12
Darsning borishi:
1. Alibek Rustamiyning «Bayroq nima?» hikoyasini o’qitish, mazmunini
so’rash orqali o’tgan dars mavzusi mustahkamlanadi.
2. Yangi mavzu: Abdulla Avloniyning «Vatanni suymak» hikoyasini o’qish.
3. Kirish suhbati. O’qituvchi Abdulla Avloniy haqida ma’lumot beradi.
O’qituvchi uchun:
Abdulla Avloniy
Avloniy O’zbekiston madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedogog,
jamoat arbobi, bolalar adabiyotining yuzaga kelishiga katta hissa qo’shgan olim. U
1878-yilda Toshkentda dunyoga kelgan.
Abdulla Avloniy boshlang’ich diniy maktabda o’qidi. Ilm-fanni sevdi. U 14
yoshdan boshlab she’r yozishni mashq qildi. O’z xalqini ilmli qilishni o’zining
fuqarolik burchi deb bildi. 1904-yilda Mirobodda maktab ochdi. Maktablar uchun
(kitoblar) darslik yozdi. Masalan, «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim»,
«Maktab gulistoni» kitoblari fikrimiz dalilidir.
Abdulla Avloniy shoir, rejissyor, tarjimon, aktyor, jamoatchi o’qituvchi-
professor sifatida xalqimiz qalbida saqlanib qoldi.
Abdulla Avloniy 1934-yilda vafot etgan.
«Vatanni suymak» hikoyasi «Bolalarga» to’plamidan olingan. (Iloji bo’lsa,
o’qituvchi to’plamidan mavzuni o’qib beradi).
4. Lug’at ustida ishlash:
Dostları ilə paylaş: