464
shaxsini o‘rganish bizga unda o‘z-o‘ziga baho berishning pastligi va
ortiqcha xavotirlanish borligini ko‘rsatdi. Konkret maqsad — o‘z-
o‘ziga baho berishni oshirish, xavotirlanish holatini yo‘qotish,
ya’ni ijobiy „Men“ konsepsiyasini shakllantirish. 1- sinf bolalari
xayrixoh, yoqimtoy, lekin bilimga intiluvchan emas. Sinfdan
tashqari ishning umumiy maqsadi — bilishga bo‘lgan
qiziqishni
rivojlantirish, asosiy vazifa — rivojlantirish, konkret maqsad —
bolalarning ong-bilim doirasini kengaytirish, bilish faolligini
shakllantirish.
Sinfdan tashqari ishning maqsadi, vazifalari hamda sinf va
bolalarni o‘rganish natijalariga
muvofiq ravishda uning mazmuni,
shakllari, metodlari, vositalari tanlanadi.
3. Modelning amalda ro‘yobga chiqarilishi o‘ylangan tarbiyaviy
ishlarning real pedagogik jarayonda amalga oshirilishiga qaratilgan.
4. Qilingan ishlarning tahlili modelni real hayotda joriy etilishi
bilan taqqoslash, muvaffaqiyatli chiqqan va muammoli daqiqalarni,
ularning sababi va oqibatlarini aniqlashga qaratilgan.
Kelgusidagi
tarbiyaviy ishlar uchun vazifalarni belgilash elementi juda muhim-
dir. Mazkur bosqich tarbiyaviy vazifalar, ularning mazmuni,
shakllariga tuzatishlar kiritish va keyingi sinfdan tashqari ishlarni
rejalashtirish uchun juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: