12-mavzu. Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi Reja: 1



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix29.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12-mavzu

Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so‘z yuritiladi. 
Ikkinchi qismda Xudoning o‘g‘li Isus Xristosga imon keltirish haqida so‘z boradi. 
Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so‘z yuritilib, unga ko‘ra, Iso 
Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirgan. 
To‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o‘limi haqida so‘z ketadi. Bu 
gunoxlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va 
o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunoxlari kechiriladi deb 
e’tiqod qilinadi. 
Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta 
tirilganligi haqidagi aqida keladi. 
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so‘z yuritiladi. 
Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida so‘z 
yuritiladi. 
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir. 
To‘qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida. 
O‘ninchiqismdacho‘qintirishninggunohlardanforig‘qilishihaqida. 
O‘n birinchi qism o‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida.
O‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so‘z yuritiladi. 
Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning 
ta’limoti katta rol o‘ynadi. Beshinchi asr bo‘sag‘asida u dinning bilimdan afzal 
ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko‘ra, borliq inson aqli bilishga 
ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining 
irodasi yashiringan. 
Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har 
bir kishi najot topganlar safidan o‘rin egallashi mumkin. CHunki imon taqdir 
taqozosidir. 
Xristianlikdagi oqimlar. 
Xristian 
cherkovining 
Katolik 
va 
Pravoslav 
cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbo‘l Patriarxining xristian olamida 
etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni 
Rim iperiyasining g‘arbiy va sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan 
asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi 
Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan 
olindi. 
XVI asr boshlarida katolitsizmdan bir necha Evropa cherkovlari ajralib chiqishi 
natijasida xristianlikda protestanlik harakatlari vujudga keldi. Buning davrasida 
lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir 
cherkovning asosiy marosimlari jixatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega 
bo‘lish bilan bir qatorda, bular ham o‘z navbatida bir necha yo‘nalishlar, 
mazxablar va oqimlarga bo‘lindi.


Исо халоскор ва мўжизакорлар 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin