Mavzu: MARD – MAYDONDA SINALAR (birinchi dars)
Mavzu hajmi katta va yangi janr bo’lganligi uchun 2 soat o’rganiladi.
Dars materiali: «Rustamxon» dostonidan olingan parcha. Ergash
Jumanbulbul o’g’lining rasmi, «Rustamxon» dostoni (Kitob).
Darsning maqsadlari:
18
Ta’limiy maqsad: Ergash Jumanbulbulning «Rustamxon» dostonidan
olingan parchani o’qish.
Tarbiyaviy maqsad: Ergash Jumanbulbulning «Rustamxon» dostonini
o’qish orqali mardlik, jasurlik fazilatlarini o’quvchilar qalbiga singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda doston o’qish texnikasi va uning
mazmunini hikoya qilib berish mahoratini tarkib toptirish.
Dars metodi: tushuntirish, hikoya, suhbat, ko’rgazmali mustaqil ish, aqliy
hujum.
Darsning borishi: 1. O’tgan darsda o’tilgan «Donishmand yigit» ertagi yuzasidan o’quvchilar
bilimini tekshirish (35-betdagi), savol va topshiriqlarga javob olish bilan baholash
hamda mavzuni takrorlash.
O’qituvchi o’quvchilardan xalq og’zaki ijodiga doir qanday asarlarini
o’qiganligini so’raydi. Tegishli javob oladi. Dostonlar ham xalq og’zaki ijodi
haqida hisoblanishi gapirib yangi mavzuga bog’laydi.
2. Yangi mavzu: «Rustamxon» dostonini o’qish.
3. Asarni o’qishga tayyorlash.
O’qituvchi uchun: Ergash Jumanbulbul o’g’li «Rustamxon» dostonini Ergash Jumanbulbul o’g’li kuylagan. Ergashning
ota – bobolari baxshi bo’lganlar. Ular ham doston termalarini kuylaganlar.
Ergash shoirning otasi Juman baxshi juda chiroyli va yoqimli kuylagan.
Shuning uchun el orasida Jumanbulbul deb nom olgan. Ergash 100 dan ortiq
dostonni yod bilgan. Uning boshqa baxshilardan farqi bor. Farqi shuki, u maktab,
madrasada o’qigan, atroflicha bilim olgan. Shoir dostonlarni kuylashdan tashqari
o’zi ham ijod qilgan.
Ergash shoirning mehr bilan sevib yod aytgan va yozgan asarlaridan biri
«Rustamxon» dostonidir.
19
4. Yangi mavzu: «Rustamxon» dostoni bilan tanishtirish. O’qituvchi
darslikdagi dostondan olingan parchadan «...Rustam ov ovlab kelar, onasi kuydirib
- pishirar» (36-bet)gacha o’qib beradi.
5. Lug’at ustida ishlash: