IV. MAVZU: BOLALAR BOG’CHASIDAGI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH
MAZMUNI
Reja:
1.Tabiat haqidagi beriladigan bilimlar mazmunining bolalar yoshiga mos kelishi
zarurligi.
2. Tabiat bilan tanishtirish printsiplari.
3.Tabiat bilan tanishtirish dasturining tuzilishi.
Tabiat vositasida tarbiya berish umumiy tarbiyaning bir kismi bo’lib, u o’z oldiga
bolalarning yosh xususiyatlarini, bilshp jarayonlari, qobiliyatlarini yaxshi bilgan holda
tarbiya berishnn vazifa kilib qoyadi. Maktabgacha tarbiya ishida uning ko’p qirralari
borki, bu pedagogika fani qonuniyatlarini o’rganish bilan shugullanadigan juda keng
ijtimoiy hodisadir.
Biz bolalarni tabiat bilan tanishtirar ekanmiz. avvalo.
pedagogika fanining
asoschilarini aytib o’ttan fnkrlarga asoslanamiz. Garbning ilgor pedagoglaridan
Kominskiy bolalarga beriladigan bilim hayotiylikka va kurgazmalilikka asoslanishi
kerak; - degan edi. Bolalarga tabiat orkali beriladigan bilimlar turlicha metod va
usullar bilan
olib boriladi va ekskursiya, sayr, ta`limiy oyinlar orqali mustahkamlanib
chuqurlashtiriladi.
Dasturning tabiat bilan tanishtirish bulimiga materiallar quyidagi printsiplar
asosida tanlanadi: Bolalarni tabiat bilan tanishtirsh printsiplari
Bolalar yoshiga
Ko’rgazmalilik
Entsiklopedik
Moslik printsipi
printsipi
printsip
Ilmiylik
Ulkashunoslik
-
printsipi
printsipi
Bolalar yoshiga moe jonli va jonsiz tabiat haqida oddiy tushunchalar berish
bolalarga beriladigan bilimlar oddiy bo’lishi bilan birga ilmiy aniq bo’lishi kerak.
Masalan: o’simlikni yoruglikka, suvga, issikdikka bo’lgan extiyoji.
Bolalarga beriladigan bilimlarning barchasi ko’rgazma asosida berilishi shart. O’z
o’lkasi tabiati haqida chuqur bilim berish. Tabiatshunoslikning barcha sohalari
(botanika, zoologiya, astronomiya) hakida bilim berish.
Yuqorida aytib o’tilgan printsiplar bir-biri bilan bogliq xolla olib boriladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ilmiylilik printsipiga rioya qilinadi. Beriladigan
tabiat haqidagi bilimlar ilmiy bo’lishi bilan birga bolalar tuigunadigan bo’lishi zarur.
Masalan: Erta bahorda kunlar isiydi. Kunlar isigani sababli daraxtlar kurtak
chiqaradi. Osmon ko’m-ko’k tus oldi biz endi boqcha er maydonchasiga
ekin ekishim iz
mumkin.
Mana shunday oddiy misollar orqali bolalar aniq va ilmiy asosda tushunchalarga
ega bo’ladilar.
Ilmiy printsip bolalar yoshiga mos bo’lsagina samarali natija beradi. Bu haqda
Y.A.Komenskiy shunday degan: Oddiydan - murakkabga, yaqindan- uzoqqa,
tanishdan-notanishga tomon borish kerak. Bu printsiplar
dasturdagi tabiat bilan
tanishtirish bo’limida o’z aksini topgan. Biz bolalarni tabiat bilan tanishtirishda
bevosita o’zlariga yaqin bo’lgan, atroflarini o’rab turgan tabiat bilan tanishtirishdan
boshlaymiz. Bolalarga avval boqchadagy daraxtlar so’ngra o’rmondagi daraxtlar
haqida bilim beramiz. Demak, biz yaqindan-uzoqqa
tomon degan qoidaga rioya
qilishimiz zarur.
Biz bolalarga bilim berishda ularning avvalgi bilimlariga tayanamiz. Shundagina
ular yangi bilimni chuqur o’zlashtirib oladilar. Bolalarga beriladigan bilim ilmiy, bolalar
yoshiga mos 6o’lsa-Y. ular ko’rgazmasiz bo’lsa, bolalar yaxshi tushunmaydilar.
Y.A.Komenskiy shunday degan: "Avval sezgilarda bo’lmagan narsa, intellektda
ham buliaydi".
Shundan kelib chiqib hissiy tajribani bilish va o’rganish asosida quyidagi
ko’rgazmalilik printsipini asoslab berdi. Ko’rgazmalilik faqat buyum, hodisalarni ko’rib
idrok etish emas, balki ularni hamma sezgi organlarini jalb qilgan holda idrok qilishdan
iborat. Bu didaktikaning oltin qoidaei hisoblanadi. Agar biror bir predmetni bir necha
sezgi organlari bilan idrok qilish mumkin bo’lsa, shu narsani idrok qilish uchun bir yula
bir necha sezgi organlarini ishga solish lozim. Agar o’rganilayotgan predmetni ko’rish
imkoni bulmasa. ularning sur`atlari yoki modellariga murojaat qilish lozim.
Demak, ko’rgazmalilik bolalarni abstrakt tushanchalarini real anglashga olib keladi.
Entsiklopedik so’zi grekcha so’z bo’lib, barcha fanlarni har tomonlama bilim olish,
bilimlar yigindisi manosida qo’llaniladi
Bolalar osmon jismlarini astronomiyadan, o’zi tutilib usgan shahar, qishloq, voha,
dare, toglarning
nomlarini geografiyadan; o’simliklar nomlari. ularning uziga xos
xususiyatlari botanikadan bilib boradilar.
Tabiatshuposlik bilimlarini oddiydan - murakkabga tizimli ravishda yakindan -
ya`ni o’z o’lkasi tabiatidan boshlab uzoq ya`ni boshqa o’lka tabiatini tanish. o’rganish
asosida amalga oshiriladi. O’z o’lkasi tabiati bilan tanishish bevositasi bolani tevarak -
atrofdagi, boqchasidagi er maydonchasidagi o’simliklar, gullar, ko’chatlar, daryo va
ko’l nomlari, tog’lar, yo’lda
uchraydigan maysalar nomi, hayvonot olami; ya`ni bola
kundalik hayoti davomida duch keladigan jonli va jonsiz tabiat bilan tanishishdan
boshlash zarur. Shu tizim asosida ish tashkil etilsa, o’zga o’lkaning
tabiati bilan
tanishish engil, oson kechadi.
Dostları ilə paylaş: