Kutubxonasi


  Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov  www.ziyouz.com



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
yulduzli tunlar

3 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
314
Yigirma uch yoshlik Humoyunning yigit yuragi otasi ko‘rsatgan ruhiy madaddan kuch 
olib, og‘ir kasallikni axiyri yengdi. Oradan bir hafta o‘tgach, u kasal ko‘rishga kelganlarni 
o‘rnidan turib qabul qildi. Yana ikki kundan so‘ng otasini borib ko‘rish uchun xobgohidan 
chiqdi. 
Bobur o‘g‘lini Orombog‘ning to‘ridagi xonayi xosda qabul qildi. Humoyun uning 
qarshisida tiz cho‘kib, ko‘ziga yosh olib gapirdi: 
— Hazratim, men sizning iltijongiz bilan shifo topmishmen. O‘zimga kelganimdan beri 
xudodan tilaymenki, sizning umringiz uzoq bo‘lsin! Bu ulug‘ davlatni siz barpo etdingiz. 
Hammamizning pushti panohimiz o‘zingizsiz. Parvardigor bizga rahm qilsin! 
Bobur o‘g‘lini yelkasidan olib o‘rnidan turg‘izdi: 
— Mana, shukr, yuribmen-ku, o‘g‘lim. Sen ko‘p xavotir bo‘lma. 
— Ammo shayxlar: «Hazratim o‘g‘liga kelgan ajalni o‘zlariga oldilar», deb ko‘nglimga 
g‘ulg‘ula soldilar. 
Bobur o‘g‘liga o‘ng yonidan joy ko‘rsatdi. 
— Humoyun, o‘g‘lim, mardona bo‘l, eng og‘ir yuklar endi sening yelkangga tushadigan 
ko‘rinadir. Xayriyat, tuzalib ketding. Agar mutaassib shayxlarning gapiga kirib, Ko‘hinur 
olmosini tasaddiq qilsam, ular g‘olib chiqmasmidi? «Humoyunni biz o‘shal tasaddiq 
evaziga qutqarib qoldik, biz podshohdan ham zo‘rmiz!» deb tantana qilmasmidi? Imonu 
e’tiqod bunday g‘arazlardan baland turmog‘i kerak-ku, axir! 
— Ilohim, siz haqqingizdagi karomatlari ham yolg‘on chiqsin! 
— Har qalay, sen Ollohu taologa g‘arazli shayxlar orqali emas, bevosita imonu e’tiqoding 
orqali iltijo qilishga o‘rgangin. Shayxlar mudom podshohning tepasiga chiqib, unga 
hukmini o‘tkazishga intilurlar. Shundan ehtiyot bo‘lgin. 
Toki tirikmen, bu o‘gitingizga hamisha amal qilgaymen!.. Endi... Hazratim, Sambxal 
chegarasida yana qonli to‘qnashuvlar bo‘lmoqda emish. Ijozat bersangiz, men borib 
chegaralarni tinchitsam... 
Bobur indamay o‘rnidan turdi-da, xonayi xosning to‘ridagi sandiqni ochdi. Humoyun tik 
turgan holda otasiga yuzlanib qo‘l qovushtirdi. 
Bobur sandiqdan oq ipak matoga o‘ralgan qilichni oldi. 
— Humoyun, o‘g‘lim, mening qancha umrim qolgani xudoning o‘ziga ayondir. Sohibqiron 
bobokalonimizning mana shu qilichini endi sen taqmog‘ing kerak. Bu qilichga «Kuch — 
adolatdadir» degan so‘zlar bitilgan. Doim odil bo‘lginu mag‘lub bo‘lmagin! 
Bobur qilichni o‘g‘liga ikki qo‘llab uzatdi. Humoyun tabarruk qilichni tiz cho‘kib oldi-da, 
uning muqaddas yozuv bitilgan joyini ko‘zlariga surib o‘pdi. 
— Mayli, — dedi Bobur. — Sambxal notinch bo‘lsa, borib tinchitginu o‘rningga 
Hindubekni qo‘yib qaytgin. Endi davlat ishini zimmangga olmog‘ing kerak... 
* * * 
Yomg‘ir fasli o‘tib, osmon yana bulutlardan tozalandi, tunlar salqin bo‘lib qoldi. Bobur 
uyqusiz tunlarda boqqa chiqar va yulduzlarni tomosha qilgisi kelib osmonga qarardi. 
Lekin tanida isitmaning balandligidan osmondagi yulduzlar joyidan ko‘chib, girdobga 
tushib aylanib ketayotganday ko‘rinar, ko‘ngli behuzur bo‘lib, osmondan darhol ko‘zini 
olardi. 
Kunduz saroyda davlat ishlarini qilgan paytida goh shayxulislomni, goh nufuzli a’yonlarni 
uchratur, ular Boburga avvalgidan ham pastroq, egilib ta’zim qilishar, lekin o‘lishi 
muqarrar bo‘lgan bemorga qaraganday musibatli ko‘zlar bilan qarashar, 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin