12-mavzu. Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi Reja: 1



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix29.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12-mavzu

2. Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katoliklardir. U 
Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, 
muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm umumiydunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha 
katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uning birinchi 
Episkopi apostol Petr bo‘lgan. 
Katolitsizmda Bibliyani sharxlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki 
ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali 
va soxtalashtirilgan ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib 
boriladi. provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, 
chirimaydigan marxum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir. 


Тошкетдаги Рим католик костели 
Katolitsizm xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va 
qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir 
qator xususiyatlar bilan ajralib turadi. 
Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil 
qiladi. Biroq Pravoslav cherkovidan farqli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas 
yozuvlar deb nafaqat avvalgi etti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, 
balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari 
Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi. 
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu 
cherkovning boshlig‘i. U diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni
belgilaydi. Uning xokimiyati dunyoviy soborlar xokimiyatidan yuqori turadi.
Katolik cherkovining markazlashuvi jumladan diniy ta’limotni noan’anaviy tahlil 
qilish (sharxlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib 
chiqaradi. Masalan, Pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda 
ta’kidlanishicha, Muqaddas ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko‘ra 
esa Muqaddas ruh ota xudodan va o‘g‘il xudodan kelib chiqadi. CHerkovning najot 
borasidagi roli haqida ham o‘ziga xos alohida ta’limot shakllangan. Najotning 
asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. CHerkov, Katolik ta’limotiga ko‘ra, xayrli 
zaruriy ishlar xazinasiga – Iso tomonidan yaratilgan “Xayrli ishlar zaxirasiga” ega. 
CHerkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, 
undan muxtojlarga ulashish, ya’ni gunoxlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga 
kechirim tufxa qilish huquqiga ega. Pul yoki tufxa evaziga avf qilish huquqiga ega. 
Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunoxlarini kechirish - 
indulgensiya haqidagi ta’limot mana shundan kelib chiqqan. 
A’rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida faqat katolik 
ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo‘lmagan gunohkorlarning ruhi u erda o‘tda 
kuyadi (extimol bu vijdon va nadomat azobining ramziy intihosidir), keyin 
jannatga yo‘l topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli 
qisqartirilishi (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish bilan) mumkin. Bu 
ibodat va xayr ehsonlar o‘lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi. 
A’rof haqidagi ta’limot I 
asrdayoq paydo bo‘lgan 
edi. 
Pravoslav 
va 
Protestant 
cherkovlari 
a’rof haqidagi ta’limotni 
rad etadi. 
Bundan 
tashqari, 
pravoslav 
dini 
ta’limotidan 
farqli 
o‘laroq, 
katolik 
yo‘nalishida 
papaning 
begunohligi 
haqidagi 
aqida ham bor. Bu aqida 
1870 
yildagi 
birinchi 
Vatikan soborida qabul 


qilingan. G‘arb cherkovining Bogoroditsaga nisbatan alohida e’tibori 1950 yilda 
papa Piy XII tomonidan kiritilgan, Bibi Maryamning meroji haqidagi aqidada o‘z 
aksini topdi. Katolik ta’limoti pravoslav ta’limoti kabi etti asrorni tan oladi, biroq 
bu asrorlarning talqin qilinishida qarashlar mos kelmaydi. Masalan, pricheshenie 
(tamaddi) qilish qattiq non bilan, (pravoslavieda bo‘ktirilgan non bilan) dunyoviy 
(miryane)larga non va vino bilan shuningdek faqat non bilan amalga oshiriladi. 
CHo‘qin-tirish sirini o‘tash paytida suv sepiladi (cho‘qintiriluvchiga), muz ostidagi 
suvga cho‘ktirilmaydi. 
Miropomazanie (cho‘qinuvchining peshonasiga eley surkash) etti-sakkiz yoshlarda 
amalga oshiriladi, go‘dak-ligida emas. Bunda o‘spirin (bola) yana bitta ismga ega 
bo‘ladi. Bunda u o‘sha avliyoning qilmish-lari va g‘oyalarini maqsad qilib qo‘yadi. 
Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi imon mustaxkamlanishiga xizmat qilishi 
zarur. 
Pravoslavlarda nikoxsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. 
Katoliklarda esa nikoxsizlik (selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan 
qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir. 
Din markazi - exromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar 
hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir. 
Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U Avliyo Andrey kunidan keyingi 
birinchi yakshanbada - 30 noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim 
tundagi, ertalabki va kunduzgi ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryam xomilador 
bo‘lishi, Isoning tug‘ilishi va dindorning qalbida bo‘lishi kabi ramziy ma’noni 
anglatadi. O‘sha kuni ta’zim qilish uchun exromlarda go‘dak Isoning figurasi 
qo‘yilgan yaslilar o‘rnatiladi. 
Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater, 
kendz) Episkop. Episkopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. 
Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz berish 
yo‘li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965 yillar) cherkov hayotining barcha 
jabxalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Birinchi navbatda 
ibodat an’analariga tegishli bo‘ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz 
kechildi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin