Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
ANDIJON 
GUL VA QUYUN 
1 
Choparlar hali yo‘lda. Urush to‘poloni Andijonga yetib kelganicha yo‘q. Shaharning 
shimolidagi ko‘rkam chorbog‘ baland devor bilan o‘ralgan, darvozalarga soq-chilar 
qo‘yilgan. Chorbog‘ ichida o‘n ikki yoshlik Bobur mirzo chavandozlik mashqlari 
o‘tkazmoqda. U chorbog‘ chetidagi yalanglikdan bo‘z otni choptirib chiqdi-yu, birdan 
jilovni qo‘yib yubordi. Kamonga chapdastlik bilan o‘q o‘rnatdi va chopib borayotgan ot 
ustidan nishonga otdi. Yoy o‘qi nishon yog‘ochiga «taq» etib urilgani baralla eshitildi. 
Bir to‘p otliqlar mashqni chinor soyasida turib kuzatmoqda edilar. Qora otliq Mazidbek 
nishonga birinchi bo‘lib yaqinlashdi. U Boburning bek atkasi* edi. Bobur otini qaytarib 
kelayotganda, Mazidbek unga: 
— Mo‘ljalni andak balandroq olibsiz, ammo zarbingiz behad yaxshi, — dedi. 
Mazidbek sopiga sadaf qadalgan yoy o‘qini nishondan avaylab sug‘urib oldi-da, qanchalik 
chuqur botganini barmog‘i bilan o‘lchab ko‘rdi: 
— Bilagingizda kuch ko‘p, amirzodam! Sherpanjasiz. Podshoh hazratlari sizni Bobur deb 
ataganlari bejiz emas. Bobur arabcha sher demakdir! 
Bobur mirzoning navkarlari, yaroqbardor, tengdosh-ko‘kaldosh* mulozimlari ham nishon 
atrofiga yig‘ildilar. Ular Boburning hali yosh o‘spirin ekanini, qo‘lidagi kamoni bo‘yi-
bastiga mos qilib kichraytirib ishlanganini bilar edilar. Shuni o‘ylab, Bobur maqtovni 
o‘ziga olgisi kelmadi. 
— Sherpanja deb otamni aytsinlar. Men ko‘rganmen, zarblari bundan o‘n hissa ortiq. 
Musht ursalar, eng zo‘r yigitni ham yiqiturlar. 
Kamina ham aytmoqchi edimki, amirzodamning sherpanjaliklari podshoh otangizga 
tortganligingizdan nishonadir! 
Mazidbek gapni mohirlik bilan burganini sezib Bobur kulib qo‘ydi. Uning mayin sarg‘ish 
tukli peshonasida, yuqori labining ustida ter rezalari yiltirardi. 
— Kun isidi, amirzodam. Yoz ramazoni tinkani quritur. Iftorgacha toliqib qolmasinlar. 
Endi borib, salqinda mutolaa qilsinlar. Kamina Andijon qo‘rg‘onini mudofaaga tayyorlash 
bilan band bo‘lurmen. 
Bobur mulozimlari bilan mashq maydonidan chiqayotganida ko‘nglida yangi bir istak 
uyg‘onib, ko‘zlari sho‘x yiltiradi. U otini to‘xtatib, orqasiga o‘girildi va jiyron qashqa ot 
mingan navkarni yoniga chaqirdi. Navkar yondashganda, qo‘lini cho‘zib, otining egarini 
silkitib ko‘rdi. Egar mahkam urilgan edi. Bobur navkarga ellik qadamcha nariga borishni
otdan tushib, jilovidan sekin yetaklab ketaverishni buyurdi. 
Mulozimlar orasida eng e’tiborlisi Boburning opasi bilan bir onani emib o‘sgan o‘n yetti 
yoshlik No‘yon Ko‘kaldosh edi. Mazidbek yo‘qligida Boburni ehtiyot qilish No‘yonga 
topshirilgan edi. No‘yon Boburning nima qilmoqchi ekanini fahmlab, bezovtalandi: 
— Amirzodam, hozirgina bir mashqdan chiqdingiz. Boshqa mushkul mashqlarni ertaga 
qoldiring. 
— Xo‘p, mushkuli ertaga qolsin, hozir osonini ko‘raylik, — kulib dedi Bobur. 
Navkar aytilgan joyga borib otdan tushdi va jiyron qashqasini sekin yetakladi. Bobur 
bo‘z otni choptirib borib, navkarga yetganda oyoqlarini uzangidan bo‘shatdi, qamchini 
tishiga oldi. Bo‘z ot jiyron qashqa bilan jips kelgan zahoti Bobur bo‘y cho‘zib, narigi 
otning egaridan ikki qo‘llab ushladi-yu, bor kuchi bilan egardan egarga sakradi. 
Biroq navkarning oti sakrash zarbidan cho‘chib, hurkib ketdi. Boburning xipcha gavdasi 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin