irodasiga asosan mag‘firat qilinganlar va maxkum etilganlar toifasiga bo‘linadi.
Inson na imon, na “xayrli ishlar” bilan taqdirga yozilganni o‘gartira olmaydi:
mag‘firat qilinganlar najotga maxkum, mag‘firatdan maxrum bo‘lganlar esa abadiy
azobga maxkumdirlar. Taqdir haqidagi ta’lim shunday asosga qurilganki, Iso ham
bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalvinistik yo‘nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki
reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada
keng obro‘ga va ta’sirga ega edilar.
Presviterianlar. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo‘lib,
(yunoncha eng
eski) mo‘‘tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu
ta’limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa
boshida jamoa a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va
davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim ibodat, presviterning mav’izasi,
oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilgan, na “din ramzi” va na “otche
nash” o‘qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.
Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi - Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda
mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig‘i deb e’lon
qildi, ya’ni cherkov qirol xokimiyatiga bo‘ysundirildi. XVI asr o‘rtalariga kelib
ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar
olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo‘lmay qoldi. “Mo‘‘tadil yo‘l”
ta’limoti, ya’ni Rim katolitsizmi va protestanizm orasidagi o‘rtacha yo‘l
shakllandi. Anglikan diniy ta’limoti “Umumiy ibodatlar kitobi”da aks ettirilgandir.
Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko‘p sonli davomchilari baptistlardir.
Baptizm (yunoncha “suvga cho‘ktirish”) XVII asr boshlarida vujudga kelgan
bo‘lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o‘z tarafdorlariga ega. Bu
ta’limot tarafdorlari faqat o‘spirinlarnigina cho‘qintirishga olib boradilar. “Hech
kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni
ongli ravishda o‘zi ixtiyor qilmog‘i zarur”, degan qoida baptistlar va zabur
xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o‘ta soddalashtirilgan bo‘lib, diniy
qo‘shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to‘rtta rusumni saqlab
qolishgan: cho‘qintirish, (o‘spirinlar uchun) tanovul, nikox, qo‘l bilan silab
qo‘yish. Bu xristianlar uchun but extirom ramzi emas.
Dostları ilə paylaş: