478
emas, balki o‘zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib
taqsimlashi kerak. Òopshiriqni bajarish uchun vaqt berishda komandaga
uni bajarishni muhokama qilishga bir necha daqiqa vaqt ajratish va
komanda vakilidan tayyorligini so‘rash lozim. Shunday taqdirdagina
bolalarda
faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va
hamkorlik uchun sabab (motiv)lar bo‘ladi.
Ongni shakllantirish metodlari bolalarda e’tiqodning, amaliy
etik (axloqiy) tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi
kerak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o‘quvchining axboroti,
dokladi (ma’ruzasi) tarzida o‘zgartirish,
tez-tez munozaradan
foydalanish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy
ishlarning ommaviy shakllarida bolalarni munozara qoidalariga
o‘rgatish lozim:
1. Shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar,
ammo uni
turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni
aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlashtirish va ularga
hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak.
2. Munozaraning maqsadi — tomonlardan birining haqligini
aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir.
3. Haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas,
balki faktlar yordamida qidirish zarur.
4. So‘zlovchini
avval diqqat bilan tinglash, keyin esa o‘z nuqtayi
nazarini bildirish lozim.
4. Mashg‘ulotning yakuniy qismi.
Pedagogik maqsad: bolalarni egallagan tajribalarini o‘zlarining
maktabdan tashqari hayotlarida amalda qo‘llashga moyil qilish
(xohish uyg‘otish) va mashg‘ulot g‘oyasini amalga oshirishga qan-
chalik muvaffaq bo‘lganligini aniqlash. Shunday qilib,
yakunlovchi
qism pedagogning bolaga boshqa muhitda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsa-
tishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: