20
vazifasini beradi. Buning uchun yozuv taxtadagi savollarga javob bo’ladigan
o’rinlarni aniqlash topshirig’i beriladi.
- Nima sababdan Huroyim podsho bo’ldi?
- Kundoshlar va Momogul maston qanday hiyla ishlatdi?
- Nima uchun Huroyimni dor ostiga olib keldilar?
So’ng aniqlangan qismlarga o’quvchilar bilan hamkorlikda sarlavha topiladi.
Aytilgan sarlavhalardan mosini o’qituvchi yozuv taxtasiga yozib boradi.
- Keyingi (« ...Sultonxondan ziyoda ish yurita boshladi») qismiga qanday
sarlavha qo’yish mumkin? («Huroyim podsho bo’ldi»).
- «Kundan kun oydan oy o’tib...» dan to «Sultonxon tomon» gacha bo’lgan
ikkinchi qismga sarlavha topdingiz? («Momogulning hiylasi»).
- «Sulton xatni o’qib...»dan «...Haydab boribdilar» gacha bo’lgan uchinchi
qismga qanday sarlavha qo’ydingiz? («Sultonxon farmon berdi»).
- «Onasi haqidagi xabar...» dan «...onasi kuydirib pishirardi» gacha bo’lgan
to’rtinchi qismga qanday sarlavha qo’yildi? («Bahra tog’ida»).
Natijada quyidagicha reja hosil bo’ladi:
Reja:
1.
Huroyim podsho bo’ldi.
2.
Momogulning hiylasi.
3.
Sultonxon farmon berdi.
4.
Bahra tog’ida.
Dostları ilə paylaş: