Page 320
pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus maʼlumot, kasbiy
tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda taʼlim muassasalarida faoliyat
ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi. Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi-bakalavr
qiyofasida ijobiy fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak. So‘z yuritilayotgan sifatlar
mohiyatan o‘qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch
va masʼuliyatlarni o‘zida umumlashtiradi. Demak, o‘qituvchi-bakalavr jamiyat ijtimoiy
hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini
chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli maʼlumotlarni bera
olishi, zamonaviy o‘qituvchi sifatida ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va
yutuqlaridan doimo xabardor bo‘lishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta
bilimga ega, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini
puxta bilishi, taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi, taʼlim-tarbiya jarayonida eng
samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga hamda
ijodkorlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, yuksak
darajadagi pedagogik mahorat, jumladan, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika
– nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest kabi jarayon
qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olgan bo‘lishi, nutq madaniyatiga amal qilishi, yaʼni
uning nutqida jozibadorlik, aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik va turli dialektal so‘zlardan
holilik aks etgan bo‘lishi, shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.
O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir
qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. U eng avvalo, mulohazali, bosiq,
vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan
chiqa olishi darkor. O‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida
fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan
munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas,
aksincha, o‘quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini eʼtirof etishi,
ularning yana-da boyishiga ishonch bildirishi u bilan ijobiy munosabat o‘rnatishga
imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan
xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar
ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi kasb etikasi nuqtayi nazaridan talab va qoidalarga kiradi.
O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar,
hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-eʼtibor qozonishini taʼminlaydi.
O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat
maʼnaviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga,
pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlarni
tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni o‘zining kasbiy burchi, deb
bilishi kerak. Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, taʼlim-tarbiya
jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati