Fitoterapiya



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

  
 

191 
 
  
O„tkir bargli sano (Sassia acutifoli Del.) 
  
Tibbiyotda  sanoning  bargi  va  mevasidan  tayyorlangan  preparatlar  (antrasennin, 
senadeksin,  senade)  surgi  dori  sifatida  qo„llaniladi.  Bargi  surgi  sifatida  hamda  bavosil 
kasalligida  ishlatiladigan  yig„ma-choylar,  maydalangan  bargi  va  mevasi  ichni  suradigan  kafiol 
preparati tarkibiga kiradi. 
11. Sarimsoq. Chesnok  posevnoy (Allium sativum L). 
Carimsoq  (sassiq  piyoz)  ko„p  yillik,  piyozboshisi  ko„p  bo„lakli,  bo„yi  20-70  sm  ga 
yetadigan o„t o„simlik bo„lib, O„zbekistonning hamma tumanlarida o„stiriladi. 
Tibbiyotda  o„simlikning  piyozboshisi  ishlatiladi.  Mahsulot  yetilganda  kavlab  olinadi  va 
quritilmasdan ishlatiladi. 
Sarimsoq piyozboshisi tarkibida efir moyi, S vitamini, fitonsidlar, oz miqdorda yod, alliin 
(kuchli bakteritsid xossaga  ega)  va boshqa moddalar bor. 
Ibn  Sino  sarimsoq  bilan  tish  og„rig„i,  yo„tal,  ko„krak  og„rig„i,  me‟da  va  boshqa 
kasalliklarni davolagan. 
Xalq  tabobatida  sarimsoq  yiringli  yaralarni  davolashda,  nafas  yo„llari  shamollaganda, 
singa, bezgak, turli  me‟da-ichak (ich ketishi,  dizenteriya,  yel  yig„ilishi) va  boshqa kasalliklarda 
ishlatiladi. 
Tibbiyotda sarimsoq piyozboshisidan tayyorlangan preparatlar (nastoyka, quyuq ekstrakt) 
ateroskleroz,  gipertoniya,  kolit,  o„pka  sili  kasalliklarida  hamda  ginekologiya  amaliyotida 
trixomonadali kolpitda qo„llaniladi va ostritsalarni (gijjalar) yo„qotish uchun klizma qilinadi. 
Sarimsoq  preparatlari  va  maydalangan  piyozboshi  yiringli  yaralarni  davolashda 
ishlatiladi.  Sarimsoq  piyozboshisi  bakteritsid,  fungitsid,  siydik  va  gijjalarni  haydash,  og„riqni 
qoldirish, ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilinishini  yaxshilovchi, yiringli  yaralarni va ayrim teri 
kasalliklarini davolash xossaga ega. 
Sarimsoqning  quruq  ekstraktini  saqlagan  alloxol  preparati  gepatit,  xoletsistit  va 
qabziyatda beriladi. 
12. Olxasimon frangula. Krushina olxovidnaya (Frangula alnus Mill.). 
Olxasimon frangula bo„yi 1-3 (ba‟zan 7) m ga yetadigan bo„ta yoki daraxtcha. U o„rmon 
va  o„rmon-cho„l  hududlarida,  o„rmon  yoqalari,  ariq  va  ko„l  bo„ylarida,  botqoqlik  chetlarida, 
sug„oriladigan o„tloqlarda, bo„tazorlarda, qarag„ayli aralash va keng yaproqli o„rmonlarda hamda 
tog„li yerlarda o„sadi. 
Tibbiyotda frangulaning po„stlog„idan foydalaniladi. 
Frangula  po„stlog„i  tarkibida  8%  gacha  antraglikozidlar  frangularozid,  sof  holdagi 
frangula - emadin, oz miqdorda alkaloidlar, oshlovchi moddalar, xrizafanol va boshqalar bor. 
Po„stloq  dori  preparatlari  (qaynatma,  suyuq  ekstrakti  va  quruq  ekstrakti  kukuni,  sharbat 
va ramnil tabletka holida) qabziyat hollarida surgi dori sifatida tibbiyotda qo„llaniladi. 
Maydalangan  po„stloq  ich  yumshatuvchi  va  bavosil  kasalligida  ishlatiladigan  choy-
yig„malar  tarkibiga  kiradi.  Preparat  ramnil  frangula  po„stlog„ining  quruq  ekstraktini  saqlaydi, 
tabletkada (0,05 g) chiqariladi. 
13. Jumrutsimon chakanda. Oblepixa krushinovidnaya (Hippophayo rhamnoides L.). 
Chakanda  bo„yi  4-6  m  ga  yetadigan  ikki  uyali  bo„ta  yoki  daraxtcha,  u  daryo,  ko„l  va 
dengizlarning  shag„alli hamda qumli  qirg„oqlarida,  tekislik  va tog„lardagi  to„qayzorlarda,  ba‟zi 
joylarda  qalin  chakalakzorlar  hosil  qilib  o„sadi.  Markaziy  Osiyo  respublikalarida  ham  keng 
tarqalgan o„simlik. 
Chakanda  moyi,  shirasi  va  mevasi  tarkibida  S,  V1,  V2,  YE  va  F  vitaminlari,  ko„p 
miqdorda karotin, folat va organik kislotalar, flavonoidlar, qandlar, 9% gacha yog„, oshlovchi va 
boshqa moddalar bor. 
Chakanda  mevasi  va  shirasi  singa  hamda  me‟da  kasalliklarini  davolashda,  shuningdek 
og„riq qoldiruvchi vosita sifatida tabobatda qo„llaniladi. 

192 
 
Mevasidan  olingan  moy  me‟da  va  bachadon  shilliq  pardalarini,  terini  hamda  me‟da  va 
o„n  ikki  barmoq  ichakning  yara  kasalligini,  shuningdek  kuyganni,  vitamin  A  yetishmasligidan 
kelib chiqqan avitaminoz kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. 
14. Achchiq shuvoq.  Polin  gorkaya  (Artemisia  absinthium L.). 
Achchiq  shuvoq  (ermon)  bo„yi  50-100  sm  ga  yetadigan  ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  Bu 
o„simlik  keng  tarqalagan  bo„lib,  Ukraina,  Belarus,  Moldova,  Rossiya,  Kavkaz,  Qozog„iston  va 
O„rta Osiyoning o„tloqlarida, o„rmon chetlarida, suv bo„ylarida, aholi yashaydigan joylarda, yo„l 
yoqalarida, bog„larda, ekinzorlarda, tog„ etaklarida va boshqa yerlarda o„sadi. 
Tibbiyotda yer ustki qismidan shifobaxsh vosita sifatida  foydalaniladi. 
Achchiq  shuvoq  yer  ustki  qismi  tarkibida  efir  moyi,  achchiq  glikozidlar  va  boshqa 
moddalar bor. 
Achchiq  shuvoq  qadimdan  xalq  tabobatida  turli  kasalliklarni  davolashda  qo„llanib 
kelinayotgan o„simliklardan. O„simlikning yer ustki qismidan  tayyorlangan  qaynatma  bilan Ibn 
Sino sariq kasalligini, ko„z yallig„lanishini, istisqo va boshqa kasalliklarni davolagan. 
Xalq  tabobatida  achchiq  shuvoq  damlamasi  jigar,  o„t  pufagi  va  ichak  yarasini  davolash 
hamda  bezgak,  bavosil,  ich  ketish,  ovqat  hazm  bo„lishining  buzilishi,  yaralar  va  boshqa 
kasalliklarga  davo  qilinadi.  Shu  kasalliklarda  damlamadan  o„t,  gijja  va  yel  haydovchi,  ishtaha 
ochuvchi hamda terlatuvchi va yengil uxlatuvchi dori sifatida foydalaniladi. 
Tibbiyotda  achchiq  shuvoq  dorivor  preparatlari  (damlama,  nastoyka,  ekstrakt)  jigar  va 
o„t  pufagi  kasalliklarida  o„t  haydovchi,  ishtaha  ochuvchi,  ovqat  hazm  qilishga  yordam 
beruvchi 
dori 
sifatida 
hamda 
xlorid 
kislota 
kamayishi 
bilan 
o„tadigan 
gastrit  kasalligini  davolash  uchun ishlatiladi. 
Achchiq  shuvoq  yer  ustki  qismi  o„t  haydovchi  va  ishtaha  ochuvchi  yig„malar  -  choylar 
tarkibiga kiradi. 
15. Oddiy qorazira. Tmin  obiknovenniy    (Carum  Carvi L.). 
Qorazira  bo„yi 30-80  sm  ga  yetadigan  ikki yillik  o„t  o„simlik.  O„rmon  va  o„rmon-cho„l 
hududlaridagi o„rmonlarda, o„tloqlarda, tog„li tumanlarning tog„ o„rmonlarida, undan yuqoridagi 
yalangliklarda va  soylarda o„sadi. Yovvoyi holda Markaziy Osiyoning tog„li yerlarida uchraydi. 
Maxsus xo„jaliklarda o„stiriladi. 
Tibbiyotda  oddiy  qoraziraning  mevasidan va  mevadan olingan  efir  moyi,  meva  suvidan 
foydalaniladi.  Meva  yetilganda  o„simlik  o„rib  olinadi,  xirmonda  quritilib,  yanchib,  mevalar 
tozalab olinadi. 
Oddiy  qorazira  mevasi  tarkibida  3-7%  efir  moyi,  22%  gacha  yog„,  oqsil,  flavonoidlar 
va boshqa moddalar bor. Efir moyining asosiy qismi karvon va limonendir. 
Qorazira qadimdan xalq tabobatida ishlatib kelinadi. Ibn  Sino uni mevasidan yel va gijja 
haydovchi hamda terlatuvchi vosita sifatida foydalangan. 
Xalq  tabobatida  qorazira  mevasidan  tayyorlangan  damlama  yoki  qaynatma  me‟da-ichak 
kasalliklarini davolashda,  o„t va yel haydovchi,  surgi dori sifatida ishlatiladi. 
Qorazira mevasining suvi, efir moyi va meva damlamasi me‟da  - ichak sekretsiyasini va 
xarakatini  oshiradi,  ishtaxani  yaxshilaydi.  Shuning  uchun  bu  preparatlar  tibbiyotda  ovqat  hazm 
bo„lishini  yaxshilash,  me‟da  va  ichakdagi  og„riqni  qoldirish,  ichak  atoniyasini  davolash  uchun 
qo„llaniladi.  Meva  suvi  yana  ichak  sanchig„i,  tish  og„rig„i  va  miozitda  og„riq  qoldirish  uchun 
ishlatiladi. 
Qorazira mevasi yel va siydik haydovchi hamda me‟da kasalliklarda qo„llaniladigan choy 
- yig„malar tarkibiga kiradi. 
  
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 

193 
 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
13 Amaliy mashg„ulot: 
Peshob haydovchi dorivor o„simliklar 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Buyrak  kasalliklari  (nefrit,nefroz,piyelit  va  b.) 
to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Ularning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar 
(aloe,pol-pola,  kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron  va  b.)  xarakteristikasi  kiritilishi  qoidalari  haqida 
ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning qo‟yilishi: Buyrak kasalliklari (nefrit,nefroz,piyelit va b.) to„g„risida umumiy 
tushuncha.  Ularning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar  (aloe,pol-pola, 
kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron va b.) xarakteristikasi qoidalari haqida talabalarga beriladigan bilim 
va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  

 
Buyrak kasalliklari (nefrit,nefroz,piyelit va b.) to„g„risida umumiy tushuncha. 

 
 Ularning 
fitoterapiyasida 
ishlatiladigin 
dorivor 
o„simliklar 
(aloe,pol-pola, 
kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron va b.) xarakteristikasi.  
Talaba bajara olishi lozim:  

 
Buyrak  kasalliklari  (nefrit,nefroz,piyelit  va  b.)  to„g„risida  umumiy  tushuncha.  Ularning 
fitoterapiyasida 
ishlatiladigin 
dorivor 
o„simliklar 
(aloe,pol-pola, 
kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron va b.) xarakteristikasi.  
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Buyrak  kasalliklari  (nefrit,nefroz,piyelit  va  b.)  to„g„risida 
umumiy  tushuncha.  Ularning  fitoterapiyasida  ishlatiladigin  dorivor  o„simliklar  (aloe,pol-pola, 
kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron  va  b.)  xarakteristikasi  qoidalari  haqida  bayon  etish,  ularning 
tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
Ma‟lumki,  buyrak  odam  va  xayvon  organizmida  modda  almashinuvi,  kimyoviy, 
biokimyoviy  va  boshqa  jarayonlar  natijasida  hosil  bo„ladigan  keraksiz  qoldiq,  ayrimlari 
organizm uchun zararli  bo„lgan  moddalarni tashqariga chiqaruvchi asosiy a‟zo hisoblanadi. 
Shuning  bilan  birga  bo„yrak  ichki  muxitning  doimiyligini  ta‟minlashda,  suv-tuz, 
elektrolitlar  va  b.  bir  me‟yorda  bo„lishida  qatnashadi.  Bo„yrak  faoliyati  ko„p  jihatdan 
organizmning  holatiga,  qabul  qilingan  suv  miqdoriga,  yurak-tomirlar  tizimi  va  boshqa 
a‟zolarning  fiziologik  va  patologik  holatlariga  bog„liqdir.  Ayniqsa  buyrak,  yurak  va  jigar 
kasalliklarida  siydik  ajralishi  qiyinlashib,  organizmda  suyuqlik  va  uning  tarkibida  turli  salbiy 
ta‟sir  qiladigan  moddalar  yig„ila  boshlaydi.  Natijada  shishlar  va  boshqa  o„zgarishlar  paydo 
bo„ladi. 
Buyrakka  tegishli  kasalliklardan  biri  gloumerulonefritdir.  Bu  xastalik  birlamchi  siydik 
filtratsiya  yo„li  bilan  mayda  qon  tomirlarida  hosil  qilinadigan  Malpigi  koptokchalarining 
autoallergik  yallig„lanishidir.  Nefroz  kasalligi  esa  buyrak  parenximasidagi  zarur  to„qima 
hujayralarining yemirilishi natijasida yuz beradi. Bulardan tashqari, siydik yo„llarida tosh paydo 
bo„lishi  ham  buyrak  faoliyatini  izdan  chiqarishi  mumkin.  Bu  kasalliklarda  buyrakning  siydik 
ajratish  faoliyati  buzilib,  organizmda  suv  yig„ila  boshlaydi  va  shishlar  paydo  bo„ladi.  Bunday 
o„zgarishlar  bo„lishi yurak faoliyatining  surunkali  yetishmovchiligida ham yuz  berishi mumkin. 

194 
 
Buning  sabablaridan  biri  yurak  ichki  pardasining  (endokard)  revmatik  yallig„lanishi 
(revmoendokardit)  yurak  porogi  (illati)  xastaligini  keltirib  chiqaradi.  Natijada  yurak  faoliyati 
sekin-asta  susayib  boradi,  organizmda  qon  aylanishi  sekinlashadi.  A‟zo  va  to„qimalarning  qon 
bilan  ta‟minlanishi  kamayadi.  Shu  jumladan  buyrakda  ham  qon  aylanishi  kamayadi  va  siydik 
ajralishi  ham  sekinlashadi.  Qon  tarkibidagi  suv  to„qimalarga  o„tib  shishlar  keltirib  chiqaradi. 
Bularni yurak shishlari deyiladi. Bunda ayniqsa jigar ko„proq talafot ko„rib, u kattalashib shishib 
ketadi. 
Organizmda  suv  yig„ilishi  ham  jigar  xastaliklarida  ro„y  berishi  mumkin.  Chunonchi 
jigarning  har  xil  sabablardan  yallig„lanishining  (gepatit)  asorati  hisoblangan  jigar  sirrozi  yoki 
jigar xavfli o„smalari (rak) da jigarga kelayotgan darvoza venasining qisilib qolishi natijasida shu 
venaga taalluqli qon tomirlarda qon dimlanib  qoladi va natijada qon tarkibidagi suv asosan qorin 
venalaridan  qorin  bo„shlig„iga  yig„iladi  (assit),  qorin  kattalashib  ketadi  va  boshqa  o„zgarishlar 
yuz beradi. 
Demak, peshob ajralishining  kamayishi yuqorida  bayon  etilgan asosan  buyrak, yurak va 
jigar  kasalliklarida  kuzatiladi.  Shunday  hollarda  buyrak  faoliyatini  tiklash  maqsadida  siydik 
haydaydigan dori preparatlari tavsiya etiladi. 
Bu  diuretiklar  qatoriga  kimyoviy  tuzilishi,  olinishi,  ta‟sir  kuchi,  ta‟sir  mexanizmi  va 
nihoyat  ishlatilishi  turlicha  bo„lgan  dori  vositalar  kiradi.  Misol  uchun  simob  saqlaydigan 
preparatlar,  soluretiklar  (tiazidlar  va  b.),  karboangidraza  ingibitorlari,  aldosteron  antagonistlari, 
osmotik  diuretiklar,  kislotali  diuretiklar  va  boshqalarni  keltirish  mumkin.  Bular  o„z  ta‟siri 
bo„yicha  ancha  kuchli  sintetik  preparatlar  hisoblanadi.  Shulardan  keyin  diuretik  ta‟sirli  dorivor 
o„simliklardan tayyorlangan preparatlar turadi. Bularning orasida Ibn Sino tomonidan qo„llangan 
o„simliklar ham alohida o„rin egallaydi. 
Diuretik  ta‟sirli  dorivor  o„simlik  preparatlarining  sintetik  yo„l  bilan  olingan  dorilardan 
bir 
muncha 
ustunligi 
bor. 
Sintetik 
diuretik 
dorilarning 
ko„pchiligi 
buyrak 
kasalligi  bilan  bog„liq  shishlarda  ehtiyotlik  bilan  tavsiya  etiladi.  Chunki  ular  bu  a‟zo 
to„qimasiga  salbiy  ta‟sir  etishi,  noxush  holatlarni  keltirib  chiqarilishi  mumkin  (masalan,  simob 
preparatlari, ayrim saluretiklar va b.). Shuning uchun ularni uzoq vaqt bemorlarga berish tavsiya 
etilmaydi.  Dorivor  o„simlik  preparatlarining  diuretik  ta‟siri  kuchsizroq  bo„lsa  ham  ularni 
bo„yrak  shishlarida  ham  uzoq  muddat  berish  mumkin.  Chunki  ular  ancha  yumshoq  va  shikast 
yetkazmaydigan  ta‟sir  ko„rsatadi.  Shuning  uchun  ham  bu  preparatlar  asosan  buyrak,  yurak  va 
jigarning surunkali xastaligi bilan bog„liq  shishlarda  tavsiya etiladi. 
Quyida  shunday  ta‟sirga  ega  bo„lgan  Ibn  Sino  tomonidan  taklif  etilgan  dorivor 
o„simliklar va ulardan tayyorlanadigan preparatlar to„g„risida ma‟lumot beramiz. 
1.  Bodring. Ogurets posevnoy ( Cucumis sativus L. ). 
Bodringning  tarkibida  ko„p  miqdorda  suv  (90-95%),   oqsillar  (0,8%),  qandlar  (2-
2,5%),  yog„  (0,1%)  gemitsellyuloza  (0,1%),  dag„al  to„qimalar  (0,7%),  pektin  (0,4%),  kraxmal 
(0,1%), organik kislotalar bor. Bulardan tashqari V1, V2,  V6,  V15, Vs, S, RR vitaminlarini, K, 
Sa, Mg, Al,F, Zn,Fe, J mikroelementlarini saqlaydi. 
Ibn  Sinoning  yozishicha  bodring  (mevasi  va  urug„i)  chanqoqni  qoldiradi,  yaxshigina 
siydik  haydaydi,  isitmani  kamaytiradi,  oshqozon  ishini  yaxshilaydi,  jigar  kasalliklariga  naf 
qiladi. 
Muhammad  Husain  Sheroziy  ma‟lumoti  bo„yicha  bodring  ichni  yumshatadi,  siydik 
haydaydi, siydik toshlari va qumlarni chiqarib yuboradi, oshqozon ishini yaxshilaydi. 
Xalq  tabobatida  bodring  siydik  haydaydigan,  ich  suradigan,  jigar  o„tini  haydaydigan, 
ishtahani yaxshilaydigan, ovqat hazm bo„lishini oshiradigan vosita sifatida ishlatiladi. 
Hozirgi  davrda  bodring  parhez  taom  sifatida  keng  ishlatiladi.  Chunki  tadqiqotlarning 
ko„rsatishicha,  u  oshqozon  shirasining  ajralishini  va  harakatini  oshiradi,  jigardan  o„t  ajralib 
chiqishini  ko„paytiradi,  ichak  harakati  va  faoliyatini  jonlantirib,  ovqat  hazm  bo„lishini 
tezlashtiradi  va  qabziyatni  yo„qotadi.  Bodringning  bunday  ta‟siri  uning  tarkibidagi 
gemitsellyulozaga,  pektin  va  boshqa  moddalarga  bog„liqdir.  Bodringning  ichni  yumshatuvchi 
ta‟siri uning tarkibidagi  gemitsellyuloza,  yumshoq to„qimaning  ichak  devoriga  mahalliy ta‟siri 

195 
 
natijasida  peristaltikani  kuchaytirishi  bilan  tushuntiriladi.  Pektin  moddasi  esa  ichak 
mikroflorasiga  ijobiy ta‟sir etadi. 
Xalq  tabobatida  bodring  mevasi  va  uning  shirasi  suvchechak,  me‟da  og„rig„ida, 
qabziyatda va boshqa kasalliklarda beriladi. Bodring shirasini asal bilan aralashtirib, yuqori nafas 
yo„llari shamollaganda 2-3 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta iste‟mol qilinadi. 
Xalq  tabobatida  urug„idan  tayyorlangan  damlama,  qaynatma  va  nastoyka  ishtaxa 
ochuvchi, yel haydovchi, isitma tushiruvchi va balg„am ko„chiruvchi dori sifatida qo„llaniladi. 
2. Petrushka. Petrushka  obiknovennaya (Petroselenum crispum Mill.Nym). 
Petrushka  ikki  yillik  o„t  o„simlik.  Bo„yi  80-100  sm  ga  yetadi.  O„zbekistonning  deyarli 
hamma tumanlarida ziravor o„simlik sifatida keng miqyosda o„stiriladi. 
Uning  ildizi  va  bargi  efir  moyi,  flavonoidlar,  askorbin  kislota,  V1,  V2,  RR  vitaminlari, 
karotin, mineral tuzlar saqlaydi. 
Abu  Ali  ibn  Sino  petrushkani  mevasi,  bargi  va  ildizini  siydik,  o„t  haydovchi,  ovqatni 
hazm qildiradigan, ayollarda hayz keltiruvchi dori sifatida qo„llagan. 
Xalq tabobatida esa o„simlikning meva va ildizidan tayyorlangan damlamalardan buyrak 
va  o„t-tosh  kasalligida,  siydik  haydovchi  hamda  ovqat  hazm  bo„lishini  yaxshilovchi,  ishtaxa 
ochuvchi va terlatuvchi dori sifatida foydalaniladi. 
O„simlik  mahsulotlarini  farmakologik  o„rganish  natijasida  uning  tarkibidagi  efir  moyi 
yaxshigina  siydik  haydaydigan  ta‟sir  ko„rsatishini  tasdiqlangan.  Shu  sababli  siydik  ajralishi 
qiyinlashganda,  shishlarda,  buyrak  va  siydik  qopining  yallig„lanishida  tavsiya  etilishi  mumkin, 
lekin  bu  a‟zolarining  o„tkir  yallig„lanishi  bilan  kechadigan  hollarda  hamda  xomiladorlik 
davrida  tavsiya  etilmaydi.  Chunki  o„simlikning  bachadon  harakatini  oshirishi  tajribada 
aniqlangan. 
Petrushkaning  bunday  xususiyati  akusherlik  va  ginekologiya  amaliyotida  bachadon 
harakati susayishi bilan bog„liq hollarda qo„l kelishi mumkin. 
Laboratoriya  hayvonlarida  o„tkazilgan  tajribalarda  petrushkaning  efir  moyi  tarkibidagi 
moddalar,  yurak  glikozidlari  (angishvonagul)  singari,  lekin  kuchsizroq  kardiotonik  ta‟siri 
aniqlangan.  Shuning  uchun  o„simlik  preparatlari  va  o„simlikning  o„zi  ham  yurak  faoliyatini 
surunkali  yetishmovchiligida  muvaffaqiyatli  ishlatilishi  mumkin.  Chunki  uning,  bir  tomondan 
yurak  faoliyatini  jonlantirishi,  ikkinchi  tomondan  esa  siydik  ajralishini  oshirishi  yurak 
xastaligida kuzatiladigan shishlarni kamaytiradi va bemorga davo buladi. 
Petrushkaning  ildizi  siydik  yo„llari  tosh  kasalligida  siydik  haydovchi  sifatida  keng 
ishlatiladigan "fitolizin" preparati tarkibiga kiradi. 
3.Sabzi.  Morkov  (Daucus L.)  
Sabzi ikki yillik o„t o„simlik. Uning turi; yovvoyi sabzi (Daucus Carota L,) va ekma sabzi 
(Daucus  sativa  Haff.)  tibbiyotda  ishlatiladi.  Yovvoyi  sabzi  sug„oriladigan  yerlarda,  ko„proq 
salqin joylarda o„sadi. Respublikamizning deyarli hamma tumanlarida uchraydi va o„stiriladi. 
Yovvoyi sabzining mevasi,  o„stiriladigan sabzining esa ildizmevasi,  bargi va mevasi o„z 
tarkibida  efir  moyi,  yog„,  flavonoidlar,  furanxromonlar  va  boshqa  moddalar  saqlaydi. 
O„stiriladigan  sabzining  ildiz  mevasida  V1,,  V2, V6,  RR,  S,  K  vitaminlari,  karotinoidlar, 
uglevodlar, pantoten kislota, kumarinlar, mineral moddalar bor. 
Xalq  tabobatida  ildizmevasidan  ajratib  olingan  shira  yoki  sutda  qaynatilgan  va 
maydalangan  sabzi  buyrak-  tosh,  yo„talda,  bavosil,  avitaminoz  va  kamqonlik  kasalliklarida 
hamda o„sma kasalligida  ishlatiladi. 
Sabzi  vitaminga  boy  ovqat  mahsuloti  bo„lgani  uchun  tibbiyotda  vitaminlar 
yetishmovchiligida  (gipoavitaminoz)  va  uning  oldini  olishda,  quvvatsizlikda  xamda  yurak  - 
tomir,  jigar,  buyrak kasalliklarini davolash uchun tavsiya etiladi. 
Sabzi  ildizmevasi  organizmda  qandlar  almashinuvini  tartibga  solish  va  yengil  surgi 
xususiyatiga ega. 
Yovvoyi sabzi urug„ining suyuq ekstrakti buyrak, siydik yo„llari va siydik-tosh va boshqa 
ayrim  kasalliklarida  (piyelonefit,  xoletsistit)  qo„llanadigan  urolesan  preparati  tarkibiga  kiradi. 

196 
 
Bu  preparat  spazmolitik,  yallig„lanishga  qarshi  ta‟sirga  ega  va  siydik  haydab  toshlarni  ajralib 
chiqishini ta‟minlaydi. 
4. Sebarga.    Klever  lugoviy (Trifolium pratense L.) . 
Sebarga  bo„yi  25-50  sm  ga  yetadigan  ko„p  yillik  o„t  o„simlik.  U  respublikamizning 
ko„pgina viloyatlarida ariq bo„ylarida,  sug„oriladigan va boshqa nam joylarda o„sadi. 
Tibbiyotda  sebarganing  yer ustki  qismidan  foydalaniladi.  U  o„z  tarkibida  S  vitamini, 
karotin,  efir  moyi,  glikozidlar,  saponinlar,  flavonoidlar,  organik  kislotalar  va  boshqa  moddalar 
saqlaydi. 
Abu Ali ibn Sino o„simlikning yer ustki  qismidan tayyorlangan  qaynatmani  siydik yo„li 
kasalliklarida siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. 
Xalq  tabobatida  o„simlik  gulidan  tayyorlangan  damlama  yoki  qaynatma  siydik 
haydovchi,  balg„am  ko„chiruvchi  va  antiseptik  dori  sifatida  hamda  yara  va  kuyganni 
davolashda  ishlatiladi.  Quritilmagan  bargini  maydalab,  ezib  yara  va  shishlarga  ko„yib 
davolanadi. 
5. Buyoqdor ro„yan. Marena   krasilnaya  (Rubia tinctorum L.) . 
Ro„yan  bo„yi  1-1,5  m  keladigan  ko„p  yilik  o„t  o„simlik.  O„simlik  asosan  nam  yerlarda, 
dalalarda,  bog„larda  va  ariq  bo„ylarida  o„sadi.  Respublikamizning  ko„pchilik  tumanlarida  keng 
tarqalgan. 
Ro„yanning 
ildizpoyasi 
va 
ildizi 
tarkibida 
antraglikozidlar, 
organik 
kislotalar,  qandlar, bo„yoqli va boshqa moddalar bor. 
Abu  Ali  ibn  Sino  ro„yan  ildizpoyasi  bilan  ildizidan  tayyorlangan  qaynatmani  siydik 
haydovchi sifatida va boshqa kasalliklarda (jigar, taloq shishi) qo„llagan. 
Xalq  tabobatida  o„simlikning  ushbu  qismlardan  tayyorlangan  damlama  va  qaynatma 
buyrak va o„t yo„llarida toshlarni haydash uchun va podagra kasalligini davolashda qo„llaniladi. 
Shu  sababli  qaynatma  shu  a‟zolar  (qovuq,  o„t  yo„llari)  sanchiqlarida  ham  beriladi.  Chunki 
o„simlik tarkibidagi ayrim moddalar siydik yo„lidagi toshlarni (ayniqsa kalsiy fosfatli) yumshatib 
silliq mushaklarni bo„shashtirib (spazmolitik ta‟sir), ularning chiqib ketishini ta‟minlaydi. 
Tibbiyotda  ro„yan  ildizi  va  ildizpoyasining  quruq  ekstrakti  buyrak-  tosh  kasalligida, 
uning  og„riq  xurujlarida  toshni  haydash  uchun  va  og„riqni  bartaraf  etish  maqsadida  ishlatiladi. 
O„simlikning  suyuq  ekstrakti  siydik-  tosh  kasalligida  qo„llaniladigan  "Sistenal"  kompleks 
preparati 
tarkibiga 
kiradi. 
Bu 
preparat 
siydik  haydovchi,  toshlarni  yumshatuvchi  va 
spazmolitik ta‟sir ko„rsatadi. 
Preparat  glomerulonefrit  kasalligida,  bo„yrak  faoliyatining  og„ir  yetishmovchiligida, 
me‟da-ichak yara kasalligida tavsiya etilmaydi. 
6. Tarvuz. Arbuz  obiknovenniy (Citrullus vulgaris Schrad). 
Bir  yillik  o„t  o„simlik  bo„lib,  palagi  4  metrga  yetadi.   Respublikamizning  hamma 
viloyatlarida  poliz mevasi sifatida ekiladi. 
Tarvuzning  yumshoq  qismida  qandlar  (5-13%),  oqsillar  (0,7%),  dag„al  to„qima  (0,5-
0,6%), pektin, kraxmal, organik kislotalar, vitaminlar (S, RR, V, V2, V6) bor. Bulardan tashqari 
169  mg%  almashtirib  bo„lmaydigan  aminokislotalar  (izoleytsin,  leytsin,  lizin,  metionin,  alanin, 
arginin,  tirozin  va  b.)  mavjud.  Shu  bilan  birga  tarvuz  mikroelementlarga  ham  ancha  boy. 
Kalsiy  (14mg%),  magniy  (224mg%),  kaliy  84mg%,  fosfor  (7mg%)  gacha)  v.b.  Tarvuzning 
urug„ida  40%  gacha  yog„,  35  %  gacha  oqsil  moddalar,  0,1-0,3%  alkaloid, 
fitosterin,  karotinoidlar va b.  moddalar bor. Yumshoq qismi 80% gacha suv saqlaydi. 
Abu  Ali  ibn  Sino  tarvuz  mevasining  yumshoq  qismi  va  shirasini  yurak  va  bo„yrak 
kasalliklarida siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. 
Jigar  kasalliklarida  tarvuz  organizmdan  ortiqcha  suyuqlikni  haydab  chiqarish  bilan 
birgalikda jigar hujayralarini oson so„riluvchi  qand bilan ta‟minlaydi. 
Xalq  tabobatida  tarvuz  parhez  uchun  siydik  haydovchi,  quvvat  beruvchi,  ishtaha 
ochuvchi va qabziyatning oldini oluvchi dori sifatida ishlatiladi. 
Tarvuz urug„i buyrak va o„t yo„llari tosh kasalligida, gijjalarni haydash uchun beriladi. 
Hozirgi  zamon tibbiyotida tarvuz  yurak-tomirlar,  buyrak  va o„t yo„li tosh  kasalliklarida, 
yallig„lanishda (sistit), surunkali kolit va kamqonlikda tavsiya etiladi. 

197 
 
Tosh  kasalligining  oldini  olish  maqsadida  ham  tarvuz  berilishi  mumkin.  Chunki  uning 
tarkibidagi  ishqoriy  moddalar  hisobiga  kislotalik  sharoitida  xosil  bo„ladigan  toshlarning 
cho„kmaga  tushishi  sodir  bo„lmaydi.  Bundan  tashqari,  sulfanilamid  preparatlar  iste‟mol 
qilinganda  atsetillangan  sulfamidlarning  cho„kmaga  tushib  yig„ilishi  va  tosh  hosil  bo„lishiga 
sharoit  bo„lmaydi.  Shuning  bilan  bir  qatorda,  respublikamizda  uchraydigan  temir 
yetishmovchiligi  bilan  bog„liq  anemiyada  ko„p  miqdorda  (1-1,5  kg  3-4  marta)  tarvuz  iste‟mol 
qilish  juda  ham  qo„l  keladi.  Chunki  uning  tarkibidagi  temir  organizm  talabini  butunlay 
qondiradi. Organizm uchun zarur bo„lgan gemoglobin miqdori oshadi. 
 7. Temirtikan. Yakorsi  prizemniye  (Tribulus terrestris L.) . 
 Uzunligi 10-60 sm ga yetadigan bir  yillik, o„rmalab o„suvchi o„t o„simlik. 
 Temirtikan  dalalarda,  yo„l  yoqalarida,  ariq  bo„ylarida,  soy  qiyaliklarida,  ekinzorlarda 
begona o„t sifatida o„sadi. Respublikamizning hamma hududlarida keng tarqalgan. 
 Uning bargida steroid glikozidlar - saponinlar borligi aniqlangan. 
 Abu Ali ibn Sino o„simlikni buyrak va siydik- tosh kasalliklarida siydik haydovchi vosita 
sifatida qo„llagan. 
 Xalq tabobatida temirtikanning meva kukuni siydik  haydash  uchun ishlatiladi. Yer ustki 
qismidan  tayyorlangan  damlama  siydik  xaydovchi,  yallig„lanishga  qarshi,  bosh  og„rig„ida, 
organizm quvvatini oshirish maqsadida tavsiya etiladi. 
 O„simlikning  yer  ustki  qismini  farmakologik  o„rganishda  uning  siydik  haydaydigan, 
oshqozon  shirasini  oshiradigan,  antisklerotik  xususiyatlari  aniqlangan.  Uning  dorivor  preparati 
Tribusponin qondagi xolesterin miqdorini kamaytirib,  qonning ivishini  sekinlashtiradi. 
 Tribusponin tabletka holida tibbiyotda ateroskleroz kasalligida keng ishlatiladi. 
 O„simlik yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va nastoykasi siydik haydovchi dori 
sifatida ishlatish uchun tavsiya etilgan. 
 8.Chilonjiyda.   Unabi  obiknovenniy (Zizuphus jujuba Mill.).     
 Bo„yi  3-5  m  ga  yetadigan  daraxt.  Markaziy  Osiyo  davlatlarida,  chunonchi 
respublikamizning 
Surxondaryo 
va  Toshkent  viloyatlarining  tog„li 
hududlarida  quruq 
qiyaliklarda yovvoyi holda o„sadi. O„zbekistonning ko„pchilik tumanlarida o„stiriladi. 
 Meva tarkibida qandlar (40-60%), oshlovchi modddlar (1,5%),oqsillar (3%), saponinlar, 
kumarinlar, organik kislotalar, S vitamini, mineral (kaliy, fosfor, magniy, temir) birikmalar bor. 
 Abu  Ali  ibn  Sino  chilonjiyda  mevasini  buyrak,  qovuq,  o„pka  kasalliklarini  davolash 
uchun  qo„llagan.  U  oshqozon  va  ichak  faoliyatini  yaxshilaydi,  ich  ketishini  kamaytiradi,  qon 
ketishini to„xtatadi. 
Sharq  tabobatida  chilonjiyda  mevasidan  tayyorlangan  damlama  siydik  haydovchi, 
organizm  quvvatini  oshiruvchi,  balg„am  ko„chiruvchi  dori  sifatida  hamda  tomoq  og„rig„ida, 
ichak yuqumli kasalliklarida beriladi. 
O„rta  Osiyo  xalq  tabobatida  chilonjiyda  damlamasi  ko„krak  og„rig„i,  astma,  yo„tal, 
chechak, kamqonlik va qon bosimi ko„tarilganda ishlatiladi. 
Chilonjiyda  mevasi  va  bargini  har  tomonlama,  shu  jumladan  farmakologiyasini 
institutimiz  olimlari  prof.  X.U.Aliyev,  f.f.d.  O„.A.Ahmedov  to„la-to„kis  o„rganishgan.  Buning 
natijasida  Ibn  Sino  bashorat  qilgan  chilonjiyda  mevasining  haqiqatan  ham  siydik  haydovchi  va 
boshqa farmakologik xususiyatlari eksperimental tasdiqlangan. 
 Chilonjiydaning bunday xossalari Respublika dorilar va tibbiyoti uskunalar sifatini nazorat 
qilish boshqarmasi tomonidan ma‟qullangan va tibbiyot amaliyotida dori preparati sifatida ishl 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin