CHo‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi
Xudo-otani, O‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb
etadi.
Badanga eleyni surkash ham sirli bo‘lib, bunda dirdorga Muqaddas ruhning ruhiy
hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko‘rinishida o‘z badanida Iso
qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o‘z gunoxlarini din peshvosi oldida tan
oladi, din peshvosi esa uning gunoxlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko‘tarish uchun
episkopning qo‘lini o‘sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo‘yishi) orqali amalga
oshiriladi.
Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni
tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi.
Post
diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o‘tkaziladi. Postning
moxiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga
tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslavining ko‘p kunlik postlari to‘rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni
oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan kundan oldin.
Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o‘rinda turadi. Pasxa Isoning o‘lganidan so‘ng
qayta tirilganini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may
oyining birinchi yakshanbasigacha o‘tkaziladigan bayram. U “Otsovskiy den”dan
avval o‘tkaziladi. Pasxaning tarixi yaxudiylikdagi
pesax bayrami bilan bog‘liq
bo‘lib, u yaxudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini
nishonlanishidir. Xristianlik yaxudiylikdan to‘la ajralib chiqqach pasxa yangicha
tus olgan.
Pasxadan so‘ng pravoslav dinining o‘n ikki kunlik o‘n ikki muhim bayrami
boshlanadi. Ular:
Iso tug‘ilishi, Sretenie, Isoni cho‘qintirish, Preobrajenie,
Quddusga kirish, Isoning osmonga ko‘tarilishi, Troitsa Muqaddas butning
osmonga
ko‘tarilishi,
Blagoveщanie
(Injilning
nozil
bo‘lishi),
RojdestvoBogoroditso‘ (Isoning xochga osilishi) va xakozo.
Dostları ilə paylaş: