- Bolalarni o’z o’lkasini sevishga o’rgatish.
- O’zining, tengdoshlari va kattalarning mehnatini qadirlashga o’rgatish.
- tabiat orqali psixik jarayonlarni rivojlantirish (sezgilar,idrok, xotira, xayol,
tasavvur, nutq diqqat).
- Bolalarni xissiyotini irodasini rivojlantirish.
- Tabiat in`om etgan ne`matlarni avaylab asrashga o’rgatish.
Yuqoridagi
vazifalardan kelib chiqqan xolda, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat orqali
– Aqliy tarbiya; - Axloqiy tarbiya; - Nafosat tarbiyasi; - Jismoniy tarbiya; - Ekologik
tarbiya; Iqtisodiy tarbiya berish lozim.
Yosh avlodga aqliy tarbiya berish umumiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan birini
tashkil etadi.
Aqliy tarbiya berish ko’zlangan maqsadb maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak
– atrofdagi hayotning eng oddiy xodisalari haqida turli tasavvurlar
hosil qila olishga
o’rgatib borishdan iborat. Tabiat vositasida bolalarga aqliy tarbiya berish biz
yashaydigan muhitdagi o’simlik va xayvonot olami bilan tanishtirish, jonlig’jonsiz
tabiat haqida tushuncha berish haqidagi, uning elementlari, tabiatda bo’ladigan
hodisalar, yomg’ir, yulduzlar, oy haqida, er haqida tushunchalarini mashg’ulot vaqtida
so’rab bilish mumkin. Bola tevarakg’atrofdagi narsalar,
ularning shakli, rangi,
kattag’kichikligini ko’rib ular xaqida fikir yuritadi. Aqliy tarbiyaning eng muhim
vazifalaridan yana biri bolalarni tarbiyalash. Bolalarga aqliy tarbiya berishda tabiat
vositalardan foydalanish ma`lum bir tizim asosida amalga oshirilishi kerak. Buning
uchun eng avvalo tabiat bilan tanishtirishning eng oddiy tushunchalaridan boshlab
tabiat haqidagi ilmiy dunyoqarashlar hosil qilinadi. Natijada bolalarda ko’rgazmali
obrazli, ko’rgazma xarakatli tafakkur rivojlanadi. Buning ahamiyati shundaki
tanishtirilgan tabiatning xar bir vositasi bola ongida fikrida tushunchasida mustaxkam
iz qoldiradi.
Axloqiy tarbiya deyilganda yosh avlodni Vatanga, kishilarga muhabbat, ularga va
ular mexnatiga hurmat tuyg’ulari,
baynalminallik kurtaklari, kishi – kishiga do’st,
tinchlik, xarakterning irodaviy xislatlari va shaxsning ijobiy axloqiy sifatlar,
poklik,to’g’rilik, xullas olijanob inson uchun nimaiki zarur bo’lsa, hammasini
mujassamlashtirilgan holda tarbiyalash tushuniladi.
Yosh avlodda bu xislatlarni kamol toptirish uchun tabiat omilidan keng
foydalanish kerak. Buni amalga oshirish bir kunlik, bir oylik ish emas,
bolki bu uzoq
davom etadigan murakkab jarayon bo’lib, kerak bo’lsa yillab tarbiya talab qiladigan
mehnatning maxsuli xisoblanadi.
Tabiat vositasida axloqiy tarbiya berish uchun bog’cha uchastkalariga ekilgan
ekinni parvarish qilish, gullarning har bir gulni nixolni asrash, uni parvarish qilish,
gullarni tagini yumshatish, sug’orish kabi ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirish
mumkin. Bolalarni bog’cha maydonchasida, tabiat burchagida, o’simlik yoki xayvonni
tanishtirish jarayonini tashkil etish kerak bunda tarbiya tanishtirishni
qiziqarli jonli
sharoitga bog’lab bolalarning e`tiborini o’ziga rom etib tashkil etish kerak. Tabiat
vositasida bolalarga axloqiy taribya berishning yo’llari juda ko’p va xilma-xil.
Yoshlarga nafosat tarbiyasini berishdan maqsad shaxsning didini, go’zallikni his
etib doimo unga intilib yashash xislatini tarkib toptirishdir. Chindan xam tabiatni uning
go’zal manzaralarini tog’ rog’larni sevmagan undan roxatlanmagan kishi bo’lmasa
kerak. Gullarning, mevalarning hidi, shakli va rangi,
qushlarning sayrashi, ariqlardan
suvlarning shildirab oqishi, oyoq ostidagi qorning g’ijirlashi - bularning barchasi
balalarda tabiatdagi narsa va xodisalarni his qilishga imkon beradi va ularda estetik
hissiyotni tarbiyalash va o’stirish uchun boy material bo’lib xizmat qiladi. Ma`lumki,
yosh bolalar chiroyli, yorqin, rang, predmetlarni yaxshi ko’radilar. Go’zallik xavas,
qiziqish xar bir bola ongida mavjud. Biz bola ongidagi fikridagi
ana shu qiziqishni
rivojlantirishimiz zarar. Bunda asosiy vosita rolini tabiat oynaydi.Maktabgacha
yoshdagi bolalarning tabiat vositasida nafosat tarbiyasini istagan faslda amalga
oshirish mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mexnat tarbiyasini berish ularni mexnatsevarlik
ruhida tarbiyalash mehnatga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, kattalar yaratgan mexnat
maxsulini e`zozlash, uning qadriga etish ruxida tarbiyalashni bolalik davridan
boshlashi lozim. Bolalarning mexnat tarbiyasi burchagida ulzorda, o’simliklar va
xayvonlarni parvarishlash jarayonida amalga oshiriladi. Mexnat tarbiyasi xar bir
guruxning yosh xususiyatini xisobga olgan xolda amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Kichik guruxda mehnat tarbiyasinn berishda bolalar tarbiyachi bilan
birga
xonadagi
o’simliklarga.suv
quyadilar,
akvariumdagi
baliqlarga
ovqat
beradilar,
qushlarga
don
tashlaydilar,
boqcha
hovlisidagi
poliz ekiilarini yig’ib-terib olishda ishtirok etadilar. O’rta guruhda mehnat tarbiyasi bir
oz murakkablashadi, boqcho maydonchasidagi o’simliklarni o’zlari parvarish qiladilar.
Tabiat burchagidagi
hayvonlarni o’zlari ovqatlantiradilar, parvarishlaydilar.
Katta
tayyorlov guruhlarda amalga oshiriladigan mehnat tarbiyasi ham bir muncha o’ziga
xosligi, murakkabligi bilan ajralib turadi. Bolalarning o’simliklarga bo’lgan munosabati,
mehnat qilishlari jonli tabiatga, Vatanga bo’lgan muhabbatni yanada oshiradi.
Dostları ilə paylaş: