Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
deb shivirladi. Mulozim bosh irg‘ab, yon eshikdan chiqib ketdi-yu, navbatdagi quvnoq 
kuy tugagan paytda ustiga bir necha qavat oq ipak yopilgan qandaydir sovg‘ani oltin 
barkashga solib ko‘tarib kirdi. 
Muhammadjon eshik og‘asi Shoh Ismoilning Boburga berib yuborgan maktubini va oltin-
kumush in’omlarini kunduz topshirgan edi. «Endi bu yana nima ekan?» deb hamma 
o‘tirganlar oltin barkashga tikilib qoldi. Umumiy jimlikda qizilbosh bek barkashdagi 
sovg‘a bilan Boburning qarshisiga ta’zim qilib keldi. Boburga yaqin o‘tirgan 
Muhammadjon eshik og‘asi o‘rnidan turib gap boshladi: 
— Sulton Zahiriddin Muhammad Bobur bahodir hazratlarining sohibi zamon Shoh Ismoil 
hazratlari ya cho‘x yuksak, cho‘x semimiy hurmatlari varlig‘ina alhol bizim ishonchimiz 
kamil o‘ldi. Shu sebebli Shoh Ismoil hazratlari yubormish muqaddas in’omni Bobur 
podshoh hazratlariya topshirmog‘a ijoza vergaysiz! 
Elchi oltin barkashdagi sovg‘aning ustidan ipak pardani oldi. Bobur yoqut va dur bilan 
bezalgan nafis oq ipak sallani ko‘rdi. Sallaning tepasiga o‘n ikki imomning qonini 
eslatuvchi qizil jig‘a suqib qo‘yilgan edi. Salla ancha katta — Bobur o‘ramlarning soni 
ham shahid bo‘lgan imomlar kabi o‘n ikkita ekanini taxmin qilib bildi. Shialarning 
e’tiqodiga binoan, bu o‘ramlarning har biri — bir imomning ruhi uchun muqaddas makon 
edi. 
Ichgan chog‘irdan yuzi qizarib, ko‘zlari yaltillab turgan Bobur o‘zining a’yonlari orasida 
shivir-shivir boshlanganini payqadi-yu, kulimsirab Qosimbek tomonga qaradi. Ammo 
Qosimbek va undan narida o‘tirgan Xo‘ja Xalifa nomli shayxulislom oltin barkashdagi 
dastorga jirkanib va hatto qo‘rqib qaramoqda edilar. 
Chunki Boburning o‘zi ham, Qosimbek ham, ziyofatda o‘ltirgan boshqa sunniy a’yonlar, 
mulozimlar ham choryorlarning hurmati uchun boshlariga to‘rt o‘ram qilingan salla o‘rar 
edilar. Kichikligidan ollohu taologa, payg‘ambar va choryorlarga cheksiz ishonch va 
e’tiqod ruhida tarbiyalangan odamlar boshlaridagi sallalarining to‘rt o‘ramida to‘rt 
choryorning ruhi yashaydi, deb ishonar edilar. Shialar shu choryorlarning uchtasini tan 
olmay haqorat qilishar, ularning o‘n ikki o‘ramlik sallalari esa Abubakir, Umar va 
Usmonlarning avlodlariga qarshi kurashgan shia imomlarini ulug‘lar edi. 
Shialikni muqaddas choryorlardan yuz o‘girish, dindan chiqib, rofiziy bo‘lish, deb 
o‘rgangan keksa Qosimbekka oltin barkashdagi sallaning mayin yiltirgan ipagi — ilon 
terisining yiltirashidek ko‘rindi. Qosimbekning nazarida sallaga qadalgan yoqutlarning 
cho‘g‘day yonishi zaharli ilonning qizg‘ish ko‘zlari qonga to‘lib yonishiga o‘xshardi. 
Muhammadjon eshik og‘asi Boburga yana bir marta ta’zim qildi-yu, Shoh Ismoil shaxsan 
berib yuborgan shu muqaddas dastorni qo‘liga olib boshiga kiyishini undan iltimos qila 
boshladi. 
O‘nlab ko‘zlar Boburga «Ne qilarkin?» deb tikildi. Qosimbek Xo‘ja Xalifaga tahlika bilan 
shivirlab: 
— Makru hiyla bilan hazratimni shia mazhabiga o‘tkazmoqchilarmi? — degani Boburning 
qulog‘iga chalindi. 
Bobur agar shu dastorni boshiga qo‘ysa shia mazhabiga o‘tganday ko‘rinishi 
mumkinligini endi payqadi. U ichgan chog‘iridan durustgina kayf qilgan edi. Hozir vaziyat 
unga Qosimbek qo‘rqqanchalik vahimali tuyulmas edi. Choryorlar, o‘n ikki imom ham 
Bobur uchun bundan to‘qqiz asr burun o‘tgan tarixiy shaxslar edi. Uzoq o‘tmishga 
aylangan qonli dushmanlikni bugun davom ettirish kimga kerak? 
Qizilbosh bek hamon Boburning qarshisida tiz cho‘kib, oltin barkashdagi sallani unga 
tutib turibdi. Shoh elchisi unga iltimoskorona ta’zim qilyapti. Ular orqali Shoh Ismoil 
go‘yo Boburga hamkorona qo‘l cho‘zyapti. Bobur bu qo‘lni qaytarsa, shoh bilan orani 
uzishi kerak bo‘ladi. Keyin shayboniyzodalar shoh bilan ittifoq tuzishadi-yu, Boburning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin