Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar shohrux Nuraliyev



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix14.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#155375
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagog-shaxsi-va-unga-qo-yiladigan-talablar

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 318
borilgan. O‘rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda 
akademiya (Sharqda madrasa)lar ko‘rinishidagi maktablarda maʼnaviy-axloqiy jihatdan 
yetuk, turli sohalar bo‘yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat 
yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Mirzo Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan 
madrasalarda o‘z davrining taniqli olimlari – Ali qushchi, Taftazoniy, qozizoda Rumiy, 
Mavlono Muhammad, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur 
Koshiylar talabalarga taʼlim berganlar. XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga 
kelgan jadidchilik harakatining asoschilari, taniqli maʼrifatparvarlar – Mahmudxo‘ja 
Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy
Abdurauf Fitrat, Isʼhoqxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki 
maʼnaviy yetuk inson sifatida ham nom qozonganlar. Jamiyat tomonidan o‘qituvchi 
shaxsiga qo‘yilayotgan talablar o‘z davrida Sharq mutafakkirlari hamda g‘arb 
maʼrifatparvarlarining asarlarida ham o‘z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu 
Nasr Farobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o‘qituvchining maʼnaviy-axloqiy jihatdan 
yetuk bo‘lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha, yaxshi o‘qituvchi 
boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, yaʼni, u o‘zi ega bo‘lgan bilimlarni yoshlarga 
beminnat o‘rgata olishi, har bir ishda ularga ibrat bo‘lishi kerakligidir. Abu Ali ibn Sino 
o‘z asarlarida o‘qituvchi bolalarga taʼlim berishdek masʼuliyatli burchini bajarishi 
zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun tavsiyalar 
beradi. Jumladan, bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish, berilayotgan bilimning 
bolalar tomonidan o‘zlashtirilishiga eʼtibor qaratish, taʼlimda turli shakl va metodlardan 
foydalanish, bolaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini 
bilishi, fanga qiziqtira olishi, berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi, 
bilimlarni tushunarli, bolaning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi, har bir 
so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish kerakligiga urg‘u 
beradi. 
Hazrat Alisher Navoiy o‘z davrining ayrim maktabdorlari ega bo‘lgan sifatlar, 
xususan, qattiqqo‘llik, taʼmagirlik va johilliklarni qoralar ekan, o‘qituvchining maʼnaviy 
qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo‘yadi. Xususan: “Mudarris kerakki, g‘arazi 
mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga 
havas ko‘rsatmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan 
sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin 
bo‘lmasa. Yaramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, 
necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq 
uchun sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmasliq unga qoida va odat bo‘lib qolsa, bu 
mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”, deb taʼkidlaydi. Ayni o‘rinda 
o‘qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini izohlab o‘tadi: “Uning ishi odam 
qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani 
saqlashga ojizlik qiladi, u esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim, bunga 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin