17
So’ng o’qituvchi muallifi yozilgan va muallifi yozilmagan qo’shiqlarga
o’quvchilar diqqatini qaratadi. Muallifi bor qo’shiq bir kishi tomonidan yozilgan
bo’ladi. Muallifi yo’q qo’shiq xalq tomonidan yaratilgan. So’ng xalq tomonidan
yaratilgan qo’shiq va ertaklar xalq ogzaki ijodi hisoblanishi tushuntiriladi.
Shundan so’ng o’qituvchi darslikdagi birinchi qo’shiqni o’quvchilarga
o’qitadi yoki yod olgan o’quvchi bo’lsa, kuyga solib aytiladi. O’qituvchi
o’quvchilardan qo’shiq qaysi mavsumga mosligi unda nimalar kuylanganligi
so’raydi va ular javobini to’ldiradi.
O’quvchilarga qo’shiqning ikkinchisi ya’ni «Xey, lola» ichida o’qish
topshiriladi. To’xtamlarga rioya qilish, ohangini lniqlash, ifodali o’qishga
tayyorlanish aytiladi. So’ng bir necha o’quvchiga ifodali o’qitiladi. Har bir satr
tahlil qilinadi, mazmuni haqida o’quvchilardan so’raladi. O’quvchilar fikri
o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi. qo’shiqda yurt tinch bo’lishi, odamlar osoyishta
hayot kechirishi, xalqning orzu-umidlari kuylanadi.
Chunki, xalqimiz o’tmishida amirlar, beklar, xonlar va xorijiy davlatlar
tomonidan jabr-zulm tortgan, azob-uqubatda yashagan. Shuning uchun ham
o’tmishda xalq o’z hayotida noroziligini ifodalab qo’shiqlar yaratgan.
Hozirgi vaqtda yaratilgan qo’shiqlarning mazmuni o’zgargan.
Masalan, «Ona bitta- Vatan yagona» bo’lishida kimning qaysi qo’shig’ini
o’rgangan Edik? (Anvar Obidjonning «O’ktam avlod» va Kavsar Turdievaning
«Dunyoni saqlar bolalar» qo’shigini o’rgangan edik).
Uyga vazifa: Darslikning 29-betidagi qo’shiqni o’qish va yod olish.
Dostları ilə paylaş: