O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix16.09.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#63715
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
 O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
 PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TABIAT 
BILAN TANISHTIRISH METODIKASI 
(ma`ruzalar matni) 
“Maktabgacha va oila ta`lim metodikasi” kafedrasi 
Tuzuvchi: dotsent X.J. Jabborova
Toshkent – 2009 


1 MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALLRNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH 
METODIKASI 
 
Maqsad: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani talabalarga shu fanning maqsad 
va vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni. 
vazifalari, bolalarni boqchada tabiat bilan tanishtirish dasturi, dasturning tuzilishi, usul 
va uslublarini, ish shakllari, tabiat bilan tanishtirish ishiga uslubiy rahbarlik qilish 
haqida bilim beradi. 
Reja: 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama
rivojlonishida tabiatdan foydalanish.
2. Tabiat va biz. 
Mustaqil O’zbekistonning milliy davlatchiligimiz poydevori kun sayin 
mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. O’z tarixiy an`analaridan, yashash tarzidan 
kelib chiqib, ulug’ ajdodlarning tajribdlariga tayangan holda ko’p qonunlar 
yaratilmoqda. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan 
"Ta`lim to’g’risida"gi qonun va uzluksiz ta`limning o’zbek modelini belgilovchi "Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi" ta`lim-tarbiyaning sifatini yanada yaxshilash vazifasini 
belgilab berdi. Qonunning asosiy maqsadi ta`lim sohasini isloh qilish, uny o’tmishdan 
qolgan mafkuraviy, qarashlaridan to’la xalos etish, rivojlangan mamlakatlar 
darajasida, yuksak ma`naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar 
tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. 
Bu qonunni amalga oshirishda ta`lim tizimining birinchi bosh bo’g’ini hisoblangan 
maktabgacha tarbiya muassasalari, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat 
bilan tanishtirish. tabiatini muhofaza qilish, ekologik ta`lim-tarbiya berishning 
ahamiyati kattadir. Yosh avlodni etuk mutaxassislar, aqlan, ruhan kamol topgan, o’z 
Vatanini sevuvchi, uni e`zozlovchi inson qilib tarbiyalashda ushbu sohaning urni 
beqiyos. Bola shaxsining mukammal shakllanipshda tabiat, unda bo’ladigan voqea-
hodisalar, tabiat qonuniyatlari muhim rol oynaydi. Bolalar mana shular bilan tanishar 
ekanlar ham aqlan, ham axloqan, ham jismonan, ham ilmiy dunyo qarashlari 


mujassamlashib, shakllanib boradi va ular tabiatini asrash, extiyot qilish va muhofaza 
kilish ruhida tarbiyalanadilar. 
Inson tabiat mahsulidir. Insonni tabiat yaratgan, kamol toptirgan. Shunday ekan. 
biz tabiatni e`zozlashimiz, unga tugri munosabatda bulib, tabiatni yana ham 
ko’rkamligiga, abadiyligiga uz hissamizni qo’shishimiz zarur. Yosh bolalarni har 
tomonlama kamol toptirish va tarbiyalash turli omillar asosida amalga oshiriladi. 
Buning eng samaralisi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishdir.
Sababi inson go’dakligidanoq, qoynida o’sadi, ulg’ayadi kamol topali. Bolani 
go’dakligidap boshlab tabiatdan zavq olishga. tabiatga nisbatan to’g’ri munosabatda 
bo’lishga o’rgatib borishimiz zarur. 
Bu kursni o’qitish jarayonida talabalar tabiat bilan tanishtirish metodikasi 
fanining tashkil topishga xissa qo’shgan pedagog psixologlarning ilmiy-pedagogik 
faoliyatlari bilan ham tanishadilar. Sharq mutafakkirlarining tabiat hayotida insonniig 
tutgan o’rni haqidagi fikrlari va ilmiy asarlarini o’rganadilar. Talabalar tabiat 
burchangida, haynovot olami, er maydonchasida o’sadigan o’simliklar dunyosi haqida 
bilimga ega bo’ldilar hamda ularni parvarnsh qilishning ko’nikma va malakalarini 
egallaydilar. 
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ekologik muammodir. Shu 
sababdan ham bolalar bog’chalarida ham ekologik ta`lim-tarbiya berishga alohida 
e`tibor berilmoqda. Tabiat bilan tanishtirish metodika fanida talabalarga ekologik 
ta`lim-tarbiya berish usullari, «Qizil kitob» haqida qisqacha ma`lumot va «Qizil 
kitob»ga kiritilgan, noyob o’simlik va hayvonot olami haqida ham bilim berishga katta 
o’rin berilgan. 
Shunindek, talabalar bolalar boqchasilagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish 
sohasidagi yangi tajribalarni ham o’rganib olishlari zarur Buni ular o’sha boqchalarda 
amaliyotda bo’lgan davrlarida o’rganadilar. Bolalarni tabiat qonun-qoidalari bilan 
tanishtirishning ahamiyati shundaki, ularning to’g’ri o’sib ulg’ayishiga, tabiatda 
bo’ladigan voqea-hodisalarni ilmiy asosda tushunishga olib keladi. Bu bolaning 
shakllanishida, tabiatga, ona-Vatanga, tabiat boyliklariga bo’lgan mehr-muhabbatni 
oshiradi. Darhaqiqat, tabiatni muhofaza qilish ayrim kishilarning ishi deb
qaralmasdan 
barchamizning ishimiz ekanligi zedan chiqarmasligimiz kerak. 
Bog’cha yog’adagi bolalarning xar tomonlama kamol topishida tabiat bilan 
tanishtirishning o’ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari bor. Bu jarayon turli vositalar, 
metodlar orqali amalga oshiriladi. 


Tabiat rang-barang. Uning imkoniyatlari ham cheksiz. Biz. tarbiyachilar, ana shu 
rang-baranglikni, imkoniyatlarni ko’ra bilishimiz, ulardan tarbiya jarayonida oqilona 
foydalanishimiz kerak. Biz nima uchun bolalarni har tomonlama kamol toptirish kerak 
deymiz? Chunki inson organizmining imkoniyatlari beqiyosdir. Bu imkoniyatlar 
ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’proq foizini tashkil etadi. Faqat biz 
tarbiyachi-murabbiylar uni vaqtida parvarish qilsak. uning o’sib voyaga etishi uchun 
sharoit yaratsak. u, albatta, kurtak yozib xosil beradi. 
Ma`lumki, har bir odam shaxsining o’ziga xos xususiyatlari ya`ni ehtiyoji, 
temperament tinlari, xarakter xislatlari, iste`dodi, qobiliyatlari bo’ladi. Bu 
xususiyatlarning rivojlanishi shakllanishi bevosita bola yashaydigan muhitga,
tevarak-atrofga bog’liq. Demak, bola psixologiyasi ham tabiat bilan chambarchas 
bog’langan bo’ladi va ular bir-birini to’ldiradi, mustahkamlaydi. 
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi boqcha sharoitida xilma-xil bo’lib 
bunda bolalarning xususiyatlari, tabiat haqidagi tushunchasi hisobga olinib, elementar 
tushunchalardan tortib, bolalarga mos eng murakkab tabiat haqidagi tushunchalarni 
va tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarni bilib olishga o’rgatadi. Maktabgacha tarbiya 
muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasining ana shunday o’ziga 
xos shakllari bilan chegaralanmasdan, mavjud o’zgartirish, yangi ish shakllarini ishlab 
chikish, haet tajribalarini umumlashtirib har bir tarbiyachi uzining yashaydigan muhiti, 
sharoitiga moe usullarni topib amalda qo’llashlari kerak. Har bir tarbiyachi ijodiy 
izlanuvchan, kuzatuvchan, tabiatdan ilhom oladigan. hayotda dadil qadam 
tashlaydigan bo’lmogi kerak Bugungi talaba - ertangi mutaxassis. Shunday ekan 
hozirgi talabalarga qoyilayotgan talab yanada kattadir. Chunki hayotimiz doimo 
rivojlanishda, fan-gexnika, ta`lim-tarbiya sohasida yangi-yangi kirralar ochilmokda. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin