dorilar (rutin, parmidin,
askorbinat kislota) va boshqalar ishlatiladi.
Quyida keltirilgan dorivor o„simliklarning ko„pchiligi tarkibida qon ivish jarayonida
qatnashadigan omillar (K vitamini) va qon tomirlar devorini mustahkamlaydigan moddalar (
rutin, kversitin) va boshqalar bo„ladi. Shu tufayli ular qon ketganda yaxshi ta‟sir ko„rsatadi va
qon ivishini tezlashtiradi.
Shuni aytish kerakki, keltirilgan shifobaxsh o„simliklar faqat qon ketganda emas, balki
uning oldini olish maqsadida ham ishlatilishi mumkin. Masalan, qon tomiriga boy a‟zolar
operatsiyasi (bodomcha bezlarini olib tashlash va boshqalar) oldidan 5- 10 kun davomida bunday
o„simliklar damlamasi yoki qaynatmasidan ichish mumkin.
1. Achchiq toron (suvqalampir, suvzamchi). Gorets perechniy (Vodyanoy perets)
(Polygonum hydropiper L.).
Achchiq toron bo„yi 70 sm ga yetadigan bir yillik o„t o„simlik. O„simlik ariq, hovuz,
ko„lmak suvlar bo„yida va boshqa nam yerlarda o„sadi.
211
Tibbiyotda achchiq toronning yer ustki qismidan foydalaniladi. Tarkibida flavonoidlar,
glikozidlar, organik kislotalar, K, S, YE vitaminlari va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida achchiq toronning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama bezgak,
ich ketish, bavosil va boshqa kasalliklarda qon ketishini (bachadondan, yo„g„on ichakdan)
to„xtatuvchi va og„riq qoldiruvchi dori sifatida hamda turli yaralarni (chipqon, qorason)
davolashda qo„llaniladi.
Tibbiyotda achchiq toron yer ustki qismidan tayyorlangan dori preparatlar: damlama,
suyuq ekstrakt hayz buzilganda qon ketishini to„xtatuvchi dori sifatida hamda bavosil kasalligini
davolash uchun qo„llaniladi. O„simlikning suyuq ekstrakti bavosil kasalligida qo„llaniladigan "
Anuzol" shamchasi tarkibida bor.
O„simlikning yer ustki qismi qon to„xtatuvchi choy - yig„malar tarkibiga kiradi.
2. Oddiy bodrezak, (kalina, chingiz). Kalina obiknovennaya (Viburnum opulus L.).
Bodrezak bo„yi 1,5-3 metrga yetadigan bo„ta. U o„rmon va o„rmon- cho„l hududlarida,
ariq, ko„l va botqoqlik yoqalarida, o„rmon chetlarida o„sadi. Manzarali daraxt sifatida
ko„chalarda, bog„larda va oromgohlarda o„stiriladi.
Tibbiyotda bodrezakning po„stlog„i va mevasi ishlatiladi. Ular tarkibida viburnin
glikozidi, K va S vitaminlari, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida bodrezak po„stlog„i, guli va mevasidan tayyorlangan qaynatma va
damlamadan keng foydalaniladi. Bodrezak po„stlog„idan tayyorlangan qaynatma qon ketganda
qon oqishini to„xtatuvchi, ayniqsa bachadondan qon ketishini to„xtatuvchi, qon tomirini
toraytiruvchi dori vositasi sifatida ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan qaynatma yurak faoliyati
ishini yaxshilaydi (yurak mushagi qisqarishini kuchaytiradi). Shuningdek o„t va siydik
haydovchi, shamollashda yo„tal qoldiruvchi dorivor vosita sifatida qo„llaniladi. Bodrezak
gulidan tayyorlangan damlama bilan angina kasalligida tomoq chayiladi.
Tibbiyotda bodrezak po„stlog„idan tayyorlangan suyuq ekstrakt bachadondan
qon ketishini va hayz ko„rganda paydo bo„ladigan og„riqni qoldirish uchun ishlatiladi.
Bodrezak mevasi vitaminli choylar-yig„malar tarkibiga kiradi.
3. Gangituvchi bozulbang. Lagoxilus opyanyayuщiy (Lagochilus inebrians Bge.).
Bozulbang bo„yi 60 sm yetadigan ko„p yillik o„t o„simlik yoki yarim bo„ta. Bozulbang
asosan Qozog„iston va Tojikistoning shag„alli tog„ yon bag„irlarida, yarim adir cho„llarida
o„sadi.
Tibbiyotda bozulbangning bargi va guli ishlatiladi. Uning tarkibida lagoxilin va uning
birikmalari, flavonoidlar, iridoid, S, K vitamini va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida bozulbangdan tayyorlangan damlama qon to„xtatuvchi, tinchlantiruvchi
dori sifatida hamda allergik va gipertoniya (qon bosimining ko„tarilishi) kasalliklarini
davolashda qo„llanidi.
Tibbiyotda bozulbangdan tayyorlangan damlama, nastoyka, quruq ekstrakti tabletka
bachadondan, o„pkadan va burundan hamda bavosil kasalligida qon oqishini to„xtatuvchi dori
sifatida qo„llaniladi. Bu preparatlar yana gemofiliya, Verlgof kasalliklarini davolash uchun ham
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |