Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
242
Hindubek kulib e’tiroz qildi: 
— Hazratim bo‘lmaganlarida biz yo‘lbarsga ro‘baro‘ bo‘lolmas edik. 
Humoyun Hindubekning gapini ma’qullagan kabi bosh irg‘adi va otasiga bolalarcha sof 
bir iftixor bilan qarab qo‘ydi. 
Bobur Buxoro atroflarida va Hisorda boshiga tushgan kulfatlarni hamon unutolmas, 
o‘shandagi mag‘lubiyatlar alami avvalgilariga qo‘shilib, yuragini haligacha timdalar, 
dunyo g‘amlarini xayolidan uzoqlashtirish uchun ham u tez-tez chog‘ir ichar edi. Uning 
ruhi tushib, o‘z taqdiridan ixlosi qaytib yurgan mana shu kunlarda o‘g‘li otasi qilgan 
yaxshi ishlarni bunchalik e’zozlab tilga olishi Boburga g‘alati ta’sir ko‘rsatdi. 
Bir lahza u o‘zini o‘smir o‘g‘lining ko‘zi bilan ko‘rganday bo‘ldi. Humoyun faxr bilan tilga 
olgan voqealar chindan ham bo‘lgan voqealar ekanligi to‘satdan Boburning ko‘nglini 
ko‘tardi. Shu daqiqagacha unga butun hayoti qop-qorong‘i bir tun bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, 
endi u bu tunga go‘yo Humoyunning ko‘zi bilan qaradi-yu, qorong‘i osmonning u yer-
bu yerida yulduzlar miltillayotganini ko‘rdi. 
Humoyun otasi bilan yakkama-yakka gaplashgisi kelib, ovozini pasaytirib: 
— Hazratim, — dedi, — in’om qilgan devoningizdagi barcha she’rlarni yod olmishmen. 
Lozim ko‘rsangiz imtihon qiling. 
Bobur orqaroqda jim turgan bek va mulozimlarga o‘girilib qaradi. Ular Boburning o‘g‘li 
bilan gapini tezroq tugatishini va kemaga qaytishini kutmoqda edilar. Lekin Boburga 
endi chog‘ir majlisidan ko‘ra o‘g‘li bilan birga bo‘lish yoqimliroq tuyula boshladi. 
— Janoblar, — dedi u beklariga yuzlanib, — bugun bizga kema sayri bas. Endi mirzo 
Humoyun bilan she’r mashg‘uloti o‘tkazmoqchimen. Ot keltirilsin! 
Bobur otlangandan keyin Humoyun ham otiga quvonch bilan sakrab mindi. Ota-bola 
yonma-yon Kobul arkiga qarab yo‘l oldilar. Qosimbek va boshqa mulozimlar orqaroqda 
odob saqlab jim bormoqda edilar. 
Bobur kemada ichgan chog‘irning tafti va karaxtligi uning yaltiragan suzuk ko‘zlaridan 
bilinar edi. 
— Qani, amirzoda, eshitaylik, — dedi u Humoyunga kayf aralash kulimsirab qararkan. 
Otasi birga ketayotganidan o‘zida yo‘q quvongan Humoyun Boburning devonidan yod 
olgan bir ruboiyni shoshilibroq o‘qidi: 
Ozar ila necha guftigo‘* qilg‘aysiz, 
Ozurda bo‘lurni justiju* qilg‘aysiz. 
Munchaki ko‘ngullarga yetishdi ozor
May bila magarki shustisho‘* qilg‘aysiz. 
Humoyun bu she’r bilan otasining may ichish sababini tushunishligini va hozir kayfi 
borligi ham uzrli ekanini aytmoqchi edi, Bobur buni fahmladi-yu: 
— Ma’qul, ma’qul, — deb kuldi. — Faqat avvalgi ikki satrning vaznini buzibroq o‘qiding. 
Aftidan, sen bu satrlardagi kinoyani yaxshi fahmlamagansen. 
— Qandoq... kinoya? — deb bu satrlarni kamoli jiddiyat bilan o‘qigan Humoyun 
taajjublandi. 
— Kinoyaki, odamlar bir-birlariga ozor beradigan gapni ko‘p gapirurlar. Goho ozor 
beradigan narsani o‘zimiz justijo‘ qilib topurmiz. Undan keyin bu ozorni ko‘ngildan may 
bilan yuvmoqchi bo‘lib ichishga ruju qilurmiz. 
Otasi o‘zining may ichishiga kinoya bilan qarashini Humoyun endi sezdi va yana hayron 
bo‘ldi: 
— Nechun shunday? 
— Sening yoshingda buning sababini tushunib bo‘lmas. Men ham o‘ttiz yoshimgacha 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin