Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi



Yüklə 396,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix06.12.2022
ölçüsü396,02 Kb.
#72725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida – yo’ldosh, 
baxtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg’uli onlarda – madadkor, odamlar orasida 
zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir», «Ilm olish har bir muslim 
va muslima uchun farzdir», «Beshikdan to qabrga kirguncha ilm izlangiz», 
«Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh kabidir». Bu purma’no fikrlar ham 
bolalarga ta’lim berishda muhim o’rin tutadi.
Xalqimiz farzandlarini doimo tabiatga mehrli bo’lish, tevarak-atrof, suv, havo, 
tuproq, hayvonotu nabotot olamini asrab-avaylash, insonni oliy qadriyat deb bilish, 
uning haq-huquqlarini himoya qilish ruhida tarbiyalagan. Bular haqida ham 
shunday bebaho o’git va yo’l-yo’riqlar, umuminsoniy ahamiyatga molik fikrlar 
bayon etilganki, ular hozirga qadar ham o’z qimmatini yo’qotmagan.
Ulug’ mutafakkirlarimiz Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu 
Rayhon Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, she’riyat 
mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bilan bir qatorda diniy dunyoqarash bilan 
qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassamlashtirgan Imom Buxoriy, Imom at-
Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Zahiriddin 
Muhammad Bobur ijodidan bahramand bo’lish ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ta’sir 
kuchiga ega.
Bola shaxsini rivojlantirish, dunyoqarashini o’stirishda Markaziy Osiyo 
mutafakkirlarining o’rni katta. Ularning hayoti, ijodi, axloqiy ta’lim va o’gitlari 
yosh avlodni tarbiyalashda meros hisoblanadi. Ular ijodiga xos xususiyat – ilm-
ma’rifatni ulug’lash, axloq masalalari, Vatanni sevish, insonparvar bo’lishga 
undashdan iborat bo’lgan.


8
Ha, kelajakka ishonchimiz, umidimiz bo’lgan farzandlarning sog’lom, 
jismoniy baquvvat, ruhiy rivojlangan, bilimdon, barkamol inson bo’lib etishishida 
zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda butun dunyoda umuminsoniy qadriyat sifatida 
e’zozlanadigan boy ilmiy-badiiy merosimiz asosiy tayanch vazifasini o’taydi. Shu 
bois ham farzandlarimizga ilk ta’lim berish bosqichida, bola shaxsining to’laqonli 
shakllanishida zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ajdodlarimiz yaratgan buyuk 
qadriyatlar uyg’unlashgan holda o’zlashtirilishi zarur.
Komillik mazmunida o’tmishimizning boy ma’naviy merosi, ulug’ 
mutafakkirlarimizning ilg’or ta’limoti, tafakkur durdonalari mujassamlashganki, 
ular ma’naviy-axloqiy tarbiyada muhim va qimmatli manba hisoblanadi. Chunki, 
o’tmish ma’naviy-axloqiy tafakkuri ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi benazir 
fikrlar, axloqiy qarashlar bugungi taraqqiyot uchun ham, yosh avlod kamoloti 
uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir. Shunga ko’ra biz uchun qadrli bo’lgan Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher 
Navoiy kabi ulug’ mutafakkirlarimizning ma’naviy-axloqiy qarashlari va 
qadriyatlaridan mustaqil O’zbekiston istiqlolini mustahkamlashda, o’quvchilar 
ma’naviy-axloqiy kamolotini tarbiyalashda, kundalik turmushimizda keng 
foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim tizimida har jihatdan xalqimizning boy ma’naviy qadriyatlari 
hisoblanmish mashhur mutafakkir va mutafakkirlarning ma’naviyatga doir 
o’gitlarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero, ularning asarlarida axloq-
odob doimo ulug’langan. Chunki, xulq-odob insonga beqiyos husn va nazokat 
bag’ishlaydi, ota-onaga hurmat, mehr-oqibat, mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalash imkonini beradi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari o’z asarlarida ma’naviy-axloqiy g’oyalarni 
tarannum etib, xalqni oriflik, fozillik, komillik darajasiga ko’tarishga 
chog’langanlar. Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi asosiy 
o’rinda turadi.


9
Buyuk mutafakkir o’zining butun hayoti va ijodi davomida inson hayotining 
negizi bo’lgan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga katta beradi. Yosh avlodga ta’lim-
tarbiya berishda vaqtni ham, kuchni ham ayamaslikka da’vat etadi. Shoir shu bilan 
birga inson huquqlarini, uning or-nomusi va qadr-qimmatini ham himoya qildi. U 
xalqning osoyishta va bunyodkor hayotini buzuvchi yovuzlikka, xalqning 
xo’rlanishiga va ijtimoiy ofatlar keltiruvchi hodisalarga qarshi chiqadi. Xalqqa 
zo’ravonlik qilishni yovuzlik deya qoralaydi. Shu sababli, o’sha davrdagi o’zaro 
urushlar va ijtimoiy falokatlarga qarshi baralla bosh ko’tarib, uning mudhish 
oqibatlarini jonli misollarda ko’rsatib beradi.
Inson kamolotining fazilatlaridan hisoblangan adolat tushunchasi va tuyg’usi 
Navoiy donishmandligining asosini, ma’naviy-axloqiy qarashlarining bosh 
mezonini tashkil etadi. Barchaga barobar adolat ustivor bo’lgan taqdirdagina 
mamlakat va uning fuqarolari farovonlikka erishishi mumkinligini shoir o’z 
asarlarida yorqin ifodalaydi.
Mamlakatning osoyishtaligi, obodonchiligi, xalqning nizolarsiz tinch-totuv 
yashashi, turmushning farovon bo’lishi davlatni oqilona idora qiladigan dono 
yo’lboshchiga, adolatli shohga bog’liq, deydi Alisher Navoiy. Uning zamondoshi, 
tarixchi olim Xondamir «Makorimul axloq» asarida:
«Adolat va insof eshiklarini insoniyat yuziga ochib qo’ydi», deya – hazrat 
Navoiyga yuqori baho beradi.
Buyuk shoir saxovat va himmatni yuksak fazilat qatoriga qo’yadi. Uning 
fikricha, yaxshilik sari va muhtojlarga karamli bo’lishga intilish har bir axloqli 
kishiga xosdir. Shoir ana shu xislatga ega bo’lmagan insonni dursiz chig’anoqqa, 
ko’klam fasli osmonda suzib yurgan yog’insiz bulutga o’xshatadi.
Uning «Hayratul abror» dostonida etuk shaxsning ma’naviy-axloqiy 
tarbiyasidagi yaxshilik, saxovat, andisha, adab, kamtarlik, qanoat, rostgo’ylik, 
insof, adolat, bag’rikenglik singari fazilatlari ta’riflanib, ruhiy kamolot yo’llari 
tahlil etilgan. Sharqda inson qadrini g’oyat yuqori darajaga ko’tarish uning buyuk 
orzusi bo’lgan. 


10
Buyuk mutafakkir o’zining ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida hunar 
o’rganishga ham katta e’tibor qaratadi.
Hunarli bo’lish xalqparvar, bilimli, olijanob fazilatlar egasi bo’lishga zamin 
hozirlaydi. Buning uchun tarbiya etakchi rol o’ynamog’i lozim. Shu bilan birga 
hunar qobiliyatni, iqtidorni rivojlantiradi va bolalarni yomon xulqli bo’lishdan 
saqlaydi. Shuningdek, Navoiy ma’naviy-axloqiy tarbiya yordamida bolalarga ilm-
ma’rifat berib, ularni odobga o’rgatishni muhim vazifa qilib qo’yadi. Bola shaxsi 
kamolotida tarbiyaning yuksakligi alohida ta’kidlanadi.
Shoir o’zining «Farhod va Shirin» dostonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning 
do’stlik, birodarlik, xalqparvarlik, kabi xususiyatlariga alohida e’tibor qaratdi va 
buni dostondagi xitoylik Farhod, Shopur va arman qizi Shirin misolida tasvirlaydi.
Asar qahramonlari o’rtasidagi adabiy do’stlikning asosi ma’naviy-axloqiy 
tarbiya mezonlari vafo, sadoqat, jasorat va mardlik orqali to’ldiriladi.
Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida ilm orqali Farhodning aql-
idroki, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli inson 
darajasiga etganini ko’rsatadi. Dostonni to’liq o’qigan har bir o’quvchi, insonning 
etukligini ko’rsatuvchi sifatlardan biri – ilm ekaniga to’la ishonch hosil qiladi.
Farhoddagi kamtarlik, boylikka qiziqmaslik, o’zini oddiy kishi deb bilishi, 
mazlum xalqni chin ko’ngildan hurmat qilishi, umum manfaatini o’z manfaatidan 
ustun qo’yish kabi fazilatlar har bir o’quvchiga katta ibrat bo’la oladi.
Hazrat Navoiyning ma’naviy-axloqiy qarashlarida komillik muhim o’rin 
tutadi. Uningcha, komillik buyuk insoniy ne’mat bo’lib, u insonning jahon farzandi 
mavqeiga ko’tarilishini xohlagan va xuddi shu mavqeni komillikning oliy 
cho’qqisi deb bilgan.
Buyuk mutafakkir o’z davrida komil insonlarni «ahli ma’ni» deb bilgan. «Ahli 
ma’ni» bu fikrli odamlardir. Fikrsiz kishining ongida ma’ni chuqurligi bo’lmaydi. 
Fikrlash, haqiqatni anglash yoxud mustaqil mushohada yuritish yuritish demakdir. 
«Ahli ma’nilik» tufayli axloqiy ong rivojlanadi, odam va olam taqdiriga vijdon 
bilan qarash qobiliyati shakllanadi. «Ahli ma’ni»li kishilar guruhiga oqil va dono, 


11
kamtar va olijanob, haqiqatparvar va fidoiylarni kiritish mumkin. Shunday 
fazilatlarga ega bo’lgan insonlarning tafakkur darajasi benihoya kengdir. Hazrat 
Navoiy deydilarki: «Ahli suratlarga shoh bo’lg’uncha, ma’ni ahli yig’inida gado 
bo’lmoqliging ming karra afzaldir». Uning fikricha, ahli ma’ni kishilar ma’naviy-
axloqiy jihatdan etuk shaxslardir. Alisher Navoiy yaratgan qahramonlar ham xuddi 
shunday ma’naviy-axloqiy etuk insonlar sirasiga kiradi.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijodida ma’naviy-
axloqiy tarbiya masalalari mazmunan boy, shaklan rang-barangdir. Ayniqsa, 
Alisher Navoiy asarlarida aks etgan mardlik, to’g’rilik, adolatparvarlik, vafodorlik, 
halollik, saxiylik, mehr-oqibat, insonparvarlik kabi xislatlar bugungi kunda kamol 
topayotgan yosh avlod ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim o’rin egallaydi.
Boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilariga 
o’qish 
darslarida 
buyuk 
mutafakkirlarimizning ijodini, xalqimizning xalq og’zaki ijodini o’rganish 
bo’yicha 3-sinf o’qish kitobida berilgan bir qancha dars ishlanmalarini tavsiya 
etamiz: 

Yüklə 396,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin