Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar shohrux Nuraliyev



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix14.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#155375
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagog-shaxsi-va-unga-qo-yiladigan-talablar

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 319
nima yetsin. Shunisi ham borki, u to‘dada fahm-farosati ozlar bo‘ladi, unday kishiga 
yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarga 
uning haqqi ko‘pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (yaʼni muallimga) 
qulluq kilsa arziydi”, deb o‘qituvchi sifatiga odilona va oqilona taʼrif beradi. Mashhur 
pedagog Abdulla Avloniy ham o‘z asarlarida o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyati 
borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida eʼtibor qaratadi. Allomaning qayd etishicha, 
bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynasalar, uning fikriy 
jihatdan taraqqiy etishida o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekanligini taʼkidlaydi. Xususan, 
bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning “diqqatlariga suyalgan, 
vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa” ekanligini taʼkidlab, “fikrning quvvati, 
ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga boqliqdur”, - deydi.
O‘z davrining mashhur pedagog-gumanisti, chexlik yozuvchi Yan Amos 
Komenskiy o‘qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga katta baho 
berib, o‘qituvchilik “yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda 
faxrli kasb” ekanligini yozib qoldiradi. Muallifning fikricha, pedagog o‘z burchlarini 
chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Yan 
Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida vijdonli, ishchan, sabotli, 
axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga otalardek muomala qiluvchi, ularda bilimga 
havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy eʼtiqod 
fazilatlarining namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiq ekanligiga urg‘u beradi. Taniqli rus 
pedagogi va adabiyotshunosi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy o‘qituvchi 
maʼnaviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy 
malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurligi to‘g‘risida o‘z g‘oyalarini 
fikrlarida ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi jarayon – 
o‘qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi. 
Bugungi kunda esa mamlakatimizda 2020-yil 24-sentabrda qabul qilingan 
“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va unda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarni 
amaliyotda yangicha uslublar asosida qo‘llash Respublika maktabgacha taʼlim, oliy va 
o‘rta maxsus taʼlim hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida faoliyat olib 
borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining maʼnaviy qiyofasi 
hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda 
murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk 
kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilish mazmuni 
nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga 
ega ekanligini anglatadi. Biror bir inson pedagoglik kasbini tanladimi, demak, u albatta, 
pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablarga ham har tomonlama mos bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning maʼnaviy qiyofasi, aqliy 
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Shu o‘rinda 
bir savol tug‘iladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? O‘qituvchi (pedagog) 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin