ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
6 Amaliy mashg„ulot:
Dorilarni takror qo„llash.
Mashg
‟ulotning maqsadi: talabalarda Fitopreparatlarni takror qo`llashda kuzatiladigan
o„zgarishlar – Taxifilaksiya, tolerantlik, idifosinkroziya, kumilatsiya, qaramlik xolatlar izoxi.
Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan
kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar haqida ma„lumot berish va
amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.
Masalaning qo‟yilishi: Fitopreparatlarni takror qo`llashda kuzatiladigan o„zgarishlar –
Taxifilaksiya, tolerantlik, idifosinkroziya, kumilatsiya, qaramlik xolatlar izoxi. Kompleks
fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar haqida talabalarga beriladigan bilim va
ko‗nikmalar.
Talaba bilishi lozim:
Fitopreparatlarni takror qo`llashda kuzatiladigan o„zgarishlar –
Taxifilaksiya, tolerantlik, idifosinkroziya, kumilatsiya, qaramlik xolatlar izoxi. Kompleks
fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar.
Talaba bajara olishi lozim:
Fitopreparatlarni takror qo`llashda kuzatiladigan o„zgarishlar – Taxifilaksiya, tolerantlik,
idifosinkroziya, kumilatsiya, qaramlik xolatlar izoxi. Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar
va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga
tushish va boshqalar.
Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.
Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo„llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo„lganligi
sababli ularni o„rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o„rganish ularni qabul qilish
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi
148
Mashg‟ulotning mazmuni: Fitopreparatlarni takror qo`llashda kuzatiladigan o„zgarishlar
– Taxifilaksiya, tolerantlik, idifosinkroziya, kumilatsiya, qaramlik xolatlar izoxi. Kompleks
fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar qoidalari haqida bayon etish, ularning
tavsiflari bilan tanishtirish.
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
Nazariy qism
Dori vositalarning salbiy ta‟siri
Keyingi vaqtda ilmiy adabiyot sahifalarida dori vositalarining zararli ta‟sirlari haqida
ko„plab ma‟lumotlar uchramoqda.
Tayyor dorilarni sanoat miqyosida ko‟plab ishlab chiqarish, ularni nazoratsiz qo„llanishi,
xonadon "dorixonalari"ning boyib borishi va kattalar e‟tiboridan chetda qolishi zaharlanishning
asosiy sabablaridir. Dori vositalarini vrach maslahatisiz iste‟mol qilish turli ko„ngilsiz holatlarga
olib kelayotganini alohida ta‟kidlab o„tish darkor.
Dori preparatlarining zararli ta‟siri o„tish davriga ko„ra qisqa, o„rta va uzoq muddatli
bo„ladi. Ular qisqa muddatli og„riq, dermatitlar, shilliq qavat yallig„lanishi yoki og„ir karaxtlik
(shok) ko„rinishida bo„lib, ba‟zan esa a‟zo va to„qimalarda chuqur o„zgarishlarga va hatto
fojiaga sabab bo„ladi. Ko„pincha bu ko„rinishlar dori vositalarini takror qo„llash oqibatida ro„y
beradi. Organizm tomonidan sezuvchanlikning asta-sekin osha borishi va kutilmagan
holatlarning yuzaga kelishi bunga sabab bo„ladi. Dori vositalari ta‟siri natijasida
kuzatiladigan javob reaksiyasining
sinonim
atamalari
ko„p
bo„lib, ular
zaharli, ikkilamchi, salbiy va nojo„ya ta‟sirlar, yatrogen kasalliklar, dorilar bilan muolaja qilish
asoratlari deb yuritiladi.
Laboratoriya sharoitida kimyoviy sintez yo„li bilan olingan dori vositalarining nojo„ya
ta‟sirlari dorivor o„simliklardan olingan fitopreparatlarning zararli ta‟sirlariga qaraganda
nisbatan ko„proq uchrab turadi.
Ko„pchilik dorivor o„simliklarning nojo„ya ta‟sirlari aniqlanmagan. Hozirgi kunda 500
dan ortiq dori vositalari jigar, buyrak, qon yaratuvchi a‟zolar faoliyatini pasaytirishi aniqlangan.
Bularga sulfanilamid va ayrim antibiotiklar (tetratsiklin, streptomitsin) misol bo„la oladi.
Dorilar salbiy ta‟sirlarining turlari quyidagicha:
Mahalliy salbiy ta‟sir - dori moddasining to„qimalar (ayniqsa oshqozon-ichak shilliq
pardasi) bilan munosabati, tufayli yuz beradi, natijada to„qima zararlanib, yaralar, eroziyalar,
yallig„lanish kuzatiladi. Ushbu ta‟sirni dori moddalarini suyultirib yoki qobiqqa (kapsulaga)
o„rab, ba‟zan oqsil, sut, kraxmal shilimshig„i bilan qo„shib yoki ovqatdan keyin iste‟mol qilish
bilan bartaraf etiladi (xloralgidrat, butadion, rezerpin, atsetilsalitsil kislota va boshqalar).
Reflektor salbiy ta‟sir - bu ta‟sir tufayli a‟zolar faoliyati susayishi yoki, aksincha,
kuchayishi mumkin. Ushbu ta‟sir ba‟zan ijobiy tusda bo„ladi. Masalan, novshadil hidlanganda
susaygan nafasning jonlanishi (ijobiy), narkoz moddalari hidlanganda bronxlar qisqarib nafas
to„xtashi (salbiy).
Zaharli ta‟sir umumiy bo„lishi mumkin. Ushbu ta‟sir katta dozalarni iste‟mol qilish
tufayli ro„y beradi, ba‟zan o„z joniga suiqasd qilish oqibatida namoyon bo„ladi. Xinin katta
dozada eshitish qobiliyatini qaytmas ravishda pasaytiradi; antibiotiklardan monomitsin va
streptomitsin ichki quloqda yuqori miqdorda to„planib, eshitish qobiliyatini qaytmas tarzda
pasaytiradi; sulfanilamidlar buyrakda tosh hosil qilishi, yurak glikozidlaridan digitoksin
kumulatsiya qilib, yurak faoliyatini izdan chiqaradi.
Disbakterioz - ichak mikroorganizmlari tabiiy tarkibining buzilishi. Foydali (saprofit)
floraning halok bo„lib, zararli (patogen) bakteriyalar rivojining avj olishidir. Bu xosizlanib
qolgan va toliqqan bemorlarda, surunkali kasalliklardan so„ng, ba‟zan kortikosteroidlar,
keng spektrli antibakterial preparatlarni qabul qilish oqibatida ro„y berishi mumkin.
149
Kandidomikoz
-
muolaja davomida keng spektrli antibiotiklarni (tetratsiklin,
levomitsetin) qo„llash oqibatida, me‟da-ichak shilliq qavatida kandida turiga xos bo„lgan
zamburug„lar koloniyasining rivojlanishi avj oladi. Bunda maxsus antibiotiklar (nistatin,
levorin) qo„llash tavsiya etiladi.
Teratogen ta‟sir (teratos - qabohat, ruscha – urod – mayib - majruh) - homiladorlik
davrida ayrim dori vositalarini iste‟mol qilish teratogen ta‟sirga sabab bo„lishi mumkin.
1961 yilda homilador ayollarning uyqusizlik oqibatida tinchlantiruvchi dori
sifatida talidomid
preparatini iste‟mol qilishlari
oqibatida
homilaning
turli
jismoniy
nuqsonlar bilan tug„ilishi aniqlangan (qo„l- oyoqlarning kalta bo„lishi, hazm yo„llaridagi
kamchiliklar va h.k.). Shu davrdan boshlab, dori vositalarining teratogen ta‟siriga alohida e‟tibor
berib, maxsus tekshirishlar o„tkaziladi.
Dori vositalarining teratogen ta‟siriga ayniqsa markaziy nerv sistemasi o„ta sezgirdir.
Aqliy zaiflik, xotiraning past bo„lishi, DNK va RNK faoliyatining buzilishi, neyronlararo
munosabatlarning sustligi shu ta‟sir tufayli yuz beradi.
Ushbu ta‟sirning oldini olish uchun homilador ayollarga birinchi 3 oy davomida dorilar
tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida dorilar qo„llash qabohat keltirib
chiqarmasa ham ayrim a‟zolar faoliyatini buzishi mumkin. Shuning uchun homilador ayollarga
zarurat tug„ilganda dorilarni kichik dozalarda va qisqa muddatga tavsiya etiladi. Teratogen
ta‟sir nasldan - naslga o„tmaydi.
Dorilar allergiyasi - organizmga dori preparati kiritilganda yuz beradigan javob -
nojo„ya reaksiyadir. Dori moddasi chala antigen bo„lib, tanada oqsillar bilan birikib
to„liq antigenga aylanadi. Unga qarshi 7-12 kundan so„ng limfotsitlar antitana ishlab chiqaradi,
so„ngra kuchli allergik reaksiya sodir bo„lishi mumkin. Ushbu reaksiya davomida
tanada Erlix va boshqa hujayralardan biologik
aktiv
moddalar (gistamin,
serotonin,
bradikinin, prostaglandinlar) ko„plab ishlab chiqariladi. Tezda xosil bo„ladigan allergik
reaksiya sensibilizatsiya natijasi deb qaraladi. Masalan, jonivorlar zahariga qarshi yuz beradigan
reaksiyalar shular jumlasidandir. Kechikib hosil bo„ladigan reaksiyalarga, transplantatsiya tufayli
(a‟zolarni bir odamdan ikkinchi odamga ko„chirib o„tkazish) yuz beradigan o„zgarishlar kiradi.
Dori vositalari keltirib chiqargan allergiya ayrim hollarda sekin-asta boshlanib, uzoq
muddat davom etadi. Tanaga dori preparati kiritish to„xtatilgandan keyin ham ma‟lum vaqt
davom
etishi
mumkin.
Masalan:
sil
va
ekzema
kasalliklariga
davo
qilish uchun qo„llaniladigan vositalar surunkali dermatitlarga (eshakem, toshmalar toshishi)
sabab bo„lishi mumkin.
Ushbu nojo„ya ta‟sirlarning oldini olish maqsadida doriga shaxsiy (individual) sezgirlik
tekshiriladi: tabletkaning 1:10 yoki 1:5 qismi til ostiga quyiladi, 15 daqiqa kuzatiladi. Nojo„ya
javob reaksiyasi sodir bo„lsa, dori ishlatish to„xtatiladi. Qon tomirlari orqali kiritiladigan dorilar
bilan tananing muvofiqligini tekshirish uchun avval 0,1-0,2 ml eritma kiritib, bemorning
umumiy ahvoli kuzatiladi, so„ngra eritmaning qolgan qismi yuboriladi.
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
150
7 Amaliy mashg„ulot:
Dorilarning biotransformatsiyasi va tasnifi.
Mashg
‟ulotning maqsadi: talabalarda Fitopreparatlarni qo`llashda kuzatiladigan
o„zgarishlar – biotransformatsiyasi. Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar)
tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va
boshqalar haqida ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.
Masalaning
qo‟yilishi:
Fitopreparatlarni
qo`llashda
kuzatiladigan
o„zgarishlar
–
biotransformatsiyasi. Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda
bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushishqoidalari haqida
talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.
Talaba bilishi lozim:
Fitopreparatlarni qo`llashda kuzatiladigan o„zgarishlar – biotransformatsiyasi. Kompleks
fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish
Talaba bajara olishi lozim:
Fitopreparatlarni qo`llashda kuzatiladigan o„zgarishlar – biotransformatsiyasi. Kompleks
fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish
Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.
Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo„llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo„lganligi
sababli ularni o„rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o„rganish ularni qabul qilish
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi
Mashg‟ulotning mazmuni: Fitopreparatlarni qo`llashda kuzatiladigan o„zgarishlar –
biotransformatsiyasi. Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda
bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushishhaqida bayon etish,
ularning tavsiflari bilan tanishtirish.
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
azariy qism
Metabolizm-yunoncha so`z bo`lib, (metabole) o`zgarish ma'nosini anglatadi. Metabolizm
barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lgan jarayondir. Ko`pchilik dori vositalari va boshqa moddalar
tanadagi turli fermentlar ta'sirida kimyoviy va biologik o`zgarishlarga uchraydi va yangi zararsiz
moddalar-metabolitlar hosil qiladi. Bular ko`pincha faolsiz, suvda eruvchan bo`lgani uchun
tanadan tez chiqib ketadi. Ba'zi metabolitlar organizm uchun zararli ta'sir etishi mumkin.
Metabolizm jarayoni tananing turli to`qimalarida, suyuq muxitida, asosan jigarda mikrosomal
fermentlar ta'sirida bo`ladi.
Dori va zaharli moddalarning bunday zararsizlantirilishi har xil fermentlar ta'siri natijasida
maxsus xujayralar pardalarida yuz beradi. Ushbu fermentlar insoniyatning evolyutsion
taraqqiyoti natijasida paydo bo`lib, tanaga ichak orqali kiradigan turli yot va zararli moddalarni,
shu jumladan, dori vositalarini zararsizlantirib, organizmni himoya etish uchun xizmat qiladi.
Tanada dori vositalarining metabolizmi (biotransformatsiyasi) ikki xil usulda
kechadi: metabolik transformatsiya (nosintetik metabolizm) va kon'yugatsiya (sintetik
metabolizm).
Metabolik transformatsiya-turli kimyoviy va dori moddalarining oksidlanish, qaytarilish
va gidrolizlanish reaktsiyalariga uchrashi natijasida ular zararsizlantiriladi. Oksidlanish kislorod
ishtirokida kechib, mikrosomal fermentlar (NADF sitoxrom-450) ishtirokida yuz beradi. Dori
vositalaridan imizin, efedrin, aminazin, kodein va boshqalar oksidlanadi. Qaytarilish reaktsiyasi
nitro va azoreduktazalar ishtirokida bajariladi (levomitsetin, nozepam, xloralgidrat va b.). Ba'zi
dori vositalari (novokain, atropin, ditilin, atsetilxolin va b.) gidrolizga uchraydi. Bunda esteraza,
amilaza va boshqa fermentlar qatnashadi.
151
Kon'yugatsiya-dori moddasining molekulasida biror-bir kimyoviy radikal guruxini
birikishi natijasida yangi birikma-kon'yugat xosil bo`ladi. Masalan, dori moddalarining
metillanishi (gistamin, katexolaminlar va b.), atsetillanishi (sulfanilamidlar), glyukuron kislota
(morfin), sulfat kislota (levomitsetin) qoldiqlari va glutation (paratsetamol) bilan birikishi misol
bo`la oladi. Ushbu jarayonlarda glyukuronidtransferaza, sulfotransferaza, metiltransferaza va b.
fermentlar qatnashadi.
Shunday dori vositalari borki, ular metabolizmga uchramay, tanadan kimyoviy tuzilishi
o`zgarmagan xolda chiqib ketadi. Masalan, narkoz moddalari (efir, azot oksidi), nitrofuran va
oksixinolin unumlari (furazolin, 5-NOK), antibiotiklar (ampitsillin, gentamitsin) va boshqalar
shunday xususiyatga ega. Shu bilan birga, ayrim dori vositalarining metabolizmga uchrashi
natijasida xosil bo`lgan metabolitlar dorining samarasini ta'minlaydi. Masalan, enalapril preparati
tanada gidrolizga uchrab, enalaprilat hosil qiladi. Bu modda faol bo`lib, dorining gipotenziv
ta'sirini keltirib chiqaradi va boshqalar.
Ayrim dori vositalari jigarning metabolizmini ta'minlaydigan mikrosomal fermentlarning
faolligiga ta'sir etib, uni oshiradi (induktorlar) yoki susaytiradi (ingibitorlar). Induktorlarga misol
qilib, fenobarbital, butadion, antidepressantlarni keltirish mumkin. Ular jigar mikrosomal
fermentlari faolligini oshirishi tufayli turli dori vositalari metabolizmini tezlashtiradi va ularni
ta'siri kamayadi. Aksincha, ferment ingibitorlari esa metabolizmni sekinlashtirib, dorilar ta'sirini
kuchaytiradi, xatto zaharlanishlar ro‟y berishi mumkin.
Metabolizm jarayonining kechishi shaxsning yoshiga, jinsiga (bu to`g`risida yuqorida
bayon etilgan), ayniqsa jigarning patologik xolatlari va boshqalarga bog`liq. Jigar kasalliklarida
metabolizm jarayoni susayadi va natijada ishlatilayotgan dori preparatlarining ta'siri kuchayib,
zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Umuman olganda dorilar metabolzmining oqibatlari quyidagilar:
-dori vositalarining kimyoviy o`zgarishlari natijasida yanada faolroq birikmalar hosil
bo`lishi mumkin (imizin-zaharlilik xususiyati ortishi mumkin (fenatsetin-ta'sir xususiyati butunlay o`zgarishi mumkin (antidepressant iprazidning metaboliti
izoniazid silga qarshi faollikka ega),
-bir faol birikmadan boshqasi hosil bo`lishi mumkin (kodeindan qisman morfin hosil
bo`ladi).
Shuning uchun bemorlarni dori vositalari bilan davo ko`rsatishda keltirilgan dalillar
e'tiborga olinishi zarur. Dori vositalari metabolizmini har tomonlama mukammal o`rganish bilan
farmakokinetika fani shug`ullanadi.
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
152
8 Amaliy mashg„ulot:
Markaziy nerv sistemasiga ta‟sir etuvchi dorivor o„simlik
preparatlari.
Mashg
‟ulotning maqsadi: talabalarda M.N.S.ni rag„batlantiruvchi dorivor o„simliklar
(xitoy choyi, kamfora daraxti, kuchala va b.) va ularning fitopreparatlar farmakodinamikasi va
ishlatilishi. M.N.S ni tormzlovchi dorivor o„simliklar (valeriana, arslonquyruq, afsonak, ko„knor
va b.) va ularning preparatlari haqida ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.
Masalaning qo‟yilishi: M.N.S.ni rag„batlantiruvchi dorivor o„simliklar (xitoy choyi,
kamfora daraxti, kuchala va b.) va ularning fitopreparatlar farmakodinamikasi va ishlatilishi.
M.N.S ni tormzlovchi dorivor o„simliklar (valeriana, arslonquyruq, afsonak, ko„knor va b.) va
ularning preparatlari.
qoidalari haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.
Talaba bilishi lozim:
M.N.S.ni rag„batlantiruvchi dorivor o„simliklar (xitoy choyi, kamfora daraxti, kuchala va
b.) va ularning fitopreparatlar farmakodinamikasi va ishlatilishi. M.N.S ni tormzlovchi dorivor
o„simliklar (valeriana, arslonquyruq, afsonak, ko„knor va b.) va ularning preparatlari.
Talaba bajara olishi lozim:
M.N.S.ni rag„batlantiruvchi dorivor o„simliklar (xitoy choyi, kamfora daraxti, kuchala
va b.) va ularning fitopreparatlar farmakodinamikasi va ishlatilishi. M.N.S ni
tormzlovchi dorivor o„simliklar (valeriana, arslonquyruq, afsonak, ko„knor va b.) va
ularning preparatlari.
Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.
Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo„llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo„lganligi
sababli ularni o„rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o„rganish ularni qabul qilish
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi
Mashg‟ulotning mazmuni: M.N.S.ni rag„batlantiruvchi dorivor o„simliklar (xitoy choyi,
kamfora daraxti, kuchala va b.) va ularning fitopreparatlar farmakodinamikasi va ishlatilishi.
M.N.S ni tormzlovchi dorivor o„simliklar (valeriana, arslonquyruq, afsonak, ko„knor va b.) va
ularning preparatlari.
qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
Nazariy qism
Markaziy nerv sistemasiga ta‟siri turlicha va xilma xildir. U ayrim markazlar faoliyatini
susaytirsa, boshqalarini bir qadar qo„zg„atish xossasiga ega. Morfinning markaziy nerv
sistemasiga susaytiruvchi ta‟sirlari. Og„riqsizlantiruvchi ta‟siri: morfinning bu ta‟siri uning
asosiy farmakologik xossasi hisoblanadi va tibbiyotda ishlatilishi mana shu ta‟siriga bog„liq.
Morfinning og„riqsizlantirish ta‟siri ayniqsa surunkali va kuchli og„riqlarda yaqqol ko„rinadi.
Uning bunday ta‟sir mexanizmi hozirgacha uzil-kesil aniqlanmagan. Bu sohada atoqli
farmakologlar akademik V.V.Zakusov, akad. A.V.Valdman va boshqalarning ishlari
ko„pchilikka ma‟lum. Hozirgi tushuncha bo„yicha morfinning og„riqsizlantirish xossasi uning:
a) afferent yo„lning markaziy qismida og„riq impulslarining neyronlardan o„tishini
susaytirishga va sub‟yektiv-emotsional og„riq sezgisi va bunga javoban yuzaga keladigan
reaksiyani o„zgartirishiga bog„liq.
b) morfinning og„riq qoldiradigan ta‟sir mexanizmi ko„proq og„riq impulslarini bosh
miyaning talamus qismidagi afferent yo„llaridan o„tishini kamaytirishi bilan tushuntiriladi.
Bundan tashqari, markaziy nerv sistemasining har xil qismlaridagi opiat retseptorlar morfin
ta‟sirida bloklanadi. Buning natijasida neyronlararo og„riq impulsining o„tishi susayadi. Ayrim
olimlarning
fikricha,
morfinning
og„riq
qoldirish
ta‟sirida
uning
orqa
miya
neyronlarga (spinal neyron) to„g„ridan-to„g„ri susaytiruvchi ta‟siri katta rol o„ynaydi.
153
Xulosa qilib aytganda, morfinning og„riqni bartaraf qiladigan farmakologik xossasi bosh
miyaning talamusidagi afferent yo„ldan o„tadigan og„riq impulslarini to„xtatib qo„yishiga
bog„liq.
Morfin ta‟sirida og„riq sezgisining o„zgarishi yana uning tinchlantiruvchi ta‟siriga ham
bog„liq bo„lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, morfin ta‟sirida ruhiy holatning o„zgarishi
og„riq sezgisini ancha o„zgartiradi.
Tinchlantiruvchi ta‟siri. Morfining bunday ta‟siri odamni ruhiy va jismoniy jihatdan
tinchlantirishi bilan o„tadi. Morfinning retikulyar formatsiyaga, gipotalamus va limbik
sistemaga ta‟siri shunday holatni keltirib chiqarsa kerak. Morfinning tinchlantiruvchi ta‟siri
emotsional holat o„zgarishiga olib keladi.
Eyforiya. Bu holatda odam kayfiyati yaxshilanib, ruhiy osoyishtalik sezadi, emotsional
kechinmalari yo„qoladi. Ko„nglida xotirjamlik va yaxshi his-tuyg„ular paydo bo„ladi. Atrof
muhitda bo„layotgan hodisalarga u ijobiy baho beraveradi. Eyforiya (kayf) holati ayniqsa
morfinni qayta qabul qilinganda yaxshi yuzaga chiqadi.
Odamning morfinga qaram bo„lib qolishi-narkomaniya-bangilik holati preparatning mana
shunday eyforiya paydo qilishiga bog„liqdir.
Uxlatuvchi ta‟siri. Morfin terapevtik dozalarda odamni ko„proq asosan mudroqqa soladi,
lekin ayrim hollarda uxlatib ham qo„yadi. Uyqu juda yengil va yuzaki bo„lib, aniq tushlar
ko„rish bilan davom etadi. Uyquning bunday yuzaki bo„lishi morfin ta‟sirida markaziy nerv
sistemasi ayrim markazlarining qo„zg„algan holatda bo„lishi bilan izohlanadi.
Nafas
markaziga ta‟siri.
Terapevtik, ayniqsa yuqori dozalarda morfin nafas
markazining qo„zg„aluvchanligini susaytiradi. Bu ta‟sir yosh bolalar va qariyalarda ayniqsa
ko„proq seziladi. Bunda o„pka ventilyatsiyasi kamayadi, nafas susayadi va organizmning
kislorod bilan ta‟minlanishi bir oz kamayadi.
Yo„tal markaziga ta‟siri. Morfinning bu markazga susaytiruvchi ta‟siri natijasida yo„tal
refleksi ancha kamayadi. Shuning uchun ham morfinda yo„talga qarshi ta‟sir yaqqol ko„rinadi.
Qusish
markaziga
ta‟siri.
Morfin
ko„pchilik
kishilarda
qayt
qilish
markaziga susaytiradigan ta‟sir ko„rsatadi. Lekin ayrim xollarda va ayniqsa itlarda morfin bu
markazni qo„zg„atib, qayt qilishga sabab bo„ladi. Bu ta‟siri morfinning miya IV qorinchasi
tagida joylashgan "Trigger zonasi" dagi xemoretseptorlarni qo„zg„atishiga bog„liqdir.
Morfinning markaziy nerv sistemasiga qo„zg„atuvchi ta‟siri
Ko„zni harakatlantiruvchi nerv markazining morfin ta‟sirida qo„zg„alishi ko„z
qorachig„ining torayishi bilan birga davom etadi. Ko„z qorachig„ining yorug„likka bo„lgan
refleksi saqlanadi.
Adashgan nerv (vagus) markazi ham morfin ta‟sirida qo„zg„aladi. Shu sababli nerv
tonusi oshadi va yurak urishi sekinlashadi (bradikardiya), bronxlar qisman torayadi, so„lak
ajralishi kuchayadi. Ayrim hollarda yuz beradigan qayt qilish holati shunga ham bog„liq.
Demak, morfinning markaziy nerv sistemasiga ta‟siri ancha murakkab va xilma- xil. Shu
farmakologik ta‟sirlaridan tibbiyot uchun eng muhimi uning og„riqsizlantiruvchi ta‟siridir.
Chunki morfin xozirgacha og„riqni qoldirish bo„yicha ishlatilayotgan preparatlar orasida yuqori
o„rinda turadi.
Morfinning silliq mushaklarga ta‟siri. Morfin opiat retseptorlari bo„lgan ko„pchilik silliq
mushaklarga to„g„ridan-to„g„ri ta‟sir etib, tonusini oshiradi va qisqartiradi. Ayniqsa me‟da-ichak
yo„li silliq mushaklari, sfinkterlar spazmga uchraydi. Ichak peristaltikasi pasayadi, ovqatning
ichakdagi harakati (passaj) sekinlashadi va buning natijasida qabziyat vujudga keladi. Peshob
ajralishi qiyinlashishi qovuq sfinkterlarining spazmiga bog„liq bo„lishi mumkin.
Opiy
tarkibidagi
benzil-izoxinolin
unumlaridan hisoblangan
va
hozirgi vaqtda sintez yo„li bilan ham olinadigan papaverin o„zining farmakologik ta‟siri
bo„yicha morfindan tubdan farq qiladi. Chunki u markaziy nerv sistemasiga deyarli ta‟sir
etmaydi. Asosiy ta‟siri ko„pchilik silliq mushaklarga qaratilgan. Uning ta‟siri ostida deyarli
hamma a‟zolar va sistemalarning silliq mushaklari bo„shashadi. Shu sababli hamma qon
154
tomirlari kengayadi, me‟da-ichak harakati susayadi, sfinkterlar bo„shashadi, spazm holati
yo„qoladi.
Papaverinning bunday xususiyati uni silliq mushaklarga to„g„ridan-to„g„ri ta‟siridan
(hujayralarga Sa ioni tushishini kamaytiradi) kelib chiqadi. Shuning uchun ham uning preparati
papaverin gidroxloridi miolitik-spazmolitik hisoblanadi. Tibbiyot amaliyotida ko„proq qon
bosimini tushiradigan, ya‟ni gipotenziv preparat sifatida ishlatiladi. Papaverin gidroxloridi
ampulada(2%), tabletkada (0,04g.) va poroshok holida hamda boshqa dorilar bilan birga
(papazol) beriladi.
Morfin preparatining ishlatilishi. Og„riqni qoldiradigan dori sifatida morfin gidroxloridi
jarrohlik amaliyotida operatsiyadan oldin va keyin, qattiq og„riq bilan o„tayotgan har xil
shikastlanish va jarohatlarda, buyrak toshi va o„t-tosh kasalligi xurujida, miokard infarktida,
o„tkir pankreatit (me‟da osti bezining yallig„lanishi) va endoarteriit (qorason) kasalliklarida,
xavfli o„smalar (o„sma kasalligi) va hokazolarda tavsiya etiladi. Ampulada (1%) 1 ml dan
in‟yeksiya uchun chiqariladi.
Qo„llashga moneliklar. Morfin 2 yoshgacha bo„lgan bolalarga va 60 yoshdan oshgan
bemorlarga tavsiya etilmaydi. Morfin preparatlarini yana homiladorlikda, bronxial astma, insult,
bosh suyak jarohatlarida, nafas yetishmovchiligida, umumiy behollikda berish mumkin emas.
Morfin hamda ko„knordan ikki xil: o„tkir va surunkali zaharlanish mumkin.
O„tkir zaharlanish morfin katta dozalarda yuborilganda yuz beradi. Bunda zaharlangan
odamda morfinning farmakologik ta‟siriga xos bo„lgan o„zgarishlar kuzatiladi. Komatoz holat
yuz beradi, es-hush aynib, odam nafasi susayadi, o„zi qattiq uyquga ketib, yuz va tana terisi
oqargan bo„ladi, tana harorati pasayishi natijasida oyog„i va qo„li muzdek bo„lib turadi. Ko„z
qorachig„i torayadi, bradikardiya va so„lak ajralishi ko„chayadi. Zaharlanishning asosiy belgilari
nafasning o„ziga xos o„zgarishidir. Bunday nafas o„zgarishi Cheyn-Stoks nafasi deb ham
yuritiladi. Ayni vaqtda nafas harakatlari noto„g„ri va notekis bo„ladi. U birdan butunlay
to„xtab qoladida, keyinchalik sekin-asta kuchayib boradi va yana susayib, yana vaqtincha
to„xtaydi va hokazo. O„tkir zaharlanishda birinchi tibbiy yordamni morfin antagonisti bo„lmish
nalorfin gidroxloridi preparatini yuborishdan boshlash zarur. Keyin kaliy permaganatning
1:4000 nisbatdagi eritmasi bilan me‟da zond orqali qayta-qayta yuviladi. Kasalning oyoq
qo„llariga grelka qo„yiladi, uni issiq xonaga o„tqaziladi. Nafas susayadigan bo„lsa, nafas
analeptiklari (analeptik aralashma va boshqalar) in‟yeksiya qilinadi.
Surunkali zaxarlanish (morfinizm, giyohvandlik). Morfin qayta-qayta yuborilganda
organizm qaramlik holatiga tushib, morfinizm hodisasi boshlanadi, ya‟ni odam morfinsiz tura
olmaydigan bo„lib qoladi. Bu holatning asosiy belgilaridan biri abstinensiya-xumorlikdir. Bu
holat har xil o„zgarishlar bilan ta‟riflnadi. Masalan, mushaklar tirishishi, qayt qilish, qorin
og„rishi va boshqalar. Bundan tashqari, ruhiy o„zgarishlar ham bo„ladi-tajovuzkorlik,
xayajonlanish va notinchlik holati kuzatiladi. Keyinchalik bangilik xolati kelib chiqadi.
Degradatsiya boshlanadi (shaxsning aynishi)-odamga xos bo„lgan qobiliyatlar (aql, idrok, iroda,
eslash, sezgirlik) zaiflashib ketadi. Bunda odam atrofda bo„ladigan hodisalarga befarq bo„ladi,
intilishlari yo„qoladi. Ovqatga ham bo„lgan talab kamayadi. Xullas morfinizmga duchor bo„lgan
shaxs
asta-sekin
odam
qiyofasini
yo„qotadi,
ruhiy
o„zgarishlarga
uchraydi
(ruhiy qaramlik). Ko„pchilik narkomanlar har xil boshqa kasalliklardan (o„pka shamollashi va
boshqa yuqumli kasalliklar) o„lib ketadi. Chunki bularda organizmning kasallikka bo„lgan
qarshiligi susaygan bo„ladi, odam kasallikka tez chalinuvchan bo„lib qoladi.
Morfinistlarga davo qilish ancha murakkab bo„lib, uzoq muddatni talab etadi. Ularni
maxsus psixiatriya kasalxonasi izolatorlarida saqlab davo qilinadi. Bunda psixoterapiya,
gipnozoterapiya, mehnat terapiyasi, refleks terapiyasidan va boshqalardan foydalaniladi.
Omnopon (Omnoponum) - bu yig„ma preparat. Tarkibida fenantren va izoxinolin
unumlari bor. Shuning uchun ham preparatning og„riq qoldiruvchi ta‟siri morfinga nisbatan
kuchsizroq, lekin silliq mushaklarning spazm xolatini bo„shashtiradi. Shu sababli preparat
ko„pincha buyrak, jigar va sanchiq (og„riq) larda tavsiya etiladi. 2% eritma holida 1ml dan
ampulada chiqariladi.
155
Opiyning galen preparatlari (tindirmasi, ekstrakti va b.) davlat reyestridan chiqarilgan va
shuning uchun ishlatilmaydi.
Kodein (Codeinum) -O„z farmakologik ta‟siri va ishlatiladigan o„rni bo„yicha morfindan
farq qiladi. Kodeinning og„riq qoldiruvchi, eyforiya paydo qiluvchi, uxlatuvchi, nafasni
susaytiruvchi ta‟siri juda kam. Lekin uning yo„tal markaziga susaytiruvchi ta‟siri ancha
sezilarli. Shu sababli kodein tibbiyot amaliyotida yo„talga qarshi dori sifatida
keng ishlatiladi. Bu sohada kodein kuchli dori hisoblanadi. Yo„talga qarshi ta‟siri bo„lgan
narkotik guruhidan kodein fosfati va dionin mavjud. Bularning ta‟siri kuchsizroq. Kodein
tabletkalar (0,015 g) xolida chiqariladi. Qo„shma preparatlar ham mavjud (kodterpin va
b.). Yo„talga qarshi kodein o„rnini bosadigan bir nechta nonarkotik preparatlar olingan.
Bulardan glautsin, libeksin, tusupreks va boshqalar ma‟lum.
Yuqorida keltirilgan yo„tal qoldiradigan preparatlar asosan o„pka va nafas yo„llari
yallig„langanda (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, bronxit, o„pka abssessi) ishlatiladi. Bundan
tashqari, ular yo„tal bilan o„tadigan kasalliklarda (plevrit, sil kasalligi, bronxoadenitlarda)
qo„llaniladi. Bu preparatlar bronxoektaz kasalligi, miokard infarkti va boshqalarda tavsiya
etilmaydi.
2. Ilon rauvolfiya. Rauvolfiya zmeinaya (Rauwolfia serpentina Benth.)
Bo„yi 50-100 sm yetadigan doim yashil bo„ta. Hindiston, Tailand, Hindi-Xitoy
kabi Sharq mamlakatlarda o„sadi. O„simlik ildizida 0,5-1,3%, ildizpoyasida 1-3% alkaloidlar
saqlaydi. Alkaloidlar 25tadan ortiq bo„lib, asosiylari rezerpin va aymalin hisoblanadi. Rezerpin
mahsulotda 0,04-0,09% (alkaloidlar yig„indisida 3,08-7%) atrofida bo„ladi.
O„simlik tarkibidagi alkaloidlarning farmakologik ta‟siri ko„proq MNS ga qaratilgan
bo„lib, qon bosimini tushiradi, tinchlantiradi. Ulardan rezerpin alkaloidi farmakologik xossalari
bo„yicha neyroleptiklar guruhiga kiradi. Ruhiy va emotsional qo„zg„alishlarni, bexalovatlikni,
hayajonlanishni, xotirjamlikning buzilishi, g„amginlik, telbalikni kamaytirib, tinchlantirish
xossasiga
ega.
Uyquni
chuqurlashtiradigan,
uxlatuvchi,
narkoz
moddalarning,
og„riqsizlantiruvchi shifobaxsh ta‟sirini kuchaytiradi, tana haroratini bir muncha tushiradi.
Bundan tashqari, qon tomir harakat markazidan impulslar chiqishini va simpatik nervlardan
ularning qon tomir silliq mushaklariga o„tishini (simpatolitik ta‟sir) kamaytirish hisobiga qon
tomirlarini kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi. Bu gipotenziv ta‟sir, asta-sekin ruyobga
chiqadi va uzoq davom etadi.
Raunatin (Raunatinum) preparati o„z tarkibida rezerpindan tashqari aymalin va
boshqa alkaloidlarni saqlaydi. Qon bosimini tushirish xususiyati bo„yicha rezerpindan
kuchsizroq, lekin unda aritmiyaga qarshi ta‟sir ham mavjud. MNS ga tinchlantiruvchi ta‟siri
ham sezilarli.
Rauvolfiya
ildizidan
olingan
bu
alkaloidlar
va
ularning preparatlari asosan gipertoniya kasalligining
boshlang„ich davrlarida (1-va 2
bosqichda) tavsiya etiladi. Bundan tashqari, rauvolfiya yurak ritmining buzilishi (aritmiya) bilan
kechayotgan gipertoniyada yaxshi qo„l keladi. Ular tabletkalar holida (rezerpin 0,00025 g);
raunatin-0,002 g) chiqariladi va ovqatdan keyin buyuriladi.
3. Dorivor valeriana (kadio„t). Valeriana lekarstvennaya (Valeriana officinalis L.)
Bo„yi 1-1,5 m keladigan ko„p yillik o„t o„simlik. yuvropada, Kavkazda, Sibirda va Uzoq
Sharqda o„sadi. Markaziy Osiyo davlatlarida o„stiriladi.
O„simlikning ildizi va ildizpoyasi 3-5% gacha efir moyi hamda izovalerian kislota va
boshqa bir qator moddalar saqlaydi. Valeriananing ta‟siri tarkibidagi organik moddalar
aralashmasiga bog„liq. Uning ta‟siri xilma-xil. Chunonchi, MNS ga sedativ va trankvilizator
(tinchlantiruvchi) ta‟sir etadi. Bundan tashqari, yurak faoliyatini jonlantiradi, silliq mushaklar
spazmini yo„qotadi (spazmolitik ta‟sir), jigar o„tini haydaydi, me‟da sekretsiyasini kuchaytiradi.
Tinchlantiruvchi ta‟siri MNS qo„zg„aluvchanligining pasayishi, tormozlanish jarayoni oshishi
bilan tushuntiriladi. Retikulyar formatsiyaga tormozlovchi ta‟siri ham bor. Valeriana uxlatuvchi
dorilar ta‟sirini kuchaytiradi, uyqu kelishiga imkon tug„diradi. Analeptiklar keltirib chiqaradigan
qaltirashni kamaytiradi. Toj qon tomirlarni kengaytiradi va gipotenziv ta‟siri ham
156
sezilarlidir. O„simlik ildizidan tayyorlangan fitopreparatlar, galen preparatlari asabning
buzilishi, hayajonlanish, telbalik, halovatning buzilishi bilan kechadigan (nevroz, nevroasteniya,
vegetonevroz va b.) holatlar, uyqusizlikda, migrensimon bosh og„rig„ida tavsiya etiladi. Ayniqsa
yurak-tomir nevrozlarida, stenokardiya va gipertoniya xastaliklari boshlanayotganda naf beradi.
Asosiy preparatlari:
Valeriana damlamasi (Infusum
Valerianae) 1:10 nisbatda
tayyorlanadi. 2-3
qoshiqdan kuniga ovqatdan keyin 3-4 marta ichiladi.
Valeriana nastoykasi (Tinctura Valerianaye) 1:5 nisbatda tayyorlanadi. 20-30 tomchidan
kuniga 3-4 marta ichiladi. Flakonda 30 ml dan chiqariladi.
Valeriananing quyuq ekstrakti (Extr.Valerianaye spissum). Tabletka holida chiqariladi
(0,02 g) 1-2 tabletkadan ichiladi.
Bulardan tashqari, tarkibida valeriana saqlagan qo„yidagi kompleks preparatlar mavjud.
Validol (Validolum) Izovalerian kislotaning mentol efirida erigan mentol (25%), tabletka
shaklida (0,06g), flakonda (5 ml), kapsulada (0,05g) chiqariladi. Tabletka va kapsulalari til ostiga
quyiladi, spirtli eritmasi 4-5 tomchidan qandga tomizilib til ustiga qo„yiladi. Stenokardiyada,
nevrozda, qusishda beriladi.
Valokormid
(Valocormidum).
Tarkibida
valeriana
nastoykasi
(10
ml), marvaridgul nastoykasi (10ml), belladonna naytoykasi (5 ml), natriy bromid (4g), mentol
(0,25g), distillangan suv (30 ml gacha) bor. Preparat tinchlantiruvchi va spazmolitik xossalarga
ega. Yurak-tomir nevrozlarida bo„ladigan bradikardiyada beriladi.
Korvalol
(Sorvalolum). Tarkibida bromizovalerian kislotaning
etil
efiri
(2%),
fenobarbital (1,8%), natriy ishqori (3%), qalampiryalpiz efir moyi (0,14%), etil spirti (96%) va
distillangan suv (100% gacha) bor. 15-30 tomchidan 2-3 marta nevrozda, stenokardiyada,
uyqusizlikda, gipertoniyaning boshlag„ich davrida, me‟da-ichak sanchig„ida, taxikardiyada
beriladi.
Tinchlantiruvchi yig„ma (Speccis sedativae). Tarkibiga valeriana ildizpoyasi bilan ildizi,
qalampiryalpiz bargi, uchbargli leniantes (2 qismdan), qulmoq g„uddasi (1 qism). 2 osh
qoshiqdan olib qaynab turgan 1 stakan suvga solinadi, 30 daqiqadan keyin suziladi. Yarim
stakandan 2 marta (ertalab va kechqurun) ichiladi.
Kamfora
-
valeriana
tomchisi (Guttae Tinctura Valerianae cum
Camphorae).
Tarkibida kamfora (10g), valeriana nastoykasi (100 ml gacha) bor. Yurak-tomir nevrozlarida
25-20 tomchidan kuniga 3 marta ichiladi. Flakonda 10ml dan chiqariladi.
4. Arslonquyruq. Pustirnik pyatilopastnoy (Leonurus L.)
O„simlikning besh bo„lakli arslonquyruq (Leonurus quinquelobatis Gilib), oddiy
arslonquyruq (Leonurus sordiaca L), Turkiston arslonquyrug„i (L.turkestanicus V. Krecz. et
Kupr.) turlari ishlatiladi. Bular ko„p yillik, bo„yi 50-150 sm keladigan o„t o„simlik bo„lib,
Kavkazda, Ђarbiy Sibirda, Markaziy Osiyoda o„sadi. O„simlikning ishlatiladigan yer ustki qismi
glikozidlar, alkaloidlar, efir moyi, flavonoidlar (kversetin, rutin, kvinkvilozid va b) A
provitamini, S vitamini, oshlovchi va bo„yoq moddalar saqlaydi.
O„simlik o„tidan tayyorlangan fitopreparatlar (naytoyka, damlama, cuyuq ekstraktlar)
valeriana o„simligi singari tinchlantiruvchi ta‟sirga ega. Ular laboratoriya hayvonlari
harakatini kamaytiradi, uxlatuvchi moddalar ta‟sirini uzaytiradi, analeptiklar ta‟sirini
zaiflashtiradi,
qon
bosimini
tushiradi, kardiotonik
ta‟sir
qiladi. Arslonquyruq
fitopreparatlari ayrim ta‟sirlari bo„yicha valerianadan
kuchliroqdir.
Shunday
ta‟sirga
o„simlikning xamma 3 xil turi ega. Bu preparatlar asab kasalliklarida, nevroz, vegeto - nevroz,
nevraasteniya, psixoasteniya, bundan tashqari, uyqusizlikda, gipertoniya, stenokardiyada tavsiya
etiladi.
Arslonquyruq damlamasi (Ipfusum Leonuri) 15,0-200 ml nisbatda tayyorlanadi. 2-3
qoshiqdan kuniga 2 marta ovqatdan 1 soat oldin ichiladi.
Arslonquyrq nastoykasi (Tinctura Leonuri) 1:5 nisbatda 70% spirtda tayyorlanadi. 30-50
tomchidan kuniga 3-4 marta ichiladi. Arslonquyruq suyuq ekstrakti (Extractum Leonuri fluidum)
1:2 nisbatda tayyorlaniladi. 15-20 tomchidan kuniga 3-4 marta ichiladi.
|