Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
uringan dushmanlarning esa yo‘lini to‘sgan edilar. 
Bobur Hisor qo‘rg‘onidan voz kechib, Vaxsh vodiysi tomonga yo‘l olganini sezgan 
fitnachilar uni boshqa ta’qib etmay, orqaga qaytdilar va shohona chodirlar ichida egasiz 
qolgan boyliklarni talashga tushdilar. 
Tong yorishib qolgan edi. Bobur yarador jiyanini qo‘liga olar ekan, uning biqinidan issiq 
qon oqayotganini sezdi. 
— Tabibni chaqiring! — qichqirdi u. — Tabib! 
Podshohning xos tabibi bolani chakman ustiga yotqizib, yarasiga dori qo‘yib bog‘ladi. 
Xurramshoh hamon hushiga kelmas, faqat o‘qtin-o‘qtin ingrar edi. 
Uning biqiniga sanchilgan o‘q o‘pka va qorin oralig‘idagi pardani yirtib, ichki a’zolariga 
yomon zarar yetkazgan edi. Tabib unga mumiyoyi asildan suv bilan ichirmoqchi bo‘ldi. 
Biroq behush bolaning tomog‘idan suv ham, dori ham o‘tmadi. Xonzoda begim buni 
ko‘rdi-yu, bolasini quchoqlab, qichqira boshladi: 
— Xurramjon! Yolg‘izim! Xurramim! 
Bolaning ko‘zlari ola-kula bo‘lib bir ochildi, ke-yin qorachiqlari tepasiga qarab ketdi-yu, 
kipriklari yarim yumuq holda to‘xtab qoldi. 
Bobur bolaning jon berganini sezdi-da, opasini quchoqlab, jasadning tepasidan olib 
ketmoqchi bo‘ldi. Lekin Xonzoda begim uning qo‘lidan yulqinib chiqdi. O‘g‘lining 
o‘lganiga ishongisi kelmas edi. U bolasini quchoqlab dast ko‘tardi-yu, dod solib, yana uni 
chaqira boshladi: 
— Xurram! Xurramjon, qanisan? Qanisan, bolam! Bolam qani?! 
Bobur ho‘ngrab yig‘lar ekan, bolani opasining qo‘lidan oldi-da, yana chakman ustiga 
yotqizdi. Qosimbek bolaning yarim ochiq qolgan ko‘zlarini yummoqchi bo‘lib, qoshlarini 
siladi, kipriklarini yotqizishga urinib ko‘rdi. Lekin kipriklar yotmadi, murg‘ak ko‘zlar yarim 
ochiqligicha qoldi. Xonzoda begim o‘g‘lining o‘lganiga endi ishondi-yu, o‘zining 
chakkalariga musht urib yig‘ladi: 
— Seni bu yerlarga olib kelmay onang o‘lsin, bolam! Seni asrab qololmagan onaginang 
o‘lsin!!! 
Bobur opasining musht bo‘lib tugilgan qo‘llarini ikki qo‘liga oldi-da, yuzini yuziga qaratdi. 
— Qarg‘ash kerak bo‘lsa meni qarg‘ang! — dedi. — Siz yana mening kasofatimga 
qoldingiz! Ajalda adolat bo‘lsa bu begunoh boladan avval men gunohkorni olsin edi! Buni 
ikki qilich orasiga men olib kirdim! Sizlarni dinu mazhab balosiga men giriftor qildim! 
Qosimbek Boburning yelkasidan quchoqladi. U burnog‘i yil Qunduzda mo‘g‘ul beklarining 
Boburga qarshi fitnasi ilk bor ma’lum bo‘lganda oraga tushib xato qilganini, bugungi g‘ilu 
— o‘shanda kesib tashlanmagan yaraning patosi ekanini o‘yladi: 
— Gunohkorni izlasangiz, hammamiz ham aybdormiz, hazratim! Dunyo o‘zi shundoq 
yaratilgan bo‘lsa biz qandoq qilaylik?! 
Xonzoda begim yana o‘g‘ilchasining jasadini quchoqladi: 
— To‘ydim bu dunyodan! Bas! To‘ydim! Meni bolam bilan birga ko‘minglar!.. 
Xurramshohning jasadini archadan yasalgan tobutga solib, shu kuni kechgacha qo‘lma-
qo‘l ko‘tarib bordilar. Keyin uni Pomir tog‘ining etaklaridagi ko‘kalam bir tepalikka 
ko‘mdilaru qabri ustiga oq bayroqcha qadab qo‘ydilar. 
Tirik murdaga o‘xshab qolgan Xonzoda begimni bir amallab Qunduzga, undan Kobulga 
olib ketdilar. 
__________________ 
* U g‘ r u g‘ — oila a’zolari, ko‘chlari.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin