16
yo‘naltiruvchilarning o‘qishini va tajriba almashuvini tashkil qiladi; bularni metodik adabiyot
bilan ta’minlaydi. Ota-onalar bilan ishlash sektori maktab o‘quvchilarning ota-onalari
majlislarida kasb tanlash; zavodda o‘qish va ishlash sharoitlari mavzuda korxona vakillarining
chiqishlarini uyushtiradi; ishchilar sinfining o’rinbosarini tayyorlash mavzuda ota-onalarning
yig’ilishlarini o’tkazadi: ishchilar sulolarini va ishlab chiqarishda
peshqadamlik qilayotgan ota-
onalarning tajribasini targ’ib qiladi.
Hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilari va yosh ishchilar bilan ishlash sektori baza hunar-
texnika bilim yurtini komplektlashda ko’maklashadi; kasbga yo‘naltirish kabinetini jihozlashda
qatnashadi; zavod ishchilarining maktab o‘quvchilari, bilim yurtini bitiruvchilari oldida so’zga
chiqishlarini rejalashtiradi; hunar-texnika bilim yurtini bitirib chiqqan yigit va qizlarni zavodda
uyushtiriladigan kasbiy mahorat tanlovida, ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishida qatnashishga
jalb etadi; o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qiladi; kasbga yo‘naltiruvchi sex
kengashlarining ishini boshqaradi.
Hozirgi vaqtda mutaxassislarning 4 guruhi aniq namoyon bo’lib qoldi. Kasbga
yo‘naltirish tizimida ilmiy ishlanmalar va ularni amalga oshirish ko‘proq anashu mutaxassisning
tayorgarlik darajasiga bog’liqdir.
Kasbga yo‘naltirish sohasidagi ishlarning umumiy ta’lim maktabining o‘qituvchilari va
maktabdan tashqari mutaxasislarning xodimlari bajaradilar. O‘quvchilarni o‘rganish, ularning
mayllari, qobiliyati va qiziqishlari rivojlanishiga rahbarlik qilish,
kasbga mayillikni
shakllantirish, kasblar bilan tanishishni tashkil qilish ularning vazifasiga kiradi. Bu boradagi
ishlarni amalga oshirish o‘quvchillarning psixologik xususiyatlari, shaxsni o‘rganish metodlari,
kasblar, kadrlarga talablar va kasbga yo‘naltirish to’g’risidagi bilimlarga ega bo‘lishni taqozo
etadi. Maktab sharoyitida bunday bilimlar har bir o‘qituvchiga zarur, chunki ular fan
o‘qituvchisi, sinf rahbari, sinifdan tashqari ishlar tashkilotchisi sifatida faoliyat ko’rsatadilar.
Tajribadan pedagogka kasb tanlashda muayan yordam berish zarur bo’lib qolganida eng
ko‘p qiyinchiliklarga duch kelib qolishlari kuzatilmoqda. Kasbiy maslahat muayan bilimlar
kompleksini talab qiladi. Shu boisdan juda ko‘p mamlakatlarda ana shu ishni amalga oshirish
uchun maxsus kishilar ajratilmoqda. Ular maslahatchi psixolog yoki maxsus tayyorgarlikdan
o’tgan maktab xodimlaridan tanlanadi va bular birinchi gurux mutaxassislaridir
Ikkinchi guruh xodimlari -
kasb bo’yicha tibbiy maslahat beruvchi va o‘quv
yurtlarida,
korxonalarda, sport muassasalarida, qishloq xujaligi va boshqa joylarda ishlayotgan maktab va
bolalar shifokorlaridan iborat. O’z-o’zidan ayonki , ular ham kasbkorlik bo’yicha tibbiy
fiziologik ko’rsatmalar berish, umuman o’z vazifalarini ko’ngildagidek bajarish uchun shaxsni
o‘rganishga doir metodlarini puxta bilish kerak.
Ishga joylashtirish organlari va kadrlar tayyorlash bo’limining xodimlari, hunar texnika
bilim yurtlaridagi ishlab chiqarish ta’lim ustalari kasbga yo‘naltirishni tugal bajarish
korxonalariga yosh ishchilarni joylashtirish, kasbga o’rgatish va ko’niktirish sohasida katta
ishlarni amalga oshirishlari, yoshlarga turli ma’lumotlar va maslahatlar berishlari lozim, ulardan
bu esa korxona va muassasalarning kasbiy malaka strukturasini, kasblar mazkur tumandagi xalq
xujaligi tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatini, kadrlar ehtiyojini yaxshi bilishni talab qiladi.
Mutaxassislarning yana bir guruhi kasbga yo‘naltirish, kasbiy
maslahat berish va kasb
tanlash tizimini ilmiy jihatdan amalda ishlab chiqishda xal qiluvchi rol o’ynaydilar. Bular
psixologlar va fiziologlardan iborat. Bunday mutaxassislarning o‘qishini tashkil qilish birinchi
darajali ahamiyatga egadir.
Hozirgi kasbga yo‘naltiruvchi xodimlarni tayyorlash asosan tadqiqot, amaliy ish
jarayonida va mustaqil o‘qish yo’li bilan olib borilmoqda. Mutaxassislarning ozgina qismi
o‘qituvchilar va shifokorlar malakasini oshirish institutida, pedagogik bilimlarni targ’ib qilish
uyida, Oliy pedagogiga kurslarida ayrim masalalar buyicha leksiyalar tinglash imkoniga ega
bo‘ladilar. Maktablar, hunar texnika bilim yurti o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’lim
ustalari,
tibbiyot xodimlari kasbga yo’llash ishi bilan tanishishlari lozim. Buni kasbiy tayyorgarlik
ixtisosini biroz kengaytirish va pedagogika bilim yurtlarida, kasb-hunar kollejlari va tibbiyot
o‘quv maskanlarida kasbga yo‘naltirish buyicha maxsus kurslar joriy etish orqali amalga oshirish
17
yaxshiroq. Madaniyat bilim yurtlarida kasbga yo‘naltirish emas, balki umuman bolalar bilan
ishlash maqsadga muvofiqdir. Bunday kurslardan o’tgan kishilar tegishli ixtisosga ega bo’lib,
maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha
samarali ish olib borishlari mumkin.
Xodimlarning ilmiy tadqiqot ishlariga tayyorlash ishi bir oz boshqacharoqdir. Bunday
ixtisoslashtirish sohasida jiddiy masala paydo bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda kasbga yo‘naltirish
bo’yicha mutaxassislar tayyorlashishlarining bir qismi universitetlarning psixologiya fakultetlari
va bo’limlari bajarmoqda. Masalan, “kasb tanlash va kasbga yo‘naltirishning metodologik
asoslari” maxsus kursi o‘qitilmoqda.
Kasbga yo‘naltirish ishlarini rivojlantiruvchi xodimlarini tayyorlashni mavjud yo’llari
bilan amalga oshirib bo’lmasligi yaqqol ko’zga tashlanib kelmoqda. Qator xorijiy
mamlakatlarning tajribasi mazkur mutaxassislarni amaliyotchi xodimlardan ma’lumotli va
ixtisosli tajribali pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, shifokorlardan
tayyorlash zarurligini
ko’rsatadi. O‘qituvchilar va shifokorlar malakasini oshirish instituti va psixologiya
fakultetlarining kechki bo’limlari shunday mutaxassislar tayyorlashning markazlari bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: