12-mavzu. Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi Reja: 1



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix29.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91041
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
12-mavzu

3. Protestantizm dini. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) 
boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant 
cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga 
ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va 
dunyoviy xokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni 
inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi 
muloxazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan 
tinglandi. 
Protestantizmning moxiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning 
vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va 
Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik 
hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi. 
Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina 
lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqalanib qoldi. 


O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas 
murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha 
xashamlardan, mexroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning 
uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni 
sharxlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi. 
Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-
nasixatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protestantlar 
Bogoroditsa shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar. 
Lyuter tomonidan tuzilgan reformatsiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib 
bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib 
qo‘yilgan. Mana shu tezislardan bir nusxasi: Iso payg‘ambar: “Tavba qiling, 
chunki samoviy shoxlik yaqinlashib qoldi” deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, 
imon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat 
bo‘lmog‘i darkor. 
Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi 
to‘rt tezis, Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina 
xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi. 
Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. CHerkov hech qaysi 
samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun 
joriy qilinadi (belgilanadi). Bu erda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof 
ustidan xukmronligi rad etiladi. 
“Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab 
qilinmaydi”, degan ta’limot Iso ta’limoti emas. CHindan tavba qilgan kishilarni 
Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa 
yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin. 
Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan 
xristian (nasoro) “samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy 
etilmaydi”. 
CHerkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyuterning 
ta’kidlashicha, “xayrli amallar xazinasi”ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas 
boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari 
bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mexrini qozonmoqni 
Lyuter sarob deb ataydi. 
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li 
ruhsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba 
qilmoqdadir. 
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik xukmiga xavola qilingan tezislar shundan 
iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin