21
Matnda «Mard so’zidan, yo’lbars izidan burilmaydi» maqolini topib o’qish
va tahlil qilish. Shuningdek o’quvchilar mavzuga
mos aytilgan maqollar ham
aytiladi va darsga yakun yasaladi.
12. Uyga vazifa: «Rustamxon» dostonini o’qish, mazmunini so’zlashga
tayyorlanish, o’qiganlari yuzasidan savollar tuzish.
Mavzu: MARD MAYDONDA SINALAR
(Ikkinchi dars)
Dars materiali: «Rustamxon» dostonidan olingan parcha. O’TV.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: «Rustamxon» dostonidan
olingan parchaning davomini
o’qish.
Tarbiyaviy maqsad: Dostondagi Rustam
timsolida insonparvarlik, mardlik,
jasurlik kabi fazilatlarni yoshlar qalbiga singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Dostonni o’qish va hikoch qilishga o’rgatish.
O’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish.
Dars metodi: tushuntirish, suhbat, ko’rgazmali O’TV, aqliy hujum.
Darsning borishi:
1. O’tilgan mavzu «Rustamxon» dostonidan olingan va «Sultonxon ovda»
deb nomlangan parchadan tanlab o’qish, mazmunini aqliy hujum asosida so’rash
va o’quvchilarni bilimini baholash.
Aqliy hujum:
1.
«Rustamxon» dostonini kim yozgan?
2.
Dostonda kimlar qatnashadi?
3.
Dostonda qaerdagi voqea aks etgan?
4.
Sultonxon qaerga jo’nadi? Nima uchun?
5.
Sultonxonning o’rniga kim podsho bo’ldi?
6.
Huroyimni kimlar ko’ra olmadi? Ular nima qildi?
22
7.
Maston qanday hiyla ishlatdi?
8.
Sultonxon farmonda nima degan?
9.
Onani o’limdan kim qutqardi? Rustam kim?
«Sultonxon ovda» bo’limidan tanlab o’qitish:
- Sultonxonning safarga jo’nash oldidan aytgan gaplarini o’qib bering.
- Kundoshlarning Mastonga aytgan gapini o’qing.
- Jallodlarning qilgan ishlari tasvirlangan o’rinni o’qib bering.
Dostları ilə paylaş: