O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Landshaft

Landshaftshunoslik – tabiiy geografiyaning landshaftlar va Yerning landshaft 
sferasini o‗rganadigan qismi bo‗lib, landshaftlar, ularning strukturasi, geografik 
tarqalishi, taraqqiyot tarixi va ho‗jalikda foydalanishini o‗rganadigan fan.
Landshaft komponentlari – asosiy tarkibiy qismlari: tog‗ jinslari, havosi, 
yer usti va yer osti suvlari, o‗simliklar va hayvonoti.
Landshaftning litogen asosi – landshaftlarning tog‗ jinslari va relefi. 
Landshaftlarning morfologik qismlari – landshaft tarkibiga kiruvchi kichik 
tipologik komplekslar: joy, urochishe, fatsiya kabilar.  
Landshaftlar rekultivatsiyasi – inson faoliyati ta‘sirida muvozanati buzilgan 
yoki ishdan chiqqan tabiiy va antropogen landshaftlarni tiklash, qayta ishga solish 
yoki ular o‗rnida yangi landshaftlar bunyod etish. 
Landshaftlar tasnifi – landshaftlarning ayrim xususiyatlaridagi o‗xshashlik 
belgilari asosida ularning sinflari, turlari, turkumlari va xillari aniqlanadi.
Landshaft hosil qiluvchi omillar – landshaftlarning shakllanishida ishtirok 
etadigan u yoki bu komponentning ishi. Masalan, iqlim, relef, oqim, neotektonik 
harakatlar. Antropogen omillar ham shular jumlasidan.
Landshaft qobig‘i – geografik qobiqning litosfera (Yer po‗sti) gidrosfera 
(suv qobig‗i) va troposfera bevosita tutashib turgan nisbatan yupqa markaziy 
qismi. L. q. hozirgi nurash po‗stini, tuproq-o‗simlik qoplamini, barcha tirik 
organizmlarni va havoning yerga tutashib turgan quyi qismini o‗z ichiga oladi. L. 
q.-ning qalinligi qutbiy o‗lkalarda 10 m dan ekvatorial o‗monlarda 100-150 m 
gacha yetadi.
Nisbiy balandlik – yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi tik balandlik Mas., 
tog‗ cho‗qqisi bilan vodiy tagi orasidagi tik balandlik, yoki daryo ikki 
qirg‗og‗ining bir-biridan balandligi va h. k. 


75 
Nurash – tog‗ jinslarining havo, suv, muz haroratining o‗zgarib turishi, 
organizmlar ta‘sirida parchalanib uvoqlashishi hamda kimyoviy tarkibining 
o‗zgarishi jarayoni. Fizikaviy va kimyoviy nurashlar bo‗ladi. Ba‘zan tadqiqotchilar 
organik nurashni ham alohida ajratishadi; Aslida organik N. organizmlar ta‘sirida 
ro‗y beradigan fizikaviy yoki kimyoviy N. ko‗rinishlardan iboratdir. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin