Fitoterapiya



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

17 Amaliy mashg„ulot: 
 Umumiy tonusni oshiruvchi dorivor o„sim-liklar fitopreparatlari. 

218 
 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Vitaminlar  etishmovchiligida  ishlatiladigan 
shifobaxsh  o„simliklar.  Bu  guruxga  kiruvchi  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  dorivor 
o„simliklarning (jenshen, levziya, radiola, xitoy limonniki, exinoponakis va b.) farmakologik va 
fitoterapevtik  xarakteristikasi  va  ularning  fitorpreparatoari  haqida  ma„lumot  berish  va  amaliy 
ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning qo‟yilishi: Vitaminlar etishmovchiligida ishlatiladigan shifobaxsh o„simliklar. 
Bu  guruxga  kiruvchi  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  dorivor  o„simliklarning  (jenshen,  levziya, 
radiola,  xitoy  limonniki,  exinoponakis  va  b.)  farmakologik  va  fitoterapevtik  xarakteristikasi  va 
ularning fitorpreparatoari  haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  
Vitaminlar  etishmovchiligida  ishlatiladigan  shifobaxsh  o„simliklar.  Bu  guruxga  kiruvchi 
qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  dorivor  o„simliklarning  (jenshen,  levziya,  radiola,  xitoy 
limonniki,  exinoponakis  va  b.)  farmakologik  va  fitoterapevtik  xarakteristikasi  va  ularning 
fitorpreparatoari.  
 Talaba bajara olishi lozim:  
Vitaminlar  etishmovchiligida  ishlatiladigan  shifobaxsh  o„simliklar.  Bu  guruxga  kiruvchi 
qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  dorivor  o„simliklarning  (jenshen,  levziya,  radiola,  xitoy 
limonniki,  exinoponakis  va  b.)  farmakologik  va  fitoterapevtik  xarakteristikasi  va  ularning 
fitorpreparatoari.  
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Vitaminlar  etishmovchiligida  ishlatiladigan  shifobaxsh 
o„simliklar.  Bu  guruxga  kiruvchi  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  dorivor  o„simliklarning 
(jenshen,  levziya,  radiola,  xitoy  limonniki,  exinoponakis  va  b.)  farmakologik  va  fitoterapevtik 
xarakteristikasi va ularning fitorpreparatoari.  
haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. jenshen, levziya, radiola, xitoy limonniki, exinoponakis 
 
Nazariy qism 
Bu guruhga har xil o`simliklardan va hayvonlarning organlaridan olinadigan, tarkibiga bir necha 
xil  modda  aralashgan  preparatlar  kiradi.  Ularning  ko`pchiligi  halq  tabobati  usuli  bilan 
tayyorlangan  va  ishlatiladigan  dorilardir.  Ushbu  preparatlar  asosiy  ta'sir  mexanizmiga  ko`ra, 
markaziy  nerv  tizimi  faoliyatini  qisman  qo`zg`atib  umumiy  tonusni,  quvvatni  sezilarli  darajada 
oshiradi,  charchashni  kamaytiradi,  yurak  ishini  rag`batlaydi,  qon  bosimini  sezilarli  darajada 
ko`taradi,  ishtahani,  aqliy  va  jismoniy  qobiliyatni  birmuncha  yaxshilaydi,  organizmning  salbiy 
ta'sirlarga  chidamliligini  oshiradi.  Dorilarning  bunday  ta'siri  aytilgan  a'zo  va  tizimlar  faoliyati 
susaygan bo`lsa, ko`proq bilinadi. 
Bu  preparatlarning  ta'sir  mexanizmi  yaxshi  o`rganilmagan.  Lekin  shuni  aytish  kerakki,  bu erda 
endokrin  tizimining  faoliyati  oshishi  katta  ahamiyatga  ega  bo`lsa  kerak.  Dorilar  aqliy  va 
jismoniy  charchashda,  kam  quvvatlikda,  gipotoniyada,  impotentsiyada  (erkaklik  qobiliyatining 
sustlashishi) tavsiya etiladi. 
Gipertoniyada,  uyqusizlikda,  umumiy  qo`zg`alish  bilan  bog`liq  hollarda  tavsiya  etilmaydi. 
Balog`atga etmagan yoshlarga  berish mumkin emas. 
Preparatlari: 
Jenshen  nastoykasi  (Tinctura  Gin-sengi).  Tarkibida  jenshen  ildizi  bor.  40  va  50  ml  flakonda 
chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 15-25 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi. 
Limonnik  nastoykasi  (Xitoy  shizandrasi  nastoykasi)  (Tinctura  Schizandrae).  Tarkibida: 
sxizandrin,  efir  moylari,  vitaminlar,  organik  kislotalar  mavjud.  50  ml  dan  flakonda  chiqariladi. 
Buyurilishi: ovqatdan oldin 20-25 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi. 

219 
 
Suyuq levzey  ekstrakti (Extractum Leuzeae  fluidum). Tarkibida  efir  moylari, qatronlar,  organik 
kislota tuzlari mavjud. Buyurilishi: ovqatdan oldin 20-30 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi. 
Zamanixa nastoykasi. Exinopanaks nastoykasi (Extractum Echinopanacis). Tarkibida alkaloidlar, 
glikozidlar, efir moyi mavjud. 50 ml dan flakonda chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 30 -40 
tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi. 
Pantokrin (Pantocrinum). Tarkibida kiyik shoxining spirtli-suvli ekstrakti mavjud. 30-50 ml dan 
flakonda; 1 ml dan ampulada; 0, 15 g dan tabletka shaklida chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan 30 
daqiqa  oldin  30-40  tomchidan  kuniga  2-4  marta  ichiladi;  1-2  ml  dan  kuniga  teri  ostiga  yoki 
mushak orasiga yuboriladi. 
Eleuterokokkning  suyuq  ekstrakti  (Extractum  Eleutherococci  fluidum).  Tarkibida  kumarin 
unumlari  mavjud. 50 ml  dan  flakonda chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 20-40 tomchidan 
kuniga 3 marta ichiladi. 
Rodiolaning  suyuq  ekstrakti  (Ext.  Rhodiolae  fluidum).  o`simlik  ildizi  sariq  rangda  bo`lgani 
uchun  halq  tabobatida  «Oltin  ildiz»  deb  yuritiladi.  Uning  suyuq  ekstrakti  quvvatni  oshiruvchi, 
bardamlik  beruvchi,  charchashni  yo`qotuvchi  dori  sifatida  30-40  tomchidan  kuniga  2-3  marta 
ovqatdan oldin ichiladi. Flakonda 30 ml dan chiqariladi. 
Bu  guruhga  har  xil  o„simliklardan  va  xayvonlar  organlaridan  olinadigan,  tarkibida  bir 
necha  modda  aralashgan  kompleks  preparatlar  kiradi.  Ularning  ko„pchiligi  xalq  tabobat  usuli 
bo„yicha  tayyorlangan  va  ishlatiladigan  dorilardir.  Ushbu  preparatlarni  asosiy  ta‟siri  markaziy 
nerv  sistemasi  faoliyatini  qisman  qo„zg„otib  umumiy  tonusni,  quvvatni  sezilarli  oshiradi, 
charchashni  kamaytiradi,  yurak  ishini  stimullaydi,  qon  bosimini  sezilarli  ko„taradi,  ishtaxani, 
aqliy  va  jismoniy  qobiliyatni  birmuncha  yaxshilaydi,  organizmni  salbiy  ta‟sirga  chidamligini 
oshiradi.  Dorilarni  bunday  ta‟siri  aytilgan  organ  va  sistemalarni  faoliyati  susaygan  bo„lsa 
ko„proq  bilinadi.  Bu  preparatlarni  ta‟sir  mexanizmi  yaxshi  o„rganilmagan.  Lekin  shuni  aytish 
kerakki, bu  yerda  endokrin  sistemasining  faoliyatini  oshishi katta axamiyatga  ega  bo„lsa kerak. 
Dorilar aqliy  va jismoniy charchashda, kam quvvatlikda,  gipotoniyada, impotensiyada (erkaklik 
qobiliyatini suslashishi) tavsiya etiladi. 
Gipertoniyada,  uyqusizlikda,  umumiy  qo„zg„olish  bilan  boradigan  xollarda  tavsiya 
etilmaydi. Balog„atga yetmagan yoshlarga berish  mumkin emas. 
5.  Oddiy jenshen. Jenshen obiknovenniy (Panax  ginseng S.A. Meu) 
Oddiy  jenshen  (Panax  ginseng)  ko„p  yillik,  bo„yi  30-70  sm  ga  yetadigan  o„t  o„simlik. 
Uzoq  Sharqda,  Xitoy,  Koreya,  Yaponiyada  o„sadi  va  o„stiriladi.  O„simlik  ildizida  triterpen 
saponinlar,  ginzenin  birikmalari,  organik  kislotalar,  alkaloidlar,  qand  moddalar,  efir  moyi, 
vitaminlar, mikroelementlar va boshqa moddalar bor. Ildizining efir moyi tarkibida seskviterpen 
birikmalar uchraydi. 
Jenshenning  asosiy  farmakologik  ta‟siri  MNS  iga  qaratilgan  bo„lib,  uning  faoliyatini 
jonlantiradi-tonusni oshiradi. Ushbu o„simlikdan tayyorlangan dori preparatlari (tindirma,  kukun 
va  draje)  qadim  zomonlardan  beri  xalq  tabobatida  ishlatib  kelinadi.  Uning  tarixi  juda  boy. 
Keyingi  50-60  yil  davomida  jenshen  farmakologlar  tomonidan  o„rganiliyapti.  U  ayrim 
analeptiklar  (kofein,  kamfora,  pirotoksin,  fenamin)  ta‟sirini  kuchaytiradi,  uxlatuvchi  va 
narkotiklar  ta‟sirini  esa  sindiradi.  Uning  MNS  iga  qo„zg„otuvchi  ta‟siri  qo„zg„olish  jarayonini 
bosh  va  o„zak  miya  po„stloq  neyronlarida  ortishi  va  reflektor  faoliyatini  tezlashishi  bilan 
tushintiriladi. Natijada charchoqlik yo„qolib bardamlik seziladi, quvvat oshadi, aqliy va jismoniy 
qobiliyat yaxshilanadi. Yurak faoliyatiga ijobiy ta‟sir etadi, qon bosimini qisman ko„taradi. Miya 
qon  tomirlarini  kengaytiradi,  qon  aylanishini  jonlantiradi,  gemopoezni  qisman  yaxshilaydi. 
Boshqacha  aytganda  jenshenning  ta‟sir  doirasi  keng  va  murakkabdir.  Uning  bunday  ta‟sirida 
endokrin  bezlar  faoliyatini  oshishi  alohida  o„rin  egallaydi.  Nuklein  kislotalar  (RNK,  DNK) 
sintezini  kuchaytirish,  siklik  AMF  ining  oshirishi,  kortikosteroidlarni  qonda  ortishi  aniqlangan. 
Organizmni turli sharoitga moslashishi oshadi. 
Shularni  xisobga  olgan  holda  jenshenning  galen  preparatlari  xar  xil  sabablar  bo„yicha 
kam  quvvatlikda,  astenik,  astenodepressiv  xolatlarda,  psixoasteniya  va  isterik  reaksiyalarda, 
impotensiyada, gipotoniyada  va boshqa xolatlarda tavsiya etiladi. 

220 
 
Uning  quyidagi  preparatlari  ma‟lum:  jenshen  nastoykasi  (Tinctura  Ginseng).  15-20 
tomchidan  ovqatdan  oldin,  kuniga  3  marta  ichiladi.  Kukun  tabletkasi  0,15-0,3  g  dan  kuniga  3 
marta beriladi. 
6. Baland exinopanaks. Zamanixa visokaya  (YEchinopanax yelatum Nakai) 
Baland exinopanaks bo„yi 1m gacha tikonli bo„ta. Uzoq Sharqda o„sadi. O„simliklarning 
hamma  qismida  saponinlar,  efir  moy  (bargida  0,5%  poyasida  2%),  alkaloidlar,  flavonoidlar  va 
boshqa  moddalar  bor.  O„simlik  ildiz  va  ildizpoya  qismidan  tayyorlangan  nastoykasi  o„zining 
farmakologik ta‟siri bo„yicha jenshenga o„xshaydi, lekin ta‟sir kuchi sustroqdir. Ayrim ta‟sirlari 
bo„yicha  (uyqudan  uyg„atish,  diuretik)  kuchliroq  xisoblanadi.  Ushbu  preparat  ham  umumiy 
tonusni oshiradi, ayniqsa asteniya, depressiv va gipotoniya xolatlarda qo„l  keladi. Qandli diabet 
xastaligida bo„ladigan adinamiyada  preparat  yaxshi  samara  beradi. Exinopanaks  nastoykasi 30-
40 tomchidan ovqatdan oldin kuniga 2-3 marta 25-30 kun davomida qabul qilinadi. 
7.Manchjuriya araliyasi. Araliya manchjurskaya (Aralia mandshurica Rupr.et Maxim.) 
Bo„yi  5  m  ga  yetadigan  tikonli  daraxt.  Primorsk  va  Xabarovsk  o„lkalarida  va  Amursk 
viloyatlarida o„sadi. Ildizi tarkibida saponinlar, efir moyi, smolalar va aralin alkaloidi saqlanadi. 
Galen  preparati  farmakologik  ta‟siri  bo„yicha  jenshenga  yaqin  turadi-umumiy  tonusni 
oshiradi,  kardiotonik,  antistresslik  ta‟siri  bor,  lekin  ta‟sir  kuchi  sezilarli  kamroq.  Qo„yidagi 
preparatlari ma‟lum: 
Araliya nastoykasi (Tinctura Araliae). 30-40 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi. 
Saparal  -  araliyaning  ildizidan  olingan  saponinlar  yig„indisi  triterpen  glikozidlar 
saqlagan preparat. Tabletka xolida 0,05 g dan chiqariladi. 1 tabletkadan 2-3 marta ichiladi. 
8. Maxsarsimon levzeya. Levzeya saflorovidnaya (Leuzea sarthamoides (Willd).D S). 
Ko„p yillik, bo„yi 50-80 sm yetadigan o„t o„simlik. Asosan sharqiy Qozog„iston, Sibirda 
o„sadi  va  boshqa  yerlarda  o„stiriladi.  Ildizpoya  va  ildizidan  tayyorlangan  ekstrakti  MNSga 
jonlantiruvchi  ta‟sir  qilib,  uyquni  qochiradi,  umumiy  tonusni,  ish  qobiliyatini  yaxshilaydi, 
charchashni  kamaytiradi  va  kishini  bardam  qiladi.  Preparatlaridan  levzeyaning  suyuq  ekstrakti 
(1:1) 70-500 spirtda tayyorlanadi va 20-30 tomchidan kuniga uch maxal ovqatdan oldin ichiladi. 
40 ml dan flakonlarda chiqariladi. 
9.  Xitoy  sxizandrasi  (limonnigi).  Limonnik  kitayskiy  (Schizandra  chinensis  (Turck.) 
Baill.) 
Bo„yi  10-15  sm  cha,  yo„g„onligi  1-1,5  sm  ga  yetadigan  ikki  uyli  liana  o„simligidir. 
O„simlikning  poyasi  va  bargi  limon  xidli.  O„simlikning  urug„i  va  mevasidan  tayyorlangan 
preparatlar  tibbiyot  amaliyotida  ishlatiladi.  Mevasida  10-11%  limon,  7-8%  olma  va  0,8%  vino 
kislota,  350-380  mg%  S  vitamin  ,  0,3%  efir  moyi  va  5,7%  dibenzotsiklooktodein  unumlari 
bo„lgan lignanlar - cxizandrin, sxizandrol va boshqalar bor. 
Galen  preparatlari  (damlama,  nastoyka)  qon  bosimini  ko„taradi,  yurak  urushini 
sekinlashtiradi,  qisqarishini  oshiradi,  nafasni  tezlashtiradi,  xarakatlanish  va  orqa  miya 
reflekslarini  jonlantiradi.  Shu  sababdan  ular  asteniya  va  astenodepressiv  xolatlarda, 
psixoasteniyada,  kam 
quvvatlikda,  gipodinamiyada  beriladi.  Preparatlari: 
mevasidan 
tayyorlangan  nastoyka  (Tinctura  fructum  Schizandrae  (1:5),  va  suyuq  ekstrakti  (Extr. 
Schizandrae  fluidum)  (1:3)  20-30  tomchidan  noxorda  yoki  ovqatdan  4  soat  keyin  kuniga  2-3 
marta 20-25 kun davomida ichiladi. Flakonda 50 ml dan chiqariladi. 
10. Pushti rodiola. Rodiola rozovaya (Rhodiola rosea L.) 
Ko„p yillik, bo„yi 30-50 sm ga yetadigan, o„t o„simlik. Tundrada, Sibirda, Uzoq Sharqda, 
Sharqiy  Qozog„istonda  o„sadi.  Ildiz  tarkibida  0,5-1,3%  glikozid-  rodiolozid  va  boshqa 
glikozidlar, antratsen unumlari, oshlovchi moddalar, efir moyi, flavonoidlar va boshqalar bor. 
O„simlik  preparatlari  aqliy  va  jismoniy  ish  qobiliyatini  oshiradi,  uyquni  qochiradi, 
organizmni  chidamligini  yaxshilaydi,  umumiy  tonusni  jonlantiradi.  Kichik  dozada  N  - 
xolinolitiklik,  katta  dozada  esa  M-xolino  va  adrenolitiklik  xossaga  ega.  O„simlik  preparatlari 
nevrozda, gipotoniyada, astenik xolatida tavsiya etiladi. Preparatlari: Radiolaning suyuq ekstrakti 
(Extractum Rhodiolaye fluidum) 5-10 tomchidan kuniga 2-3 marta ovqatdan 15-30 daqiqa oldin 
ichiladi. Flakonda 30 ml dan chiqariladi. 

221 
 
  
VII. MUSTAQIL TA‟LIM  MAVZULAR 
Mustaqil ta‟limni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad, professor-o„qituvchilarning bevosita rahbarligi va 
nazorati ostida talaballarni semestr davomida fanlarni uzluksiz o`rganishini tashkil etish, olingan 
bilim,  ko`nikmalarini  chuqur  o`rganib  mustahkamlash,  kelgusidagi  darslarga  tayyorgarlik 
ko`rish,  aqliy  mehnat  madaniyati,  yangi  bilimlarni  mustaqil  ravishda  izlab  topish  va  qabul 
qilishni  shakllantirishdan  iborat.  Mustaqil  ishga  mo„ljallangan  mavzular  va  topshiriqlar 
talabaning  mustaqil  ishini  tashkil  etish  bo„yicha  kafedrada  ishlab  chiqilgan  va  muntazam 
yangilanib boradigan uslubiy qo„llanmalarda keng yoritilgan. 
Mustaqil  ishlar  referat,  slayd,  vaziyatli  masalalar,  test,  internet  ma‟lumotlari  ko„rinishlarida 
bajariladi. 
TALABALAR MUSTAQIL TA‟LIMINING MAZMUNI VA HAJMI 
 
t/r 
Mustaqil ta‟lim mavzulari 
Berilgan topshiriqlar 
Ba
ja
r

m
u
d
d
a

Hajmi 
soatda 
K
li
n
ik
 
fa
r
m
a
ts
iy
a
 

Bachadondan  qon  ketishida  ishlatiladigan 
o„simlik preparatlari 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


Uroantiseptik dorivor o„simlik preparatlari.   Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


Fitoterapiyani 
farmakoterapiyada 
tutgan 
o„rni 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


Dorilarga 
taxifilaksiya, 
tolerantlik 
va 
sensibilizatsiya   
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


Bangidevona,  mingdevona  o„simlik-larda 
zaharlanish va tibbiy yordam 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


Rezerpin 
saqlagan 
gipotenziv 
dori 
preparatlari. 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


Bosh og„rig„ida ishlatiladigan fitopreparatlar  Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


Tish og„rig„ida ishlatiladigan fitopreparatlar  Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


Allergiyada ishlatiladigan fitopreparatlar 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 

10 
Kamqonlikda ishlatiladigan fitopreparatlar 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 

11 
Aritmiyada ishlatiladigan fitopreparatlar 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 

12 
Yurak qon tomir tizimiga ta‟sir etuvchi 
o„simlik preparatlari. 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 

13 
Nafas a‟zolariga ta‟sir etuvchi dorivor 
o„simliklar 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 

14 
Me‟da – ichak faoliyatiga ta‟sir etuvchi 
dorivor o„simliklar 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 

15 
Jigar va o„t yo„llariga ta‟sir etuvchi dorivor 
o„simliklar. 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 


222 
 
 
 
VIII. TESTLAR 
1. 
Antiseptiklarni qo'llashga ko'rsatmalar: 
A. 
jarroh qo'llarini yuvish * 
B. 
transport, honalarni yuqumsizlantirish 
C. 
jarrohlik asboblarini yuvish 
D. 
bemor ajralmalarini zararsizlantirish 
E. 
suv havzalarini, erni yuqumsizlantirish  
 
2. 
Antiseptiklarning ta`sir mehanizmini ko'rsating: 
A. 
oqsillar denaturasiyasi * 
B. 
RNK sintezini kushayishi 
C. 
sitoplazmatik membranani o'tkazuvshanligini oshishi 
D. 
qaytarilish 
E. 
fermentlarning sulfgidril guruhini ajralishi 
 
3. 
Kimyoterapevtik vositalarga mansub guruhni ko'rsating: 
A. 
antibiotiklar* 
B. 
antiseptiklar 
C. 
dezinfeksiyalovshi vositalar 
D. 
antigistamin vositalar 
E. 
yallig‟lanishga qarshi vositalar  
 
4. 
Antibakterial antibiotikni ko'rsating: 
A. 
vankomisin * 
B. 
nistatin 
C. 
amfoterisin V 
D. 
mikogeptin 
E. 
grizeofulvin 
 
5. 
Antibakterial antibiotiklar kimyoviy tuzilishiga ko'ra to‟g‟ri guruhlarni ko'rsating: 
A. 
azalidlar - azitromisin * 
B. 
aminoglikozidlar - ampisillin 
C. 
linkozamidlar - oksasillin 
D. 
levomisetinlar - metasiklin 
E. 
siklik polipeptidlar – oleandomisin 
 
6. 
Penisillinlarning antimikrob ta`sir mehanizmini ko'rsating: 
A. 
bakteriyalarning hujayra devori oqsil sintezini buzish * 
B. 
sitoplazmatik membranani o'tkazuvshanligini buzilishi  
C. 
hujayra ishi oqsil sintezini buzilishi 
D. 
RNK sintezini buzilishi  
E. 
prostaglandinlar sintezini buzilishi 
 
7. 
Ampisillinga xos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
ta`sir doirasi keng * 
16 
Peshob haydovchi dorivor o„simliklar 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 

17 
Teri kasalliklarini davjlashda qo`llaniladigan 
fitopreparatlar 
Internet ma‟lumotlari, referat, 
slaydlar, devoriy ko„rgazmalar 
17 
xafta 

 
JA`MI 
 
 
35 

223 
 
B. 
mikrobga qarshi doirasi tor 
C. 
penisillinazaga shidamli 
D. 
kislotali muhitda parshalanadi 
E. 
faqat peroral yuboriladi 
 
8. 
Karbenisillinning dinatriyli tuziga hos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
kislotali muhitda parshalanadi * 
B. 
mikrobga qarshi doirasi tor 
C. 
faqat peroral yuboriladi 
D. 
penisillinazaga shidamli 
E. 
azalidlarga mansub 
 
9. 
Aminoglikozidlarga hos nojo'ya ta`sirni ko'rsating:  
A. 
ototoksik  tasir * 
B. 
kardiotoksik tasir 
C. 
A/B ko'tarilishi 
D. 
leykositoz 
E. 
eritremiya 
 
10. 
Streptomisinga hos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
keng ta`sir spektr * 
B. 
MITda yahshi so'riladi  
C. 
mikroorganizmlarning unga o'rganishi sekin rivojlanadi 
D. 
tooksikligi past preparat  
E. 
faqat  og‟iz orqali yuboriladi 
 
11. 
Neomisinni yuborish yo'lini ko'rsating: 
A. 
mahalliy * 
B. 
vena ishiga 
C. 
arteriya ishiga 
D. 
ingalyasion  
E. 
mushak orasiga 
 
12. 
Polimiksina M ni qo'llashga ko'rsatma : 
A. 
enterokolitlar * 
B. 
sil 
C. 
zotiljam 
D. 
dermatomikoz 
E. 
amebiaz 
 
13. 
Sul'fanilamid vositalarini ta`sir mehanizmi komponentini   ko'rsating: 
A. 
PABK antagonisti * 
B. 
PASK antagonisti  
C. 
fosfolipazani ingibirlaydi 
D. 
arahidon kislota sintezini buzadi 
E. 
prostaglandinlar sintezini buzadi 
 
14. 
Ftorxinolonlar ta`sir mehanizmi komponentini ko'rsating: 
A. 
bakterial fermentlar  (DNK-giraza) ni susaytiradi * 
B. 
siklooksigenaza fermentini susaytiradi 
C. 
prostaglandinlar sintezini kushaytiradi 
D. 
araxidon  kislota sintezini susaytiradi 

224 
 
E. 
PABK ning konkurent antagonisti   
 
15. 
Nalidiksat kislota (nevigramon) ga hos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
asosan grammanfiy  bakteriyalarga ta`sir e`tadi * 
B. 
keng ta`sir spektriga e`ga 
C. 
8-oksihinolin unumiga mansub 
D. 
bakteriyalarning  preparatga shidamliligi sekin rivojlanadi   
E. 
faqat  parenteral yuboriladi 
 
16. 
Nitroksolinga hos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
siydik yo'llari infeksiyalarida qo'llaniladi * 
B. 
nitrofuran unumiga mansub 
C. 
mikozga qarshi ta`sirga e`ga  
D. 
ishakda so'rilmaydi 
E. 
dermatomikozlarda mahalliy qo'llaniladi 
 
17. 
Izoniazidga hos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
yuqori faollik * 
B. 
mikroblarga qarshi keng ta`sir spektriga e`ga   
C. 
mikroorganizmlarning unga shidamliligi tez rivojlanadi   
D. 
MITda yahshi so'rilmaydi 
E. 
kandidamikozda qo'llaniladi 
 
18. 
Rifampisinga hos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
keng ta`sir spektri * 
B. 
sust faollik 
C. 
MITda so'rilmaydi  
D. 
mikroorganizmlarining unga shidamliligi sekin rivojlanadi   
E. 
dermatomikozlarda qo'llaniladi 
 
19. 
Natriy paraaminosalisilatga hos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
sust faollik * 
B. 
mikroblarga qarshi keng ta`sir spektriga e`ga   
C. 
mikroorganizmlarning unga shidamliligi tez rivojlanadi   
D. 
MITda so'rilmaydi  
E. 
silga qarshi antibiotik 
 
20. 
Amebiazning patologik prosess  har qanday joylashgan turida ta`sir e`tuvshi preparatni 
ko'rsating: 
A. 
metronidazol * 
B. 
hiniofon 
C. 
tetrasiklin 
D. 
e`metin  gidrohlorid  
E. 
hingamin 
 
21. 
Leyshmaniozni davolashda qo'llaniladigan sur'ma preparatini ko'rsating: 
A. 
solyusur'min * 
B. 
akrihin 
C. 
monomisin 
D. 
bismoverol 
E. 
e`metin  gidrohlorid  
 

225 
 
22. 
Gijjalarga qarsh vositani ko'rsating: 
A. 
levamizol * 
B. 
diprazin 
C. 
metisazon  
D. 
sakvinavir 
E. 
metronidazol 
 
23. 
Paratireoidinga hos hususiyatni ko'rsating: 
A. 
qalqonsimon oldi bez gormoni preparati * 
B. 
suyaklarning dekalsifikasiyasini susaytiradi  
C. 
kalsiyni MITdan so'rilishini qiyinlashtiradi  
D. 
kalsiy reabsorbsiyasini kamaytiradi  
E. 
qonda kalsiy miqdorini pasaytiradi   
 
24. 
Gestagenlarni qo'llash ushun ko'rsatma: 
A. 
bola tashlashni oldini olish ushun * 
B. 
kollagenozlar 
C. 
tug‟ruqni tezlashtirish   
D. 
laktasiyani stimulyasiyalash ushun  
E. 
e`rkaklar jinsiy bezlari gipofunksiyasida   
 
25. 
Androgenlarni o'llash ushun asosiy  ko'rsatma: 
A. 
e`rkaklarda jinsiy bezlar etishmovshiligi * 
B. 
kollagenozlar 
C. 
o'tkir leykozlar 
D. 
bola tashlashni oldini olish 
E. 
tug‟ruqni tezlashtirish 
 
26. 
Steroid tuzilishga e`ga yalig‟lanishga qarshi ta`sir mexanizmining asosiy komponenti: 
A. 
fosfolipazalarni susayishi * 
B. 
siklooksigenazalarni susayishi 
C. 
arahidon kislotasi sintezini kushaytiradi 
D. 
prostaglandinlar sintezini kushaytiradi 
E. 
oksikislotalar va leykotrienlar sintezini kushaytiradi 
 
27. 
Triamisonolning yalig‟lanishga qarshi ta`sir mexanizmining asosiy komponenti: 
A. 
arahidon kislotasi sintezini susytiradi * 
B. 
stimulyasiya fosfolipazalarni kushaytiradi 
C. 
prostaglandinlar sintezini kushaytiradi 
D. 
oksikislotalar va leykotrienlar sintezini kushaytiradi 
E. 
difolatreduktazalrni susaytiradi 
 
28. 
Lornoksikamga hos hususiyatlarni ko'rsating: 
A. 
yallig‟lanishga qarshi * 
B. 
SOG-1ni tanlab susaytiradi  
C. 
SOG-2ni tanlab susaytiradi 
D. 
pirogen ta`sir  
E. 
gistominga qarshi 
 
29. 
N1- reseptorlini bloklovshi gistaminga qarshi vositalar tomonidan bartaraf qilinadigan  
gistaminning asosiy ta`sirini  ko'rsating: 
A. 
bronh mushaklarini tonusini oshishi  * 

226 
 
B. 
bronh mushaklarini tonusini pasayishi 
C. 
A/B ortishi 
D. 
kapillyarlar o'tkazuvshanligini pasayishi 
E. 
teri rangini oqarishi 
 
30. 
Gistaminga qarshi dori vositalarining ta`sirini ko'rsating: 
A. 
gistaminga sezgir reseptorlarni bloklaydi   * 
B. 
e`rkin gistaminning ajralishini kushaytiradi 
C. 
gistamin sintezini rag‟batlantiradi 
D. 
fosfolipazani ingibirlaydi 
E. 
siklooksigenazani ingibirlaydi 
 
31. 
Kokainning adrenergik innervasiya bilan bo‟gliq ta`sirini ko'rsating: 
A. 
qon-tomirlarni toraytiradi * 
B. 
qon bosimini tushiradi 
C. 
bradikardiya 
D. 
mioz 
E. 
bronhospazm 
 
32. 
Kokainni kishik dozalarda rezorbtiv ta`sirining kushayishi e`ffekt,  
A. 
MNS ni kushaytiradi   * 
B. 
uyqu, depressiya shaqiradi 
C. 
uzunshoq miyadagi markazlarni susaytiradi  
D. 
spinal reflekslarni kamaytiradi 
E. 
adrenergik innervasiyani susaytiradi 
 
33. 
Kokaindan o'tkir zaharlanish belgilarini ko'rsating: 
A. 
terining sezilarli oqarishi * 
B. 
depressiya, uyqushanlik, holsizlanish 
C. 
qorashiqning torayishi 
D. 
qon bosimning pasayishi 
E. 
bradikardiya 
 
34. 
Novokainga hos hususiyatni ko'rsating:  
A. 
kam zaharli * 
B. 
og‟riq qoldiruvshi ta`siri sust 
C. 
anesteziya davomiyligi 12-48 soat 
D. 
qon-tomirlar tonusini oshiradi  
E. 
sul'fanilamidlar sinergisti 
 
35. 
Noorganik burishtiruvshi vositalarni ko'rsating: 
A. 
qurg‟oshin asetat * 
B. 
dub po‟stlog‟i qaynatmasi 
C. 
tanin  
D. 
moysheshak  guli damlamasi   
E. 
shalfey  bargi  damlamasi 
 
36. 
Asetilholin ta`sirida kelib shiquvshi e`ffektlarni ko‟rsating   
A. 
ter bezlari sekresiyasini kushaytiradi * 
B. 
midriaz 
C. 
kuz ishki bosimini oshiradi 
D. 
akkomodasiya paralishi 

227 
 
E. 
tahikardiya 
 
37. 
Karbaholinga hos hususiyatlarni kursating: 
A. 
glaukomada kullaniladi* 
B. 
M-holinoreseptorlarni bloklaydi 
C. 
N-holinoreseptorlarni bloklaydi 
D. 
asetilholinga teskari ta`sir kursatadi 
E. 
Ishaklar spazmida kullaniladi 
 
38. 
Prozeringa hos hususiyat: 
A. 
parenteral va mahalliy kullaniladi* 
B. 
GE`Tdan yahshi utadi 
C. 
ta`siri davomli 
D. 
ta`sir e`ffekti sekin yuzaga keladi  
E. 
toksikligi yukori  
 
39. 
FOBlardan zaharlanish belgilarini kursating: 
A. 
Bronhospazm* 
B. 
tahikardiya 
C. 
kabziyat 
D. 
teri kuruklashishi 
E. 
miasteniya 
 
40. 
Holine`steraz reaktivatorini kursating: 
A. 
dipiroksim * 
B. 
aseklidin  
C. 
galantamin 
D. 
e`drofoniy 
E. 
karbaholin 
 
41. 
M-holinoreseptorlarni kuzgatuvshi vositani kursating (M-holinomimetik): 
A. 
pilokarpin * 
B. 
prozerin  
C. 
galantamin 
D. 
atropin 
E. 
lobelin  
 
42. 
M-holinoreseptorlar joylashuvini kursating : 
A. 
parasimpatik nerv ohirlarida * 
B. 
skelet muskullari plastinkalari ohiri 
C. 
sino-karotid zona 
D. 
buyrak usti bezi magiz kismi 
E. 
simpatik gangliyalar 
 
43. 
M-holinomimetiklarning ta`sir komponentini kursating: 
A. 
M-holinoreseptorlarni stimullaydi* 
B. 
M-holinoreseptorlarni bloklaydi 
C. 
asetilholinga teskari ta`siri 
D. 
holine`sterazani ingibirlaydi 
E. 
holine`sterazani stimullaydi 
 
44. 
Aseklidin ta`siri komponentini kursating: 

228 
 
A. 
 M-holinoreseptorlarni stimullaydi* 
B. 
M-holinoreseptorlarni bloklaydi 
C. 
asetilholinga teskari ta`siri 
D. 
holine`sterazani ingibirlaydi 
E. 
holine`sterazani stimullaydi 
 
45. 
M-holinomimetiklar ta`sirida kelib shikadigan simptom: 
A. 
mioz  * 
B. 
akkomodasiya paralishi 
C. 
ogiz kurishi 
D. 
tahikardiya  
E. 
ter ajralishi kamayish 
 
46. 
N-holinoreseptorlarni joylashuvini kursating: 
A. 
parasimpatik va simpatik gangliya* 
B. 
fakat simpatik gangliya 
C. 
fakat parasimpatik gangliya 
D. 
adrenergik nerv ohirlarida 
E. 
buyrak usti bezi pustlok moddasi 
 
47. 
Nikotinga hos ta`sir: 
A. 
N-holinoreseptorlarga ikki fazali ta`sir * 
B. 
shoy bargi alkaloidi 
C. 
M-holinoreseptorlarni stimullaydi 
D. 
tibbiyotda keng kullaniladi 
E. 
koli yongogining alkaloidi 
 
48. 
Ganglioblokatorlar tomonidan bloklanuvshi N-holinoreseptorlar joylashuvini kursating: 
A. 
buyrak usti bezi magiz kismi* 
B. 
skelet muskullari plastinkalari ohiri 
C. 
buyrak usti bezi pustlok kismi  
D. 
adrenergik tolalar ohiri 
E. 
holinergik nerv ohirlari 
 
49. 
Kiska ta`sirli ganglioblokator kullanilishiga kursatma: 
A. 
boshkariluvshi gipotoniya* 
B. 
yara kasalligi 
C. 
traheya intubasiyasi 
D. 
bronhial astma 
E. 
kollaps 
 
50. 
Ganglioblokatorning asosiy e`ffekti: 
A. 
qon-tomirlarni kengaytiradi * 
B. 
A/Bni oshiradi 
C. 
hazm trakti motorikasini oshiradi 
D. 
bezlar sekresiyasini oshiradi 
E. 
akkomodasiya spazmi 

229 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin