Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi


 Yangi mavzu: «Rustamxon» dostonini «Kundan kun, oydan oy o’tibdi...»  dan boshlab o’qish.  3



Yüklə 396,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix06.12.2022
ölçüsü396,02 Kb.
#72725
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
2. Yangi mavzu: «Rustamxon» dostonini «Kundan kun, oydan oy o’tibdi...» 
dan boshlab o’qish. 
3. O’quvchilarni dostonni o’qishga tayyorlash. 
O’qituvchi: dostonni «Kundan kun, oydan oy o’tibdi» dan boshlangan 
o’rnini magnit tasmasidan eshittiradi. O’quvchilardan hikoya qilib berilgan o’rinlar 
va she’riy lavhalarning o’qilishiga diqqat qilish talab etiladi.
4. Lug’at ustida ishlash. quyidagi so’z va so’z birikmalarini izohi bilan 
o’quvchilar daftarlariga yozib oladilar:
qir – baland tekislik, er, dasht; 
beldor-beli yo’g’on, beli baquvvat, kuchli, yassi tepalik ma’nosida; 
izidan burilmaydi –orqasiga qaytmaydi; 
bo’sag’a – ostona.
5. O’qituvchi o’quvchilarga dostondan olingan parchaning «kundan kun, 
oydan oy o’tibdi» bo’limiga sarlavha topish vazifasini beradi. O’quvchilar 
o’qituvchi yordamida sarlavha topadilar. Ma’quli sinf taxtasiga yoziladi. 
(«Rustamxon o’tovga duch keldi»).
6. Badiiy ifodalar ustida ishlash. Savollar: «...Har kim husnini ko’rsa aqli 
ketib qolguday» jumlasini qanday tushundingiz: (Javob: - yuzi haddan tashqari 
chiroyli ekan, uni ko’rgan odam aqli hushini yo’qotib o’zidan ketib qolar ekan. Bu 
gapda qiz yuzining chiroyli ekanligi oshirib tasvirlangan. Bu bilan Ergash shoir 
qizning juda ham chiroyi ekanligini ko’rsatishga harakat qilgan).


23
7. qayta o’qish dostonnning «Rustamxon o’tovga duch keldi» bo’limini 
rollarga bo’lib o’qish uchun tayyorlanish.
8. Doston yuzasidan o’quvchilar tushunchasini quyidagi savol-javob orqali 
hisobga olish: 
- Nima uchun Rustam o’tovga duch keldi? 
- Rustam nimadan hayron bo’lib qoldi? 
- «Mard so’zidan, yo’lbars izidan burilmaydi», degan gapni kim aytdi? 
9. Kitobning 38-betidagi rasm ustida ishlash. O’qituvchi o’quvchilardan 
quyidagi topshiriqlarga javob oladi: 
- Rasmni kuzating, ko’rganlaringizni eslab qoling.
- Rustamning ajdaho bilan olishuv tasvirini so’zlang. 
- Sizning ko’z oldingizda Rustam qanday gavdalandi? Ayting. 

Yüklə 396,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin