“masixiylik” deb atalishi ham shu so‘zlar bilan
bog‘liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masixning
tug‘ilgan qishlog‘i - “Nazaret” bilan bog‘lab, nazroniyya deb ham atalgan.
Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan.
Iso Masix o‘z ta’limotini o‘zining 12 o‘quvisi Apostollar - Xavoriylarga o‘rgatdi.
Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-
alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning “Yangi axd”
qismini tashkil etadi.
Xristianlikning ta’limoti.Manbalar xabar berishicha, xristianlik yaxudiy
muxitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yaxudiylikdan ko‘p jixatdan
ta’sirlanishiga sabab bo‘ldi. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoning odamzodning
xaloskori “messiya” ekanligi yaxudiylikda mavjud
bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor
haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi
yoki Isoning ikki xil – odam va xudo moxiyati haqida
“gunoxni yuvish”, ya’ni Isoning o‘zini ixtiyoriy tarzda
qurbon
qilishi
haqidagi
ta’limot
bilan
mustaxkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo,
bola-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo
to‘g‘risidagi ta’limoti, targ‘ibot - tashkilotchilik, jannat
va do‘zax, oxiratda go‘yo dunyoning oxiriga borish,
Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o‘z
ichiga oladi.
Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini
tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar
tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim
imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so‘ng amalga oshdi.
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi
xristian jamoalarini o‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida
I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam
Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari qabul
qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.