Fitoterapiya


ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32

 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
11 Amaliy mashg„ulot: 
Nafas a‟zolariga ta‟sir etuvchi dorivor o„simliklar 

181 
 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Bronxitlar,  bronxial  astma  kasalliklari  to„g„risida 
umumiy  tushuncha.  Ularda  ishlatiladigan  dorivor  o„simliklar  va  ularning  fitopreparatlari 
(afsanak,  arpabodiyon,  andiz,  gulhayri,  dalachoy,  zubturum,  maymunjon,  marmarak, 
moychechak,  qizilmiya,  qizilcha  vab.)  va  ularning  fitopreparatlarining  ishlatilishi  kiritilishi 
qoidalari haqida ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning  qo‟yilishi:  Bronxitlar,  bronxial  astma  kasalliklari  to„g„risida  umumiy  tushuncha. 
Ularda  ishlatiladigan  dorivor  o„simliklar  va  ularning  fitopreparatlari  (afsanak,  arpabodiyon, 
andiz,  gulhayri,  dalachoy,  zubturum,  maymunjon,  marmarak,  moychechak,  qizilmiya,  qizilcha 
vab.)  va  ularning  fitopreparatlarining  ishlatilishi  kiritilishi  qoidalari  haqida  talabalarga 
beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  
Bronxitlar, bronxial astma kasalliklari to„g„risida umumiy tushuncha. 
 Ularda ishlatiladigan dorivor o„simliklar va ularning fitopreparatlari (afsanak, arpabodiyon, 
andiz, gulhayri, dalachoy, zubturum, maymunjon, marmarak, moychechak, qizilmiya, qizilcha 
vab.) va ularning fitopreparatlarining ishlatilishi kiritilishi qoidalari 
Talaba bajara olishi lozim:  
Bronxitlar, bronxial astma kasalliklari to„g„risida umumiy tushuncha. Ularda ishlatiladigan 
dorivor o„simliklar va ularning fitopreparatlari (afsanak, arpabodiyon, andiz, gulhayri, 
dalachoy, zubturum, maymunjon, marmarak, moychechak, qizilmiya, qizilcha vab.) va 
ularning fitopreparatlarining ishlatilishi kiritilishi qoidalari  
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Bronxitlar,  bronxial  astma  kasalliklari  to„g„risida  umumiy 
tushuncha.  Ularda  ishlatiladigan  dorivor  o„simliklar  va  ularning  fitopreparatlari  (afsanak, 
arpabodiyon,  andiz,  gulhayri,  dalachoy,  zubturum,  maymunjon,  marmarak,  moychechak, 
qizilmiya,  qizilcha  vab.)  va  ularning  fitopreparatlarining  ishlatilishi  kiritilishi  qoidalariqoidalari 
haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Nazariy qism 
Nafas a'zolariga ta'sir etuvchi dorivor o'simliklar va ularning preparatlari 
  
Kofein.  (Cuffeinum).  Yuqorida  keltirilgan  farmakologik  xossalariga  ko„ra  gipotoniya 
holati,  nevralgiya,  narkolepsiya,  surunkali  yurak  yetishmovchiligi,  bosh  og„rig„ida  tavsiya 
etiladi.  Gipertoniya  kasalligi,  psixomotor  qo„zg„alish,  miokard  infarkti,  glaukoma,  miokarditda 
tavsiya etilmaydi. Tabletka holida 0,01-0,1 g dan ovqatdan so„ng ichiladi. 
Kofein  natriy-benzoat.  (Cuffeinum-natrii  benzonas).  Suvda  yaxshi  erishi  va  parenteral 
yuborilishi  sababli  tez  yordam  ko„rsatishda  ishlatiladi.  Asosan  nafas  sustlashganda 
(uxlatuvchi,  narkoz  vositalari  va  boshqalardan  zaharlanishda),  yurak  va  tomirlar  o„tkir 
yetishmovchiligida(  kollaps,  shok  holatlarida)  va  boshqa  hollarda  ishlatiladi.  Ovqatdan  so„ng 
0,05-0,2g. dan 2-3 marta ichish uchun beriladi, 10% eritmasi in‟yeksiya qilinadi. 
Teofillin.  (Theophillinum)Choy  bargidan  olinadigan  alkaloid  bo„lib,  markaziy  nerv 
sistemasiga  kofeinga  nisbatan  kuchsizroq  ta‟sir  ko„rsatadi.  Fosfodiesteraza  fermentining  kuchli 
ingibitori  (susaytiradigan)  hisoblanib,  kofeinga  nisbatan  kuchliroq  siydik  haydash,  tomirlarni 
kengaytirish, bronx  mushaklarini bo„shashtirish xususiyatiga egadir.  Asosan yurak faoliyatining 
surunkali yetishmovchiligida, yurak va buyrak kasalligi tufayli hosil bo„lgan shishlarda, bronxial 
astma,  emfizema  (o„pkaning  kengayib  qolishi)  va  boshqa  hollarda  tavsiya  etiladi.  Kukun, 
shamchalar  holida  chiqariladi.  Shamchalar  0,1-0,2  g  dan  kuniga  3-4  marta  shamchalar  to„g„ri 
ichakka qo„yiladi. 

182 
 
Teobromin.  (Theobrominum).  Kakao  urug„idan  olinadigan  alkaloid.  Markaziy  nerv 
sistemasiga  ta‟siri  deyarli  yo„q.  Koronar  (toj)  qon  tomirlarni  kengaytiradi,  yurak  ishini 
jonlantiradi, bronx mushaklarini bo„shashtiradi, siydik ajralishini kuchaytiradi. 0,25 g  dan kukun 
va tabletka holida chiqariladi. Ovqatdan so„ng 0,25-0,5 g.dan 1-2 marta ichiladi. 
Ishlatilishi. Teofillinga qarang! 
Eufillin.  (Euphyllinum).  Markaziy  nerv  sistemasini  qisman  qo„zg„atadi.  Qon 
tomirlarni,  ayniqsa  yurak  tomirlarni  kengaytiradi,  qon  bosimini  tushiradi.  Silliq  mushaklarga 
spazmolitik (bo„shashtirish) ta‟sir ko„rsatadi. Siydik haydash xossasi ham bor. 
Ishlatilishi.  Eufillin  ko„proq  bronxial  astma,  stenokardiya,  yurak  faoliyati  susayishi 
sababli paydo bo„lgan shishlar, gipertoniya, miokard infarkti paytida tavsiya etiladi. 0,5 g kukun 
va tabletkada, 2,4% eritmasi 10 ml dan ampulada chiqariladi. 
Diprofillin.  (Diprophyllinum).  Farmakologik  ta‟siri  va  ishlatilishi  bo„yicha  eufillinga 
o„xshaydi,  lekin  unga  nisbatan  zaharsiz  va  ta‟siri  kuchsizroq.  Tabletkada  0,2  g  dan,  ampulada 
10% li eritmasi 5ml da chiqariladi. 
2. Afsanak. Termopsis  (Thermopsis  R. Br.) 
Tibbiyotda  afsanakning  3  turi:  nashtarsimon  afsanak  (Thermopsis  lanceolata  R.  Br.), 
ketma-ket  gulli  afsanak  (Thermopsis  alterniflora  Rgl.  yet  Schmalch.),  Turkiston  afsanagi 
(Thermopsis turkyestanica Gand.) ishlatiladi. 
Nashtarsimon afsanak bo„yi baland, ko„p yillik o„t  o„simlik, sershox. Turkiston afsanagi 
Qirg„izistonning  Issiqko„l  atrofida,  Shimoliy  va  Markaziy  Tyanshanda,  daryo  vodiysida  o„sadi. 
Afsanak turlarining  yer  ustki  qismida 0,5-3,6%  alkaloidlar bor (asosiy alkaloidi termopsin). 
O„zining  tarkibida  termopsin  alkaloidi  saqlagan  fitopreparatlar  (damlama,  kukun, 
tabletka, kukun ekstrakti) balg„am ko„chiruvchi sifatida keng ishlatiladi. 
 
4-rasm. Lobelinning mushuk nafasiga ta‟ta‟siri ( ). 
  
Afsanak  urug„idan  tayyorlangan  fitopreparatlar  esa  sitizin  alkaloidi  hisobiga  nafasni 
qo„zg„atadi.  Sitizinning  0,15%  li  eritmasi  sititon  nomi  bilan  ampulada  chiqariladi.  Bu 
preparatning  farmakologik  ta‟siri  karotid  sinuslariga  qaratilgan  bo„lib,  ularni  qo„zg„atishi 
reflektor ravishda nafas markazining xam qo„zg„aluvchanligini oshiradi. Natijada nafas olish va 
chiqarish  chuqurlashadi  va  tezlashadi,  o„pka  ventilyatsiyasi  kuchayadi.  Preparatning  ta‟siri 
ayniqsa  nafas  markazining  faoliyati  susayganda  bilinadi.  Shuning  uchun  sititonni  nafas 
analeptiklari  guruhiga  taalluqli  deyiladi.  Sititonning  ta‟siri  asosan  uni  bevosita  qonga 
yuborilganda  aniqroq  ruyobga  chiqishini  eslatib  o„tish  lozim.  Shuni  hisobga  olgan  holda  bu 
preparat  har  xil  sabablar  bo„yicha  nafas  susayib  qolganda  (zaharlanish,  operatsiya  vaqtidagi 
karaxtlik, kollaps holati va b.) ishlatiladi. Preparat qon bosimini ham ko„tarish xosasiga ega. 
Lobeliya  (Lobelia  inflata) o„simligidagi  lobelin  alkaloidi  ham  sitizin  singari  ta‟sir 
ko„rsatadi.  Karotid  xemoretseptorlarni  jonlantirib,  reflektor  yo„l  bilan  nafas  markazini 
qo„zg„atadi, nafas olish va chiqarish tezlashadi. Bu alkaloid ham nafas analeptigi deb yuritiladi. 
Buning  ham ta‟siri  bilvositadir.  Ushbu alkaloid  hozir  sintetik  yo„l  bilan olingan.  Uning 
preparati lobelin gidroxlorid 1% eritma holida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Asosan venaga 
yuborish  uchun  mo„ljallangan.  Sititon  preparati  singari  lobelin  ham  shunga  o„xshash  hollarda 
beriladi. 
Shuni  aytish  kerakki,  sititon  va  lobelin  ta‟sirida  sigaretga  (nikotinga)  bo„lgan  xumorlik 
kamayadi.  Shuning  uchun  bu  alkaloidlarni  hamda  bargsiz  itsigak  o„simligidagi  anabazin 
(kichik  dozada)  saqlagan  preparatlar  (tableks,  lobesil)  chekishga  qarshi  dorilar  sifatida 
ishlatiladi. 

183 
 
3. Kamfora daraxti. Kamfornoye derevo (Cinnamomum camphora L.) Nees. et Eberm.). 
Bo„yi  25-30  metrga  yetadigan  doim  yashil  daraxt.  Vatani  Yaponiya,  Xitoy,  Koreya. 
Kavkazning  Qora  dengiz  qirg„oqlarida  o„stiriladi.  Bargi  tarkibida  0,8-1,8  %,shoxchalarida  0,8-
2%,  poya  qismida  4,2%,  ildizida  esa  8%  efir  moy  saqlaydi.  Kamfora  efir  moyining  tarkibiy 
qismi bo„lib, uning 75-85% ni  tashkil qiladi. Kamfora efir moyli boshqa o„simliklardan (yalpiz, 
bargli rayhon-Osimum  menthae  folium,  sibir  oqqarag„ayi  Abies  sibirica)  ham olinadi.  Kamfora 
markaziy  nerv  sistemasining  nafas  va  qon  tomirlarini  harakatlantiruvchi  markazlarni  sezilarli 
darajada qo„zg„atadi. Bu esa uning bevosita ta‟siri va qisman preparat yuborilgan joyda sezuvchi 
nervlarning refleks  yo„li bilan qitiqlanishi hisobiga yuzaga chiqadi. 
 Kamfora  qadimdan  ishlatilib  kelinayotgan,  ta‟siri  ancha  ishonchli,  bezarar  va  samarali 
preparatdir.  U  yurak-tomir  sistemasi  faoliyatining  o„tkir  va  surunkali  susayishida,  har  xil 
yuqumli  va  boshqa  kasalliklar  hamda  zaharlanish  tufayli  qon  bosimining  pasayishida  ko„p 
ishlatiladi.  Kamfora  ta‟sirida  miokardning  qisqarish  kuchi  oshishi  hisobiga  yurak  faoliyati 
yaxshilanadi, tomirlar harakat markazining qo„zg„alishi esa qon tomirlar tonusini oshiradi va qon 
bosimi  tiklanadi.  Kamforaning  o„ziga  xos  bunday  ta‟siri  nafasning  yaxshilanishi  va  o„pkada 
havo almashinishi (ventilyatsiya) tezlashishi bilan boradi.  Kamfora deyarli  zaxarsiz,  davo qilish 
doirasi ancha keng bo„lgan analeptikdir. Bundan tashqari, mahalliy tuqimani qitiqlaydigan ta‟siri 
bo„lgani  uchun  teriga  surtish  va  ishqash  bilan  og„riq  sezishni  kamaytirish  uchun 
ishlatiladi.  Buning uchun kamforaning spirtli eritmasi va liniment shakllari beriladi. 
Preparatlari:  kamforaning  moyidagi  20%  li  eritmasi  (ampulada  1-2  ml),  kamfora  moyi 
(flakonda 15,30ml), kamfotsin liniment (flakonda 80ml). 
4. Kuchala. Chilibuxa  (Strychnos nux vomica L.) 
Bo„yi 15 metrga yetadigan doim yashil daraxt. Tropik va subtropik mamlakatlarda o„sadi. 
Markaziy Osiyoda  o„smaydi.  Urug„i chetdan keltiriladi.  Kuchala urug„ida  2,5%  va undan  ortiq 
alkaloidlar  bo„lib,  ularning  44-55%  ni  strixnin  va  taxminan  shuncha  miqdorda  brutsin 
alkaloidlari tashkil qiladi. Strixnin sintez yo„li bilan ham olingan. 
Strixnin  farmakologik  jihatdan  kuchli  ta‟sir  etadigan,  ta‟sir  kengligi  ancha  kichik 
bo„lgan alkaloiddir. 
Strixnin juda oz miqdorda markaziy nerv sistemasiga, birinchi galda va sezilarli darajada 
orqa  miyaga  ta‟sir  qilib,  uni  qo„zg„atadi.  Buning  natijasida  orqa  miya  segmentlarida  neyronlar 
aro impuls o„tishi tezlashadi orqa miyaning qo„shni segmentlariga tarqalishi ham ortadi. Natijada 
orqa  miyaning  refleks  vaqti  kamayadi.  Unda  qatnashadigan  segmentlarning  soni  ko„payadi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  tashqi  muhitdan  ta‟sirga  javob  tez  va  tarqoq  bo„ladi  va  bunda 
ko„pchilik mushaklar qatnashadi. 
Strixninning uzunchoq  miyaga  ta‟siri undagi  nafas,  qon tomirlarni  harakatlantiruvchi  va 
adashgan  nerv  markazlarini  qo„zg„alishga  olib  keladi,  natijada  nafas  tezlashadi.  O„pka 
ventilyatsiyasi yaxshilanadi, qon tomirlar tonusi oshishi hisobiga qon bosimi qisman ko„tariladi, 
yurak urishi esa sekinlashadi (bradikardiya). 
Strixninning bunday farmakologik ta‟siri uning bir qadar  kattaroq dozalarida va aytilgan 
markazlarning  faoliyati  susayganda ro„y-rost  namoyon  bo„ladi. Demak, strixnin ta‟siri  bo„yicha 
analeptiklar qatoriga kiradi. 
Shu bilan birga strixnin bosh miyaga ham ta‟sir qilib. eshitish,  ko„rish, ta‟m va hid sezish 
analizatorlari  faoliyatini  oshiradi.  Natijada  eshitish  yaxshilanadi,  hid  va  ta‟m  bilish  sezgilari 
kuchayadi,  taktil  (qattiq-yumshoqni)  sezish  ham  oshadi.  Strixninning  ko„zga  ta‟siri  faqat 
ko„rish markazining  qo„zg„alishi  bilangina  bog„liq  bo„lmasdan,  balki  uning  ko„z  to„r  pardasiga 
qo„zg„atuvchi  ta‟siri  bilan  ham  ta‟riflanadi.  Bunda  ko„rish  aniqroq  va  ravshanroq 
bo„ladi,  ko„rish maydoni kengayadi, rang sezish va ajratish ham yaxshilanadi. 
Shunday qilib  strixnin ma‟lum dozalarda markaziy nerv  sistemasining  hamma bo„limlar 
ta‟sir etadi. Ko„rish, eshitish, hid va ta‟m sezish analizatorlarni ishini yaxshilaydi. 
Strixninning ta‟sir kengligi katta bo„lmagani uchun tibbiyot amaliyotida kam ishlatiladi. 
Asosan  yarim  falaj  xolatlarda,  umumiy  quvvatsizlikda-darmonsizlikda,  erkaklik  qobiliyati 

184 
 
pasayganda,  analeptik  aralashma  tarkibida  esa  nafasni  qo„zg„otuvchi  analeptik  sifatida 
ishlatilishi mumkin. 
Strixnin  bilan  zaxarlanganda  orqa  miya  kuchli  qo„zg„alganligi  sababli  andoq  ta‟sirot 
(tanaga  tegish,  elektr  lampasini  yoqish,  shovqin)  tetanik  talvasa  xolatini  keltirib  chiqaradi. 
Keyinchalik  esa  organizm  tayoqqa  o„xshab  qotib  qoladi.  Bunda  hamma  muskullar  barovariga 
qisqargan bo„ladi. Zaxarlanishda talvasa tutishni oldini olish maqsadida uxlatuvchi va gazsimon 
narkoz moddalaridan  foydalaniladi. Zaxar ichilgan bo„lsa, 1:1000 nisbatdagi kaliy  permanganat 
eritmasi  bilan  zond  orqali  me‟da  chayiladi,  keyinchalik  esa  aktivlangan  ko„mir,  tuzli  surgi 
ichtiriladi. 
Farmakologik  ta‟siri  strixninga  yaqin  bo„lgan  sekurinin  alkaloidi.  Uzoq  sharqda 
o„sadigan  o„simlikdan  (Securinega  suffrutisosa  Pall)  olinadi.  O„simlikning  asosiy  alkaloidi  -
sekurinin  bargda  0,3%  gacha  bo„ladi.  Farmakologik  ta‟siri  strixninga  o„xshash.  Orqa  miya 
qo„zg„aluvchanligini  oshiradi  va  markaziy  nerv  tizimining  boshqa  qisimlarini  qo„zg„otuvchi 
ta‟sir  etib,  xarakatni  oshiradi,  qon  bosimini  ko„taradi,  nafasni  tezlashtiradi,  yurak  qisqarishini 
kuchaytiradi.  Ta‟siri  strixnindan  8-10  marta  kuchsizroq  va  shuncha  marta  zaxarsizroq.  Bundan 
tashqari sekureninning ta‟sir etishi doirasi ancha kengdir. Quvvatsizlikda, ummumiy tonusni, ish 
qobiliyatini oshirish maqsadida astenik va nevralgik hamda impotensiyada ishlatiladi. 
Strixninning va sekurininning preparatlari: 
Strixnin nitrat (Strychni  nitras). Poroshok, 0,1%  eritmasi 1ml  dan ampulada  chiqariladi. 
Buyurilishi:  ovqatdan  oldin 0,0005-0,001 g dan  pilyulyada 2-3 marta ichiladi, 0,1%  eritmaning 
0,5-1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun va teri ostiga -bir martalik 0,002 
g, bir kecha - kunduzligi - 0,005g. 
Kuchala nastoykasi. (Tinctura Strychni) 
Tarkibi: kuchala quruq ekstrakti-16 g, 70% spirt -1 l; 0,25% alkaloidlar (strixnin, brutsin) 
saqlaydi.  Flakonlarda  chiqariladi.  Buyurilishi:  ovqatdan  oldin  3-10  tomchidan  2-3  marta  ichish 
uchun beriladi. 
Yuqori dozasi: ichish uchun - bir martalik 15tomchi, kecha  kunduzlik 30 tomchi. 
Sekurinin  nitrat  (Secureninum  nitras)  0,002  g  dan  tabletkada,  0,2%  eritmasi  1  ml  dan 
ampulada chiqariladi va teri ostiga yuboriladi. 
Yuqori  dozasi:  ichish  uchun-bir  martaligi  0,005  g,  kecha  kunduzligi-0,015g,  teri  ostiga-
bir martalik 0,003 g, kecha kunduzlik 0,005 g. 
 ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
12 Amaliy mashg„ulot: 
 Me‟da – ichak va jigar faoliyatiga ta‟sir etuvchi dorivor o„simliklar 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Oshqozon-ichak  va  jigar  ayrim  kasalliklari 
(gastritlar,  oshqozon-ichak  yarasi,  enterit,  kalit,  gepatit,  qabziyat,  va  b.)  to„g„risida  umumiy 
tushuncha.  Ularning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar  (aloe,  bo„ymadaron,  air, 
kashnich, kankkunjut,  sano, rovoch,  frangula,  sarimsoq,  shuvoq  va  b.)  xarakteristikasi. Jigar va 
o`t  yo`llari  ayrim  kasalliklari  (gepatit,o`t  tosh  kasalligi  va  b.)  to„g„risida  umumiy  tushuncha. 

185 
 
Ularning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar    xarakteristikasi.  haqida  ma„lumot 
berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning  qo‟yilishi:  Oshqozon-ichak  va  jigar  ayrim  kasalliklari  (gastritlar,  oshqozon-ichak 
yarasi,  enterit,  kalit,  gepatit,  qabziyat,  va  b.)  to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Ularning 
fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o„simliklar (aloe, bo„ymadaron, air, kashnich, kankkunjut, 
sano,  rovoch,  frangula,  sarimsoq,  shuvoq  va  b.)  xarakteristikasi.  Jigar  va  o`t  yo`llari  ayrim 
kasalliklari  (gepatit,o`t  tosh  kasalligi  va  b.)  to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Ularning 
fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar    xarakteristikasi.  qoidalari  haqida  talabalarga 
beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  
Oshqozon-ichak va jigar ayrim kasalliklari (gastritlar, oshqozon-ichak yarasi, enterit, kalit, 
gepatit, qabziyat, va b.) to„g„risida umumiy tushuncha. 
 Ularning fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o„simliklar (aloe, bo„ymadaron, air, kashnich, 
kankkunjut, sano, rovoch, frangula, sarimsoq, shuvoq va b.) xarakteristikasi.  
Jigar va o`t yo`llari ayrim kasalliklari (gepatit,o`t tosh kasalligi va b.) to„g„risida umumiy 
tushuncha. Ularning fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o„simliklar  xarakteristikasi.   
Talaba bajara olishi lozim:  
Oshqozon-ichak  va  jigar  ayrim  kasalliklari  (gastritlar,  oshqozon-ichak  yarasi,  enterit,  kalit, 
gepatit, qabziyat, va b.) to„g„risida umumiy tushuncha. 
 Ularning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar  (aloe,  bo„ymadaron,  air,  kashnich, 
kankkunjut, sano, rovoch, frangula, sarimsoq, shuvoq va b.) xarakteristikasi.  
Jigar  va  o`t  yo`llari  ayrim  kasalliklari  (gepatit,o`t  tosh  kasalligi  va  b.)  to„g„risida  umumiy 
tushuncha.  
Ularning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar    xarakteristikasi.  Fanlararo  va  fan 
ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik yordam, BTY‟o va 
klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Oshqozon-ichak  va  jigar  ayrim  kasalliklari  (gastritlar,  oshqozon-
ichak  yarasi,  enterit,  kalit,  gepatit,  qabziyat,  va  b.)  to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Ularning 
fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o„simliklar (aloe, bo„ymadaron, air, kashnich, kankkunjut, 
sano,  rovoch,  frangula,  sarimsoq,  shuvoq  va  b.)  xarakteristikasi.  Jigar  va  o`t  yo`llari  ayrim 
kasalliklari  (gepatit,o`t  tosh  kasalligi  va  b.)  to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Ularning 
fitoterapiyasida ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar  xarakteristikasi.   haqida  bayon  etish, ularning 
tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Nazariy qism 
Me‟da  -  ichak  kasalliklari  ayniqsa  issiq  iqlimli  hududlarda,  shu  jumladan  bizning 
respublikamizda  ham  keng  tarqalgan  xastaliklar  qatoriga  kiradi.  Ular  hamma  yoshdagi 
kishilarda, ko„proq yosh bolalarda uchrab turadi. 
Bu kasalliklarning turi, ko„rinishi, kechishi hamda kelib chiqish sabablari turli tumandir. 
Masalan,  har  xil  mikroorganizmlar  yoxud  parazitlar  sababchi  bo„lgan  ichak  kasalliklari,  ovqat 
hazm 
bo„lishining 
buzilishi 
bilan 
boradigan 
va 
oshqozon 
faoliyatini 
izdan  chiqaradigan  kasalliklar va boshqa holatlar shular jumlasidandir. 
Bunday  kasalliklarga  duchor  bo„lgan  bemorlarni  davolash  ularning  kelib  chiqish 
sabablari, shakli va boshqa omillarga ko„ra turlicha bo„lishi mumkin. 
Me‟da- ichak kasalliklarida qo„llaniladigan  dori  vositalari  ham turlichadir.  Ular  qatoriga 
sintez yo„li bilan olingan, dorivor  o„simliklardan tayyorlangan, hayvonlar a‟zolaridan olingan va 
boshqa  dori  vositalari  kiradi.  Bulardan  dorivor  giyohlardan  olingan  ko„pchilik  dori  preparatlari 
zararli  ta‟sirining  kamligi  va  ularni  oshqozon  va  ichak  surunkali  xastaliklarida  uzoq  muddat 

186 
 
qo„llash  mumkinligi  bilan  boshqalardan  farq  qiladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bemorlarni 
dorivor o„simliklardan tayyorlangan preparatlar bilan davo qilish kimyoviy laboratoriyada sintez 
yo„li bilan olingan preparatlarga nisbatan ancha xavfsizdir. 
Me‟da  -  ichak  kasalliklari  orasida  ko„proq  uchrab  turadigan  xastaliklardan  hisoblangan 
oshqozon  shilliq  pardasining  o„tkir  va  surunkali  yallig„lanishi  tibbiyotda  gastrit  deb  yuritiladi. 
Bu  xastallik  erkaklarda  ko„proq  uchrab  turadi  va  ancha  keng  tarqalgandir.  Gastritning  kelib 
chiqishiga  bir  qator  omillar  sabab  bo„ladi.  Ayniqsa  ovqatni  befarq,  palapartish,  shoshilib  va 
tartibsiz iste‟mol qilish, spirtli ichimliklarga, achchiq va sho„r (tuzlangan) taomlarga moyillik va 
boshqalar shular jumlasidandir. 
Gastrit  kasalligi  me‟da  shirasining  kislotalilik  darajasining  izdan  chiqishiga  qarab 
giperatsid,  gipoatsid  va  anatsid  holatlarida  bo„ladi.  Normoatsidda  kislotalilik  me‟yorda, 
giperatsidda-ko„tarilgan,  gipoatsidda-pasaygan,  anatsidda  esa  kislotalilik  butunlay  bo„lmaydi. 
Bulardan ko„proq uchrab turadigani giperatsid holat hisoblanadi. 
Oshqozon  va  o„n  ikki  barmoq  ichakning  yara  kasalligiga  kelsak,  u  surunkali  xastalik 
bo„lib,  davom  etishi  va  turli  asoratlari  bo„yicha  bemorga  ancha  tashvish  keltiradigan  va  og„ir 
xastalik  hisoblanadi.  Bu  kasallikning  kelib  chiqishida  yuqorida  qayd  etilgan  sabablardan 
tashqari,  asabning  buzilishi,  irsiy  va  boshqa  omillarning  axamiyati  bor.  Kasallikda  me‟da 
faoliyatining izdan chiqishi, ovqat iste‟mol qilish va ochlik bilan bog„liq og„riq bo„lishi,  ko„ngil 
aynishi, qayt qilib turish va  shunga o„xshash o„zgarishlar kuzatiladi.  Xastalik ayniqsa bahor va 
kuz  fasllarida  xuruj  qiladi,  natijada  tanani  quvvatsizlantiradi,  bemor  ozib,  turli  ko„ngilsiz 
alomatlarni  sezadi.  Me‟da  va  o„n  ikki  barmoq  ichakning  yara  kasalligi  xavfli  asoratlardan  holi 
emas.  Ulardan  yaradan  qon  ketish,  yaraning  teshilishi(perforatsiya)  va  yara  sababli  chandiqlar 
hisobiga  me‟dadan  ichakka  ovqat  o„tishining  qiyinlashishini  aytib  o„tish  lozim.  Bunday 
holatlarda shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyoti ko„rilishi shart. 
Shuni  ta‟kidlash  kerakki,  o„n  ikki  barmoq  ichakning  yara  kasalligida  hamma  vaqt 
giperatsid  gastrit  kuzatiladi,  me‟da  yarasida  esa  ko„pincha  gipoatsid  va  anatsid  holatlarning 
bo„lishi xavfli asoratdan xabar beradi. 
Ingichka va yo„g„on ichaklar shilliq pardasining yallig„lanishiga (enterit, kolit) ichakning 
o„zidagi va taom bilan tushgan  mikroorganizmlar, parazitlar va boshqa omillar sababchi bo„lishi 
mumkin. Bu kasalliklarda ham ovqat hazm bo„lishining buzilishi, ich ketib turishi, qorin og„rig„i, 
ishtaha pasayishi va shunga o„xshash o„zgarishlar namoyon  bo„ladi. Bulardan tashqari, ingichka 
va  yo„g„on  ichaklarning  harakatlanish  (peristaltika)  qobiliyatining  pasayishi  natijasida 
kuzatiladigan qabziyat holati ham tez–tez uchrab turadi. 
Yuqorida  zikr  etilgan  kasalliklarga  qarshi  turlicha  dori  vositalari  qo„llanishi  mumkin. 
Ular  kimyoviy  tuzilishi,  farmakologik  ta‟siri  va  mexanizmi,  ishlatilishi,  olinishi  bo„yicha  har 
xildir.  Bular  qatoriga xlorid kislota ta‟sirini sindiradigan (antatsidlar) yoki susaytiradigan (N2 - 
gistaminblokatorlar  -  simetidin,  ranitidin),  oshqozon  shirasi  ajralishini  kamaytiradigan  (M-
xolinoblokatorlar-atropin  va  b.),  me‟da-ichak  harakatini  tormozlovchilar  (spazmolitiklar-no-
shpa,  platifillin),  yara  bitishini  tezlashtiradigan  (chakanda  moyi),  ishtaha  ochadigan,  ichni 
suradigan  va  boshqa  dori  vositalari  kiradi.  Bu  dori  preparatlarining  bir  qismi,  masalan, 
antatsidlar,  N2-blokatorlar,  spazmolitiklar  va  boshqa  giperatsid  gastritda  va  o„n  ikki  barmoq 
ichakning yara kasalligida ishlatilsa, ikkinchi qismi esa (xlorid kislota, tabiiy oshqozon shirasi va 
b.)  gipoatsid  va  anatsid  gastritlarda  tavsiya  etiladi.  Bulardan  tashqari,  mikroorganizmga  qarshi 
preparatlar (metronidazol) qo„llaniladi. 
Yuqorida keltirilgan bir qator sintetik dori vositalari bilan bir qatorda yallig„langan me‟da 
-  ichak  shilliq  pardasining  har  xil  ta‟sirlardan  (ichak  bo„shlig„idagi  massaning  kimyoviy  va 
mexanik  ta‟siridan)  saqlaydigan  va  shuning  bilan  yallig„lanish  jarayonini  bartaraf  bo„lishini 
tezlashtiradigan dori preparatlari ham ahamiyatga sazovordir. Bunday dorilar qatoriga asosan har 
xil  dorivor  o„simliklardan  tayyorlangan  burushtiruvchi  va  o„rab  oluvchi  xossasi  bo„lgan 
preparatlar kiradi. Chunki ular shilliq parda yuzasini burushtirib va o„rab olib, himoya vazifasini 
bajaradi va kasallikni yengillashtiradi. 
1. Aloy. Aloe  (Aloyo Tourn .L.) 

187 
 
Aloy  turlari  bo„yi  vatanida  4m  gacha  yetadigan  doim  yashil  daraxtsimon  o„simlikdir. 
Tibbiyotda  aloyning  ikki  turi  –daraxtsimon  aloy-  aloe  derevovidnoye  (Aloyo  arborescens 
Mill.)va  yo„l-yo„l  aloy-  aloe  polosatoye  (Aloyo  striatula  Haw.)  dan  dorivor  vosita  sifatida 
foydalaniladi. 
Aloy turlarining  vatani  Afrikaning janubi-sharqidagi  yarim cho„l tumanlari hisoblanadi. 
Ular  Gruziya,  Ukraina  va  Markaziy  Osiyoda  bir  yillik  o„simlik  sifatida  hamda  xonalarda 
o„stiriladi. 
Tibbiyotda aloy turlarining quritilgan shirasi-sabur, bargi hamda biogen stimulyatorlarga 
boy  bargining  dorivor  preparatlari  -suyuq  ekstrakti  (flakon  va  ampulada  chiqariladi),  shira, 
sharbat,  tabletka va suyuq surtma-linimentidan foydalaniladi. 
Sabur  va  aloy  bargi  tarkibida  antraglikozidlar,  smolalar,  efir  moyi,  achchiq  va  boshqa 
moddalar bor. 
Saburning  katta  dozasi  surgi  dori,  kichik  dozasi  ishtahani  ochuvchi  sifatida  tibbiyotda 
ishlatiladi.  Aloy  bargining  suyuq  ekstrakti,  tabletkasi  ko„z  (kon‟yunktivit,  ko„z  shishasimon 
tanachasining xira tortishi va boshqalar),  me‟da va o„n ikki barmoq ichak yarasi, bronxial astma, 
surunkali artrit va  boshqa kasalliklarni  davolashda  qo„llaniladi. Bargning  suyuq ekstrakti  suyuq 
surtma  (liniment)  shaklida  va  uning  shirasi  kuyganga,  turli  yaralarga,  quruq  va  ho„l 
epidermatitlarga,  nur  terapiyasi  natijasida  II-III  darajali  kuygan  joylarga  qo„yiladi,  gastrit, 
enterokolit va qabziyatda ichish uchun (choy qoshig„ida) buyuriladi. 
Xalq  tabobatida  aloy  bargi  va  shirasi  turli  yaralarni  (me‟da  va  o„n  ikki  barmoq  ichak 
yarasi)  hamda o„pka silini davolashda ishlatiladi. 
2. Anor. Granat  obiknovenniy (Punica granatum L.) 
Anor-balandligi  1,2  m  bo„lgan  bo„ta.  U  yovvoyi  holda  Ozarbayjon,  Gruziya, 
Turkmaniston  va  O„zbekiston  (Surxondaryo  viloyatida)  tog„larining  toshli  qiyaliklarida  o„sadi. 
Hozirgi  vaqtda  anor  O„rta  Osiyo  respublikalari,  Kavkaz  va  Qrimda  ko„p  miqdorda 
o„stiriladi.  Tabobat  va  tibbiyotda  anorning  mevasi,  meva  po„sti  hamda  poya,  yirik  shoxlar  va 
ildiz  po„stlog„i  ishlatiladi.  Anor  shirasida  20%  gacha  qandlar,  limon  (po„stlog„ida),  askorbin 
kislota,  meva  po„stida  -  tanin,  poya  va  ildiz  po„stlog„ida  alkaloidlar,  oshlovchi  va  boshqa 
moddalar bor. 
Abu  Ali  ibn  Sino  meva  po„stini  qon  tupurish,  milkdan  qon  oqishini  to„xtatish,  tishni 
mustaxkamlash uchun, me‟da kasalliklari (ich ketish, qon aralash ich ketish), yaralar  va boshqa 
kasalliklarni davolashda, shuningdek siydik haydovchi vosita sifatida ishlatgan. 
Xalq  tabobatida  hozir  ham  meva  po„stining  qaynatmasi  qon  tupurish  va  milkdan  qon 
oqishini  to„xtatish,  ich  ketish,  dizenteriya  va  teri  kasalliklarini  (qo„tirni)  davolash,  yo„talni 
qoldirish uchun ishlatiladi. Meva shirasi singa kasallikgiga davo qilinadi va ishtaha ochish uchun 
iste‟mol qilishga beriladi. 
Tibbiyotda  anor  poyasi,  shoxlari  va  ildiz  po„stlog„ining  dorivor  preparatlari  gijjalarni 
organizmdan  haydash  uchun,  meva  po„stining  qaynatmasi  me‟da-ichak  kasalliklarini  (ich 
ketish,  qon aralash ich ketish va dizenteriyani) davolashda qo„llaniladi. 
3.Oddiy bo„ymodaron.Tisyachelistnik obiknovenniy (Achillea millefolium L.) 
Bo„ymodaron bo„yi 80 sm gacha bo„lgan ko„p yillik o„t o„simlik. U O„zbekistonda keng 
tarqalgan bo„lib, tog„ yon bag„irlarida, o„rmon chetlari, quruq o„tloqlarda, qirlarda, yo„l yoqalari, 
bog„larda va boshqa yerlarda o„sadi. 
Tibbiyotda bo„ymodaronning yer ustki qismidan foydalaniladi.  Tarkibida karotin, K va S 
vitamini,  efir  moyi,  achchiq  va  boshqa  moddalar  bor.  Efir  moyi  xamazulen  va  boshqa 
terpenoidlardan tashkil topgan. 
Bo„ymodaron  qadimdan  tabobatda  qo„llanib  kelingan  dorivor  o„simliklardan.  Ibn  Sino 
uning  qaynatmasidan  shamollash,  bosh  og„rig„i,  bachadon  yarasi,  buyrak-tosh  va  boshqa 
kasalliklarni davolashda foydalangan. 
O„simlik  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  yoki  qaynatma  xalq  tabobatida 
ishtaha  ochish,  turli  qon  oqishlarni  (bavosil  kasalligida,  qon  tupurish,  qon  aralash  ich  ketish) 
to„xtatish, me‟da-ichak, o„pka sili va boshqa kasalliklarni davolash uchun hamda bosh og„rig„ini 

188 
 
qoldiruvchi  va  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  qo„llaniladi.  Bo„ymodaron  gulining  kukunini 
asalga qo„shib, gijjaralarni tushirish maqsadida iste‟mol qilishga beriladi. 
Tibbiyotda  bo„ymodaron  yer  ustki  qismidan  tayyorlangan  damlama  va  suyuq  ekstrakt 
me‟da-ichak  kasalliklarini  (me‟da  va  o„n  ikki  barmoq  ichak  yarasi,  gastrit)  davolashda  hamda 
ishtaha  ochuvchi,  qon  oqishini  (bachadondan,  ichakdan,  milkdan  va  bavosil  kasalligida) 
to„xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. 
Bo„ymodaron  yer  ustki  qismi  ishtaha  ochuvchi,  me‟da  -  ichakdan  qon  oqishini 
to„xtatuvchi yig„malar - choylar tarkibiga kiradi. 
4. Tog„ jumrut. Joster slabitelniy (Rhamnus  cathartica L.) 
Tog„  jumrut  bo„yi  3-8  m  bo„ladigan  sershox  buta  yoki  daraxtcha.  U  cho„lda,  qurib 
qolgan  o„tloqlarda,  bo„talar  orasida,  suv  bo„yida,  o„rmon  chetida,  toshloqlarda  o„sadi. 
O„zbekistoning tog„li tumanlaridagi archazorlar, yong„oqzorlar, daryo bo„yida va tog„ qiyalarida 
uchraydi. 
Tibbiyotda tog„ jumrutning mevasidan foydalaniladi. 
Meva tarkibida antraglikozidlar, qandlar, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. 
Mevadan  tayyorlangan  qaynatma  xalq  tabobatida  surgi  dori  sifatida  xamda  podagra, 
istisqo va surunkali teri kasalliklarini davolash uchun qo„llaniladi. 
Tibbiyotda  tog„  jumrut  mevasining  qaynatmasi  yoki  damlamasi  surunkali  qabziyatda 
surgi dori sifatida ishlatiladi. 
Tog„  jumrut  mevasi  surgi  dori  sifatida  ishlatiladigan  yig„ma  -choylar  hamda  Zdrenko 
yig„masi tarkibiga kiradi. 
5  Igir. Air  bolotniy (Acorus calamus L.) 
Igir  bo„yi  1  m  gacha  yetadigan  ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  U  daryo,  ko„l,  hovuz  va 
ko„lmaklar  bo„yidagi  botqoqliklarida  va  boshqa  sersuv  nam  yerlarda  o„sadi.  Igir  Ukraina, 
Moldova, Rossiya yuvropa qismining janubida, Kavkaz va O„rta Osiyoda uchraydi. 
Tibbiyotda igir ildizpoyasidan dorivor vosita sifatida foydalaniladi. 
Ildizpoya tarkibida oshlovchi, akorin, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. 
Ibn  Sino  igir  ildizpoyasini  jigar,  qorataloq,  me‟da-ichak  va  ko„krak  nafasi  a‟zolari 
kasalliklarini davolash uchun hamda siydik haydovchi dori sifatida qo„llagan. 
Xalq  tabobatida  igir  ildizpoyasidan  tayyorlangan  damlama  yoki  qaynatma  va  nastoyka 
jigar  va  o„t  qopi  kasalligida  o„t  haydovchi  hamda  ishtaha  ochuvchi,  isitma  tushiruvchi,  yel 
haydovchi va balg„am ko„chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. 
Tibbiyotda  igir  ildizpoyasining  qaynatmasi  jigar  va  o„t  pufagi  xamda  bo„yrak 
kasalliklarida  o„t  va  siydik  haydovchi  vosita  sifatida  ishlatiladi.  Bulardan  tashqari,  qaynatma 
tarkibidagi achchiq glikozid akorin hisobiga ishtaxa ochish va ovqat hazm bo„lishini yaxshilash 
uchun qo„llaniladi. Xlorid kislota yetishmovchiligi bilan boradigan surunkali gastritlarda, me‟da 
yarasi kasalliklarida ishlatiladi. Igir ildizpoyasi o„t va siydik xaydovchi hamda ishtaha ochuvchi 
sifatida har xil kasalliklarda ishlatiladigan choylar-yig„malar tarkibiga kiradi. 
6.Oddiy kanakunjut. Kleщyevina obiknovennaya. (Ricinus communis L.) 
Kanakunjut  bo„yi  3  m  ga  yetadigan  o„t  o„simlik.  Vatani  Afrikaning  tropik  tumanlari. 
Markaziy Osiyo respublikalarida, Shimoliy Kavkaz, Ukraina janubi va Volga bo„yida urug„idan 
moy olish maqsadida bir yillik o„t o„simlik sifatida o„stiriladi. 
Tibbiyotda  kanakunjut  urug„idan  olingan  moyidan  foydalaniladi.  Urug„  tarkibida  40-
56%  moy,  oqsil  moddalari,  retsinin  alkaloidi,  o„ta  zaharli  oqsil  modda-ritsin  va  boshqa 
birikmalar bor. 
Abu Ali ibn Sino yanchilgan kanakunjut urug„i bilan turli shishlarni davolagan. 
Tibbiyotda  kanakunjut  moyi  va  moy  emulsiyasi  surgi  dori  sifatida  qabziyatlarda 
ishlatiladi. Ichni surishi tarkibidagi parchalanishda xosil bo„lgan ritsinol kislotaning ichak shilliq 
pardasini  qitiqlashi  natijasida  peristaltikaning  kuchayishiga  olib  keladi.  Shuningdek  moy,  moy 
emulsiyasi va urug„idan tayyorlangan pasta ginekologiya amaliyotida hamda ko„z kasalliklarida, 
yaralar,  kuyganni,  leyshmanioz  va boshqa teri kasalliklarini davolash uchun qo„llaniladi. 
Kanakunjut moyi ba‟zi surtmalar va balzamlar tarkibiga kiradi. 

189 
 
7. Ekma kashnich.  Koriandr  posevnoy (Coriandrum sativum L.) 
Ekma  kashnich  bo„yi  30-70  sm  bo„ladigan  bir  yillik  o„t  o„simlik.  Ziravor  o„simlik 
sifatida  O„rta  Osiyoda,  Ukraina,  Kavkaz,  Rossiya  Yevrupa  qismining  markaziy  va  janubiy 
tumanlarida  ko„plab  o„stiriladi.  Tibbiyotda  dorivor  mahsulot  sifatida  kashnichni  meva  va 
mevasidan olinadigan efir moyidan foydalaniladi. 
Meva tarkibida efir moyi va boshqa moddalar bor. 
Kashnich 
xalq  tabobatida  qadimdan  turli  kasalliklar 
davolash 
uchun 
ishlatib 
kelinadigan  dorivor  o„simliklardan  hisoblanadi.  Ibn  Sino  kashnich  mevasini  me‟da-ichak,  qon 
tupurish,  bosh  og„rig„i  kasalliklarida  davo  uchun  qo„llagan  va  yel  xaydovchi  vosita  sifatida 
ishlatgan. 
Xalq tabobatida kashnich mevasining dorivor preparatlari  jigar  va o„t qopi kasalliklarida 
o„t haydovchi, yaralar bitishini tezlatuvchi, balg„am ko„chiruvchi dori sifatida qo„llaniladi. Meva 
preparatlaridan  me‟da-ichak kasalliklarini  davolashda hamda organizmdan  gijjalarni  tushirishda 
foydalaniladi. 
Kashnich mevasining kukuni, damlamasi, efir moyi va spirtli suvi o„t haydovchi,  ishtaha 
ochuvchi, og„riq qoldiruvchi va ovqat hazm bo„lishini yaxshilovchi ta‟sirga ega. Shuning uchun 
bu preparatlar jigar va o„t qopi, me‟da - ichak, bavosil kasalliklarini hamda yaralarni davolashda 
qo„llaniladi. 
8. Olxo„ri. Sliva (Prunus L.) 
Tibbiyotda  olxo„rining  ikki  turidan  foydalaniladi:  oddiy  (xonaki)  olxo„ri  -  sliva 
domashnyaya (Prunus domestica L.) va yoyilgan olxo„ri (tog„olcha)-  sliva  vostochnaya (Prunus 
divaricata Ledeb.) 
Olxo„ri  turlari  2-3  m  balandlikdagi  bo„ta  yoki  daraxt.  Oddiy  olxo„ri  yovvoyi  holda 
uchramaydi.  Faqat  mevali  daraxt  sifatida  turli  navlari  keng  miqyosda  o„stiriladi.  Tog„olcha 
Markaziy  Osiyoning  tog„li  tumanlarida  yumshoq  tuproqli  nam  tog„  qiyaliklarida,  dengiz 
sathidan 800-2000 m balandlikdagi yong„oqzorlarda,  olmazorlarda, aralash o„rmonlarda va ariq 
bo„ylarida o„sadi. 
Tibbiyotda  olxo„ri  turlarining  mevasi  ishlatiladi.  Olxo„ri  mevasi  tarkibida  16%  gacha 
qandlar,  organik kislotalar,  flavonoidlar, antatsianidlar,  RR,  V1,  V2 ,  V6 ,  YE va S  vitaminlari, 
karotin, mineral, pektin va boshqa moddalar, mag„zida ko„p miqdorda moy bo„ladi. 
Quritilgan  va  quritilmagan  olxo„ri,  meva  shirasi  yumshoq  surgi  ta‟siriga  ega  hamda 
tanadan  xolesterin  chiqib  ketishini  tezlatadi.  Nordon  mevalar,  ayniqsa  tog„olcha  me‟da 
shirasining 
ajralishini 
ko„paytiradi, 
ishtaha 
ochadi 
va 
ovqat 
hazm 
bo„lishini 
yaxshilaydi.  Shuning  uchun  olxo„ri mevasi qabziyat bo„lganda, ichak faoliyati susayganda, o„t 
qopi  kasalligida  hamda  ateroskleroz  kasalligining  oldini  olishda  iste‟mol  qilishga  buyuriladi. 
Olxo„ri  shirasini  ishtaha  ochish  va  ovqat  hazm  bo„lishini  yaxshilash  uchun  beriladi.  Oddiy 
(xonaki)  olxo„ri  mevasi  (qora  olxo„ri  navi)  surgi  dori  sifatida  qo„llaniladigan  kafiol  preparati 
tarkibiga  kiradi. 
9. Tangut rovochi. Reven  tangutskiy (Rheum  Tanguticum Maxim.) 
Tangut rovochi bo„yi 1,5-2,5 m ga yetadigan ko„p yillik o„t o„simlik. 
Vatani  Markaziy  Xitoyning  tog„li  tumanlaridagi  o„rmonlar.  Maxsus  xo„jaliklarda 
o„stiriladi. Tibbiyotda tangut  rovochining ildizidan  foydalaniladi.  Plantatsiyalarda  o„stiriladigan 
rovoch 4-5 yillik bo„lganda yer ostki qismi kovlab olinadi. 
Tangut  rovochi  tarkibida  3,4-6%  antraglikozidlar,  6-12%  oshlovchi  moddalar,  smolalar 
va boshqa birikmalar bor. 
Oshlovchi  moddalar  burishtiruvchi,  antroglikozidlar  esa  (emodinlar,  xrizafanol,  rein  va 
boshqalar) ichak shilliq qavatini qitiqlaydi, natijada ichak harakati kuchayib ichni suradi. Bunday 
ta‟sir 8-10 soatdan keyin boshlanadi. 
Tibbiyotda  Tangut  rovochi  ildizining  kukuni  (poroshogi,  tabletkasi,  quruq  ekstrakti  va 
sharbati  kichik  dozada  (0,05-0,2g)  ichni  qotiruvchi  (ich  ketganda),  katta  dozada  (0,3 -0,5g), 
aksincha, ichni yumshatuvchi (qabziyat hollarida) vosita sifatida qo„llaniladi. 

190 
 
Tabobatda rovochning yana uch turidan tatar rovochi  - reven tatarskiy (Rheum tataricum 
L.),  turkiston  rovochi-  reven  turkestanskiy  (Rheum  turkestanicum  Janis  )  va  Maksimovich 
rovochi-reven  Maksimovich  ((Rheum  maximowiczii  A.Los)  lardan  foydalaniladi.  Bularning 
hammasi  30-100  sm  balandlikdagi  ko„p  yillik  o„t  o„simliklar  bo„lib,  O„zbekistonning  cho„l  va 
qumli dashtarlarida hamda tog„li tumanlarda o„sadi. 
Ildizi  tarkibida  ko„p  miqdorda  oshlovchi,  oz  miqdorda  antraglikozidlar  va  boshqa 
moddalar bor. 
Ibn Sino rovoch  ildizi bilan ich ketishni va boshqa kasalliklarni davolagan. 
Xalq  tabobatida  rovoch  turlarining  ildizi  va  mevasidan  tayyorlangan  qaynatma  bilan 
me‟da-ichak, qon oqishi, isitma va boshqa kasalliklar davolanadi. 
Rovoch  turlari  ildizidan  tayyorlangan  qaynatma  va  mevasining  ekstrakti  burushtiruvchi 
vosita sifatida ich ketishni davolash uchun tibbiyotda qo„llashga tavsiya etilgan. 
Rovoch  turlarining  yosh  poyasi,  barg  bandi  va  bargning  asosiy  tomiri  apreldan  to 
iyungacha ishtaha va ko„ngil ochuvchi taom sifatida iste‟mol qilinadi. Bu davrda ular qotmagan 
hamda kishi organizmiga zarur bo„lgan organik kislotalar va vitaminlarga boy bo„ladi. 
10. Sano. Kassiya (Cassia L.) . 
Tibbiyotda 
sanoning 
quyidagi 
ikki 
turidan: 
ingichka 
(tor) 
barg 
sano 
– 
kassiya  uzkolistnaya 
(Cassia 
angustifolia 
Vahl.) 
va 
o„tkir  (nayza)  barg  sano  - 
kassiya  ostrolistnaya  (Cassia  acutifolia  Del.)  lardan  foydalaniladi.  Kassiya  turlarining  vatani 
Afrikaning  cho„l  va  yarim  cho„l  hududlari. U  yerda  ular  bo„yi  1  m  gacha  bo„lgan  bo„ta 
o„simlik  sifatida  o„sadi.  O„rta  Osiyo  va  Kavkazda  sano  turlari  bir  yillik  o„simlik  sifatida 
o„stiriladi. 
Tibbiyotda  sano turlarining bargi va mevasidan  foydalaniladi. Bargi o„simlik gullaganda 
yig„iladi va soyada, mevasi yetilganda terib olinib, ochiq  havoda - quyoshda quritiladi. 
Sano bargi va mevasi tarkibida antraglikozidlar, flavonoidlar, smola va boshqa moddalar 
bo„ladi. 
Sano  qadimdan  tabobatda  keng  miqyosda  ishlatilib  kelingan  dorivor  o„simliklardan. 
Bargining damlamasidan Ibn Sino bod, jigar va sariq kasalliklarini davolashda hamda surgi dori 
sifatida foydalangan. 
Xalq  tabobatida  sano  bargi  va  mevasidan  tayyorlangan  damlama  surunkali  qabziyat 
hollarida va ichak faoliyati zaiflashganda surgi  vosita sifatida qo„llaniladi. 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin